1.Yuklamalarning shakily ifodasi va ma’no turlari
Yuklama asosan gap shaklga bir butun holda, ba'zan biror sintaktik bo‘lakka qo‘shilib, so‘roq, ta'kid, taajjub kabi grammatik ma'nolarni ifodalaydi. Yuklamalarning bir qismi ko‘rinishi jihatidan affiksga o‘xshaydi, shunga ko‘ra affiks ko‘rinishli yuklamalar deyiladi; bunday yuklamalardan −mi, −gina (−kina, −qina), −oq/−yoq, −ov/−yov yuklamalari leksemashaklga qo‘shib yoziladi; −chi, −ku, −da, −e, −a/−ya, −u/-yu, −ey/-yey yuklamalari esa chiziqcha bilan (ya-rim qo‘shib) yoziladi. Yuklama leksemashakl tarkibiga kirmaydi, leksema-shaklga qo‘shiladi; shuni hisobga olib yuqorida sanalgan barcha yuklamalarni chiziqcha bilan yozish to‘g‘ri; faqat −mi (shuningdek −dir gumon yuklamasi) leksema shakl tarkibida tuslovchidan oldin kelsa, qo‘shib yozish shart bo‘ladi:
kelgan eding−mi, lekin kelganmiding; kelgan−dir, lekin kelgandirman kabi. Ayrim yuklamalar tashqi ko‘rinishi jihatidan leksemaga o‘xshaydi, shunga ko‘ra leksema ko‘rinishli yuklamalar deyiladi va leksemashakldan ayrim yoziladi; axir, faqat, nahot[ki], hatto[ki], xuddi, ham, esa. Yuklamalar odatda quyidagi ma'no turlariga ajratiladi: 1) kuchaytiruv va ta'kid yuklamalari, 2) so‘roq va taajjub yuklamalari, 3) ayiruv va chegaralov yuklamalari, 4) aniqlov yuklamasi, 5) gumon yuklamasi. Ayni bir yuklama qanday leksemashaklga qo‘shilib kelishiga, qanday ohang bilan aytilishiga qa-rab yuqoridagi boshqa−boshqa bandlarda ta'kidlangan ma'nolarni ifodalashi mumkin. Shuni hisobga olib yuklamalarni birma−bir keltirib, ular bilan ifodalanadigan ma'nolarni ta'kidlashni ma'qul topdik:
1. −mi yuklamasi:
1) so‘roq ma'nosini ifodalaydi: Xolposh daladami? (O‘tkir Hoshimov) kabi;
2) noaniqlik' ma'nosini ifodalaydi, bunda takroran ishlatiladi: a) kesimga qo‘shilib keladi: Uning ovozidagi shu qahr sabab bo‘ldimi, boshqami – Otaqo‘zi buni bilolmay qoldi (Odil Yoqubov) kabi; b) to‘ldiruvchiga qo‘shilib keladi: Yo‘ldosh qopmi, brezent palatkami - .. iflos bir narsaga cho‘qqayib o‘tirib .. (Asqad Muxtor) kabi; v) hollovchiga qo‘shilib keladi: Shu haftaning oxiridami, narigi haftaning boshidami .. ziyofat qilamiz−u,.. (Odil Yoqubov) kabi.
2. −a/-ya yuklamasi:
1) so‘roq ma'nosini ifodalaydi: Qotil kim bo‘ldi ekan−a? (Hamid G‘ulom) kabi;
2) taajjub ma'nosini ifodalaydi: Bolaga o‘xshaydi−ya! (Oybek) kabi.
3. −chi yuklamasi:
1) so‘roq ma'nosini ifodalaydi: Xotining−chi? U ham hech narsa demadimi? (O‘tkir Hoshimov) kabi ;
2) 'harakatga undash ma'nosini ifodalaydi: .. o‘z yog‘ingda o‘zing qovrulguncha dardingni aytsang−chi! (Asqad Muxtor) kabi.
4. nahot[ki] yuklamasi so‘roq bilan taajjub' ma'nosini ifodalab, odatda kesimi −sa affiksi bilan shakllangan gaplarda ishlatiladi: N a h o t Otaqo‘zi boshiga ko‘tarib yurgan Jamol Bo‘riboyev shu odam bo‘lsa?! (Odil Yoqubov). N a h o t k i hamma ishni boshdan boshlashga to‘g‘ri kelsa? (Odil Yoqubov) kabi.
5. ham yuklamasi ta'kid ma'nosini ifodalab: I) egaga qo‘shilib keladi: a) yakka holda ishlatiladi: Orqa aravadagilar h a m yerga tushib, olomon tomon kela boshladilar (Hamid G‘ulom) kabi; b) takroran ishlatiladi: Boshining guvullashi ham, ko‘zlarining achishishi ham darrov bosildi (O‘tkir Hoshimov) kabi;
2) to‘ldiruvchiga qo‘shilib keladi: a) vositasiz to‘ldiruvchiga: Shu payt u boshliq ekanini ham, obro‘si tushishini ham unutib ko‘ziga yosh oldi (Asqad Muxtor) kabi; b) vositali to‘ldiruvchiga: Rahimjonning boshiga tushgan kaltakning bir uchi sizga h a m tegadi (Abdulla Qahhor) kabi;
3) hollovchiga qo‘shilib keladi: a) payt hollovchisiga: Temir yo‘l vokzalining boshlig‘i bilan gaplashganda h a m .. dilozorlik qildi (Asqad Muxtor) kabi;
b) o‘rin hollovchisiga: .. egniga h a m shunaqa matodan qopga o‘xshatib tikilgan ko‘ylak kiygan .. edi (O‘tkir Hoshimov) kabi; v) tarz hol-lovchisiga: U chindan h a m hozir jahon bo‘ylab keza boshlaydi, chang yutadi ... (Asqad Muxtor) kabi. 4) qaratuvchiga qo‘shilib keladi: Nahot uning boshiga tushgan musibatlar qizining h a m boshiga tushsa? (Odil Yoqubov);
5) kesim vazifasidagi qo‘shma fe'l qismlari orasida ishlatiladi: Hatto boshda .. er−xotin ancha xafa h a m bo‘lishgan, uni qizlariga ravo ko‘rishmagan edi (Odil Yoqubov) kabi; 6) ergash bog‘lovchiga qo‘shilib keladi: Sh u n i n g u ch u n h a m Botirali otryadi .. keyin-gina jang qildi (Hamid G‘ulom) kabi;
7) ham yuklamasi uyushiq qator qismlari oldida takror ishlatilganida bog‘lovchiga o‘xshab ketadi, lekin ta'kid yuklamasiligicha qatnashadi: Fazilatxon bizda h a m klub boshlig‘i, h a m kutubxona mudiri bo‘lib ishlaydilar (Odil Yoqubov) kabi. Bunday ishlatishni klub boshlig‘i bo‘lib h a m, kutubxona mudiri bo‘lib h a m tarzida transformatsiya qilinsa, ham yuklamaga tengligi ochiq ko‘rinadi.
6. esa yuklamasi ta'kid ma'nosini 'eslatish' ma'no qirrasi bilan birgalikda ifodalaydi, odatda egaga qo‘shiladi: Ko‘pchilik unga so‘z berilishini talab qi-lar, rais esa bosh tortar edi (Abdulla Qahhor). Tussiz tagdo‘zi do‘ppi
qo‘ndirilgan boshi esa qori chala erigan cho‘qqini eslatar edi (Hamid G‘ulom) kabi.
7. hatto yuklamasi ta'kid ma'nosini kuchli darajada ifodalaydi:
1) odatda kesimga qo‘shiladi: Keyin−keyin Salimxon uning fikriga tushuna boshladi, h a t t o ba'zi bir masalalarda u bilan bahslashadigan bo‘ldi (Abdulla Qahhor) kabi; 2) ta'kid ma'nosini yana−da kuchaytirish uchun ham yuklamasi bilan birga ishlatiladi: ..h a t t o otani xushlamaydigan Haydar ham dadasining yonini olmadi (Odil Yoqubov) kabi. Ushbu jumlalarda yuklamalar egaga qo‘shib ishlatilgan.
8. −ku yuklamasi ta'kid ma'nosini 'hissiyot ma'no qirrasi bilan birgalikda ifodalaydi: 1) kesimga qo‘shiladi: Bu ishning har bir varag‘idan shaxsiy g‘araz hidi keladi−ku! (Abdulla Qahhor) kabi; 2) egaga qo‘shiladi: Vohid Mi-robidov−ku uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib qulog‘ining yonidan o‘tkazib yubordi (Odil Yoqubov) kabi. 9. −da yuklamasi ta'kid ma'nosini pisanda' ma'no qirrasi bilan birgalikda ifodalaydi: Boshqa odam quribdi−da bu qishloqni! (Odil Yoqubov). Yuboravering−da, shu yerda o‘lib−netib qolsa,.. (Abdulla Qahhor) kabi.
10. xuddi yuklamasi 'ta'kidlab o‘xshatish' ma'nosini ifodalaydi: I) ba'zan yolg‘iz o‘zi ishlatiladi: Sherzodning ko‘nglidagi istak ham x u d d i shunaqa arzimagan narsadan boshlanadi (O‘tkir Hoshimov). .. x u d d i namgarchilik kuz kechasini boshlab kirgan edi dahlizga (Asqad Muxtor) kabi;
2) ko‘pincha −dek affiksoidi bilan birgalikda ishlatiladi: a) ot leksemaga qo‘shiladi: Shukurov esa x u d d i mashhur donishmandning so‘zini tinglayotgan yosh talabadek hadeb bosh irg‘irdi (Odil Yoqubov) kabi;
b) fe'lning sifatdoshshakliga qo‘shiladi: Sirojiddin x u d d i arvohga duch kelgandek ko‘zlari olaygancha yonbosh tomonga surila boshladi (O‘tkir Hoshimov) ka-bi;
d) bor kesimlik leksemasiga qo‘shiladi: .. boshqarma oldidan o‘tib ke-tayotganida esa x u d d i b i r zarur ishi borday kirgisi keldi (Abdulla Qahhor).
11. faqat yuklamasi chegaralab ta'kidlash ma'nosini ifodalaydi:
I) yolg‘iz o‘zi ishlatiladi: Kulolning ko‘zlari hech narsani ilg‘amay f a q a t qiz-chani ko‘rayotgandek edi (Asqad Muxtor) kabi;
2) ma'noni kuchaytirish uchun −gina yuklamasi bilan birgalikda ishlatiladi:
F aqat .. ishga sho‘ng‘ib ketganda-gina bu o‘ylar sal yodidan ko‘tarilib,.. (Odil Yoqubov) kabi.
12. −gina yuklamasi 'faqat' ma'nosini ta'kidlab ifodalaydi: Shunda-gina Farida boshini ko‘tardi−da, .. auditoriyaga bir daqiqa qiziqsinib qarab qo‘ydi (O‘tkir Hoshimov) kabi. Asli bu yuklamani chiziqcha bilan shunda−gina kabi yozish to‘g‘ri. Faqat va −gina yuklamalarini bir−biriga qo‘shib ishlatish ham uchraydi: .. u f a q a t - g i n a o‘zini ovutishga uringanday.. (Asqad Muxtor).
13. −u/−yu yuklamasi:
1) keyingi harakatning oldingi harakat tugashi bilan boshlanishi ma'nosini ifodalaydi: Birdan momaqaldiroq gumburladi−yu, ketidan shiddat bilan jala quya boshladi (O‘tkir Hoshimov). Ichkaridan yalangbosh, yalangoyoq Oliya yugurib chiqdi, chiqdi−yu, eriga otildi (Odil Yoqubov) kabi;
2) ta'kidlab sanash ma'nosini ifodalashga xizmat qiladi: .. bir−ikki xonali boshpana qurib olsam−u, xonalarning bittasini kutubxona, bittasini qiroatxona qilib, yosh−yalanglarga.. ko‘rgan−kechirganlarimni gapirib berib o‘tirsam (Odil Yoqubov). Hammani to‘ydirish g‘amida yuradi−yu, o‘zi to‘yib non ye-maydi (Hamid G‘ulom) kabi.
14. −da yuklamasi:
Yuklamalarning ma’no jihatdan turlari So‘roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a(ya). Bulardan -mi yuklamasi so‘roq va taajjubdan tashqari modal ma’noni ham bildiradi, bunda u noaniqlikni ifodalaydi: Uyidami, ko‘chadami, uning uchun farqi yo‘q edi. –chi so‘roqdan tashqari buyruq, do‘q, iltimos, qistash, ta’kid, uqtirish ma’nolarini ham bildiradi: Qani, yur-chi! Kitobingni berib tur-chi. -a, -ya yuklamalari ham so‘roq va taajjubdan tashqari his-hayajonni, tasdiq va ishonchni ham bildiradi: Qanday chiroyli-ya! Go‘sht olibdi - jiqqa yog‘-a.
Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari: Nahotki, axir, hatto(ki), -ku, -da, -u(-yu), -oq(-yoq), -ki(-kim), yuklamalari kuchaytirish va ta’kid ma’nolarini anglatsa, tim(qora), liq(to‘la), lim(to‘la), g‘irt(yolg‘on), qir-(shir-, qip-yalang‘och), g‘arq(pishgan), jiqqa(ho‘l) yuklamalari nutqqa tasviriylik berib, so‘z ma’nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
Ayiruv yuklamalari: faqat, ham, -gina (-kina, -qina), xolos. Ham yuklamasi ba’zan bog‘lovchi o‘rnida ham qo‘llanadi: Uni birinchi kursga qabul qilishdi ham stipendiya tayin qilishdi. Bu so‘z takrorlanib kelganda, fonetik o‘zgarishga uchrashi mumkin: U yurtiniyam, xalqiniyam boqdi (O.). Faqat, -gina yuklamalari o‘rnida yolg‘iz so‘zi qo‘llana oladi. Bu yolg‘iz nom xolos.
O‘xshatish-qiyoslash yuklamalari: xuddi, naq, go‘yo(ki), misoli, bamisli: Xuddi o‘zimga o‘xshaydi.
Gumon yuklamasi - - dir: Uyiga yetib borgandir. Bu yuklama –man, -san, -miz, -siz qo‘shimchalari kabi shaxs-son ifodalaydigan –dir qo‘shimchasi bilan shakldoshdir: Farzandlarim mening qanotimdir.
Ko’plab darsliklarda va boshqa ilmiy manbalarga asoslangan, o’zbek she’riy nutqiga xos yuklamalarni quyidagi ma’no guruhlariga ajratish mumkin.
1 Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari: -ki, -da, -u, (-yu), -a (-ya), aqalli, ham, liq, lim, g’irt, g’arq, jiqqa kabi.
Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari o’zi aloqador gap bo’lagi ma’nosiga diqqatni tortish uchun, uni kuchaytirish uchun qo’llanadi.
A.Xojiev bunday yuklamalar sirasiga ham, axir, -ku, -oq kabilarni kiritadi.
O’zbek she’riy nutqida kuchaytiruv-ta’kid yuklamalaridan kabilar faol qo’llanadi:
Ham yuklamasi o’zi kuchaytirib yoki ta’kidlab ko’rsatadigan so’zlardan keyin keladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |