Jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi Jismoniy mashqlarni klassifikatsiya qilish-uni turkumlash ya`ni ularni alohida ajratilgan hususiyatlariga kura guruhlash tushuniladi.
Jismoniy tarbiya tizimlarining tarixiy bosqichlarida jismoniy mashqlar tanlash va turkumlashda usha jamiyat uchun prgressiv va tarbiya vazifasini bajarishga mos keladiganlarigina e`tibor berilagan.
Tarixiy rivojlanishning turli bosqishlarida tarbiyaning maqsad va vazifasi uzgarib turgan, demak, jismoniy tarbiya tizimi ham uzgargan, bu esa uning omillarining ham uzgarishiga sabab buldi.
Gretsiyada tarixiy besh kurash-pentatlon, Guts-Mutsning tabiiy harakatlari, Pestalotstsi va Shpisning XVhhh asr uchun tanlangan «elementar harakatlari» va boshqalar. Demak davr uzgarishi bilan jismoniy tarbiya tizimi, uning vazifalari va vositalari uzgardi.
Shvedlarni pedogogik gimnastikasida jismoniy mashqlar anatomik hususiyatiga qarab klassifikatsiya qilindi, chunki ular tizimining asosiy maqsadi tana tuzilishining kurinishi yaxshilash edi. Bu esa jismoniy tarbiya tizimining yunalishini torroq bulishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |