Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti umumiy tarix kafedrasi



Download 466 Kb.
bet3/5
Sana09.09.2017
Hajmi466 Kb.
#20592
1   2   3   4   5

Kaspiy saklar Orol dengiziniing Uzboy o’zani va sharqiy hududlarida yashagan Orto koribantiy saklari- “uchi o’tkir uzun qalpoqli tigraxauda” saklaridir. Ksenofond yozgan saklar Gerodotninig orto koribantiy saklariga – tigrahaudalarga to’g’ri keladi. V.Struve kaspi qabilasiga to’xtalib, “kashtu” xalqi-kaspiylar eron tillari guruhiga kirmasligini ko’rsatadi.

Kaspiy dengizininig janubiy-sharqiy qirg’oqlvridv massagetlar va tigrahauda saklari yashagan. Ular otlarda jang qilishgan. Amyurgiy skiflari esa piyoda jang qilishgan. Amyurgiylar va tigrahauda saklari tuya junidan qalin bostirilgan tepasi uzun qalpoq kiyishgan. Ular asosan chorvachilik bilan shug’ullanishgan.



Tiyay-tara-daraya saklariniing Amudaryo va Sirdaryo bo’ylarida yashaganini nazarda tutib, “dengiz orti” emas, “daryo orti” saklari deb tarjima qilish maqul ko’rinadi.

Doro I bosib olingan hududlar ro’yoxati (Behistun yozuvi)da Marg’iyonadan keyin saklar mamlakati qayd etiladi. E’tibor qilinsa, Doro I saklar mamlakatiga – Marg’iyonaga bostirib kelganda ularning sardori qarshilik ko’rsatgan, keyin uni tutib, o’rniga o’ziga sadoqatli Baqtriya satrapi Dadarshishni taynlagani haqidagi ma’lumotlardan bu o’rinda Amudaryo va Sirdaryoning o’rta oqimidagi yashayotgan saklar mamlakati nazarda tutilayotganligini tushunish mumkin. Geradotda bu saklar “amyurgiylar”, fors yozma manbalarida esa “xaumvarka saklari” deb atalgan.



Tigraxauda saklari Kaspiy dengizining shimoliy-sharqiy hududlarida yashaganlar. Ular dashtlarda ko’chib Orol dengizining sharqiy hududlariga kelishgan. Bu hududda yashovchi kaspi saklari Kserks qo’shini tarkibidagi otliq jangchilarninig eng jasuri hisoblangan20.

Behistun yozuvlarida Doro I yurishlari munosabati bilan qayd etilgan massaget saklari Gerodot btldirgan ma’lumotlarga ko’ra, Araksning sharqida issedonlarga qarama-qarshi hududda joylashgan ko’rinadi. Strabon qoldirgan ma’lumotlarga qaraganda esa, massagetlar yurti Araks (Amudaryo) daryosining Orol dengiziga quyiladigan o’zani atrofiga to’g’ri keladi21.

Agar Doro I bosib olgan o’lkalar haqidagi “Naqshi Rustam”da berilgan tartibni xronologik tarzda tushunilsa, “Midiya, Elam, Ariya, Baqtriya, So’g’diyona, Xorazm... Saka xaumavarka, saka tigraxauda... dengizdan narigi yerdagi saklar” kabi ma’lumotlarda kelgan massaget saklari antik manbalardagi “So’g’d orti saklari”ga to’g’ri keladi22.

Eron hukmdorlari bilan yurtimiz xalqlari o’rtasida uzluksiz davom etgan urushlar Ahamoniylar davlatini kuchsizlantirdi va Eronning Iskandar Zulqarnayn (miloddan avvalgi 336 – 323 yy.) tarafidan bosib olinishini birmuncha osonlashtirdi

Aleksandr Makedonskiy istilolari tarixiga bag’ishlab asarlar bitgan Arrian, Kvint Kursiy Ruf va Flaviylar Spitamen qo’shini tarkibidagi saklar va massagetlar juda shijoatli va Qahramonona janglar olib borganini yozib qoldirishgan. Ko’p asrlar davomida saklar bilan yonma-yon yashagan massagetlar etnik qondoshligi bois ularning tili, madaniyati, urf-odatlari bir-biriga yaqin bo’lgan.

Yunon-makedonlarning shafqatsiz urushlari natijasida ko’pgina mahalliy aholi qirilib ketadi. Qolganlari ham tog’li hududlarda kurashni davom ettiradilar. Bu o’rinda Spitamenning jasorati haqida to’xtalish joizdir. U doimo raqiblarining zaif joylarni izlar va ularga aynan o’sha joylardan zarba berar edi. Spitamen So’g’diy va baqtriyalik zadagonlar, hamda saklar bilan ittifoqlikda dushmanga qarshi kurashishga harakat qildi. Manbalarning ma’lumot berishicha mil.avv. 328 yilning oxirida Spitamen o’z vatandoshlari xiyonatining qurboni bo’ladi. Spitamen tajribali davlat arbobi va sarkarda bo’lib, u bosqinchilarni Ona – yurtidan haydab chiqarishi uchun imkoniyati bo’lgan barcha tadbirni ko’rdi, choralardan unumli foydalanishga harakat qildi. U mohir sarkarda bo’lib dushmanning kichik hatosidan ham unumli foydalanar va uning tomonlarini topishga harakat qilardi. Ammo, Aleksandr harbiy kuch-qudrati jihatdan Spitamendan ustun edi23.

Spitamen haqida qadimgi dunyo tarixchilari juda ko’p yozuvlar qoldirishgan. Iskandar Zulqarnaynning So’g’diyonaga yurishlari paytida ko’chmanchi so’g’dlar va skiflar tomonidan turib bosqinchi yunonlarga qarshi ayovsiz kurash olib borgan Spitamenning mardliklari to’lib-toshib hikoya qilinadi. Spitamen – qadimgi forschada “botirligi va qo’rqmasligi bilan charaqlovchi” degan ma’noni aglatib, “spita” – uchqun, “spitamen” – uchqun sochuvchi demakdir.

1932 yili rus yozuvchisi Vasiliy Yanning “Qo’rg’onlar ma’shalasi” tarixiy qissasi chop etiladi. Qissada tarixiy manbalarga asoslanib Spitamenning yana bir nomi Sheppe-temen- turonchada “chappa tomon” deb nomlanishi ham bayon qilinadi. Bu asar 2011 yilda “Qo’rg’on uzra gulxanlar” nomi bilan qayta nashr qilinadi va Sheppe-temen (turkchada)-“Chapaqay-Tikanak”24 ma’nosida beriladi.

Spitamen yunon bosqinchilariga qarshi butun So’g’diyonada olib borilgan kurashlarga boshchilik qildi. U necha bor yunon sarkardalarining ming-ming chaqirimdan yo’l bosib dunyoning yarmini zabt etgan qo’shinlarini parokanda qildi. Bosqinchilar istibdodiga qarshi bosh ko’targan So’g’diyonaning yetti yirik shahri qo’zg’olonlariga rahbarlik qildi.Spitamen xotini tomoidan xoinona o’ldirilgunicha umrini kurashlarda o’tkazgan afsonaviy so’g’d bahodiri edi25.

Rim tarixchisi Pompey Trog bundan ikki ming yil oldin, ya’ni miloddan avvalgi I asr va milodiy I asrlarda ham “Skiflar hamisha eng qadimiy xalq xisoblangan, qadimiylikda ular misrliklar bilan bellasha oladilar” deb yozadi.

Ozarboyjon olimi Faridun Og’asoug’lu bundan besh ming yil muqaddam turkiy xalq ajdodlari o’z yozuviga ega bo’lganiga ko’plab dalillarni e’lon qiladi. Darhaqiqat, skiflar eng qadimiy xalqlardan bo’lgani tarix ilmida, xususan, turkologiyada tobora o’z isbotini topib bormoqda.

Antik manbalarda skiflar bilan bog’liq ma’lumotlar anchagina. Bu borada Gerodot alohida o’rin tutadi. Uning yozishicha, “Skiflar yashagan... mamlakatlar tep-tekis, yeri mahsuldor, bora-bora yer toshli va notekis bo’lib boradi. Bu notekis yerli mamlakatdan ancha yursang, baland qoyali tog’lar bag’rida odamlar yashaydi... Faqat g’alla ekadilar, non yopib yeydilar... Alizondan shimolroqda dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi skiflar yashaydilar.

Skif xalqi hujum qilganda har qanday dushman ularning chopag’onligidan qochib qutulib keta olmaydi, ular o’zlari xohlamasa ushlay olmaydi. Shahri, himoya qo’rg’oni bo’lmagan, uy ro’zg’orini o’zi bilan aravalarda olib yuradigan, hayotini chorva bilan o’tkazadigan, har biri otliq kamonchi bo’lgan bunday xalqning yengilmas va egilmas bo’lmasligi mumkin emas.

Skiflarning bu fazilatiga yer ham, daryo ham ko’mak beradi. Ularning yerlari tekis, qalin o’tlar bilan qoplangan va yaxshi sug’orilgan. U yerlarda Misr kanallaridan qolishmaydigan daryolar oqadi”.

O’sha olis zamonlarda skiflar emin-erkin yashash niyatida harbiy salohiyatga zo’r berganligini, o’z navbatida, o’z xavfsizligi, tinchligini ko’z qorachig’iday asrashga bo’lgan qat’iyati bilan bog’liq deyish mumkin. Tarixlarda “ajoyib jangchi” atalganligining o’ziyoq skiflarning erkin yashash, o’z yeri, mulki, oilasi himoyasi yo’lida jonini tikkan xalq bo’lganligidan darak beradi26.

Antik yozuvchi Yustin “Pompey Trogning “Filipp tarixi” asariga epitoma”da skif xalqi haqida shunday yozadi: Skiflar o’z bolalari va xotinini usti charm bilan qoplangan aravalarda olib yuradi. Ana shu aravalar ularning yashash joyi xisoblanadi. Adolat ularning qonida bor. Ularning tushunchasida o’g’rilik jinoyatdan yomon. Oltin va kumushga ular firibgarlik o’limiga jirkanib qaraganday qaraydi. Ular sut va asosl bilan ovqatlanadi. Hayvonlar terisidan kiyim kiyishadi. Soddadillik ularning sof ahloqi bilan bog’liq... Ularning urushga nisbatan munosabatiga amal qilinsa, balkim dunyoda bir necha asrlar davomida urushlar bo’lmasdi. Tabiiy o’limdan ko’ra, qurol va qilich bilan o’ldirilganlar ko’p bo’ladi.Skiflarga tabiat ato qilgan fazilatlarga greklar uzoq yillar donishmand va faylasuflardan olgan ta’lim bilan ham yetisha olmadi. Besavod va yovvoyi xalqning odobi yuksak rivojlangan xalqlar odobidan ham baland bo’lgan ekan. Deyishadiki, skiflar Osiyo ustidan uch marta hukmronlik qilgan ekan. O’zlari esa hyech kimning ta’siriga tushmabdi, mag’lubiyatga uchramabdi. Ular kuchi bilan Kirning butun qo’shini qirib tashlandi. Aleksandar Makedonskiy ham ne-ne ko’rguliklar bilan ortga qaytdi. Skiflar Baqtriya va Parfiya davlatlariga asos soldi. Ular mehnatda va jangda shiddatkor, tanasi juda kuchli, ular hyech narsani izlashmaydi. Urushlarda g’alaba qozonish gashtidan boshqasini o’ylashmaydi... Rost so’zlash skiflarning qonida bo’lgan... Skiflar bostirib kelayotgan qo’shinni kutib o’tirma, balki hujumga hujum bilan javob berar ekan... Skiflar Osiyoni bosib olish uchun 1500 yil kurashdi. 1500 yil mobaynida Osiyo skiflarga xiroj to’ladi.

Umuman skiflar jangda ko’tarinki ruh va toblangan tanani har narsadan ustun qo’yishga. Ular boylikdan xazar qilishgan. Ktesiy qoldirgan ma’lumotlarga ko’ra skiflar “ajoyib jangchi, otda kamon otish san’ati bilan shuhrat topgan”. Grek tarixchisi Eforning “Umumiy tarix” ida aytiladi: “Skiflar boylik ketidan quvmaydilar, bir-birlariga halol munosabatdalar, mol-mulk, ayollar, bolalar, butun oila ularda umumiydir... Aravalarda ko’chib yuradilar va sut bilan oziqlanadilar. Shaxsiy mulk orttirishga yo’l qo’ymaydilar, mol-mulk va boshqa narsalargaumumiy egalik qiladilar. Ulardan ba’zilari Osiyoga ko’chib joylashgan, u yerda ularni saklar deb atashadi”27.

O’rta Osiyoda istilo etilgan viloyatlar va shaharlarni boshqarish uchun yunon-makedon sarkardalari bilan birga mahalliy hokimlar ham jalb etilgan. Yozma manbalarning ma’lumot berishicha, Aleksandr davrida mahalliy aholi vakillaridan Fratafarn-Girkaniyada, Artaboz-Baqtriyada, Oksiard va Xoriyen-So’g’diyona viloyatlariga hokimlik qilganlar. Mil.avv. 325 yilda Oksiard qo’l ostiga Paropamis-Hindiqush viloyati topshiriladi28.

Iskandar Zulqarnaynning yurishlari (miloddan avvalgi 334-324 yy.) yurtimiz ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatdi: katta yer yegalari bo’lmish mahalliy aslzodalarning mavqyei yanada mustahkamlandi.

Ma’lumki, Iskandar Zulqarnayn vafotidan (miloddan avvalgi 323 yil 13 iyun) ma’lum vaqt (taxminan 75 yil) o’tgach, uning ulkan saltanati mayda-mayda davlatlarga bo’linib ketdi29.

Xullas, O’rta Osiyo xalqlarining ajdodlari yozma manbalar, arxeologiyaga oid topilmalar, toponomik nomlar, folklor ashyolar, qadimgi yozma bitiklar ma’lumotlariga qaraganda miloddan avvalgi bir minginchi yillikda xorazmiylar, so’g’dlar, baqtriyaliklar, massagetlar, saklar, daxlar kabi qibilalar va elatlar yashaganlar. Bu qabila va elatlar ular yashagan o’lkalar nomi bilan atalgan: xorazmiylar-Amudaryoning quyi oqimi, baqtriyaliklar-Surxondaryo vohasi, shimoliy Afg’oniston va janubiy Tojikiston yerlari, sug’diylar-Zarafshon vodiysi, Qashqadaryo vohasi, chochliklar-Toshkent vohasi, parkanaliklar-Farg’ona vodiysi.

Ammo tarix fani oldida turgan bir muommo bor, u ham bo’lsa O’rta Osiyoda ahamoniylar davlatiga qadar mavjud bo’lgan ilk davlat birlashmalari tarixini chuqur tadqiq etish masalasidir. To’g’ri, bir qator muarrixlarning yozma asarlarida yuqorida qayd etilgan katta Xorazm va Baqtriya podsholigi haqida qaydlar bor. Ammo bu manbalar xrornologik tartiblarda berilmagan, uzuq-yuluq va juda qisqa xabarlardan iborat, xolos. Ularning kattagina qismi afsonaviy tavsifdadir30.



1.2. O’rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar (mil.avv. IV asrdan milodning IV asrigacha)

Makedoniyalik Aleksandr vafotidan so’ng, uning saltanati uch mustaqil davlatga: Makedoniya, misr, Suriyaga bo’linib ketadi. Misr-Ptolomey avlodlariga va Suriyadan to O’rta Osiyo –Hindistongacha salavkaga tegadi. Salavka 312-yildayoq Bobilda o’z hukmronligini mustahkamlagan edi. Shundan so’ng Salavka sharqiy satrapliklarni ham egallaydi. Bu masalada Salavka bilan Nikanor o’rtasida kurash kuchayadi. Salavka mil.avv. 311-302 yillarda boshqa satraplar bilan ham jang olib boradi va Sharqda o’z hukmronligini mustahkamlaydi. Ana shu tariqa Salavka I parfiyanlar, baqtriyalik so’g’diylar, girkanlar ustidan o’zining tanho hukmronligini o’rnatadi.

302 yildagi Suriya, Kichik Osiyo va Mesopatamiya viloyatlari uchun Salavka bilan Antiox o’rtasidagi jang bir yilga cho’ziladi, bu jang Salavkaning g’alabasi bilan yakunlanadi. 293 yilda Salavka o’z poytaxtini Bobildan Suriyaga-Antioxiyaga ko’chiradi.

Salavka 293 yilda sharqiy viloyatlarning ishini o’z o’g’li Antioxga topshiradi va uni hukmdor qilib tayinlaydi. Bu viloyatlar salavka davlati iqtisodiyotida katta o’rin tutadi.

Strabon bergan ma’lumotlarga qaraganda Antiox Marg’iyonada o’z nomiga qurdirgan shahar-Antioxiyani ko’chmanchilarning tinimsiz xujumidan himoya qilish maqsadida Murg’ob vohasi atrofini 250 km devor bilan o’rab olgan. Ammo ko’chmanchilarning xujumlari bu bilan to’xtamagan. Ular u yoki bu shahar devorlari ostida yoki ekinzor dalalar hamda voha bog’larida kutilmaganda paydo bo’lar va yana tezda ko’zdan g’oyib bo’lar edilar. Ana shunday og’ir bir vaziyatda Salavka I Hindistonga qarshi urush boshlaydi. Bu urush uning mag’lubiyati bilan yakunlanadi. Natijada salavkiylarning O’rta Osiyodagi obro’siga putur yetadi, ulaga qarshi qo’zg’olonlar boshlanadi. Xullas Salavka I vafotidan so’ng davlatning zaminiga putur yetadi. Sharqiy viloyatlar oltin, fil lazuritlari bilan doimo jarima to’lab tursalarda, ularning mustaqillikka intilayotganlari sezilib turardi. Bu jarayon, xususan, mil.avv. III asr o’rtalariga kelganda ko’zga yaqqol tashlana boshlandi.

Bu darda Baqtriya va So’g’diyonada aholi dehqonchilik bilan shug’ullunardi. Shaharlarning o’sishi, hunarmandchilik va suv xo’jaligining taraqqiyotiga ta’sir etgan. O’rta Osiyoning salavkiylar davlati tarkibida bo’lishi so’zsiz suratda Ellin madaniyati ta’sirining o’lka xalqlari orasida tarqalishiga sabab bo’lgan omildir31.

Yuqorida qayd etilganidek milodan avvalgi III asrning o’rtalarida salavkiylar saltanati inqiroz sari yuzlanadi. Sharqiy satraplklar markaziy hokimiyatga bo’ysunishdan bosh tortib, mustaqil siyosat yurgizishga intilardi. Xususan, bu sohada Parfiya va Baqtriya satrapliklarining faoliyati alohida diqqatga molikdir.Baqtriya va Parfiya satrapliklari o’zlarining mustaqil davlatlarini tuzish uchun juda ko’plab sa’yi xarakatlarini amalga oshirganliklarini g’am kuzatishimiz mumkin.

Parfiya podsholigi-mil.avv. Taxminan 250 yilda Kaspiy dengizining januby va janubiy-sharqiy tomonida vujudga kelganqadimiy davlat. Azamat Ziyo bu davlat haqida shunday yozadi: “Mintaqamizning Atrek hamda Go’rgon daryolari yuqori havzasida joylashgan (Janubiy Turkmaniston, Shimoliy-Sharqiy Eronning bir qismi) tarixiy makonlaridan biri qadimgi Parfiya nomi bilan yuritilgan. “Avesto”da Ahura Mazdaning beshinchi bo’lib Nisaya o’lkasini yaralgani haqida so’z bor. Nisayaning hozirgi Ashgabad yaqinidagi harobalari saqlanib qolgan ko’xna Niso shahri Parfiyaning dastlabki markazi bilan bog’liqligiga shubha qilmasa ham bo’ladi”32.

Pompey Trog skiflar (saklar) haqida to’xtalib, “Ular Parfiya va Baqtriyaga asos solganlar”, deb yozgani ma’lum. Yunonlik tarixchi pompey yana Parfiya xususida to’xtaltb, “Rimliklar bilan butun dunyoni o’zaro bo’lib olgan parfiyaliklar hozirda butun sharq uzra hukmdordirlar va ular (aslida qachonlardir skiflar orasidan badarg’a qilinganlardandirlar, ularning nomi bunga ishora, zero, skiflar tilida “Parfi” badarg’a qilinganlarni anglatadi33.”

Ko’pchilik tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, Yunon – Baqtriya davlatining salavkiylardan ajralib chiqishi yunon zadagonlarining qo’zg’oloni xususiyatiga ega bo’lib, unga Baqtriya aholisi tomonidan qo’llab-quvvatlangan Diodot boshchilik qiladi. Tadqiqotchilar Yunon-Baqrtiya davlati paydo bo’lgan turli sanalarni beogilaydilar (mil.avv. 256, 250, 248 va 246-145 yy). Bu davlatning asosi Baqtriya bo’lib, ba’zi hukmdorlar davrida (Yevtidem, Demetriy, Yevkratid) Hindistonning shimoli-g’arbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o’rtasidagi katta yerlar qo’shib olinadi.

Baqtriyaning salavkiylar davlatidan ajralib chiqishi hususida rimlik tarixchilar Pompey Trog va Yustinda uzuq-yuluq ma’lumotlar saqlangan bo’lsada bu haqda batafsil ma’lumotlar uchramaydi. Shunga qaramasdan mavjud tangashunoslik, ayrim xo’jalik xujjatlari, san’at yodgorliklari, sug’orish inshoatlari va imoratlar qoldiqlari bergan ma’lumotlar asosida bu davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lish mumkin. Ammo, Yunon-Baqtriya davlatining siyosiy tarixi ko’p xollarda qiyosiy solishtirish va taxminlarga asoslanadi34.

Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Yunon-Baqtriya mulklarining chegaralari doimiy mustahkam bo’lmasdan, harbiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqibo’zgarib turgan. Mil.avv. III asrning oxirlariO’rta Osiyo janubidagi harbiy-siyosiy vaziyat haqida Polibiy ma’lumotlar beradi. Uning yozishicha, salavkiylar tomonidan Baqtrada qamal qilingan Yevtidem ularning hukadori Antiox III ga “chegarada ko’chmanchi qabilalar turganligi va ular chegaradan o’tadigan bo’lsa har ikkala tomonning ham ahvoli og’ir bo’lishi mumkinligini” bildiradi. Polibiy ma’lumot bergan ushbu ko’chmanchilar mil.avv. III asrning oxirlarida Zarafshon daryosiga qadar deyarli butun Sug’dni egallagan bo’lib, bu hududlar Yunon-Baqtriya davlatining vaqtinchalik shimoliy chegarasi bo’lib qoladi. Shuningdek, g’arbiy Hisor tog’lari ham shimliy chegaralar bo’lgan bo’lishi mumkin.

Yunon-Baqtriya davlatining gullab yashnagan davri III asrning ikkinchi yarmi va mil.avv.II birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Janubiy hududlardan bu davrga oid Jondavlattepa, Dalvarzin, Oyxonim, Qorabog’tepa kabi yodgorliklardan hokimlar saroylari, ibodatxonalar, turar-joylar, mehnat va jangovar qurollar, turli hunarmandchilik buyumlari hamda ko’plab tanga pullarning topilishi bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy xayotdagi rivojlanish jarayonlardan dalolat beradi.

Yunon-Baqtriya markazlashgan davlat bo’lib, hokimiyatni podsho boshqargan. Davlat bir necha viloyat (satrapiya)larga bo’linganbo’lib, bu viloyatlar boshqaruvchilari yoki hokimlari podshoga bo’ysunganlar.Ammo, bu davrda davlat nechta satrapiyalar bo’lganligi va ular qanday nomlanganligi ma’lum emas. Strabonning ma’lumotlariga ko’ra, satrapiyalarga noiblarni tayinlashda qarindoshlik an’analariga amal qilingan bo’lishi mumkin.

O’z vaqtida V.V.Grigoryev Baqtriyadagi Yunon hokimiyati yagona monarxiya tomonidan amalga oshirilmay davlatlar uyushmasi tomonidan amalga oshirlgani dastavval, nisbatan kuchlilar, ular orasidan “baqtriyaliklar”, keyin esa “ularga tobe bo’lganlar” haqidagi konsepsiyani ilgari surgan edi. Hozirgi vaqtda ko’pchilik tadqiqotchilar Yunon-Baqtriya podsholarining boshqargan huddlari Shimoliy Afg’oniston, janubiy O’zbekiston va Hindiqushdan janubdagi ayrim viloyatlar bo’lganligini e’tirof etadilar. Mil.avv. II asrning ikkinchi choragidan boshlab Yunon-Baqtriya podsholigining inqiroziga qadar davlatda mustaqil birlik va barqarorlik bo’lmagan35.

Yunon-Baqtriyaning ichki ahvoli u qadar mustahkam emas edi. Mahalliy xalq bilan yunon-makedoniyalik hokimlar o’rtasidagi ziddiyat tobora chuqurlashib bordi, chet el bosqinchilariga qarshi qo’zg’olonlar kuchaydi. Xalq harakati, ayniqsa, So’g’diyonada keskin tus oldi. Natijada miloddan avvalgi III asr oxirlari va II asr boshlarida So’g’diyona mustaqillikni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldi. Yunon-Baqtriya imperiyasining boshqa o’lkalarida ham mustaqillik uchun kurash kuchaydi.

Qadimdan Shimoliy Xitoyda istiqomat qilib kelgan xunnlar miloddin avvalgi II asr oxirlarida xitoylar tazyiqi ostida g’arbga qarab chekinishga majbur bo’ldilar va Sharqiy Turkiston hamda Yettisuv vohasida ko’chib yurgan skif (xitoy manbalarida yuyechji, antik adabiyotda toxarlar nomi bilan mashhur) va usun qabilalarini surib chiqardilar. Oqibatda yuyechji (toxar) va usunlar So’g’diyona va Baqtriya hududiga ko’chib o’tdilar va bu yerda saklar va boshqa mahalliy qabilalar bilan qo’shilib, avval So’g’d, milodning taxminan 128-yili Yunon-Baqtriya davlatiga qaram boshqa o’lkalarni ham to Ind daryosigacha istilo qilishga muvaffaq bo’ldilar. Shunday qilib, Yunon-Baqtriya davlati inqirozga yo’l tutadi.

Xulosa shuki, Prafiya, Yunon-Baqtriya davlatlari tariximizning muhim bosqichlaridan biridir. Bu davrda o’lkamiz xalqlarining davlatchilik, xalq xujaligining barcha sohalarida erishgan yutuq va muvaffaqiyatlari, moddiy va ma’naviy ildizlarimizning buyukligi va qudratidan dalolat beradi36.

Antik davr O’zbekiston hududlarida taraqqiy etgan davlatlardan biri Qang’ davlatidir. Qadimgi Xitoy manbalarida Qang’ davlati mavjud bo’lganligi xaqidagi ma’lumotlar mil.avv. III asr oxiri –II boshlariga to’g’ri keladi. Ammo Qang’ davlati va qang’arlar tarixining mashhur bilimdoniK.Sh.Shoniyozovning fikricha, bu davlat mil.avv. III asrning boshlarida paydo bo’ladi. Keyinroq esa, Yunon-Baqtriya davlati va qo’shni ko’chmanchi qabilalar bilan bo’lgan kurashlar natijasida Qang’ davlati yanada mustahkamlanadi hamda manbalarda O’rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida tilga olinadi.

Vatanimiz tarixining mil.avv. III-I asrlar va milodning IV asrlarigacha bo’lgan xujjatli ma’lumotlar asosan Xitoy manbalariga aloqadordir. Shu bois, O’rta Osiyoda bu davrda qanday davlatlar bo’lganligi, qanday qavm va qabilalar yashaganligi, shahar, daryo, joy gomlari qanday atalganligi Xitoy manbalarida, xitoy tilida qanday yozilgan bo’lsa, hyech qanday o’zgarishsiz manbadagidek atalgan. Chunki bu nomlarning mahalliy tilda o’sha paytda qanday atalganligi ma’lum emas. Jumladan, Xitoy tarixchisi Sima Szyan mil.avv. II asrning so’ngi choragida O’rta Osiyoda bo’lgan bir Xitoy elchisi va sayyohining so’zlariga asoslanib, bu yerda aholisi yuechjiga o’xshab Qang’yuy nomli katta ko’chmanchilar davlati bo’lganligini xabar qiladi. Bundan tashqari “Avesto” va “Mahabxorat”da ham saklar, toharlar va qang’arlar yashagan Qang’ davlati haqida eslatib o’tiladi. Qang’arlar va qang’ davlati tarixi ustida olimlardan Ya.F.G’ulomov, S.G. Klyashtorniy, B.A. Litvinskiy, Yu.F.Buryakov, Q.Sh.Shoniyozov va boshqalar katta ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordila va Qang’ davlati to’g’risida qimmatli asarlar yaratdilar.

Xitoy manbalarida Qang’larda davlat bo’lgani to’g’risidagi ma’lumotlar mil.avv.III asr oxiri II asr boshlariga to’g’ri keladi. Tarixchi olim Karim Shoniyozovning fikricha: “Qang’ davlati solnomalarda aytilgan davrdan ancha oldinroq mavjud bo’lgan... So’zsiz Qang’ davlati O’rta Osiyoga bosib kelgan Makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari bilan Yunon-Makedoniyaliklardan tashkil topgan Salavkiylar sulolasi (mil.avv. 312-250 yillar bilan uzluksiz ravishda olib borilgan kurashlar natijasida tahminan mil.avv. III asr boshlaridan vujudga kelgan)”37.

M.I.Filonovichning fikricha, siyosiy tizilma sifatida Qang’, ehtimol mil.avv. II asrgacha shakllangan ko’chmanchi va chrim o’troq qabilalarning qang’ yo’lboshchilari qo’l ostida birlashtirilgan turli tuman ittifoqlardan iborat bo’lgan. Dastlab u, uncha katta bo’lmagan qabilalar ittifoqidan iborat bo’lib, janubda yuechjilar hokimiyatiga bo’ysunsa, sharqda xunnlarga qaram edi. Ammo, mil.avv. II- mil II asrda asta sekinlik bilan u qudratli davlatga aylanadi. Bu davrda Qang’ davlati manbalarda 120 ming deb qo’rsatiluvchi kuchli qo’shinga ega bo’lgan va qo’shni Xitoyga nisbatan g’oyatda mustaqil siyosat olib borgan38.

Katta Xan sulolasi tarixida “qang’lilar mamlakati podshosining turar joyi Loyunidagi Bityan shahrida” deb ma’lumot beriladi. Boshqa tarixiy manbalarda Loyuning nomi uchramaydi. Binobarin, uning qayerda joylashganligi aniqlanmagan. K.Shoniyozov Bityan shahrini Toshkent vohasida joylashgan deb hisoblaydi. Chunki tarixiy manbalarda aytilishicha Yaksart-Sirdaryo bo’yida qadimgi Kanxa – Kanka shahri xarobalari joylashgan. Yu. Buryakov uzoq yillik arxeologik tadqiqotlar olib borishi natijasida Qanxa shahri mil.avv. III va II asrlarda paydo bo’lganligini aniqladi. Demak, manbalarda eslatilgan Bityanning tashkil topgan vaqti Kanxa shahri paydo bo’lgan davrga mos keladi. Bu nomlar bitta shaharni ikki nom bilan atalishidir. Ushbu shahar Sirdaryoning o’ng irmoqlaridan biri Ohangaronning quyi oqimida (hozirgi Toshkent vil. Oqqo’rg’on tumani hududida) joylashgan.

Kanka xaqida dastlabki ma’lumotlar “Avesto”ning eng eski qismlari bo’lgan yashtlarda Turon qabilalarining turar joylari sifatida eslatiladi. Sosoniylar davri (224-651 yy) manbalarda bu shahar “Kandesh” yoki “Qandez” shaklida tilga olinadi. Shuningdek, Firdavsiyning shohnoma asarida ham Kanka shahri bir necha marta tilga olinadi. Undan tashqari o’rta asrlar geograflari asarlarida bu shahar “Kankrak”, “Xarashkent”, “Tarband” nomlari bilan eslatilib o’tiladi.

Manbalar Qang’ podsholarining nomlari xaqida malumotlar bermaydi. Faqat shu narsa ma’lumki, ular o’z nomlari bilan birgalikda, urug’ nomini ham qo’llaganlar va “Qang’ xonadoni hukmdori” deb atalganlar. Qang’da saylangan hukmdorning hokimiyati oqsoqollar kengashiga tayanganlar va ayni paytda kengash tomonidan cheklab qo’yilganini kuzatsh mumkin. Qang’ hukmdorlarining qanday unvon bilan atalganligi ma’lum. Ammo, kengashdagi zadagonlar qanday atalganligi turli bahslarga sabab bo’lgan. Antik davrdagi unsunlar, yuechjilar va qang’larning hukmdorlari yabg’u (xitoy manbalarida chaovu) unvoni bilan atalgan39.

Mil.avv. IX-III asrlarda, ya’ni Burg’ulik (Burkanlik) madaniyati rivojlangan davrda mehnat qurollarining barchasi asosan tosh va bronzadan yasalgan bo’lsa, qang’lilar davriga kelib temir buyumlar keng tarqalgan. Mil.avv. II – mil IV asrlarda Toshkent vohasida chorva qo’shib omoch bilan yer haydash keng rivojlangan edi. Shuningdek, bu davrda yerni sun’iy sug’orib ekin ekish, katta va kichik kanallar qazish, suv inshoatlarini bunyod etish ham taraqqiy topadi. Vohalarda yashovchi o’troq aholi dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug’ullanganlar. Yozma manbalarda bu aholining sut-qatiqlari va zotdor otlari borligi haqida ma’lumotlar beriladi. Chorva mollarining ko’pchiligi ko’chmanchi va yarim o’troq aholi ixtiyorida bo’lgan. Ko’p sonli chorva mollari esa mavsumga qarab bir joydan ikkinchi joyga haydab boqqanlar. Qang’ podsholari va ularga yaqin bo’lgan kishilar nihoyatda boy chorvadorlar bo’lishgan. Ular bahor kelishi bilan yaqinlar, qarindosh-urug’lari bilan birgalikda yozgi qarorgohdan ya’ni O’trorga borib yozni o’tkazganlar. Kuzda esa qishlovni o’tkazish uchun Kankaga qaytib kelganlar.

Tadqiqotchilarning e’tirof etishicha, qang’larniing ko’pchiligi shaharlarda va katta-kichik qishloqlarda yashaganlar. Shaharlar mustahkam himoya inshoatlari bilan o’rab olinib, ularda qal’alar ham mavjud bo’lgan. Ko’pchilik shaharlarning avvaldan o’ylangan rejaviy tizim asosida qurilganligi Qang’ davlatida shaharsozlik madaniyati rivojlanganligidan dalolat beradi.

Mustahkam himoya inshoatlari va qal’alariga ega bo’lgan shaharlarda hamda yirik qishloq va qo’rg’onlarda yirik qabila boshliqlari, urug’ yoki jamoa oqsoqollari, boy-badavlat oilalar va qisman hunarmandlar yashaganlar. Turar-joylar asosan pahsa va xom g’ishtlardan qat ko’targan. Qang’ davlati aholisining ko’pchilik qismi tarqoq xolatda kichik-kichik qishloqlarda, yerto’lalarda, kapa uylarda va o’tovlarda yashab yarim o’troq va ko’chmanchi turmush tarzi yuritganlar.

Qang’ so’zining kelib chiqishi to’g’risida fanda har xilcha fikr va qarashlar mavjud. Vizantiya imperatori Konstantin VII Bagryanorodniy “imperiyani idora qilish haqida” asarida “qang’ar”, so’zining ma’nosi- “mardonavorlik, jasurlik demakdir”, deydi. S.P.Tolstov esa Qang’ni Xorazm deb xisoblaydi. “Qang’li” so’zining kelib chiqishi haqida xalq rivoyatlari ham bor. Jumladan, Rashididdin “qang’li” so’zining kelib chiqishini afsonaviy shaxs bo’lgan O’g’uzxon bilan bog’laydi. O’g’uzxon o’z urug’-aymoqlari bilan urushib yurgan kezlarda qo’lga kirgizgan boyliklarni tashish uchun arava yasatadi. Arava turkiy tilda “Qang’il” deyilar ekan. Abulg’ozi Bahodirxon ham taxminan shunga yaqin fikrni ilgari suradi. Ammo bu atamalar Karim Shoniyozovning fikricha, ilmiy haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Uning yozishicha, “qang’”, “qanxa”, “qang’li” so’zlarining negizi Eron, umuman Hind-yevropa tillari bilan bog’liq bo’lishi ehtimoldan uzoq bo’lmasa kerak40.

Qang’lilar e’tiqodida zardushtiylik dini yetakchi o’rinni egallagan. Ular quyoshni muqaddas deb bilganlar va unga sig’inganlar. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda madaniyatning boshqa turlari qatorida musiqa san’ati ham rivojlanganligi ta’kidlanadi.

Xullas, qang’ davlatining yetti asrlik tarixi ota-bobo, avlod-ajdodlarimiz qadim-qadimdan biz haqli suratda faxrlansa arziydigan tarixga, rivojlangan qadimiy madaniyatga ega bo’lganliklarini yana bir marta isbotlaydi41.

O’rta Osiyoning sharqida, Sirdaryoning yuqori havzasida joylashgan qadimgi Farg’ona antik davr o’zbek davlatchiligi tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan edi. Farg’ona haqida yunon-rim mualliflari ma’lumotlar bermaydilar. Bu davlat haqidagi yozma ma’lumotlar asosan Xitoy manbalarida-Chjan Szyan ma’lumotlarida, Sima Syanning “Tarixiy xotiralar” – Ban Guanning “Birinchi xan sulolasi tarixi” asarlarida beriladi. Bu manbalarda ushbu davlat Dayuan yoki Davan nomi ostida eslatiladi. Farg’ona so’zi So’g’d manbalarida Fragonik shaklida yozilib, tog’lar orasidagi vodiy, atrofi berk soylik ma’nosini beradi. Xitoy manbalaridagi Dayuan ham tog’lar orasidagi vodiy ma’nosini beradi.

Davan davlati tarixi bo’yicha uzoq yillardan buyon tadqiqot ishlari olib borilib so’nggi yillarda o’zbek olimlaridan A.Asqarov, A.Xo’djayev, B.Matboboyev, A.Anorboyev, S.Qudraov, B.Abulg’oziyeva, B.Abdullayev, Abduholiq Abdurasul o’g’li kabilar arxeologik ma’lumotlarni yozma manbalar bilan qiyosiy o’rganish asosida samarali ishlar olib borayotgan bo’lishlariga qaramay bu yo’nalishda hali ko’pgina masalalar o’z yechimini topmagan. Davan davlati shaharlarining aniq joylashuvi, davlat tizimi va boshqaruvi, davlatning chegaralari, qo’shni davlatlar bilan munosabatlar, mahalliy madaniyatning qo’shni madaniyatlar bilan munosabatlari masalalari shular jumlasidandir42.

Yuqorida ta’kidlanganidek qadimgi Farg’onaning tarixi xaqida xitoy manbalarida Davan davlati bo’lganligi tilga olinadi. Ammo, bu davlat qachon paydo bo’lganligi va inqirozga yuz tutib, qachon tarix sahnasidan tushganligi masalasida hyech narsa deyilmagan. Biz bu davlatning mil.avv. II-I asrlarda qudratli davlat uyushmasi bo’lganligini bilamiz xolos43.

Qadimgi Farg’ona aholisi bronza davridayoq buloq suvlari birlashuvidan paydo bo’lgan Qoradaryo tarmoqlari havzalarida o’ziga xos sug’orma dehqonchilik madaniyatini yaratadilar. Ba’zi bir xitoy yozma manbalarining guvohlik berishicha, mil.avv. II-I asrlarda Davan aholisi ko’p, dehqonchilik va hunarmandchilik xo’jalilari yuksak darajada rivojlangan, shaharlarga boy va kuchli qo’shinga ega bo’lgan mamlakat edi. Buni boy arxeologiyaga oid topilmalar ham tasdiqlaydi. Avvalo o’troq dehqonchilik, keyinchalik ilk shaharsozlik va nihoyat ilk davlatchilikka bu madaniyat fanda “Chust madaniyati ” nomi bilan mashhur bo’lib, Qadimgi Farg’onaning shimoli-sharqiy hududlaridan bu madaniyatga oid 80 dan ortiq yodgorliklar majmui aniqlanib o’rganilgan. Ulardan ilk shahar madaniyati belgilari Dalvarzintepada (Andijon viloyati), Buonamozorda (Namangan viloyati) aniqlangan. Undan tashqari Chust madaniyatini Sho’rabashat va Eylaton madaniyatlari davom ettiradi. Sho’rabashat O’zgan yaqinida bo’lib, vodiyning yirik shaharlaridan biri bo’lgan, uning yer maydoni 70 gektarga tengdir.

Davanda mil.avv. II asrda bo’lgan Xitoy elchisi Chjan Szyan bergan ma’lumotlarga qaraganda bu davlat kuchli siyosiy tizimga ega bo’lgan mamlakat edi.

Chjan Szyanning sayohati davomida Davan, Kangyuy, Ansi davlatlari, ko’chmanchi chorvador usunlar haqidagi hikochyalari xitoyliklarni xayratda qoldiradi. Shundan so’ng Xitoydan Yevropa tomon shimoliy va janubiy savdo-aloqa yo’llari ochildi. Yevropaga eng qulay yo’l Tyanshanning shimoliy tomonidagi Jungar darvozasidan O’rta Osiyo orqali o’tib, Xitoyni g’arbiy dunyo bilan bog’lagan44.

Xitoy tarixchilarining mil.avv. II asr oxiridagi ma’lumotlarga ko’ra, Davan aholisi 300 ming kishini tashkil qilgan, davanliklar ko’zlari kirtaygan, qalin soqolli halq bo’lib, savdo-sotiq ishlarida mohirliklari bilan nom chiqarishgan. Davanda xotin-qizlar izzat-ikrom qilingan. Davanda yetishtirilgan “osmon tulporlari” – arg’umoqlar sharqda mashhur bo’lgan45.

Mil.avv. 125 yilda Davanga kelgan Xitoy elchisi Chjan Szyan bu yerda qishloq va shaharlari obod sug’orma dehqonchilik va hunarmandchilik xujaliklari yuksak rivojlangan, kuchli harbiy kuchlarga ega bo’lgan davlatni ko’radi. Chjan Szyan Davanning qishloq xo’jaligi haqida ma’lumot berib shunday deydi: “O’troq aholi yer haydaydi, g’alla va sholi ekadi, ularda musallas navli uzum, juda ko’plab yaxshi otlar bor. Davanning barcha joylarida uzum vinosi tayyorlaydilar. Boy xonadonlar uni katta miqdordatayyorlaydilar, bu ichimlik humlarda bir necha o’n yillarda ham buzilmay saqlanadi ”. Shuningdek bu elchi bu davlat aholisi juda xushmuomila, mehmondo’st, ko’ngli ochiq odamlar ekanligi haqida ma’lumot beradi.

Xitoy manbalari qadimgi Farg’onada dehqonchilik madaniyati yuqori darajada ekanligini isbotlaydi. Xitoyliklarni ayniqsa o’zlari uchun notanish bo’lgan beda va uzum xayratga solgan. Manbalarda yana shunday ma’lumot bor: “Xitoy elchisi urug’ keltiridi, shunda osmon farzandi (Xitoy imperatori) unumdo yerga beda va uzum ekdi”. Davanliklarning bog’larida uzumdan tashqari anor, o’rik va boshqa mevali daraxtlar ko’p bo’lgan. Xitoy tarixchilari bu mevalarning Xitoyda bo’lishini Davan bilan bog’laydilar.

Xitoy manbalari, shuningdek qadimgi Farg’ona chorvachiligining o’ziga hos tomoni bo’lgan yilqichilikning yuqori darajada rivojlanganligi haqida ham ma’lumot beradi. Davan davlati antik davrda mashhur zotdor otlar bilan shuhrat qozongan edi. Manbalardan ma’lum bo’lishicha ularni yetishtirish bilan o’troq aholi shug’ullangan. “Davanda yaxshi otlar bo’lib, ular Ershi shahridadir. Otlarni yashiradilar va Xan elchisiga berishga rozi bo’lmaydilar”. Davanning mashhur “samoviy otlari” tasvirlari tushirilgan qoyatosh suratlari bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan.

Xususan, O’shdan 8 km uzoqlikdagi Ayrimchatovning qoya adirlaridan 30 ta chiroyli zotdor otlarning tasvirlari bor. Xuddi shunga o’xshash tasvirlar Marxamat yaqinidagi Aravan qoyasidan, Navqat vohasi va Obishirsoydan ham topilgan. Bu tasvirlar Davan o’zining samoviy otlari bilan qadimdan mashhur bo’lganligini tasdiqlabgina qolmay, Farg’onaliklarning yuksak san’at sohiblari bo’lganligidan ham dalolat beradi. Manbalarning guvohlik berishicha, qo’shni davlatlar, hususan xioy imperatorlari Davan otlarini nihoyatda qadrlaganlar46.

So’ngi yillarda Davan davlati tarixi bo’yicha samarali ishlari olib borayotgan B.X.Matboboyevning yozishicha ichki tartibni saqlash va mamlakatni tashqi dushmandan himoya qilish uchun Davan davlatida asosan piyoda askarlar va otliq suvoriylardan iborat bo’lgan 60 000 kishilik qo’shin mavjud edi. Manbalarning ma’lumot berishicha, Davanliklar “Otda ketayotib o’q otishga mohir bo’lganlar”. Jangchilarning qurollari o’q-yoy va nayzadan iborat bo’lganlar. Davan qo’shinlari ochiq jangga kirishga ham uzoq muddatli mudofa urushlari olib borishga ham qodir bo’lgan.

Davanning “Samoviy otlari” va davlatning serunum yerlari uchun mil.avv. II asrning oxirlarida ya’ni mil.avv. 104-101 yillar orasida Xitoy qo’shinlari Farg’onaga ikki marta bostirib kiradilar. Birinchi yurish 104 yili xitoy qo’shinlarining tor-mor keltirilishi bilan tugaydi. Ikkinchi marta 101 yili 60 000 kishilik xitoy qo’shini Farg’onaning yirik shaharlaridan Ershini (hozirgi Andijon viloyatiga qarashli Marhamat qishlog’i o’rnida bo’lgan) qamal qiladilar. Lekin shaharni ola olmaydilar, sulh tuzib va ozgina o’lpon 3000 bosh ot olib qaytib ketishga majbur bo’ladilar.

Milodning I-II asrlariga kelib qadimgi Farg’ona aholisining o’troq dehqonchilik madaniyati yuqori darajaga ko’tariladi. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Farg’ona vodiysida bu davrga oid ko’p sonli aholi manzilgohlari, qal’alar, qo’rg’onlar, ko’xna shaharlar xarobalari aniqlangan. Aholi manzilgohlarini vodiyning turli hududlarida keng yoyilishi sug’orma dehqonchilik va irrigasiya ishlarining yuqori darajada rivojlanishi natijasi edi. Davlatning siyosiy va madaniy rivojlanishida hnarmandchilikning markazi bo’lgan qadimgi shaharlar ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Qadimgi davan davlatini milodning dastlabki yuz yilliklari davomida mahalliy aslzodalar sulolasi boshqargan, buni Xitoy manbalari tasdiqlaydi. Bu manbalarda ko’rsatilishicha qadimgi Farg’onani 419 yilgacha bir sulola vakillari uzluksiz idora qilganlar. O’rta Osiyo hududlarida eftaliylar davlati qaror topgach qadimgi Farg’ona davlati o’z mustaqilligini yo’qotib yana shu eftaliylar tarkibigi kirgan edi47.

Qadigi Xitoy manbalari baqtriyani yuechji qabilalari bosib olganligi haqida ma’lumot beradi. Mil.avv. II asrning ikinchi choragida yuechjilar xunlardan mag’lubiyatga uchraganidan so’ng O’rta Osiyoning shimoliy hududlarida ko’chib yuradilar. Bu qabilalar Xitoy manbalarida “Da - Yuechji” – “Buyuk” yoki “Katta yuechji” deb eslatiladi. Chjan Szyan ma’lumotlariga ko’ra yuechjilar xunn qabilalaridan mag’lubiyatga uchragach O’rta Osiyoning janubiga tomon harakat qilib Daxya (Baqtriya) ni bosib oladilar va Guyshuy (amudaryoning shimoliy tomonida joylashadilar). Katta Xan uyi tarixida ham yuechjilar Guyshuy daryosining shimoliy tomonidan o’z poytaxtlariga asos solganliklari ta’kidlanadi.

Ta’kidlash lozimki, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy tarixga nisbatan Kushon davlatining siyosiy tarixi kam o’rganilgan masala hisoblanadi. Kushonlarning hokimiyat tepasiga kelishi sanasi ushbu davlat tarixini davrlashtirish ayrim kushon yozuvlari, tangashunoslik ma’lumotlari, qisman Xitoy manbalari, buddaviy ma’lumotlar va ilk o’rta asrlar manbalariga asoslanadi48.

Kushon davridagi g’oyat muhim bo’lgan buddaviylik marazi Surxondaryoning o’ng sohilida Shshrchi shahrining shimoli-sharqidan 10 km masofada joylashgan Dalvarzintepa yodgorligidir. Bu yerda ikkita buddaviylik yodgorligi shahar tashqarisidagi va shahar markazida joylashgan ibodatxonalar topilgan va qazib o’rganilgan.

Yanada qiziqroq topilma- Kushon shahzodasining ma’noli va ulug’vor yuz-qiyofasi aks ettirilgan oltin bezaklar tikilgan baland, konnussimon bosh kiyim kiygan boshidir. Bu haykal Ayritom frizi va Fayoztepadan topilgan. Budda va rohiblar tasvirlangan yodgorliklar bilan birga gantxara san’ati an’analariga ko’ra yasalgan Baqtriya haykaltoroshlik maktabining eng noyob na’munalari sirasiga kiradi. Belbog’li, to’n kiygan, ko’rinishidan donotor, devatlar boshlig’i va din arkoniga o’xshash mo’ylovli qiyofa haykali ham katta qiziqish uyg’otadi49.

Kushonlar davrida nafaqat ibodatxonalar balki avvalgi davrlardagidek, ichki otish yo’laklari bo’lgan qal’a devorlari qurilgan, ularda burjlar, peshdarvoza inshoatlari, shinaklar konstruksiyalari va boshqalar saqlanib qolingan50.

Antik davr har qanday O’rta Osiyo shaharining umumiy muommolariga va shaharlarning maqomiga jiddiy e’tibor berilishi natijasida shahar bilan uning atrofidagi qishloqlarning o’zaro munosabatlari masalasi tadqiqotchilar e’tiboridan bir muncha chetda qoldi. Tadqiqotchilar oldida turgan shaharlar tarixi bilan bog’liq dolzarb masalalardan biri ham aynan shu muommo hisoblanadi.

Kushon davri shaharlarining kelib chiqishi va shakllanishi jarayonini Dalvrzintepa nisbatan yaxshi aks ettiradi. Uning dastlabki asosi mil.avv. III asrda ko’hna shaharning janubi-sharqiy qismida, iki tomondan qadimgi irmoq o’tib turgan, baland tepalikda paydo bo’ladi. Bu irmoqlardan g’andaq sifatida foydalanilgan51.

Turli xalqlarningajdodlari haqidagi turli xil fikrlashdan yuechji xalqi ham benasib qolmagan. Xitoy tilidagi “Yuechji” atamasi qanday o’girilsa to’g’ri bo’lar ekan degan muommo hali hanuz aniq yechimini topmayapti. Ayrim olimlar “barcha aytilgan xulosaviy fikrlar va to’plangan materiallar yetarli bo’lmaganidan aytilgan e’tiroflarni qabul qilib bo’lmaydi. Shuning uchun “yuechji” atamasi ko’chmanchi davlatning nomi” deyishdan nariga o’tishmayapti. Biri “yuechji2 atamasi bilan yuritilgan xalq massagetlar bo’lishgan deyishsa, boshqa birlari skiflarning ajdodlari sanashadi. Boshqalari yuechji xalqini xunnlar bilan bog’lasa, boshqa birlari usunlarga bog’lashadi. Xullaski, tarix fanida “yuechji” etnonimi nisbatan ko’p turli xillikdagi etnonimlar qatoridan joy oldi52.

Kushon davlatining paydo bo’lishi haqida ko’proq Xitoy manbalari va tangashunoslik ma’lumotlari xabar beradi. Umuman, kushonlar saltanatining paydo va rivojlanishi uzoq vaqt tadqiqotchilar orasida bahslarga sabab bo’lgan bo’lsa-da, o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu masalaga juda ko’plab aniqliklar kiritish imkonini bergan tadqivotlar olib borildi. Ayniqsa, 1961 yil londonda o’tkazilgan xalqaro simpozium, 1968 yil Dushanbeda YuNESKOning konferensiyasi, 1970 yil Qobuldagi xalqaro anjuman Kushon davlati masalalariga bag’ishlangan bo’lib, undan keyin ham bu masala bo’yicha ko’plab xalqaro anjumanlar bo’lib o’tdi.

So’nggi yillarda olib borlgan ko’plab arxeologik tadqiqotlar Kushon davri O’rta Osiyo xalqlarining moddiy madaniyatini o’rganish bo’yicha boy materiallar berib, keg imkoniyatlar yaratdi. Ushbu tadqiqotlar natijalariga ko’ra, mil.avv. I ming yillikning oxiri – milodning dastlabki asrlari O’rta Osiyoda xujalik va madaniy xayot darajasining ko’tarilgan davri bo’ldi. Janubiy Turkmaniyaton va Xorazm, Buxoro va Samarqand, Surxon vohasi, Vaxsh, qashqadaryo va Farg’ona vodiysidan topilgan shu davrga oid arxeologik topilmalar sug’orma dehqonchilikning anchagina rivojlanganligidan dalolat beradi. Dehqonchilikning rivoji tufayli keng hududlar o’troq aholi tomonidanjadallik bilan o’zlashtiriladi. Misol uchun, E.V.rtveladzening tadqiqotlariga ko’ra, faqatgina Shimoliy Baqtriyada 120 dan ziyod kushon davriga oid aholi shahar va qishloqlari aniqlangan. Bu davrda dehqonchilik nafaqat tekisliklarda , balki tog’li hududlarga ham yoyiladi. Zarafshon va Qashqadaryoning yuqori oqimidagi tog’li hududlardan dehqonchilik manzilgohlari topib o’rganilgan. Bu darda shuningdek, Xorazmda, Zarafshonda, Surxon vohasida ilgariga davrdagiga nisbatan anchagina murakkablashgan sug’orish inshoatlari barpo etiladi. Dehqonchilik qurollarida ham o’zgarishlar sodir bo’ladi.

O’z gullab yashnagan davrida kushon davlati ko’plab xalqlar va elatlar yashab turgan hududlarni egallagan edi. Ushbu xalqlar va elatlar turli tillarda gaplashganlar, yozuvning turli tartibidan foydalanganlar hamda turli diniy e’tiqodlarda bo’lganlar. Moddiy madaniyat buyumlarida ham ayrim farqlar kuzatiladi. Shunga qaramasdan kushonlar davri madaniyatiga ko’pgina umumiylik seziladi. Ammo, butun Kushon davlatiga yagona madaniyat hukm surganligihaqida fikr aytib bo’lmaydi. Bu ulkan davlatning har bir viloyati qaysidir tomonlari bilan o’ziga xos bo’lgan madaniyatga ega bo’lgan.

Umuman, Kushonlar davrida madaniy hayotning yanada yuksalganligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Xususan, kanishka davrida Hindistondan tarqalgan budda dini davlat diniga aylanadi. Oromiy va yunon yozuvlari asosida kushon yozuvi mavjud bo’lgan. Shuningdek, bu davrda sug’dcha va xorazmiycha yozuvlar ham bor edi. Ushbu yozuvlar yodgorliklarida o’sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotni aks ettiruvchi ayrim ma’lumotlar saqlanib qolgan. Shuningdek, Kushonlar davrida O’rta Osiyo xalqlari madaniy hayotining quruvchilik, haykaltaroshlik, rassomlik, naqqoshlik kabi sohalarida ham katta yutuqlarga erishilgan. Xorazm, Sug’diyona, Baqtriya, Farg’ona, Choch, Sharqiy Turkiston va Shimoliy Hindistondan ochilgan ko’plab madaniy yodgorliklar yuqoridagi hududlardagi madaniy hayot o’zining yuqori cho’qqisiga chiqqanligidan dalolat beradi.

Kushon davlatining inqirozga uchrashi yunon-Baqtriya va Rim saltanati tarixiy taqdiriga ancha o’xshab ketadi. Bu davlatlarning barchasi qulash arafasida tinimsiz yurishlar olib borishga majbur bo’lganlar. Tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish uchun ichki va tashqi sabablarga ko’ra, zaiflashgan yirik davlatlarda yetarli harbiy imkoniyat topilmadi. Milodiy IV asrga kelib kushon podsholigi o’zining asosiy hududlaridan mahrum bo’la boshlaydi53.

Kushon podsholigi o’z hududlaridan mahrum bo’lishining asosiy sabablaridan biri yuqorida qayd etilganidek IV asrning o’rtalariga kelib kushonlar bilan sosoniylar o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashib ketishidir. Bu davrda Shopur II kushonlarga zarba berib, Shimoliy Baqtriya yerlarini bosib oladi. Kushonlar bu zarbaga ham bardosh beradilar. Maydonga yangi kuchlar chiqadi. Bu kuchlar o’z vaqtida kushonlar saltanatining tarix sahnasidan o’chishiga olib keldi.

Kushon podsholigi va kushonlar davri O’zbekiston, Tojikiston, Afg’oniston, Pokiston va Hindiston tarixida muhim o’rin tutadi. Bu podsholik o’z tarkibiga ko’pgina hududlar va ko’plab xalqlar va elatlarni birlashtirgan bo’lsa-da, uning tarixi o’zbek xalqi davlatchiligi tarixi bilan uzviy bog’liq bo’lgan. O’zbek xalqi davlatchiligi tarixida Kushon davri ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ayniqsa, madaniy hayot va tashqi aloqalar sohasida ulkan yutuqlarga erishilgan davr bo’lib kirdi.

Shunday qilib, kushonlar saltanati tarix maydonida o’z o’rnini boshqa, o’zidan kuchliroq siyosiy uyushmalarga bo’shatib berdi. Bu davrda yaratilgan noyob san’at asarlari, madaniyat yodgorliklar uning o’tmishdagi qudratidan dalolatdir54.



Download 466 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish