Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti umumiy tarix kafedrasi



Download 466 Kb.
bet1/5
Sana09.09.2017
Hajmi466 Kb.
#20592
  1   2   3   4   5
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT

PEDAGOGIKA INSTITUTI

UMUMIY TARIX KAFEDRASI
Himoya qilishga ruxsat beraman

Tarix fakulteti dekani

___________ dots.S.X.G’oziyev

____ _____________ 2013 y.



5140600 – tarix yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun
O’RTA OSIYO QADIMGI AHOLISI TARIXI YOZMA MANBALARDA”

mavzusida bajarilgan



Bajaruvchi: Sariyev Sh

Ilmiy rahbar: Hamrayev G’
BMI Umumiy tarix kafedrasi yig’ilishining qarori bilan (Qaror № __ ___. ___. 2013 y) himoyaga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri

F.Toshboyev __________

(Ismi va sharifi) (imzo)
Jizzax – 2013

O’RTA OSIYO QADIMGI AHOLISI TARIXI YOZMA MANBALARDA
Reja:

Kirish

I-BOB.O’RTA OSIYO QADIMGI AHOLISI TARIXINING ARXEOLOGIK MA’LUMOTLAR VA YOZMA MANBALARDA AKS ETTIRILIShI
1.1. O’zbekiston hududidagi eng qadimgi davlat tuzilmalari

1.2. O’rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar (mil.avv. IV asrdan milodning IV asrigacha)

1.3. “Avesto” – O’rta Osiyo tarixini o’rganish bo’yicha eng qadimgi yozma manba

II-BOB.MAVZUNI INNOVASION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O’QUVCHILARGA O’RGATISH USULLARI
2.1. Pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimida tutgan o’rni va ahamiyati

2.2. O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixi yozma manbalarda mavzusini O’zbekiston tarixi darslarida o’quvchilarga o’rgatish usullari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


A.Qodiriy nomidagi ’JDPI Tarix fakul’teti 4-kurs bitiruvchisi Sariyev Sheralining “O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixi yozma manbalarda” mavzusi bo’yicha yozgan bitiruv malakaviy ishiga

T A Q R I Z

O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda yunon va rim tarixchilarining o’mi beqiyosdir. Jumladan: Qadimgi yunon tarixchisi Gerodot o’zining 9 tomli “Tarix” asarida vatanimiz tarixi haqida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan. Bu asarda O’rta Osiyo qadimgi xalqlarining davlat boshqaruv tizimi, urf-odatlari, marosimlari va an’analari^xaqida ma’lumotlar beradi. Yana bir yunon tarixchisi Ktesiy Knidsiy Baqtriya haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Ushbu davlat haqidagi ma’lumotlar, shuniningdek Arrian, Strabon, Kvint Kursiy Ruf, Diador kabi mualliflaming asarlarida ham mavjud bo’lib, ular bu podsholikning qadimiyligi va yuksak madraniyati haqida ma’lumotlar yozib qoldirgan.

Bitiruvchi talaba Sariyev Sheralining “O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixi yozma manbalarda” mavzusi xam xozirda urganilishi lozim bulgan dolzarb mavzulardan biri xisoblanadi. Tadqiqot ishi tarkibiy jihatdan kirish, ikki bob va xulosa qismlaridan tashkil topgan. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, mavzuning tarixshunosligiga alohida to’xtalgan.

BMIninig birinchi bobi O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixining arxeologik ma’lumotlar va yozma manbalarda aks ettirilishi deb nomlangan va uch qismga ajratib tahlil qilingan. Birinchi qismda O’zbekiston hududidagi eng qadimgi davlat tuzilmalari haqida so’z boradi. Ikkinchi qismda O’rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar (mil.avv. IV asrdan milodning IV asrigacha) tarixining arxeologik va yozma manbalarda aks ettirilishiga e’tibor qaratiladi. Uchinchi qismda esa “Avesto” - O’rta Osiyo tarixini o’rganish bo’yicha eng qadimgi yozma manba ekanligi eng so’nggi ma’lumotlar asosida tahlil etiladi.

O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda “Avesto” ning o’rni beqiyosdir. Unda diniy e’tiqod va xalqlaming o’zaro aloqalari bilan bir qatorda ularning hayoti, turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek bu buyuk

asarda tarix, falsafa, dinshunoslik, manbashunoslik, geografiya, etnografiya va umuman, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalariga oid eng qadimgi ma’lumotlar to’plangan.

Tarixdan ma’lumki kishilk jamiyati o’z tarixining ko’proq qismini yozuvsiz o’tkazgan. U yozuvga yetib kelguncha uzoq yo’lni bosib o’tgan va nutqini yozib olish uchun bir necha ming yil ilgarigina belgilar qo’llanila boshlagan. Odamning tajribasi va bilimi orta borgani sari unga berilganlarini yodda tutish va boshqalarga zarurati tug’iladi. Zamonaviy til bilan aytganda, axborotni saqlash va uzatish muammosi kelib chiqadi. Bu muammolaming yechimi esa, albatta voqealami yozma ravishda saqlashdan iborat bo’ladi.

Ikkinchi bobda esa tadqiqotchi tomonidan axborot tehnologiyalardan foydalanish jarayonini, dars samaradorligini oshirishdagi salmoqli o’rinni bayon qilib berilgan.

Talabaning mazkur malakaviy bitiruv ishi talabga javob beradi. Malakaviy- bitiruv ishni ijobiy baholayman. Ushbu tayyorlangan ishdan maktab, akademik litsey va kollejlaming tarix o’quvchilari va tarixni o’rganishga qiziqqan tadqiqotchilar foydalansa foydadan holi bo’lmaydi.

K.o’qit. A.Valiyev





A.Qodiriy nomidagi JDPI Tarix fakul’teti 4-kurs bitiruvchisi Sariyev Sheralining “O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixi yozma manbalarda” mavzusi bo’yicha yozgan bitiruv malakaviy ishiga

T AQRIZ

O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixining yozma manbalarda aks ettirilishini Respublikamizda nashr etilayotgan ilmiy adabiyotlarga tayanib eng yangi ma’lumotlar asosida yoritib berishdan iborat. Vazifasi esa, ko’zlangan maqsaddan kelib chiqqan holda bugungi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlar mazmun mohnyatini chuquranglashdan iborat. Chunki vatanimiz tarixining har bir satri, har bir varag’i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug’orilgan bo’lishi va milliy istiqlol tafakkurining kamol topishiga xizmat qilishi lozim.

Sariyev Sheralining “O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixi yozma manbalarda” mavzusidagi BMI ishi kirish, ikki bob va xulosa qismlaridan tashkil topgan.

BMIninig birinchi bobi O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixining arxeologik ma’lumotlar va yozma manbalarda aks ettirilishi deb nomlangan va uch bandga ajratib tahlil qilingan.

Ushbu bobning birinchi bandida O’zbekiston hududidagi eng qadimgi davlat tuzilmalari haqida so’z boradi.

Ikkinchi bandida esa O’rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar (mil.avv. IV asrdan milodning IV asrigacha) tarixining arxeologik va yozma manbalarda aks ettirilishiga e’tibor qaratiladi.

Uchinchi bandda esa “Avesto” - O’rta Osiyo tarixini o’rganish bo’yicha eng qadimgi yozma manba ekanligi eng so’nggi ma’lumotlar asosida tahlil etiladi.

Tarix bo’lib o’tgan tarixiy voqyea va hodisalarni tahlil qilish, fikrlash va

ulardan hayotiy xulosalar chiqarish asosida dasturiy xarakatlar yo’llanmasini

belgilashga yordam beradi. Milliy o’zlikni anglashda, milliy birlikni shakllantirishda, shajaramiz ulug’ligi va pokligimizni bilishda, dono xalqimizning jahon xalqlari orasida tutgan o’rniga baho berishda, uning boy hayotiy tajribalaridan kengroq foydalanishda, xalqimizning oliyjanob, hurriyatparvar va erkparvaran’analarini izchil o’rganish va uni yanada boyitishda, xullas barkamol, haqiqiy inson shaxsini yaratishda Vatan tarixining o’mi benihoya kattadir.

Ikkinchi bobda esa tadqiqotchi tomonidan axborot texnologiyalardan foydalanish jarayonini dars samaradorligini oshirishdagi salmoqli o’rni bayon qilib berilgan.

Bitiruv - malakaviy ishining xulosa qismida ishga ilmiy hulosalar berilgan. Bitiruv malakaviy ishni yoritishda ko’pgina adabiyotlardan foydalangan va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini ishning oxirida ro’yxatini bergan.

Bitiruv malakaviy ish ayrim kamchiliklardan xoli emas. Jumladan, ishda imlo xatoliklari mavjud, ayrim jumlalarda g’alizliklar bor. Ushbu xatoliklami tuzatsa bo’ladi. Shuning uchun ishni yuqori saviyada deb baholayman.



.

Kirish

Mavzuning maqsad va vazifalari: Mavzuni o’rganishdan maqsad, O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixining yozma manbalarda aks ettirilishini Respublikamizda nashr etilayotgan ilmiy adabiyotlarga tayanib eng yangi ma’lumotlar asosida yoritib berishdan iborat. Vazifasi esa, ko’zlangan maqsaddan kelib chiqqan holda bugungi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlar mazmun mohiyatini chuquranglashdan iborat. Chunki vatanimiz tarixining har bir satri, har bir varag’i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug’orilgan bo’lishi va milliy istiqlol tafakkurining kamol topishiga xizmat qilishi lozim.

Mavzuning dolzarbligi: Zamonaviy O’zbekiston mana 22 yildirki mustaqil suveren davlat sifatida jahon maydonida o’z o’rnini topib bormoqda. Respublikasizda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda tub islohatlar amalga oshirilmoqda. O’tgan qisqa tarixiy davr ichida xalqimizning tarixiy va madaniy-ma’naviy qadriyatlarini tiklash, ularni milliy istiqlol manfaatlari yo’lida hayotga tadbiq qilish sohalarida ulkan ishlar qilindi. Shular qatorida o’zbek xalqining boy tarixiy o’tmishini moddiy va yozma manbalar asosida xolisona o’rganish masalasiga qaratilgan yuksak darajadagi e’tibor muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida kitobida ta’kidlaganliridek, “Biz o’tmishdagi hamma buzulishlar, xato va jinoyatlarni qat’iyan qoralaymiz va ulardan keskin voz kechamiz. Biz o’tmishimizning va hozirgi kunimizni haqoniy, holisona tanqidiy tahlil etishning qa’tiy tarafdorimiz”1.

Zero, xalqimizni tarix haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, milliy o’zlikni anglash, sog’lom iftihor hissini tarbiyalashga, jamiyatimizning ma’naviy barkamolligiga hizmat qiladi. Bunda “Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish zarur, - deb ko’rsatadi Islom Karimov. – Bu xazina asrlar davomida misqollab to’plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o’tgan. Insonlarga og’ir damlarda madadkor bo’lgan. Bizning vazifamiz – shu xazinani ko’z qorachig’imizdek asrash va yanada boyitish2”. Ayni ana shu ma’naviy boyligimizning durdonalaridan, tamal toshlaridan biri milliy tariximizdir. O’rta Osiyo qadimgi xalqlari tarixini biz yozma manbalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Shuning uchun xam, biz qadimgi tariximizni o’rganishda qadimgi yunon va rim tarixchilarining asarlarini xam o’rganishimiz lozim. Ularning vatanimiz tarixi xaqida qimmatli ma’lumotlarini o’z tasavurimizda jamlay olishimiz kerak.

Milliy istiqlol o’zbek halqining orzusi, armoni edi. O’zbekiston mustaqilligining qo’lga kiritilishi eng ulkan g’alaba, uning qadriga yetish, mustahkamlash, avaylab saqlab qilish muhim vazifa. Har qanday mamlakatning qudrati, uning mustaqilligi , davlat chegaralarining dahlsizligi o’sha mamlakat fuqarolarining o’z yurtiga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalanganliklari, milliy istiqlol uchun kurashda zarur bo’lsa jon fido qilishga ham tayyor bo’lishdek oliyjanob fazilatlarga ega bo’lishliklariga bog’liqdir.Bu fazilatlarni xalqimiz, eng muhimi, yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlar ongida qaror toptirish va shakllantirishda Vatan tarixining o’rni va imkoniyatlari cheksizdir3.

Vatan tarixini amalda qanday bo’lsa, shunday xolisona o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldik. Sobiq sovet xokimiyati yillarida kommunistik partiya yurgizgan siyosatning natijasi sifatida O’zbekiston maktablari, o’rtamahsus va oliy o’quv yurtlarida Vatan tarixini o’qitish masalasiga umuman e’tibor berilmasdi.

Darhaqiqat, qullik, tobelik va mustamlaka muteligi asorati g’oyalaridan ozod bo’lish uchun milliy ongni, tafakkurni, milliy vijdonni shakllantirmoq kerak. Buning uchun ona xalqimizning haqiqiy, tom ma’nodagi tarixini yaratmog’imiz kerak.

Tarix bo’lib o’tgan tarixiy voqyea va hodisalarni tahlil qilish, fikrlash va ulardan hayotiy xulosalar chiqarish asosida dasturiy xarakatlar yo’llanmasini belgilashga yordam beradi. Milliy o’zlikni anglashda, milliy birlikni shakllantirishda, shajaramiz ulug’ligi va pokligimizni bilishda, dono xalqimizning jahon xalqlari orasida tutgan o’rniga baho berishda, uning boy hayotiy tajribalaridan kengroq foydalanishda, xalqimizning oliyjanob, hurriyatparvar va erkparvaran’analarini izchil o’rganish va uni yanada boyitishda, xullas barkamol, haqiqiy inson shaxsini yaratishda Vatan tarixining o’rni benihoya kattadir4.

Mavzuning tarixshunosligi: Bizga ma’lumki, yozuv inson fikrini abadiylashtiradi. Inson yozuvni ixtiro qilib zamondoshlari, shuningdek uzoq avlodlari bilan aloqa bog’ladi; zamonlar va avlodlar o’rtasida aloqa mustahkamlandi. Yer yuzida yashab turgan xilma-xil kishilarning o’tmish bilan aloqa bog’lashi xozirgi avlodning muhim yutuqlaridan biri xisoblanadi.

Tarixdan ma’lumki kishilik jamiyati o’z tarixining ko’proq qismini yozuvsiz o’tkazgan. U yozuvga yetib kelguncha uzoq yo’lni bosib o’tgan va nutqni yozib olish uchun bir necha ming yil ilgarigina belgilar qo’llanila boshlagan. Odamning tajribasi va bilimi orta borgani sari unda bilganlarini yodda tutish va boshqalarga zarurati tug’iladi. Zamonaviy til bilan aytganda, axborotni saqlash va uzatish muommosi kelib chiqadi. Bu muommolarning yechimi esa, albatta voqyealarni yozma ravishda saqlashdan iborat bo’ladi5.

O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda “Avesto” ning o’rni beqiyosdir. Unda diniy e’tiqod va xalqlarning o’zaro aloqalari bilan bir qatorda ularning hayoti, turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek bu buyuk asarda tarix, falsafa, dinshunosli, manbashunoslik, geografiya, etnografiya va umuman, ijtimoiy-siyosiy hayotnig barcha jabhalariga oid eng qadimgi ma’lumotlar to’plangan.

Bundan tashqari O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda yunon va rim tarixchilarining o’rni beqiyosdir. Jumladan: Qadimgi yunon tarixchisi Gerodot o’zining 9 tomli “Tarix” asarida vatanimiz tarixi haqida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan. Bu asarda O’rta Osiyo qadimgi xalqlarining davlat boshqaruv tizimi, urf-odatlari, marosimlari va an’analari xaqida ma’lumotlar beradi. Yana bir yunon tarixchisi Ktesiy Knidsiy Baqtriya haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Ushbu davlat haqidagi ma’lumotlar, shuniningdek Arrian, Strabon, Kvint Kursiy Ruf, Diador kabi mualliflarning asarlarida ham mavjud bo’lib, ular bu podsholikning qadimiyligi va yuksak madaniyati haqida ma’lumotlar yozib qoldirgan.

Qadimgi Farg’ona antik davr o’zbek davlatchiligi tarixida muhim ahamiyatga ega. Ushbu dalat haqida yunon-rim mualliflari ma’lumotlar bermaydilar. Farg’ona haqidagi yozma ma’lumotlar, asosan Xitoy manbalarida- Chjan Szyan ma’lumotlarida, Sima Syanning “Tarixiy xotiralar”, Ban Gunning “Birinchi xan sulolasi tarixi” asarlaida beriladi. Bu manbalarda mazkur davlat “Dayuan” yoki “Davan” nomi ostida eslatiladi6.

Mavzuning tarkibiy qismi: Ushbu BMI tarkibiy jihatdan kirish, ikki bob va xulosa qismlaridan tashkil topgan. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, mavzuning tarixshunosligi hususida alohida to’xtalganmiz.

O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixining arxeologik ma’lumotlar va yozma manbalarda aks ettirilishi deb nomlangan birinchi bob uch qismga ajratib tahlil qilingan. Birinchi qismda O’zbekiston hududidagi eng qadimgi davlat tuzilmalari haqida so’z boradi. Ikkinchi qismda O’rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar (mil.avv. IV asrdan milodning IV asrigacha) tarixining arxeologik va yozma manbalarda aks ettirilishiga e’tibor qaratiladi. Uchinchi qismda esa “Avesto” – O’rta Osiyo tarixini o’rganish bo’yicha eng qadimgi yozma manba ekanligi eng so’nggi ma’lumotlar asosida tahlil etiladi.

Ikkinchi bobda esa ushbu mavzuni o’quvchilarga O’zbekiston tarixi darslarida o’rgatish usullari bayon qilingan.

I-BOB. O’RTA OSIYO QADIMGI AHOLISI TARIXINING ARXEOLOGIK MA’LUMOTLAR VA YOZMA MANBALARDA AKS ETTIRILISHI


    1. O’zbekiston hududidagi eng qadimgi davlat tuzilmalari

Tarixdan ma’lumki kishilik jamiyati o’z tarixining ko’proq qismini yozuvsiz o’tkazgan. U yozuvga yetib kelguncha uzoq yo’lni bosib o’tgan va nutqni yozib olish uchun bir necha ming yil ilgarigina belgilar qo’llanila boshlagan. Odamning tajribasi va bilimi orta borgani sari unda bilganlarini yodda tutish va boshqalarga zarurati tug’iladi. Zamonaviy til bilan aytganda, axborotni saqlash va uzatish muommosi kelib chiqadi. Bu muommolarning yechimi esa, albatta voqyealarni yozma ravishda saqlashdan iborat bo’ladi7.

O’zbekiston hududi ham Eron, Hindiston, Mesopotamiya, Yunoniston, Rim, Misr va Xitoy singari mamlakatlar kabi ilk madaniyat o’choqlaridan hisoblanadi. Lekin uning qadimiy madaniyati haqida ma’lumotlar juda kam saqlanib qolgan. Biz yurtimizning faqat miloddan avvalgi VI asrlardan keyingi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida ma’lum darajada yozma ma’lumotlarga egamiz.

Eron, Hindiston va ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim manbalarida saqlangan ma’lumotlarga qaraganda, qadim zamonlarda hozirgi O’zbekiston hududida istiqomat qilgan saklar, massagetlar va boshqa qabilalar urug’chilik tuzumini boshdan kechirganlar, chorvachilik, qisman dehqonchilik hamda hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar.

Miloddan avvalgi VI asrda yurtimiz Ahamoniylar davlati (miloddan avvalgi 550 – 330 yillar) asoratiga tushib qoldi. Ana shu davrda bu yerda istiqomat qilgan xalqlar hayotida muhim ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Urug’ jamoalari orasida tabaqalanish boshlandi: yangidan paydo bo’lgan urug’ aslzodalari serunum yerlarni yegallab oldilar, qul mehnati hamda erkin jamoa a’zolari zulm qilish yo’li bilan boyib bordilar. Shu tariqa jamiyatning tabaqalanish jarayoni kuchaydi va quldorlik jamiyati paydo bo’ldi.

Bu davrning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, miloddan avvalgi VII asrda yurtimiz hududida, masalan Balx va Xorazmda otashparastlik –zardushtlik dini paydo bo’ldi va keng tarqaldi.Ahamoniylar va ularning mahalliy noiblari baribir aholini to’la itoatda tutib tura olmadilar. Xalqimizning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi kuchaydi. Natijada miloddan avvalgi VI asr o’rtalariga kelib Xorazm mustaqillikni qo’lga kiritib oldi. Saklar va massagetlar ham o’z ozodligi uchun tinmay kurash olib bordilar.

Saklar, massagetlar, toharlar va qadimgi Qanha xalqi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqidagi qimmatli ma’lumotlarni hindlarning epik dostoni “Mahabharata”da ham uchratamiz.

“Mahabharata”(“Bharata avlodlari jangnomasi”) sanskrit tilida yozilgan bo’lib, 100 ming baytni o’z ichiga olgan 18 kitobdan iborat. Afsonaviy shoh Bharataning ikki toifa avlodlari kavravlar va nandavlarning o’zaro adovatlari va urushlari bayon etiladi. U miloddan avvalgi X-VIII asrlarda yaratilgan.

Asarda masalan, uzoq Hindistonga, fikrimizcha savdo-sotiq ishlari bilan borgan saklar, toharlar va qanhalar haqida mana bu muhim ma’lumot keltirilgan: “Uning (podshoh Yudhishtraning) eshigi oldida boshqa xalqlar bilan birga saklar, toharlar va qanhaliklar ham navbat kutib turardilar. Paxmoq soqol, peshonalari shohlar bilan bezatilgan, qo’llarida turli-tuman sovg’alar, jun, rangu, ipak va patta (oq qayinning bir turi) daraxti tolasidan, shuningdek, kamyob matolardan, paxtadan to’qilgan gazlamalar, mayin, nafis terilar, uzun va o’tkir qilichlar, shamshirlar, temir nayzalar, har xil boltalar, ichimliklar, xushbo’y narsalar, turli-tuman qimmatbaho toshlar”8.

O’zbekistonning qadimgi va antik davrdagi tarixini o’rganishda qadimgi Yunoniston va Rim tarixchilari hamda geograf olimlarining asarlari muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Quyida ulardan ayrimlari haqida ma’lumotlarni keltiramiz.



Geradot (miloddan avvalgi 490-480 yillar o’rtasi – 425 y.) – yirik qomusiy olim, tarix fanining “ota”si, asli Kichik Osiyoning Galikarnas shahridan, 455-447 yillari Yevropa, Osiyo va Misr bo’ylab sayohat qilgan.

Geradot Ellada va Sharq mamlakatlari (Liviya, Misr, Assuriya, Vavilon, Eron va Skifiya)ning qadim zamonlardan to miloddan avvalgi 479 yilgacha bo’lgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan hikoya qiluvchi 9 kitobdan iborat “Tarix” nomli asari bilan shuhrat topgan. Bu asar umumiy tarix yo’nalishida yozilgan birinchi kitob hisoblanadi. Shu tufayli ham Geradot, Siseronnning (miloddan avvalgi 106-43 yy.) so’zlari bilan aytganda, tarix fanining “ota”si hisoblanadi.

Geradot garchi o’zi bayon etayotgan voqyealar ustida chuqur mulohaza yuritmasa ham, ularni to’g’ri bayon etishi, o’zga xalqlar va mamlakatlar tarixiga hurmat nuqtai nazaridan qarashi bilan ba’zi tarixchilardan ajralib turadi.

Geradotning asarida O’zbekistonning qadimiy xalqlari bo’lmish agrippiylar, issedondar, massagetlar, daylar va saklar haqida, ularning turmushi, urf-odatlari hamda qo’shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz.

“Tarix”ning Shteyn tarafidan tayyorlangan tanqidiy matni 1869-1871 yillarda chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856-1860 yy.) hamda rus (F.G. Mishchenko, Moskva, 1858-1860 yy.) tillariga tarjima qilingan. 1982 yilda asarning mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izohlar bilan A.I.Davatur, D.P.Kallistov hamda I.A.Shishova tomonidan yangidan nashr etilgan.

Diodor (miloddan avvalgi 90-21-yillar) yirik tarixchi olim, asli Sisiliyaga qarashli Argiriya shahridan. U “Tarixiy kutubxona” nomli 40 kitobdan iborat asar yozib qoldirgan. Umumiy tarix yo’nalishida yozilgan bu asar asosan Yunoniston va Rimning qadim zamonlaridan to milodning 1 asr o’rtalarigacha bo’lgan tarixini o’z ichiga oladi. Unda Sharq xalqlari, shuningdek, O’zbekistonning qadimiy xalqlari skiflar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bo’lgan munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar bor.

Diodorning mazkur asari ko’p jihatlari bilan ko’chirma-kompilyasiya hisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashqari, ko’p hollarda bayon etilayotgan voqyealar uzviy bog’lanmay qolgan. Shunga qaramay, bu asar dalillarga boy va katta ilmiy ahamiyatga egadir.

Diodorning asari to’la holda bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. Uning faqat 15 kitobi - qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida hikoya qiluvchi 1-5- kitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron urushlari(miloddan avvalgi 500-449 yy.)da to miloddan avvalgi 301 yilgacha bo’lgan tarixini o’z ichiga olgan 11-20- kitoblarigina saqlangan, xalos.

Bu asar 1774-1775 yillari I.Alekseyev tomonidan olti qismda va 1874-1875 yillari F.G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan.



Pompey Trog ( milodgacha I-milodning I asrlari o’rtasida yashab o’tgan) – “Filipp tarixi” asari bilan mashhur bo’lgan Rim tarixchisi. 44 kitobdan iborat bu asar afsonaviy Assuariya podshohlari zamonidan to Rim imperatori Avgust (miloddin avvalgi 63 – milodning 14-yili) davrigacha bunyoda bo’lib o’tgan voqyealarni bayon qiladi, lekin asosiy e’tibor Yunonistonning makedoniyalik Filipp II (miloddan avvalgi 359-336-yy.) va Iskandar Zulqarnayn davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etishga qaratilgan.

Mazkur asarning qimmati shundaki, u bir talay noma’lum kitoblarga suyanib yozilgan, Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bo’lishi va tarixini keng yoritib bergan. Muhimi shundaki, muallif bunday davlatlarning oxir-oqibatda inqirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog tarixni harakatga keltiruvchi kuch urf-odat va taqdir deb hisoblagan.

“Filipp tarixi”da skiflar, Baqtriya, Iskandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va So’g’dda qurilgan shahar va katta imoratlar, Iskandar Zulqarnayn vafotidan keyin yuz bergan voqyealar, parfiyaliklarning kelib chiqishi, ularning urf-odatlari, Parfiya podsholigini tashkil topishi, Baqtriya, Parfiya va Midiyaning o’zaro munosabatlariga oid muhim ma’lumotlar mavjud.

Pompey Trogning bu asari Yustin tarafidan qisqartirilib qayta ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha yetib kelgan va Ruxl tomonidan 1935 yili chop qilingan. Uning ruscha tarjimasi A.A.Dekonskiy va M.M.Rijskiy tomonidan “Vestnik drevney istorii” jurnalining 1954 yil 2-4 va 1955 yil 1-sonlarida bosilgan.



Download 466 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish