Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Amir Temur darvozasi yohud "Ilonutti darasi



Download 126,85 Kb.
bet19/23
Sana20.03.2022
Hajmi126,85 Kb.
#502538
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Рахматова Мафтуна

Amir Temur darvozasi yohud "Ilonutti darasi: Mirzacho`l tabiiy-geografik o’lkasining tekislik qismi shimoli-g’arbga nishab bo’lib, o’rtacha balandligi 250-300 m. Uning shimoli-g’arbining balandligi 260 m, janubi-sharqiniki 350 m, Sirdaryo sohillarida 250 m. Janubidagi tog‘ etaklarida balandlik 450-530 m. Turkiston tizmasining davomi hisoblangan Morguzar tog’i o’lka hududiga kiradi, o’rtacha balandligi 1500—2000 m, ayrim cho’qqilari 2621 m ga yetadi. Morguzar tog’i g’arbga davom etib. Sangzor daryo vodiysi orqali Nurota tog’idan ajraladi. Sangzor vodiysining eng tor joyi Amir Temur (Ilono’tti) darvozasi deyiladi, uning kengligi 120-130 m.Jizzax vohasi tarixida Amir Temir darvozasi alohida o’rin tutadi. Ushbu yodgorlik ulug’ va tabarruk ota-bobolarning nazari tushgan, muqaddas ziyoratgoh sifatida e’zozga loyiq.Turkiston tog’lari guruhiga kiruvchi Molguzar va Nurota tog’lari tutashgan Sangzor daryosining tog’ni kesib o’tgan qismidagi darada joylashgan bu qadamjo toshlaridagi tarixiy yozuvlar, rasmlar va g’or olis tariximizning aks-sadosi sifatida qimmatlidir.Daradan avtomobilь yo’li, temir yo’l, beton ariq va daryoning qadimiy o’tadi. Qo’hna yodgorlik hududi 10,0 gektardan iborat. Yodgorlikning Amir Temur darvozasi deb atalishiga asosiy sabab, jahongir bobomiz Amir Temur yurish boshlashi paytida uning qo’shiniga tog’ darasi ikki tomonga ajralib yo’l berganligi va shundan mazkur tog’ darasi hazrat Amir Temur nomi bilan atala boshlaganligi to’g’risidagi rivoyat tarixiy manbalarda qayd etiladi.92 Darada tabiiy g’orga duch kelinadi. Yodgorlikning sharqiy tomonida ikki-ikki yarim metrlar balandlikda o’yib tushirilgan tosh rasmlar hududning odamzod evolyutsiyasining bronza davriga borib daxldor ekanligini bildiradi. Bu yerga yaqin tepaliklar o’rta asrlar tarixida So’g’ddan - Samarqanddan Ustrushona orqali Chin Mochinga olib boradigan karvon yo’li ustida joylashgan qo’nalg’alardan biri bo’lganligi shubhasizdir. Ba’zi manbalarda, jumladan, "Qultegin bitiktoshi”da "Temir qopug’” tarzida tilga olingan ushbu yodgorlik turklar saltanatining janubiy chegara hududi sifatida tilga olingan. Shuning o’zidan ham Amir Temir darbozasi - Buyuk Ipak Yo’li ustida joylashgan qo’rg’on va qal’alar tizimiga oid strategik manzil ekanligi ma’lum bo’ladi. Bu yerdagi "Ilon o’tdi” atamasi bu joyda soyning buralib, ilon iziga o’xshash iz hosil qilganligidan kelib chiqqan. Bu haqda Boburning "Boburnoma” asarida aytilgan. Sohibqiron Amir Temur va temuriylar zamonida shahar va qo’rg’onlar qurilishi mo’g’ullar istilosidan so’ng avj oladi. Jumladan, XIV asrda qayta ta’mirlangan va yangidan qurilgan Qaliyatepa va O’rda shaharlari, Rabot va Moltop qo’rg’onlari, Ko’kgumbaz qal’asi shimoli-g’arbiy Ustrushonani Samarqand bilan bog’lovchi asosiy yo’l – Amir Temir darvozasining umumiy zanjir hosil qilib o’ragan holda joylashgan. Mirzo Ulug’bek davlatni boshqargan davrlar (1409-1449) Toshkent, Yettisuv (Jete) va Mo’g’ulistonda temuriylarga qarshi bo’lgan muxolif kuchlarning faollashuviga to’g’ri kelib, Samarqand uchun Amir Temur darvozasi va shimoli-g’arbiy Ustrushona muhim ahamiyat kasb etganligi sababli bu hududdagi qal’a va qurg’onlar qayta ta’mirlangan hamda tiklangan. Mirzo Ulug’bek yangi qurilishlar qilishdan ko’ra Chingizxon bosqini paytida va unday keyin vayron etilgan qal’a, qo’rg’onlarni ta’mirlashga, ular o’rnida yangi istehkomlar qurishga e’tiborni qaratgan.93 Mo’g’ulistonda kuchli xonlik yuzaga kelishining oldini olishga ham Ulug’bek alohida e’tibor beradi. Shuni nazarda tutib, Dashti Qipchoqda Shermuhammadxonning xon bo’lib ko’tarilishiga ko’maklashadi. Bu o’rinda u Baraqxon va Shermuhammadxonlar kelgo’sida uning bo’yruqlarini so’zsiz bajaradilar, deb umid qilgan edi. Ammo Oltin O’rda xoni To’xtamishxon Amir Temurning nisbatan qanday g’irromlik qilgan bo’lsa, Baraqxon va Shermuhammadxonlar ham Ulug’bekning topshiriqlarini bajarmasdan, unga bepisapnd munosabatda bo’ladilar. Bundan g’azablangan Mirzo Ulug’bek 1424-yilning oktyabr oyi o’rtalarida qo’shin bilan yurish qiladi. Uning qo’shini Shohruhiyada qishlab, 1425-yilning mart oyida hujumni boshlaydi. Mirzo Ulug’bek jangchilari Cho’ daryosini kechib o’tib, mo’g’ullarning amir Ibrohim va Jahonshoh boshchiligidagi qo’shinlarini Ashpara va Oqsuv bo’yida mag’lub qiladi. Iyunь oyining o’rtalarida Mo’g’uliston xonining qarorgohi bo’lgan Sulduzni zabt etadi.O’ljalar va asrlar bilan Samarqandga qaytishidaMirzo Ulug’bek bu ulkan g’alabasi sharafiga "Ilon o’tdi” darasidagi qoyatoshga ushbu so’zlarni o’ydirib yozdiradi: "Olloh taoloning inoyati bilan, xonlar va beklar, xalqlar podshohi, Ollohning yerdagi soyasi, buyuk sulton Ulug’bek Ko’ragoniy (xudo uning umrini ziyoda qilsin!) Jetelar va Mo’g’ullar mamlakatiga yurish qildi va u yerlardan hijratning 828-yilida eson-omon qaytib keldi”. Amir Temur darbozasidagi ikkinchi lavha Abdullaxonga (1557-1598) tegishli. U hukmronlik qilgan yillarda Dashti Qipchoqda hokimiyatni Abdullaxonga o’sha paytda kuchli raqib hisoblangan Baraqxonning o’g’li Boboxon egallagan edi. Ma’lumki, Abdullaxon bir necha yil Boboxon va Darveshxonga qarshi kurash olib borib, nihoyat 1572-yil "Ilon o’tdi” darasida ularning qo’shinlari qarama-qarshi jangga kiradi. Bu jang uzoq va shiddatli bo’ladi.94 Bu hayot-momot jangida Abdullahon qo’shini zafar qozonadi. Ana shu g’alaba sharafiga Abdullahon qoyatoshga qo’yidagi so’zlarni yozdiradi:"Hijriy 979-yili... xonlarning ulug’i, Ollohning yerdagi soyasi, Iskandarxon o’g’li, buyuk hoqon Abdullahonning xalifalik kuchlari bo’lmish 30 ming kishilik jangovar to’dasi bilan Darveshxon va Boboxonlar to’dasi o’rtasida jang bo’lib o’tdi. Mazkur to’dada hammasi bo’lib sultonlar avlodidan 50 mingga yaqin kishi, xamda Turkiston, Toshkent, Farg’ona va Dashti Qipchoqdan kelgan 400 mingga yaqin xizmatkor bor yedi. Bu jangga baxt yulduzi hamroh bo’lgan to’da g’alaba qozondi. Bu to’da sultonlarni yengdi, ularning qo’shiniga shunchalik qattiq zarba berdikim, jangda o’lganlar va asir olinganlarning qoni Sangzor daryosi suvida bir oy davomida oqib turgani ma’lum bo’lsin!”. Uchinchi yozuv XIX asrning oxirlarida Nikolay II tomonidan yozdirilgan bo’lib, bugun bu yozuv qoyatoshdan olib tashlangan. Jizzax viloyati Zomin tumanida tepaliklar ostida qadimiy yodgorliklar aniqlandi.Zomin tumanidagi G‘ulbo va Sho‘rcha qishloqlari yaqinida qazish ishlarini olib borayotgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti olimlari tomonidan tepaliklar ostida qadimiy qabrlar borligi aniqlandi.Qabrlarning biridan erkak va ayolning jasadi, sopol idish, pichoq, kamon o‘qi, qilich kabi buyumlar topildi95. Yangi topilmalar arxeologlarning qishloqlar yaqinidagi tepaliklar ajdodlarimiz tomonidan bunyod etilgan qadim qo‘rg‘onlarning o‘rni bo‘lsa kerak, degan ilmiy farazi to‘g‘riligini yana bir bor isbotladi. Ushbu tepaliklar ostidan topilgan buyumlar Arxeologiya institutida o‘rganilmoqda. Dastlabki ilmiy xulosalarga ko‘ra, qabrlar 3-4 asrlarga tegishli, – deydi O‘zFA Arxeologiya instituti katta ilmiy xodimi, guruh rahbari Muxtor Pardayev. – Suyak tuzilishlariga, qurollarga qaraganda erkak 30-35 yoshlardagi jangchi bo‘lgan. Ikkinchi jasad qoldiqlari xotin kishiga tegishli bo‘lib, u ro‘zg‘or buyumlari bilan birga dafn etilgan. Yangi topilmalar xalqimiz tarixi, madaniyati, qadimiy urf-odatlari va turmush tarzini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Ona diyorimiz – O’zbekiston tarixi, shu zaminda yashab o’tgan buyuk ajdodlarimiz qoldirgan juda katta tarixiy meros bilan har qancha faxrlanishga arzigulikdir. Jizzax vohasi ham ana shu buyuk tarix shodasida avlodlar ardog’iga munosib madaniy manzillari, bebaho tarixiy maskanlari bilan eng munosib o’ringa daxldor. Jizzax tarixining eng qadimgi sahifalari haqida gap ketganida, albatta, jahon tarixiga daxldor sanalmish “Sayxonsoy qoyatoshlari”dagi suratlarni (4,5 ming yil avval), eng qadimgi odamlar yashaganligi taxmin etilayotgan “Peshag’or g’ori” madaniy qatlamlarini, ikki ming – ikki yarim ming yillik tarixga ega “Mozorsoy yodgorliklari”ni, “Jomonjar y er osti ehromlari”ni, qadimgi manbalarda tilga olingan “Gaza, Xarakana, Zomin, Sobot, Miq, Marsmanda, undanda qadimgiroq bo’lmish Xitoy solnomalarida tilga olingan “Yecha shahri” qoldiqlari bo’lmish qadimgi qal’alar va shaharlar o’rinlarini faxr bilan tilga olamiz. Bundan ming yillar burun bobolarimiz o’z zamonasida butun O’rta Osiyoda eng qadimgi va eng mahobatli irrigatstiya inshooti sanalmish “Band to’g’oni”ni juda katta mahorat bilan bunyod etishganlari kishini lol qoldiradi. Bu hududda yashagan el-nufus tomonidan ming yillardan beri aziz tutib kelingan “Temir darboza”, “Sa’d ibn Abu Vaqqos”, “Parpiota”, “Xo’jamushkent ota”, “Novqa ota”, “Usmat ota”, “Said Mir Xalililloh ota”, “Xo’ja bog’bon ota” kabi ko’plab mo’ta’bar ziyorat manzillari va qadamjolari borki, bugungi mustaqillik yillari sharofati bilan yanada obod yurtimiz saodatiga shukuh bag’ishlab turibdi. O’zbekiston Respublikasining “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida”gi Qonuning ijrosini ta’minlash hamda viloyat hududidagi tarixiy, madaniy va me’yoriy yodgorliklarni asrab- avaylash, ularni kelajak avlodga etkazish choralarini ko’rish va yodgorliklarning davlat muhofazasini ta’minlash maqsadida qator tadbiriy choralar ko’rilmoqda. 2008 yilning 10 iyun xolatiga Jizzax viloyati hududida jami 372 ta madaniy meros ob’ektlari, shundan 42 ta tarixiy obida va muqaddas ziyoratgohlar, 267 ta arxeologik manzilgohlar, 63 ta monumental yodgorliklar (haykallar, byustlar, xotira maydonlari) “Davlat muhofazasi ro’yxatlari”ga kiritilgan.96 Har bir yurtning o’z tabarruk maskanlari, bosh uzra tutgan muqaddas ziyoratgohlari bo’lgani kabi Jizzax vohasining ham mo’’tabar ziyoratgohlari bor. Qadimist va o’rta asrlarda bunyod etilgan me’moriy yodgorliklar bizgacha etib kelmagan. O’rta asrlarga oid ko’pgina qal’a-qo’rg’on va karvonsaroylar tepa va qo’rg’on (Ko’ltepa, Oqtepa, Rabot, Qo’rg’ontepa, Xonimqo’rg’on, Kaliyatepa) kabi nomlar bilan ataladi. Bularning soni 100 dan ortiq. Jizzax va G’allaorol tumanlari hududidagi Takalisoydagi qoyatoshlarda ibtidoiy chorvachilik, ovchilik davriga oid mingdan ortiq rasm, Baxmal, G’allaorol, Jizzax tumanlarida juda ko’p er osti yo’llari saklangan. 1956 yilda Baxmal tumani hududidan Budda ibodatxonasi qoldig’i topilgan. Parpiota, Malik Girkushoq, Avliyoi Serob, Nuriddin masjidlarining qoldiqlari.
Qizlartepa yodgorligi Jizzax avtoshohbekatining shimoliy-g‘arbida, So‘loqli mahallasining sharqiy qismida, Qaliyatepa yodgorligidan taxminan 350-400 m. janubda joylashgan. Qizlartepaning tashqi ko‘rinishi trapetsiya shaklida bo‘lib, qo‘shimcha qurilishlarsiz yagona tepalikdan iborat. Uning shimoliy tomoni 95 m.ga, janub tomoni 80 m.ga, sharq tomoni 60 m.ga, g‘arb tomoni 72,0 m.ga (1.2 ga.) teng, balandligi 12 m. bo‘lib yaxshi saqlangan. Qizlartepa yodgorligining sharqiy qismi temir yo‘l qurilishi davrida buzilgan. Uning tuprog‘i turli maqsadlar uchun ishlatilgani bois, inshootga katta ziyon yetkazilgan. Qazuv ishlari davomida 14 ta xona o‘rni aniqlanib, ularning aksariyati to‘liq ochib o‘rganildi. Tadqiqot ishlari hali oxiriga yetmagan bo‘lsa-da, biroq ayrim asosli xulosalarni berish mumkin.Arxeologik tadqiqotlar xonalarning funktsiyalari, me’morchiligining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash imkonini berdi. Har bir xonadan topilgan topilmalar, mazkur xonadan qanday maqsadda foydalanilganidan darak beradi. Masalan, birinchi ochib o‘rganilgan xona, turar-joy yodgorlikning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan. Xona to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, devorlari paxsadan ko‘tarilgan, qalinligi 0,80 sm., balandligi 0.60 sm. Xonada 2 ta o‘choq qoldig‘i aniqlangan bo‘lib, o‘choqlar aylana shaklida, pastki olovxona qismi yuqori qismiga qaraganda kengroq. O‘shanda o‘choqdan ikki xil maqsadda: taom tayyorlash va xonalarni isitish uchun foydalanilgan. O‘choqlarning atrofidan uy-ro‘zg‘or buyumlari topilmagani uchun ushbu o‘choqlardan xonalarni isitish maqsadida ham foydalanilgan, degan xulosaga keldik. Shu tariqa har bir xonaning “funktsiya”sini imkon darajasida aniqlash mumkin. Shuni alohida ta’kidlash joizki, faqatgina kulollik idishlarining turlariga asoslanib xonalarning “funktsiyasi”ni aniqlash bir oz mushkul.Shuningdek, qazuv ishlari davomida mis tanga hamda kulollik charxida yasalgan sirlangan va sirlanmagan sopol idishlarning borligi qayd etildi. Ushbu topilmalar Qizlartepa yuqori qurilish davri xronologiyasini aniqlash imkonini beradi. Ma’lumki, kulollik idishlari ilmiy tad­qiqot jarayonida eng ko‘p, ommaviy tarzda uchraydigan ashyoviy manbalardan biri bo‘lib, me’moriy kompleksning tarixiy davrini aniqlashda muhim manba hisoblanadi. Turar-joy kompleksidan topilgan sopollar asosan ikki guruhga bo‘linadi. Sirlangan sopol idishlarga: kosa, tovoq, tova, piyola, sirlanmagan sopol idishlarga: xum, xumcha, ko‘zacha, qozon, katta hajmli ko‘za kabilarni kiritish mumkin. Mazkur sopol idishlar kompleksi, avvalo, Ustrushonaning markaziy qismidagi Shahriston, Kultepa, shuningdek, Samarqand Sug‘di, Buxoro Sug‘di, Choch va Farg‘onaning X-XII asrlarga oid kulollik idishlari bilan yaqin muqoyasaviy o‘xshashlikka ega.Bundan quyidagi xulosalar kelib chiqadi: Qizlartepa yodgorligida ochilgan xonalarning muayyan xususiyatlari bo‘yicha turar-joylar o‘ziga to‘q xonadonga tegish97li bo‘lgan. Tangalar esa Qoraxoniylar davriga oid bo‘lib, bu vaqtda Qizlartepada savdo-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganligini anglatadi. Kulollik idishlarining sifati, tayyorlanish texnologiyasi hunar­mand­chilik yuksak darajada taraqqiy etganligini bildiradi. Qizlartepa yodgorligining yuqori qurilish davri muqoyasaviy tahlillarga ko‘ra XI-XII asrlar bilan davrlanadi. Bu esa Jizzax vohasining rivojlangan o‘rta asrlarda butun Movarounnahrning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy taraqqiyotidan bebahra qolmaganidan dalolat berib, tarixchi olimlarni yangidan yangi izlanishlarga chorlamoqda.

Download 126,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish