2.3. O’zbekiston hududidagi tarixiy obidalarning tiklanishi:
Mustaqillika erishgan dastlabki yillarimizdoq tarixiy obidalar, qadamjolar va tarixiy shaxslarning nomlari qaytda tiklandi. Bu borada katta ishlar amalaga oshirilib kelinmoqda. Istiqlol yillarida Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent, Qo’qon, Shahrisabz, Jizzax kabi shaharlardagi tarxiy qadamjolar, obidalar o’zining haqqiqiy qadr qiymatini topdi, ularni ta’mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyoatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Ulug’ allomalarimiz, din olimlarining qabrlari qayta bunyod etilib muqaddas ziyoratgohlardan biriga aylantirildi.
Mustaqillik yillarida qayta tiklangan muqaddas qadamjolardan biri bo'lgan Oqmasjid Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan. Bu masjidni ulug' zotlardan biri Sayyid ota bunyod etganlar. Qariyalarning aytishiga ko'ra, 1380-1390 yillarda bunyod etilgan Oqmasjid istiqlol davrida xalqimizning muqaddas ziyoratgohiga aylanib, yaxshilik va ezgulikka, tinchlik va osoyishtalikka. O'zaro ahil va hamjihat bo'lishga xizmat qilmoqda.Masjid 1920 yillargacha musulmonlarning eng sevimli maskaniga aylangan. Bu masjidda Buxoro madrasalarini tamomlab kelgan mudarrislar, ulamolar dars berganlar, namozxonlarga shariat va tariqat yo'llaridan sabok berganlar, ularni halollik va poklikka, tinchlik va osoyishtalikka da'vat etganlar. Birok, o'sha mustabid sovet tuzumi boshlangandan keyin mullalar, namozxonlar qatagon kilindi. Masjidlar yopib qo'yildi. Biri "quloq", biri "Xalq dushmani", biri "Ruxoniy", biri "Bosmachi", deb ayblangan xalqimiz masjidlarga borishdan uzoqlashdilar. Urush yillarida esa boshqa masjidlar kabi Oqmasjid xam omborxonaga aylantirildi. Sayyid ota qabrlari xam, masjid xam qarovsiz qolib, ko'rimsiz bir joyga aylanib qolgan edi. 1980 yillar atrofida xam namozxonlar kommunistik mafkura siyosatchilaridan qo'rqa-pisa masjidga kelib-ketar edilar. 1981 yil 1 sentyabrda tuman markazidagi Shayx Gadoy Selkin masjidining faoliyat ko'rsatishiga ruxsat berildi. Shu jumladan, Oqmasjidga xam.Shundan so'ng din peshvolari, namozxonlar hashar uyushtirib, darhol obodonlashtrish ishlarini boshlab yuborishdi. 2003 yil 5 sentyabr kuni Oqmasjidning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Masjid yana faoliyat yurita boshladi.Bugungi kunda Xatirchi tumanini o'zining mahobatli ko'rinishi bilan bezab turgan bu masjid kishilarni ezgulikka chorlab, namozxonlarga sharoit yaratib bermoqda.
O'tmishimizni avaylash, tarixiy obidalarni e'zozlash, asori-atiqalarni, qolaversa, xalqimizning buyuk o'tmishi, yashayotgan ijtimoiy hayoti va kelajagi bilan bevosita bog'liqdir. Bu xususiyatlar millatimiz va xalqimizning milliy qadriyati bo'lib, azaldan ularning qon-qoniga singib ketgan. Mustaqillikning birinchi kunidanoq mamlakatimizda azaliy va avvaliy milliy qadriyatlarimizga, qadimiy madaniy obidalarimizni ta’mirlashga, buyuk allomalarimizning nomlarini qayta tiklashgaa alohida e’tibor berila boshlandi.98Hozir O‘zbekistonda 74 ta qadimiy ziyoratgoh mavjud. Ular mamlakatimizda yashab o‘tgan allomalarning nomlari bilan bog‘liq. O‘zbekistonda asrlar mobaynida yaratilgan, rivojlantirilgan g‘oyat katta ilm, mo‘jizakor ijodiy mehnat bor. Jahon ilm durdonasiga behisob hissa qo‘shgan buyuk o‘g‘lonlari, o‘z zamonasining ilm olamining sultonlari yashab o‘tgan! Bugungi kunda jahon bo‘yicha ishlatilayotgan 1 dan 9gacha bo‘lgan matematik raqamlariga nolni qo‘shib, XX asr fani – kibernetikasiga asos solgan olim deyarli 1200 yil avval yashab o‘tgan bizning ajdodimiz – al-Xorazmiy! Algebra fani, mashhur allomaning ismi bilan bog‘liqligi, ya’ni al-Jabr bora-bora algebraga aylanganini, Algaritm so‘zi Al-Xorazmiy so‘zining assimiliatsiyaga uchragan shakli ekanligini va bizning avlod uni o‘qib matematikani o‘rganayotganligini bugungi kunda jahon ahli tan olyapti.Yerning dumaloq shaklda ekanligini isbotlab, dunyo xaritasini tuzgan va uni globus shaklida birinchi aks ettirgan ensiklopedik olim ham Al Xorazmiyga zamondosh. yurtdoshimiz Abu Rayhon Beruniy ekanligini o‘quvchilar ongi-shuuriga qayta-qayta quyish an’anaga aylanganligi kishida iftixor tuyg‘usini yuksaltiradi.Mukammal tibbiyot qonunlarini yaratgan Beruniy va Xorazmiylarning zamondoshi Abu Ali ibn Sino kitoblaridan jahon tibbiyotida hamon dasturulamal sifatida foydalanilmoqda. Agar e’tibor bersak, “Tib qonunlari”da murakkab jarrohlikdan tortib, oddiy ovqatlanish madaniyatigacha o‘rgatilgan. Inson salomatligini avaylash avvalo o‘zidan, oddiy ovqatlanish madaniyatidan boshlanadi, degan o‘gitlari bugungi kunda har bir farzandga singdirilmoqda!
O’zbekiston Respublikasining “ Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida” gi, “ Arxelogiya merosi obyetlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida “ gi qonunlari va O’zbekiston Respublikasining 2002 – yil 29-iyuldagi “ Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida” gi qarori bu borada muhim huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda.
Xalqimizning boy tarixdan dalolat beruvchi ushbu arxeologik va me’moriy yodgorliklar, san’at asrlari, diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish,ta’mirlashva qayta tiklash,ularni kelajak avlodlarga asl holicha yetkazish borasida barcha viloyatlarda salmoqli ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda birgina Andijon viloyatini oladigan bo’lsak, viloyatda tarixiy obida va madaniy yodgorliklarni asrab avaylash, obodonlashtirish borasida zarur ishlar olib borilmoqda.
“Kim bizning kuch-qudratimizga shubha qilsa, biz qurgan binolarga boqsin” degan edi buyuk davlat arbobi Amir Temur.Insoniyat uchun barcha e’zozda bo’lgan omillar qadriyat sanalib kelinadi. Uning tarkibida millatning ma’naviy boyliklari hisoblanmish axloqiy qoidalar, an’ana-yu bayramlar, udumlar bilan bir qatorda moddiy qadriyatlari ham hurmatga musharraf hisoblanadi. Ammo davr, tuzum nuqtai nazaridan ularga doim ham bir xil munosabat bildirilmaydi. Ajdodlarimizdan me’ros qolgan tarixiy inshootlar: madrasa-yu maqbaralar, masjidlar ham asrlar davomida turli sinovlardan o’tdi. Mustamlakachilik yillarida xalqning ma’naviy qadriyatlari bilan barobar ushbu moddiy qadriyatlarning qimmati bir muncha tushirildi. Noloyiq munosabatlar sabab ularning ba’zilari yarim xaroba holatiga kelib qoldi, ba’zilari esa umuman yo’qolib ketdi.Inson uchun qadrli tushunchaning nechog‘lik ulug‘vorligi haqida bir tarixiy voqea ham guvohlik beradi. 1956-yil. Samarqand. SSSR rahbarining buyrug’i ostida “Islom olami bilan do’stlik” shiori niqobida arab davlatlari bilan diplomatik aloqa o’rnatish boshlangan edi. Shunday harakatlar avj olgan bir davrda Livandagi jamoat arbobi, mamlakat parlamenti deputati, “Jaridat Tarabul” gazetasining egasi Shayx Nadim al-Jisr Sovet Ittifoqiga tashrif buyurishga roziligini bildiradi. Rejaga ko’ra u Moskva, Kiyev, Yalta, Sochi shaharlariga borishi kerakligiga qaramay, Imom al-Buxoriy qabrini ziyorat qilishini qat’iy talab qiladi. Qutlug’ qadamjolar toptalgan o’sha paytda hukumat uchun qabr qayerda joylashganligini aniqlab topish ham ancha vaqtni oladi. Qabr Xartang qishlog’ida ekanligi ma’lum bo’ladi. Ammo maqbara vayrona, yonidagi masjid esa kimyoviy moddalar saqlanadigan omborxonaga aylantirilgandi. Bu ahvoldagi joyga mehmonni olib kelib bo’lmasligini o’ylagan tashkilotchilar Moskvadan Toshkentga to`rt soatda uchib keladigan samolyot o’rniga Samarqandgacha poyezdda to`rt kunda olib borish mumkinligini chamalashadi… Ungacha maqbara atrofini tozalashga katta kuch sarflanadi. Ammo shunga qaramay ziyoratgohchalik epaqaga keltirib bo’lmaydi. Shayx Nadimga bir kun davomida Toshkentni ko’rsatib, Samarqandni ham kuni bo’yi aylantirib, kechasi Xartangga olib kelishadi. Shayx Nadim al-Jisr qabrga yetib borgach tiz cho’kib, yerni o’padi, ko’zda yosh bilan Qur’oni Karim oyatlarini o’qiydi. Ziyoratdan qaytgach, rahbarlardan atrofdagi tuproqlari bilan Buxoriy xokini o’shancha og’irlikdagi tilla evaziga berishlarini so’raydi.
Xalqimizning eng tabarruk go’shalari – masjidlar, ilm ziyosi taralib turgan madrasalar, ulug’larga ehtirom ramzi sifatida qad rostlagan maqbaralar – bularning bari millatning kim ekanligidan dalolat berib turuvchi ulkan boylik. Ularga nisbatan bepisandlik, muborak yerlarni oyoqosti qilish hech bir mantiqqa, odamiylikka to’g’ri kelmas harakat edi, albatta. Mustaqillik bizga nafaqat erkni, tilni, dinni qaytarib berdi, balki u bizga tarix zarvaraqalarida yashirin yotgan ayrim haqiqatlar va obidalarimiz qadrini ham tiklab berdi.Istiqlol yillarida yuqorida tilga olingan muhaddis olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning ilm, din yo’lida qilgan ulkan ishlari munosib baholandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida maqbara o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida yodgorlik majmui Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Shahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998-yilda qurildi. Maqbara markazida oniks toshdan ishlangan sag‘ana o‘rnatildi. Maqbaraning o‘ng tomonidan daxmaga tushish yo’li qilindi. Sag‘ananing aynan ostida joylashgan Imom al-Buxoriy jasadlari qo‘yilgan qabr marmartosh bilan qoplandi. Hovlining chap tomonida masjid bunyod etildi. Hovlining o‘ng qanotidagi binodan esa Qur’oni Karimning noyob qo‘lyozmalari, turli nashrlari, Imom al-Buxoriy asarlarining nashrlari joy olgan kutubxona, ilmiy xodimlar xonasi o’rin egalladi. Hozirda ushbu qadamjoni kuniga yuzlab mahalliy aholi va sayyohlar ziyorat qiladi, majmua masjidida juma va hayit namozlari o’qiladi.1992-yil aprel oyida Saudiya Arabistoniga safar qilgan Prezidentimiz Islom Karimovga podshoh Fahd ibn Abdulaziz al-Saud hazrati oliylari ehtirom ifodasi sifatida Ka’batulloh ka’bapushining katta bo’lagini hadya qilgan edi. Prezidentimiz esa ushbu sovg’ani al-Buxoriy maqbarasi majmuiga tuhfa qildi.XVI asr inshootlari durdonasi hisoblanmish, Shamsiddin Muhammad Kurtiy, Xoja Yusuf Qoshg’ariylar singari o’z zamonasining yetuk olimlari dars bergan Toshkentdagi “Ko’kaldosh” madrasasi ham turli zilzilalar, urushlar oqibatida o’z jilosini yo’qotgan edi. Rus hukumati davrida madrasa ta’miri jarayonida yo’l qo’yilgan loqaydliklar sabab bino dastlabki ko’rinishini yo’qotdi. Hujralar esa omborxona va ustaxonalarga aylantirildi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston musulmonlari idorasi va madrasaga tushgan xayr-ehsonlar, shahar hokimiyati ko’magi bilan katta ta’mirlash ishlari olib borildi. Madrasa faoliyat boshlanganidan to 1999-yilga qadar “Ko’kaldosh madrasa masjidi” deb nomlangan edi. 1999-yilda esa O’zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yangi Nizom tasdiqlanib, 1999-yil 18-avgustda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida rasmiy ro’yxatdan o’tgandan so’ng “Ko’kaldosh Toshkent islom o’rta maxsus bilim yurti” deb nomlandi. Bilim yurti 1999 -yil 10-oktyabrda maxsus ruxsatnoma olib, 1-noyabrdan rasmiy faoliyat ko’rsata boshladi. Bilim yurtida Qur’oni Karim, Hadisi Sha’rif, sarf, nahv, mutolaa kabi diniy ilmlar bilan birga o’zbek tili va adabiyoti, tabiat, geografiya, ingiliz tili, fizika, matematika, astronomiya, informatika va boshqa dunyoviy fanlar ham o’qitila boshlandi.XV asrga oid Shayx Xovanda Tohur maqbarasi va uning shimoli-g’arbiy tarafida joylashgan 1487-1502-yillarda qurilgan Toshkent hokimi va Zahiriddin Muhammad Bobur bobosi Yunusxon maqbarasi ham mustaqillik yillarida yana obod etildi. Ushbu maqbaralar joylashgan hududda 1999-yil O’rta Osiyoda yagona hisoblanmish Toshkent islom universiteti tashkil etildi. “Zangi ota” majmuasi ham to’liq ta’mirdan chiqarilib, eng so’lim go’shalardan biriga aylantirildi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-yanvaridagi farmoyishiga asosan qayta tiklangan va 1998-yil 16-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazilib foydalanishga topshirilgan “Xoja Ahror Valiy” jome’ masjidi, 1995-1997-yillarda butunlay qayta qurilgan “Shayx Zayniddin buva” masjidi bugun mamlakatda diniy erkinlik timsollari sifatida shahar ko’rkiga ko’rk qo’shmoqda.Bunday bunyodkorlik ishlariga, qadimiy me’moriy yodgorliklarni asrab-avaylashga yo’naltirilgan loyihalarga ko’plab misollar keltirish mumkin. Ana shunday sa’y-harakatlar evaziga 1991-yilda Xivadagi Ichanqal’a qo’riqxonasidagi, 1993-yilda Buxoro shahri markazidagi, 2000-yilda Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar YUNESKOning “Umumjahon madaniy merosi” ro’yxatiga kiritildi.Yana shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, mustaqillik sharofati bilan nafaqat ko’hna obidalar tiklashayapti, balki ular safiga yangidan yangi maqtasa arzigulik inshootlar ham qo’shilyapti. Muhtasham “Bunyodkor” stadioni, 2014-yilda ochilib, O’zbekiston bo’yicha musulmon dinining eng yirik markazlaridan biriga aylangan, an’anaviy sharq uslubida qurilgan “Minor” masjidi shular jumlasidandir!Xulosa o’rnida aytganda, tarixiy yodgorliklarning davlat nazorati ostiga olinganligi, ajdodlar me’rosiga chuqur hurmat bildirilishi va moddiy qadriyatlarga nisbatan yosh avlod qalbiga mehr urug’ining sepilishi mamlakat mustaqilligini yanada mustahkam bo’lishiga katta hissa qo’shadi. Shu bilan bir qatorda ular nafaqat o’zbek millatining, balki butun bashariyatning ulkan boyligi sifatida kelajakka yuz tutadi. Ular o’zga davlatlar nigohida o’zbek millatining kim bo’lgani va kim ekanligi haqida shohidlik berib turibdi.
Xulosa
Dunyoviy ilmlardan bebahra inson dunyo kishisi bo‘la olmaydi. Buyuk ajdodlarimiz dunyoviy ilmlari ila dunyoni zabt etganlar. 1991 yil 31 avgustda ozbek xalqi uzoq vaqtlardan beri orziqib kutgan Istiqlolga erishdi. Mustaqillik yillarida yurtimiz qadim o’tmishini haqqoniy va tarixiy manbalarga yaratishining
asosiy maqsadi:99 ”…Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odati va na’analarini hayotiy qadriyatlardan ayrim hollarda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada, tabiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi”100 Shu o’rinda mamlakatimizdagi tarixiy obidalarning qayta tiklanishi va ta’mirlanishi, aziz bobolarimiz qabrlari joylashgan maqbaralar muqaddas qadamjolarga aylantirilishi, tarixiy obidalarimiz obodligi yo’lida olib borilgan say-harakatlarni alohida ta’kidlab o’tmoq joiz.
Tarixiy obidalarimizning g’oyat aniqlik va murakkab geometrik hisob – kitoblar asosida qad ko’targani, undagi nafis bezaklar va naqshlarning o’zaro uyg’unlashuvi, ham go’zal, ham mahobatli, mustahkam va muhtasham barpo etilgani hali hanuz kishilarni hayratga solib kelmoqda. O’zbekiston O’rta Osiyo mintaqasida o’z epigrafik yodgorliklari miqdori va noyobligi bilan yetakchi bo’lgani holda, bu borada nashr qilingan manbalar yetarlicha tahlil qilinib o’rganilmagan. O’zbekiston hududida asrlar davomida tabiat sinovlariga bardosh berib kelayotgan, shaharlarimiz ko’rkiga chiroy qo’shib turgan ushbu tarixiy obidalarimizning dunyo miqyosidagi ahamiyatini YUNESKO ro’yxatiga 4000 dan ziyod tarixiy obidalarning kiritilganligida yaqqol ko’rish mumkin. Bu obidalar ro’yxatidan joy olgan Samarqand me’moriy yodgorliklari alohida o’rniga ega.
Hayotimizning barcha sohalari kabi ochiq tabiat qo’ynidagi me’moriy obidalarimiz ta’mirlanishiga ham katta e’tibor berildi. Yurtimiz istiqloli sharofati bilan biz – bugungi avlod dunyoni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rar ekanmiz, jahon uzra nomlari mashhur bobokalonlarimizning qoldirgan merosini qaytadan kashf etayapmiz. Vatanimiz tarixini mukammal o’rganish va ilmiy konsepsisiyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” nomli asarida yurtboshimiz Islom Karimov “Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz!” – degan g’oyatda muhim fikrni ilgari suradilar.
Samarqand qadimiy tarixi va me’moriy obidalari bilan jahon madaniyatida o’z o’rniga ega o’lka hisoblanadi. Uning tarixi qancha varaqlansa, shuncha yangi-liklar chashmalari aksini beraveradi. Ilm-ma’rifat, ma’naviyat misoli nurdir. Quyosh barchaga barobar bo‘lgani kabi bu nur jahon uzra birdek taralaveradi. U chegara bilmaydi, davlat yo millat tanlamaydi. Azaldan dunyo bilmdonlari, ma’rifatparvarlari ana shu ziyo orqali yaqin aloqada bo‘lganlar. Bu ziyo ular uchun bamisoli oltin ko‘prik vazifasini o‘tagan.
Turkiy xalqining o’rta asrlardagi buyuk madaniy merosi tasviriy naqshlarda o’z ifodasini topgan. Amir Temur davrida qurilgan me’moriy obidalarning ko’rinishi mazmuniga shu qadar katta ahamiyat qaratilganki, ularning har biri katta san’at asari bo’lib, ko’rgan kishining e’tibori va havasini o’ziga tortmasdan qolmaydi. Ulug’ bobosidagi xislatlar Mirzo Ulug’bekka ham ko’chib, uning qurdirgan Samarqanddagi madrasasi o’zida uning samoviy qiziqishlarini aks ettiradi.
Taraqqiyot tarixiga Sharq va G‘arb xalqlari navbatma-navbat hissa qo‘shib kelganlar. Jahon xalqlari orasidagi iqtisodiy va madaniy aloqa tobora rivojlana borgan va u hozirgi paytda yangi kuch bilan mustahkamlanmoqda. Dunyo xalqlari o‘rtasidagi turfa aloqa, munosabatlar azaldan tabiiy ravishda shakllanib, ravnaq topib kelgan bo‘lsa, endi u zamona zayli bilan yangicha shakl-u shamoyilda ilmiy, nazariy poydevoriga ega bo‘lgan.
Shu kunlarda dunyoning siyosiy-jo‘g‘rofiy xaritasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, masalan, Ispaniya, Lotin Amerikasi kabi bir qancha mamlakatlar ham arab sivilizatsiyasi ta’sirida o‘zlarining milliy adabiyotini barpo etishgan. Ma’lum darajada hozir ham ularda Sharq adabiyotining ta’siri bor.
Inson dunyoga bir marta keladi. Uning tomonidan yaratilgan meros va qol-dirgan yaxshilik bir umr yoddan chiqmaydi. Chunki ezgulik abadiydir. Zero, shunday ekan, biz ham o’z ajdodlarimiz kabi kelajak avlodga munosib voris bo’lmog’imiz darkor. Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: “Farzandlarimiz kelajak avlodlar bizdan shu o’lkani, shu muqaddas zaminni yana ham boy, kuchli va qudratli holatda qabul qilib olishlari uchun, biz buyuk ajdodlarimizga nisbatan
qanday minnatdorchilik tuyg’ularini his etayotgan bo’lsak, o’g’il-qizlarimiz, kela-jak avlod ham bizga nisbatan shunday minnatdorchilik tuyg’ularini his etishlari uchun lozim bo’lgan hamma ishni qilish-bizning fuqarolik burchimizdir”.
Me’moriy obidalardagi bitiklar va yozuv mazmunlarini axborotlash va Internet tizimida ma’lumotlar bazasini yaratish tomoshabinning me’moriy obidalar bilan tanishishda o’zaro muloqot ko’rinishini beradi. Tarixiy obidalar to’g’risida to’liq ma’lumot berish va o’zaro muloqot yangicha zamonaviy-madaniy vaziyatni yaratadi. Mamlakatimizda tarixiy obidalar haqida veb-sahifalar tashkil qilish bo’yicha ishlar boshlagan, mazkur ezgu ishlar kelgusida memoriy obidalar haqidagi tushunchalarni mustahkamlab, bilimlarimizni takomillashtirishga hissa qo’shadi.
Eng odil xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Samarqand me’moriy yodgor-liklari o’zining rang-barang koshinlari, betakror bezaklari, naqshlari, ulkan gum-bazlari bilan O’rta Osiyo me’morchiligining noyob yodgorligi bo’lib, asrlar davomida insonlar ongi va qalbida madaniyat, ilm-ma’rifat va ma’naviyatni yuksaltiruvchi, tarbiyalovchi beshik vazifasini o’tab kelgan va shunday bo’lib qoladi.
Madaniy hayot insonlarning muhim ijtimoiy munosabatlar sohasini tashkil qiladi. Madaniyatga oid boyliklar asrlar davomida yig‟ilib har bir avlod tomonidan qayta ishlanib, to‟ldirilib ommaviy ko‟rinishda yashab keladi. O‟zbek xalqi-Markaziy Osiyoda eng boy va qadimiy madaniy merosga ega hisoblanadi. Hozirgi avlodga meros sifatida o‟nlab madaniyat va ma‟naviyat markazlari minglab falsafiy adabiy dunyoviy va ilmiy asarlar qoldirganlar. Mustaqillikga erishguncha madaniyatimiz birinchidan hukmron mafkura va istibdod tuzumi tazyiqida G‟arb madaniyatiga tahlil ruhida rivojlandi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi yuzasidan tadqiqotlarni amalga oshirish jarayonlarida Bitiruv malakaviy ishida O’zbekiston hududidagi tarixiy yodgorliklarda madaniy hayot tahlilini amalga oshirish asosiy maqsad sifatida qoyilgan edi. Mazkur vazifaning amalga oshirilishi jarayonida qо„lga kiritilgan natijalar yuzasidan quyidagi xulosalarga kelindi:
Do'stlaringiz bilan baham: |