Oqsaroy saroyi bayramona hukumat binosi – rezidentsiyaning namunasi bo’lishi mumkin. Saroyning qurilishi 1380 yilda boshlangan, lekin 1404 yilda ham unda pardoz ishlari tugatilayotgan edi. Bu ulug’vor inshootning o’qsimon gumbazi oralig’i 22 metrdan ortiq bo’lib, temuriylar barpo etgan barcha inshootar orasida eng antiqadir.Temur va temuriylarning davrida shahrlarning ansambllar bilan – majmuiy qurilishi keng tarqalgan.
Bu Shahrisabzda ham yaqqol ko’rinadi, bu yerda Dorus-Tilovat va Dorus-Saodat ansambllari ajralib turadi.Dorus-Tilovatni sobiq mahalliy xodagonlar maqbarasida saqlanib qolgan uchta inshoot tashkil etadi. Bu Shamsiddin Kulol va Gumbazi Seyidon maqbaralari hamda Ko’k-Gumbaz jome’ masjidi inshootlaridir. 62Shamsiddin Kulol maqbarasi eng birinchi qurilgan. Shayx 1370 yilda vafot etgan bo’lib, uning go’ri izzat-ehtirom qilingan edi.Uning yonida Gumbazi Seyidon – Sayidlar gumbazi nomli Ulug’bek avlodlarining maqbarasi qurilgan. Bu kichik bino o’zining nafis mutanosibligi va chuqur o’ymakor naqshlar bilan qoplangan, ajoyib ishlangan kirish eshigi bilan insonni mahliyo qiladi. Me’morchilik ansamblini mo’g’ullargacha bo’lgan qurilish poydevorida qad ko’targan Ko’k-Gumbaz jome’ masjidi tugallaydi.
Dorus-Saodat ansambli ham uchta qismidan iborat: Jahongir mirzoning go’ri,Hazrati Imom masjidi va Temurnig maqbarasi. 1376 yilda sohibqironning sevimli o’g’li Jahongir mirzo o’lganidan keyin Amir Temur shunday qayg’uga cho’mdiki, «sohibqironning qalbi hamdardlik uchun 30 yil yopiq edi». «Adolatli shahzoda, jasur jangchi, yer yuzida atirguldek ir ko’rinib yo’qolgan» shahzodaning jasadi ajdodlariing vataniga keltirildi, bu yerda uning uchun maqbara qurildi. Keyinroq maqbara oilaviy katta maqbara ichiga kiritilgan edi. Xona ohaktosh bilan qoplangan bo’lib, arkali o’yma tokchalar bo’ylab Qur’ondan olinagn foniy dunyoning bekorligi va boqiy dunyoning g’olibligi to’g’risidagi oyatlar o’yib ishlangan. Masjid va Jahongirning maqbarasiga yaqin joyda faqat Temur uchun mo’ljallangan go’r saqlanib qolgan maqbara bo’lgan, lekin uning o’zi, ma’lumki, Samarqandda dafn etilgan.Lekin Shahrisabz faqatgina buyuk amirning «taxt zamini» bo’lmagan. Temurning tug’ilishidan ancha ilgari u o’z tarixiga ega edi. Avvalo bu jahonnig eng qadimgi shaharlaridan biri. Olimlarning fikricha, Shahrisabz 2700 yoshda, bu esa «Boqiy shahar» Rimning yoshidir. YUNESKO qaroriga ko’ra shu sana 2002 yilda butun madaniy dunyoda nishonlangan.63
Qoʻqon . Qo’qon— Farg‘ona viloyatida, sharqiy Oʻzbekistondagi shahari.Mahalliy tarixchi va arxeologlar orasida shaharning yoshi 2 ming yildan ortiq degan taxmin mavjud. Qoʻqonga oid dastlabki maʼlumotlar X asr yozma manbalarida uchraydi. Etimologiyasi haqida turli taxminlar bor masalan, Istaxriy va Ibn Havqal asarlarida "Havokand" (Hoʻkand) shaklida, yaʼni "goʻzal", "yoqimli" yoki "shamol shahri" maʼnosida uchraydi. Keyingi asrlarda "Hoʻqandi latif" degan atama ham ishlatilgan. Undan tashqari "balandlikdagi shahar", "hular shahri" yaʼni, "hu (ku) qabilasi — elati shahri" versiyalari ham bor. Qad. Xitoy qoʻlyozmalarida Qoʻqon nomi "Guyshan", "Xoʻxan" tarzida ifodalangan.64
Qoʻqonning XVIII -asrgacha boʻlgan siyosiy tarixi haqida maʼlumotlar juda oz. Qoʻqon podsho Rossiyasi qoʻshinlari tomonidan zabt etilganda Qoʻqon xonligi arxivining koʻp qismi olib ketilgan. Qoʻqon qadimda Hindiston va Xitoyga boriladigan karvon yoʻlida joylashgan. XIII asrda moʻgʻullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Shundan keyin XVIII asrgacha Qoʻqon kichik aholi turar joyi sifatida mavjud boʻlgan. 1709 yili Qoʻqon xonligi tashkil topgach, 1711 yili Eskiqoʻrgʻon qalʼasi oʻrnida hozirgi Qoʻqon shahriga asos solindi, istehkom va qalʼa barpo etildi. 1732 yili Abdurahimbiy bu ishni nihoyasiga yetkazdi va shaharni xonlik poytaxtiga aylantirdi. Shu davrdan boshlab shahar Qoʻqon deb atala boshladi. Shaharning mustahkam devori, 12 darvozasi (Xoʻjand, Gʻoziyogʻliq, Quduqliq, Sarmozor, Namangan, Chimyon, Soʻx, Margʻilon, Rishton, Moʻyimuborak, Qatagʻon, Isfara) boʻlgan. Qoʻqon hududi 12 maʼmuriy boʻlak (daha)ga taqsim qilingan. Shaharda 3 mingga yaqin xonadonda 31 ming kishi yashagan. Norboʻtabiy davrida (1766—98) ravnaq topdi, Sharqning savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlaridan biriga aylandi. Olimxon hukmronligi davrida (1801 — 1810) esa Qoʻqonning siyosiy mavqei kuchaydi. Umarxon (1810—22) va uning oʻgʻli Muhammad Alixon (1822—1842) hukmronligi davrida Qoʻqonda fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat markaziga aylandi. 1842 yilda Buxoro amiri Nasrulloxon tomonidan bosib olindi. Qoʻqon xonligi rus qoʻshinlari tomonidan ishgʻol etilib, Turkiston general-guber-natorligiga qoʻshib olingach (1876), Qoʻqon yangi tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligining Fargʻona viloyati maʼmuriy markazi boʻladi. Viloyat markazi Yangi Margʻilonga koʻchirilgandan keyin (1877 yil 27 aprel), Fargʻona viloyati uyezd shahri, soʻng vodiyning eng yirik shaharlaridan biri boʻlib qoldi. Qoʻqon qadimdan hunarmandchilik markazi boʻlgan. Qoʻqonda misgarlik, zargarlik, oʻymakorlik, qurolsozlik, kulolchilik, qogʻozgarlik, badiiy toʻqi-machilik, doʻppichilik, kashtachilik, temirchilik, koʻpriksozlik kabilar rivoj topgan. Qoʻqon gazmollari Sharqda va Rossiyada mashhur boʻlgan. Ayniqsa, Qoʻqon qogʻozi hunarmandchilikning alohida tarmogʻi sifatida nom qozongan. Rus tabiatshunosi A.P. Fedchenkoning taʼriflashicha (1871 yilda), Oʻrta Osiyodagi eng sifatli qogʻoz Qoʻqonda ishlab chiqarilgan. Xonlik davrida Qoʻqonda 52 madrasa faoliyat qoʻrsatib, ulardan dastlabkisi "Madrasai xishtin" (1729) boʻlsa, soʻnggi qurilgani "Soʻfiyon" (1891) madrasasidir. XX-asr boshida Qoʻqonda 120 ta eski maktab, oʻndan ortiq jadid maktabi, 3 ta rus-tuzem maktabi, temir yoʻl va savdo-tijorat maktablari va boshqa oʻquv mas-kanlari bor edi. XX-asrning boshlarida Qoʻqonda "Sadoi Fargʻona", "Yangi Fargʻona", "Qoʻqon sadosi" gazetalari chop etila boshladi. 1917 yilning kuzida Qoʻqonda "Turkiston muhtoriyati eʼlon qilindi. Ammo koʻp vaqt oʻtmay bu ozodlik harakatining markazi Qoʻqon bolsheviklar tomonidan qonga botirildi (1918 yil fevral). Tarixiy maʼlumotlar boʻyicha bu qirgʻinda 10 mingdan ziyod kishi qurbon boʻlgan. 1918 yilda Qoʻqonda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi.65
Qo’qon xonlari yodgorlik sifatida ikkita maqbarani qoldirganlar. Bulardan biri “Daxmai shohon” uch asosiy qismga bo‟lingan: gumbazli xona, masjid - ayvon ikkita ustuni bilan va maqbara bo’lgan. Maqbara uch tarafdan baland bo’lmagan devor bilan o’ralgan, arklar panjara bilan to‟sib qo’yilgan. Maqbaraning pastak binosi va gumbazi unga salobat berib turadi. Devor bezagiga ikkita eshik fayz kiritib, to’ldirib turadi, bittasi peshtoqda, ikkinchisi masjidga kirishda joylashgan. Eshikning ustiga naqshlar bilan “ Usto Muhammad G‟iyosxon” deb yozilgan. 66
Eng diqqatga sazovor me’moriy yodgorliklar sirasiga 1863-1872 yillarda qurilgan so’nggi hukmdor Xudoyorxon o’rdasini kiritish mumkin. Hozirda bu saroy o’lkashunoslik muzeyi sifatida faoliyat ko‟rsatmoqda. Arxitektura shakllariga ko‟ra Xudoyorxon saroyi O’rta Osiyodagi XIX-asrdayaratilgan binolardan unchalik farq qilmaydi. Biroq saroyning tashqi ko‟rinishida o’ziga xosliklar ham bor. Moylik bo’yoqlar uyg‟unligi Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi me’moriy yodgorliklarning tashqi ko‟rinishiga umuman xos emas.
Kosonsoy jome masjidi (XVIII-asr). Namanganda. Atrofi devorli maydonga qurilgan. Masjid eshigi naqshinkor. Bino bezagida oq va novvot ranglardan unumli foydalanish.
Miyon Xazrat madrasasi ( XVIII-asr). Qo‟qonda. Madrasa ko‟p hovlili. Ko‟p ustunli masjid ham bor. Hovlilar atrofi hujralardan iborat. Bezaklari oddiy.
Mavlonbuva maqbarasi ( 1860). Namangan. Shoir Mavlonbuva madrasasi janubrog‟ida peshtoq-gumbazli ziyoratxona qad ko‟targan. Ziyoratxona ichi ganch suvoqli, moybo‟yoq bilan gul solingan.
Madalixon maqbarasi (1825). Qo‟qonda. Modarixon ( xon onasi) xazirasiga xon avlodlariga mansub ayollar qo‟yilgan. Hozir maqbaraning gumbazli xonasi, ikki minorasi saqlanib qolgan. 67
Kaptarli majmuasi (XIX-asr). Marg‟ilonda. Masjid, minora, maqbara va uning hovlisida gumbazli darvozaxona hamda to‟rt bo‟lakli kaptarxonadan iborat bo‟lgan bino va inshootlardan iborat.
Kamol qozi madrasasi ( XIX-asr). Qo‟qonda. Darsxona, ayvonli masjid va xujralardan iborat. Bezakli, hashamatli qurilma. Darsxonaning tomi gumbazli.
Devona Buva maqbarasi (XIX-asr). Namanganda. Ziyoratgoh-hazira. Go‟rxona va ayvondan iborat. Oldi peshtoqli, tom gumbazli, to‟rt tomonida eshik o‟rni bor. Naqsh va o‟ymakorlikdan yaxshi foydalanilgan.Abulqosim madrasasi (XIX-asr). Toshkentdagi me‟moriy yodgorlik. Madrasa, masjid va xonaqohdan iborat. Shayx Abulqosim tomonidan bunyod etilgan. Madrasa bosh peshtoqi sharqqa qaragan va ikki qavatli qilib pishiq chorsi g‟ishtdan qurilgan. Bosh peshtoqni bezatishda me‟moriy hajm va shaklning o‟zidan foydalanganlar, to‟rt markazli ravoq ikki qavat balandligida 32 qilib yon asoslari esa turli yuzalikdagi berk ravoqli simmetrik joylashgan.Peshtoq madrasa devor sathidan 1,82m chiqarilgan, uning balandligi 16m. Bosh tarzining chekka qismlari ustki mezanali guldastalar bilan chegaralangan. Hashamatli peshtoqning kirish qismi, chuqur yarim sakkiz qirrali bo‟lib, uch qirrasiga,ikkala qavatiga ravoqli darchalar ishlangan. Bosh tarzining birinchi qatori berk bo‟lib, ikkinchi qavati ravoqli ayvonli qilingan.. Bosh tarzining birinchi qatori berk bo‟lib, ikkinchi qavati ravoqli ayvonli qilingan. Qolgan tarzlariga me‟moriy ishlov berilmagan, silliq pishiq qatorida qoldirilgan. Eski binosi - xonaqoh Mo’yi Muborak 1820-yilda qurilgan, madrasa esa 1850 yilda barpo etilgan.68 1983-yildan buyon O‟zbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish jamiyatining Toshkent bo‟limi hamda xalq hunarmandchiligi ustaxonalari joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |