Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 126,85 Kb.
bet10/23
Sana20.03.2022
Hajmi126,85 Kb.
#502538
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
Рахматова Мафтуна

Ismoil Somoniy maqbarasi. O’rta asrlarning rivojlangan davrida (IX-X asr), 864-868-yillar oralig‘ida, hozirgi Buxoroning eski shahar qismida qurilgan.Inshoot qabr vazifasini bajarganligi sababli, uning intereri uch pog‘onali (to‘rtlik – to‘rt devor, sakkizlik – devordan tomga o‘tish qismi va gumbaz – tom ko‘rinishdagi) bir xonali kvadrat shaklni tashkil qilgan.Uning qurilishida pishgan g‘isht, tosh va yog‘ochdan foydalanilgan. Maqbaraning dizayniga to‘xtaladigan bo‘lsak, jimjima g‘ishtin bezaklari chiviqli to‘siq yoki qamish, bo‘yra to‘qimasini eslatadi. Devor qalinligi – 1,8 m., tarhi – tashqarisi 10,80×10,70 m., ichkarisi 7,20×7,20 m. Usti gumbaz bilan qoplangan. To‘rt burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba o‘rnatilgan.44 Devor tepasida kungirasimon darcha (40 ta). Har bir darcha hoshiyalangan. Ravoq tepasidagi qanos g‘ishtin tangachalar marjoni bilan chegaralangan. Ikki chetiga mayda-mayda g‘ishtdan chorsu tumor yasalgan. Bino ichkarisi tashqaridagi bino bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uslub jihatidan bir xil. Ichki devor gumbaz osti bag‘alidagi ustma-ust ravoqchalar – ustunchalarga tayangan. Ravoqchalar 8 qirrali gumbaz asosini tashkil qiladi. Qirralar burchagiga gumbazga tirgaklik qiluvchi ustunchalar ishlangan. Arxeologik qazilma vaqtida (1927) xona sahnida 2 yog‘och sag‘ana borligi aniqlangan. Ismoil Somoniy maqbarasi 4 tomoni bir xil chordara shaklida, uning tuzilishida qadimiy sug‘d me’morchiligining an’analari saqlanib qolgan buyuk me’moriy asar.
Ismoil Somoniy maqbarasi jahon me’morchilik va binokorlik maktablarining noyob asari hisoblanadi. Tengi yo‘q bu arxitekturaviy yodgorlikni arxitektorlar va binokorlar faxr bilan tilga oladilar, tarixchilar yaratilishini o‘rganadilar, san’at ahli esa uning tasvirlarini turli xil buyumlarda sevib aks ettiradilar.Ismoil Somoniy maqbarasi IX asrda Buxoroda me’morchilik san’ati, binokorlik texnikasining naqadar yuksalganligini va rivojlanganligini ko‘rsatadi. Ana o‘sha davrdan boshlab binokorlikda yuqori sifatli pishgan g‘isht, albastrli qorishmalar ishlatilgan.Ushbu nodir obidani tiklashgacha bo‘lgan davrda Buxoroda matematik bilimlar, xususan geometriya juda yaxshi rivojlangan.45
Professor M.Bulatov tomonidan uni barpo etishda qo‘llanilgan handasa qoidalari va qonuniyatlarini o‘rganish asosida doktorlik dissertatsiyasi yozilganligi ham bejiz emas. Hali inshootning o‘rganilmagan qanchadan-qancha qirralari, qonuniyatlari, qoidalari, qurilish usullari bor.Yuksak professional darajada barpo etilgan bu tarixiy yodgorlik o‘sha davrdagi eng tajribali quruvchilarni, eng qobiliyatli me’morlarni loyihalash va qurilish usullari bilan qurollantirganligi, ularning bilim va malakalarini nechog‘lik oshirganligi sir emas.46
Ismoil Somoniy maqbarasi markazlashma inshoot bo‘lib, uning asosiy hajmini to‘rt devori ko‘tarilgan sari bilinar-bilinmas yengil qiyshaytirilgan kub va fazoviy gumbaz tashkil qiladi. Devor kvadratlari bilan gumbazni tutashtiruvchi konstruksiya inshootning o‘ziga xos jihatlaridan hisoblanadi. Maqbaraning barcha fasadlari bir xilda bajarilgan. Devorlar ichkari va tashqi tomondan bezakli qilib yuqori sifatli pishgan g‘ishtdan bejirim terilgan, qurilishda o‘ymakorlik usullaridan ham foydalanilgan.Dekorativ g‘isht terimi inshootga yengillik ifodasini baxsh etgan. Kirish eshik proyomlari strelka shaklidagi arka ko‘rinishida bajarilgan. Bu yechimlar, ayniqsa, strelkali arka va gumbazli tom konstruksiyalari, keyingi davrda nafaqat Buxoro me’morchiligida, balki butun Markaziy Osiyo me’morchiligida ham ko‘p ishlatilgan.Ismoil Somoniy arxitekturaviy yodgorligi XI asrdan ortiq vaqt ichida yaxshi holda saqlanib qolgan. U jahon arxitekturasining takomillashgan asari, «Sharqning me’moriy durdonasi» degan nomlar bilan ham ataladi. Yodgorlik arablargacha bo‘lgan davr an’anasi asosida bajarilgan bo‘lsa-da, u nafaqat Buxoroda, balki Markaziy Osiyo me’morchiligida ham yangi stil, yangi shakl va yangi yechimlarni yaratishning keyingi taraqqiyotini aniqlab bergan.47
Bu inshootda bir necha tektonik yechimlar bir butunlikda, yaxlitlikda ishlab chiqilganligini inkor etib bo‘lmaydi. Turar-joy va madaniy arxitektura asoslaridan ishonch bilan foydalanganlik ushbu inshoot misolida Buxoro me’morchilik maktabining o‘sha davrda yuksak darajada rivojlanganligini ko‘rsatib turibdi.Demak, Ismoil Somoniy maqbarasining hajm – samoviy va konstruktiv strukturasi undan keyin qurilgan gumbazli binolarning rivojlanishini aniqlab bergan. Me’moriy naqshlar, chiroyli jimjimador bezak elementlari, nihoyatda go‘zal va bejirim badiiy ifodalar o‘sha davrda g‘isht terish san’atining gullab-yashnaganligidan dalolat beradi.48 Maqbaradagi g‘ishtlarning yuksak badiiy did bilan terilganligi uning jahon me’morchiligi ajoyib durdonalari silsilasidan o‘rin olishiga asos yaratgan.Maqbara gumbazsimon, Movarounnahr va Xuroson me’morchiligining o‘ziga xos “Chor” uslubida qurilgan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomoni shundaki, u O‘rta Osiyo arxitektura va san’at tarixidagi dastlabki maqbaralardan biridir. Ismoil Somoniy maqbarasi loyihasidan tortib, hajmiy tuzilishigacha geometrik tartib asosida yaratilganligi uning boshqa maqbaralardan farqlantiruvchi xususiyatidir. Maqbara o‘z davrida somoniy amirlari dafn etilgan daxma hisoblangan.Hozirgi kunda me’moriy inshoot atroflari bog‘ga aylantirilgan. U arxiologik qazishmalar orqali topilganligi uchun 60-50 sm pastda joylashgan. Bugungi kunda bu inshoot islom dunyosi ma’rifatparvarlari va allomalarining diqqat-markazida hamda turistlarning sayohatgohiga aylangan.49Maqbaraga O‘zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, 1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Ismoil Somoniy maqbarasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 1993-yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya) “Butunjahon madaniy meroslari ro‘yxati”ga kiritilgan.50
Xorazm.Har bir xalq o’zining o’tmishini bilishga intiladi, boy tarixiy merosi va unutilmas sanalari, buyuk siymolari va bahodir sarkardalari bilan g’ururlanadi. Qadimiy davrlardan buyon O’rta Osiyoda ro’y bergan turli xil siyosiy va ijtimoiy hodisalar, bir vaqtlar Evropani larzaga keltirgan tarixiy voqealar, o’tmishda ko’p jamiyatlarni tubdan o’zgarishga va har xil elatlarni biriktirib etnik jarayonlarga sabab bo’lgan qudratli davlatlar, noyob moddiy va ma‘naviy obidalarni paydo bo’lishi bashariyat madaniyatining ko’hna markazlaridan biri Xorazm bilan bog’liq ekanligi ilmiy jihatdan juda ko’p tarixiy-arxeologik asarlarda isbotlangan.
Xorazmda ibtidoiy jamoa munosabatlaridan sharqona quldorlik tuzumiga o’tish davriga oid anchagina arxeologik yodgorliklar mavjud. Mashhur sharqshunos va tarixchi olim, O’zbekiston fanlar akademiyasi faxriy a‘zosi S.P.Tolstov ma‘lumotlariga ko’ra, urushdan oldingi to’rt yil ichida uning ekspeditsiyasi a‘zolari aniqlangan yodgorliklardan 400 dan ortig’i keyingi yarim asrlik tadqiqotlar tufayli o’rganilib eramizdan avvalgi IV ming yillikdan eramizning XIV-XV asrlargacha Xorazm tarixini yangicha ko’z bilan qarash imkonini yaratgan edi.51
Antik Xorazmning qudratli iqtisodiy va madaniy poydevori zor bo’lganligi tufayli, shu zamin asosida vujudga kelgan jamiyat va davlatlar qisqa vaqt ichida og’ir ijtimoiy qiyinchiliklarni engib o’tdi. Quldorlik jamiyati emirilishi natijasida kuchli ichki larzalardan tushkunlikka uchragan Xorazm IX-XI asrlarda arab xalifaligining inqirozi tufayli ketma-ket O’rta Osiyo va SHarqiy Eronda paydo bo’lgan yirik ilk feodal davlatlari – tohiriylar, safforiylar va somoniylar qo’l ostida bo’ldi. Bu davrda O’rta Osiyoning boshqa xududlaridagidek, Xorazmda ham yangi tug‗ilgan ijtimoiy tuzumning taraqqiy qilinishiga to’sqinlik qilayotgan patriarxal quldorlik an‘analari ancha tez emirila boradi. Bu emirilish yirik feodal aristokratiyasi bilan ozod dehqon ommasi orasidagi shartli tenglik niqobini olib tashlab, ular o‗rtasidagi jiddiy ixtilofni kuchaytirdi.
Ko’p tarixiy va arxeologik ma‘lumotlarga qaraganda, X asr ohirlarida Xorazm iqtisodiy jihatdan juda tez rivojlana boshlagan edi. Bunga shaharlarning o’sishi dalil bo’la oladi. Agar arab tarixchisi Taboriy 712 yilda Xorazmda uchta shahar bo’lganligini ko’rsatib o’tsa, Istohriy X asr boshlarida Xorazmda shaharlarning soni o’n uchtaga yetganligini ko’rsatadi. 985 yillarda esa, ya‘ni Beruniy 12 yoshga kirganda, Maqdisiyning yozishicha, shaharlar o’ttiz ikkitaga yetadi. Arxeologik qazilma vaqtida topilgan buyumlar – bu davrda hunarmandchilik tez rivojlanganligidan dalolat beradi. 52

Ichan qal’a — O’rta Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorliklar. Xivaning ichki qal’a (Shahriston) qismi. Xivaning ichki qal’a (Shahriston) qismi. Ichan qal’a shaharning Dishan qal’a (tashqi qal’a) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qal’a)dan baland qo’rg’ontepaga o’xshab ko’rinadi. Ichan qal’aga 4 darvoza (Bog’cha darvoza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kiriladi.Devor aylanasining uzunligi qariyib 2200 metrgacha, balandligi 7–8 metrga, poydevorining qalinligi esa 5–6 metrga teng. Ichan qal’a to’g’ri to’rtburchak shaklida qurilgan bo’lib, uzunligi 650 metr, eni 400 metr, ya’ni 26 gektar maydonni egallaydi. Devor aylanasining uzunligi qariyib 2200 metrgacha, balandligi 7–8 metr.

Xiva «Ichan-Qal'a» Davlat muzеy-qo’riqxonasi O’zbеkistonning eng ko’hna muzеylaridan biridir. Qo’riqxona xududida 54 ta qadimgi tarixiy mеmoriy binolar, 360 xonadon 2600 aholi istiqomat qiladi.Xiva «Ichan-Qal'a» tarixiy mе'moriy Davlat muzеy-Qo’riqxonasi bisotida Xorazmning 3000 yildan ko’proq uzoq tarixini, uning ma'naviy va moddiy madaniyatini yorituvchi 40.000 ga yaqin nodir, asosiy fond eksponatlari saqlanmoqda.Xorazm xalq me’morligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, Ichan qal’ada.Ichan qal’a ansambli me’moriy yodgorlik sifatida muhofazaga olinib, muzeyga aylantirilgan (1961). 1990 yildan Ichan qal’a Butun jahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritilgan.53



Download 126,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish