Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


O’zbekiston hududidagi Buxorova Xorazm tarixiy obidalari



Download 126,85 Kb.
bet7/23
Sana20.03.2022
Hajmi126,85 Kb.
#502538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
Рахматова Мафтуна

1.2.O’zbekiston hududidagi Buxorova Xorazm tarixiy obidalari
Buxoro.Buxoro shahari sharqning mashhur qadimiy shaharlaridan biri. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra. Buxoro miloddan avvalgi 1-ming yillik o’rtalarida asos solingan. Zarafshon daryosining quyi oqimida nihoyatda xushmanzara- hayvonot va o’simlik dunyosi bo’lgan, tarixchi Narshaxiy “ Buxoro tarixi” asaridagi ma’lumotlar buni tasdiqlaydi.
Buxoro shahrini arxelogik jihatdan faol o’rganish ishlari 70- 80 yillarga to’g’ri keladi. O’zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining maxsus arxelogiya institutining maxsusu arxelogik jamosi( A.RMuhammadjonov, I.Ahrorov va Sh.Odilov) va O’zbekiston Madaniyat vazirligining Ne’moriy yodgorliklarni ta’mirlash va asrash instituti otryadi ( Ye.G.Nekrasova boshchiligida) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida hozirgi Buxoro viloyati hududida miloddan.avvalgi. 4-3ming yilliklardayoq neolit davriga mansub qabila qabilalar yashagani aniqlanadi.Arxeologlar Qorako’l tumanidagi Zamonbobo degan joydan qabila manzilgohlari o’rganilgan. Shu boisdan madaniyat manzilgohlari Zamonbobo madaniyati deb ataladi. 31
Shuningdek, shaharning yoshini aniqlash maqsadida butun Buxoro vohasi boʻylab, chunonchi yirik arxeologik yodgorliklar — Poykend, Qoʻrgʻoni Vardonze, Romitan, Varaxsha, Xoja Boʻston, Qoʻzimontepa, Oqsochtepa va boshqa shahar harobalarida keng arxeologik qazishmalar olib borildi. Konimex tumanida miloddan avvalgi 6—5-asrlarga doir yodgorliklar (Chordara shahar harobasi, Qumrabod — I, Qumrabod — II, Arabon — I, Arabon — II nomli mustahkamlangan qishloqlar, miloddan avvalgi 6-asrga oid Shodibek va Qalqonota qoʻrgʻonlari) topib oʻrganildi (1975—77). Ulardan yuqori darajada rivojlangan hunarmandchilik va meʼmorlikka doir koʻplab ashyoviy dalillar topildi. Oʻsha davrga taalluqli qishloqlar qoldiqlari Jondor tumanidagi Xojaxotin, Laylakxoʻr, Boshtepa, Oqtepa va boshqalar joylardan ham topildi.32
Arxeologik tadqiqotlar jarayonida Buxoro xususidagi yozma manbalarda keltirilgan maʼlumotlar bilan arxeologik topilmalar qiyoslanib, quyidagicha xulosaga kelindi. Zarafshon daryosining quyi oqimidagi dastlabki manzilgohlar joy davri (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi) dayoq vujudga kelib, ular sinchli yarim yertoʻlalardan iborat boʻlgan (qurib qolgan Mohondaryo tarmogʻi mintaqasida olib borilgan tadqiqotlar buni tasdiqlaydi); miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Zarafshon daryosining yirik tarmogilari deltalari joylashgan yerlarda mustahkamlanmagan manzilgoxlar paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 4-asrda esa Buxoro arki qurilajak hudud baland mudofaa devori va keng xandaq bilan oʻrab olinib, uning etagida uchta mustahkamlangan manzilgoh joylashgan (bu xil manzilgohlar miloddan avvalgi 1-ming yillik boshidan Oʻrta Osiyoning dehqonchilik qilinadigan viloyatlariga xosdir). Mazkur manzilgohlardan biri Firobdiz, ikkinchisi Navmichkat, uchinchisi Buxoro deb atalgan. Keyinchalik bu uch manzilgoh oʻzaro birlashib va toʻxtovsiz taraqqiy etib borib, kattagina shaharga — Buxoro vohasining savdo-hunarmandchilik va maʼmuriy markaziga aylangan.Rossiya istilosi davrida bir necha mayda qayta ishlash korxonalari vujudga keldi. 20-asr boshida Buxoroda 12 ta mahalla, 360 dan ortiq guzar, 250 dan ziyod Madrasa, 390 ta masjid, qariyb 150 ta karvonsaroy, 350 ta hovuz boʻlgan. Buxoro madrasalarida 10 mingdan ortiq talaba oʻqigan. Buxoroda 1920-yillardan boshlab sanoat korxonalarining soni va salmogi ortib bordi.33
Buxoroning ko`hnaligidan darak berguvchi me’moriy yodgorliklari –Mag`oki Attor, Ismoil Somoniy, Chorbakr, Minorai Kalon, Ark qal’asi, Labihovuz, Chorminor, Bahouddin Naqshband maqbarasi boshqa qator obidalari tasviri toshda muhrlangan. “Dil va yoru, dast ba kor”—ulug` pir Bahouddin Naqshbandning monumentga bitilgan bu hikmati donishmand ajdodlarimizning qoldirgan ulkan ma’naviy merosning o`ziga xos namunasi sifatida ko`zga tashlanish barobarida bugungi avlodni mazkur da’vatga amal qilishga chaqiradi. Eskizlari bevosita Prezidentimiz g`oyalari asosida tayyorlangan monument markazida uch avlod—baxtiyor yosh oila—ota, ona va bola, nihol o`tqazayotgan bobo va nabira hamda uy qurayotgan ota va o`g`ilning barelefli haykallari aks ettirilgan. Bunda chuqur falsafa bor: hayot adabiy, umr o`tkinchi, insonning ezgu amallari mangu qoladi, bu dunyoda inson ezgu ishlar qilmog`i, farzandlari kelajagini, el-yurtining ertasini o`ylamog`i kerak.Obida tepasiga o`rnatilgan balandligi 5 metr, vazni 32 tonnadan iborat, aylanib turuvchi ulkan Yer shari uzoq-uzoqlardan ko`zga tashlanadi. Unda O`zbekistonimiz xaritasi tasvirlangan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, dunyo bilan yuzlashdi, jahon hamjamiyatida o`z o`rnini egalladi, degan teran ma’no ifodalangan. Ushbu obida milliy ma’naviyatimizning monumental ifodasidir.34
Istiqlolning dastlabki yillarida respublikamizda qator teatrlar rekonstruktsiya qilinib, ijodiy jamoalar ixtiyoriga topshirilgan edi. Buxoro davlat musiqali drama teatrining madaniy markazdagi muhtasham binosi so`nggi chorak asrda mamlakatimizda poydevordan qurilgan yagona teatrdir. San’atkorlar va tomoshabinlarning bir necha avlodi armonlari ro`yobga chiqib, barpo etilgan bu teatr o`zining ko`rkamligi, zamonaviy sahna imkoniyatlari va yoritkichlari bilan jihozlangani, unda yaratilgan qulay shart-sharoitlari bilan Markaziy Osiyodagi eng go`zal san’at maskanidir.
“Ko`hna va boqiy Buxoro” monumenti, viloyat teatrining yangi binosi hamda zamonaviy loyiha asosida barpo qilingan amfiteatrni o`z ichiga olgan, gulzor va xiyobonlardan iborat madaniy markaz ham ular qatoridan o`rin olib, istiqlolimiz sharofati, xalqimiz qudrati hamda Prezidentimiz tashabbuskorligi va rahnamoligi bilan sharif shahar yanada go`zallashib, chinakam Sharq gavhariga aylandi.35

Download 126,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish