Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


O’zbekiston hududidagi Shahrisabz va Qo’qon tarixiy obidalari



Download 126,85 Kb.
bet13/23
Sana20.03.2022
Hajmi126,85 Kb.
#502538
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Рахматова Мафтуна

1.3 O’zbekiston hududidagi Shahrisabz va Qo’qon tarixiy obidalari.
Kesh (arab, manbalarida Kashsh, Kass, Kise) — tarixiy shahar va viloyat. Hozirgi Qashqadaryo viloyatining shim.sharqiy qismini egallagan. Dastlab Kesh Kitob oʻrnida boʻlgan, keyin IX—X asrlarda Shahrisabz hududiga koʻchgan. K. nomining xitoycha transkripsiyasi 1-marta 7-asrga oid xitoy yozma manbalarida Syuysha shaklida uchraydi. "Kesh" atamasining kelib chiqishi Qashqa-Qashqrud nomi bilan bogʻliqboʻlishi mumkin. Boshqa bir fikrga koʻra (A.Muhammadjonov), "Kesh" toponimining maʼnosi ilk bor — uy, qishloq, shahar, poytaxt, viloyat, el-yurt, diyor, hatto "Kishvar" shaklida esa mamlakat va Vatan kabi maʼnolarni anglatgan. Xitoy yozma manbalarida qayd etilishicha, hokim Digja (Dichje) (VI-asr oxiri — VII asr boshlari) Keshga asos solgan boʻlib, oʻsha vaqtda shahar aylanasi 1 km ga yetgan. Arab tarixchisi Yaʼqubiyning yozishicha, Kesh VII-asr oʻrtalarida yuksalib, Sugʻdning bosh shahriga aylangan. Kesh bu davrda hunarmandchilik, savdo-sotiq, madaniyat yuksak rivojlangan shaharga aylanib ark, ichki va tashqi shahardan iborat boʻlgan. Ichki shahar mudofaa devori va 4 darvozaga ega edi.58 VI asrda arkning gʻarbiy qismida shahar hokimi Digja tomonidan yangi qarorgohga asos solingan. VII asr oxiri — VIII asrning 1-yarmida Keshni arablar bir necha bor fath etgan. 751 yilda Kesh hukmdori Ixrid Xuroson noibi Abu Muslim buyrugʻi bilan qatl qilingan boʻlib, at-Tabariyning guvohlik berishicha, arablar Keshda katta oʻljani qoʻlga kiritganlar. 775-776 yillarda Kesh viloyati Muqanna qoʻzgʻoloninmng asosiy markazlaridan biri boʻlgan. Somoniylar davrida Kesh hududi eni va boʻyiga 1/3 farsax (2 km ga yaqin) maydonini tashkil etgan. Bu vaqtda aholi Keshning koʻhandiz va madinasini tark etgan boʻlib, hayot faqat uning rabodida davom etayotgandi. Asta sekin aholi rabodni ham tark etib, hozirgi Shahrisabz oʻrnida yangi shaharga asos solgan. Arxeologik tekshiruvlar Kitob oʻrnidagi Keshning aynan shu vaqtda barham topganligini isbotladi. Keshning bundan keyingi tarixi Shahrisabz bilan bogʻliq boʻlib, bu nom XIV-asrda xalqongiga uzil-kesil oʻrnashgan. Shunday boʻlsada, shaharning qadimiy nomi talay vaqt uning yangi nomi bilan bir qatorda aytilib yurgan.59
Shahrisabz — Qashqadaryo viloyatidagi shahar. Shahrisabz tumani maʼmuriy markazi (1926 yildan). Kitob—Shahrisabz vohasida. Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida joylashgan. Shahrisabz janubidan Tanxozdaryo, shimiloydan Oqsuv daryosi oqib oʻtadi. Shahrisabz Oʻzbekistondagi qadimiy shaharlardan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shaharga milodan avvalgi I ming yillikning oʻrtalarida asos solingan.Shahrisabz milod boshlarida va ilk oʻrta asrlarda turli nomlar bilan atalgan. 60Eramizdan avvalgi IV asrda Iskandar Zulqarnayn lashkarlari dam olish uchun Kesh vohasida to’xtagan, Baqtriyaning satrapi bo’lgan Bess Doro III in o’ldirib, o’zini «Osiyo podshohi» deb e’lon qilgan, lekin uning o’zi aynan shu yerda asirga olingan. VII asrda shaharni arablar qamal qilgan, bir asr keyin esa Kesh shahri Muqanna rahbarligi ostida arablarga qarshi kuchli qo’zg’olonning markazi bo’ldi. Tinch davrda shahar hech qanday to’sqinliksiz o’sib rivojlanar edi, bunga uning gavjum Buyuk Ipak yo’lidagi nihoyatda qulay joylashuvi sabab bo’lgan.O’rta asrlar shoiri Mahmud ibn Vali shunday yozgan: «Kesh — Movarounnahr shaharlaridan uni jahonning eng go’zal joylaridan biri, juda yaxshi va yoqimli iqlim bo’lgan joy deb hisoblashadi. Uning dalalari va bog’-rog’lari juda jozibali va zavqli». Hurmatli muallif so’zlariga rozi bo’lmay iloji yo’q. Haqiqatan ham Shahrisabz o’zining «Yashil shahar» ismiga juda mosdir.Shahrisabz — Amir Temur shahri, bu yerda hamma narsa u yoki bu tarzda uning nomi bilan bog’liq. Bu yerda uning otasi Muhammad Tarag’ay va ma’naviy ustozi Shamsiddin Kulol ko’milganlar, bu yerda uning katta o’g’illari Jahongir Mirzo va Umarshayx Mirzolar go’ri joylashgan. Ulug’ Sohibqironning o’zi ham uning joni shu yerda arshi a’loga uchib ketadi, deb o’ylagan edi. Hattoki maqbarani ham tayyorlab qo’ydi. Lekin taqdir buni boshqacha hal etdi.Ulkan Movarounnahr davlatini yaratgan va uning cheklanmagan hukmroni - amiri bo’lgan Temur Samarqandni o’z poytaxti sifatida tanladi. Lekin o’zining tug’ilib o’sgan kichik vatanini ham hech qachon unutmay, doimo unga g’amxo’rlik qildi. Aslida Shahrisabz davlatning ikkinchi poytaxti edi. Temurning avlodi, Buyuk Mo’g’ullar sulolasining asoschisi Bobur yozishicha: «Kesh shahri Temurbekning tug’ilgan joyi bo’lgani uchun, u shaharni taxt zainia aylantirish uchun ko’p gamhurlik qilgan edi».Amirning buyrug’i bilan bu yerga eng yaxshi me’morlar quruvchilar, me’morchilik bezaklarining ustalari yuborilgan, mahalliy ustalar bilan birgalikda ular turli mamlakatlarning tajribasi va an’analarini uyg’unlashtirib, ulug’vor binolarni barpo etganlar. Ularning ijodi bilimlar, tajriba, an’analar va yaratuvchilik urinishlarining yaxlitlashuvi tufayli ajoyib mevalar berdi, ular XIV asr oxiri – XV asr boshi O`rta Osiyo me’morchiligning xususiyatlarini belgilab bergan monumental uslubning asoslarini yaratdilar.61

Download 126,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish