Malakaviy bitiruv ishining maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi – O’zbekiston hududidagi tarixiy obidalarning tarixini,tarixiy ahamiyatini, tariximizdagi bu obidalar hozirda barkamol shaxs tarbiyasi yo’lida tutgan mavqe’ini o’rganish hamda ajdodlarimiz amalga oshirgan ishlarni keng ilmiy jamoatchilikka yetkazish.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun quydagi vazifalarni bajarishni maqsadga muvofiq deb bildik:
O’zbekiston hududidagi tarixiy manzilgohlarni tahlil etish;
O’zbekiston hududidagi tarixiy obidalarni tarixini talqin etish;
O’zbekiston hududidagi tarixiy obidalarning komil inson tarbiyasidagi ahamiyatni aniqlash;
O’zbekiston hududidagi tarixiy obidalarning tiklanishi bo’yicha olib borilgan ishlarning ahamiyati;
Malakaviy bitiruv ishining predmeti va obekti: - Tarixiy inshootlar, obidalarning qurilish tarixi, joylashuvi tadqiqot predmeti hisoblanadi.O’zbekiston hududidagi tarixiy inshootlar joylashgan manzilgohlar, tarixiy obidalarning qurilish , O’rta Osiyo hududida tarixiy obidalarning madaniy hayotda tutgan o’rni.
Malakaviy bitiruv ishining metadalogik asoslari: - Malakaviy bitiruv ishining metadalogik asoslarini O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning boy tarixiy asarlarida milliy g’oya va milliy mafkura eng muhim jihatlari,milliy davlatchiligimiz va ma’naviy merosimiz qayta tiklanishi borasida ko’tarilgan g’oyalar tashkil etadi. Bundan tashqari SH. Mirziyoyevningtarixiy obidalar va qadamjolar to’g’risidagi farmonlaridan ham foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi:Kirish, II bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I-BOB.O’ZBEKISTONDAGI TARIXIY OBIDALARI TARIXIDAN VA ULARNING TIKLANISHI.
O’zbekiston hududidagi Samarqand, Toshkent tarixiy obidalari.
Samarqand — afsonaviy shahar, har bir joy, koʻchalar, havzalari oʻz tarixiga ega.
Samarqand — jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri. Rim, Afina, Vavilonlarning tengdoshidir. O‘tmishning shoirlari va tarixchilari uni chinakam «Sharq jannatmakon bog‘i», «Yer yuzi», «Sharq olamining bebaho durdonasi», «Jahon mamlakatlarning bezagi», «Sharqning Rim kabi shahri»… va hokazolar kabi go‘zal o‘xshatishlarni bejiz bag‘ishlamagan edilar.
Samarqand vujudga kelgan Zarafshon daryosi vodiysining tabiiy mo‘l-ko‘lligi «Avesto» ning muqaddas she‘rlarida maqtalgan edi.
Eramizdan avvalgi 1-ming yillikning o‘rtalarida yunon manbalari Samarqand shahri haqida nomini Marokand shaklida aytib o‘tganlar, o‘rta asrlar davrida qadimiy Samarqandning xarobalari Afrosiyob deb nomlanadigan bo’ldi.4
Afrosiyob- Samarqandning qadimigi xarobasi. Bu nom tarixiy manbalarda qadimgi Samarqandga nisbatan faqat XVII asrdan boshlab uchraydi. Qadimiy Samarqand sug’ manbalarida Samarkanve deb atalgan. Miloddan avvalgi IV- asrda Samarqand Aleksandr Maqsuniy qo’shini tomonidan istilo etilgach, yunon mualliflari kundaliklarida Maqsuniy qo’shini tomonidan istilo etilgach, yunon mualliflari kundaliklarida Maroqanda sifatida eslatiladi.Somoniylar hokimiyat tepasiga kelgach qadimgi Smarkanve IX- asrda boshlab Samarqand deb atala boshlaydi.5
IX- IX asrlarda turkiy tilda bitilgan adaiyotlarda Samarqand Semizkent sifatida uchraydi.IX-asrda forsiy va turkiy tillardagi manbalarda bir xilda Samarqand nomi ishlatiladigan bo’ldi.
Afrosiyob va uning topilmalariga qizish 1868-yilda Chor Rossiyasi Samarqand bosib olinganidan keyin boshlanadi.Afrosiyobdagi daslabki qazishma ishlarini mayor Borzenkov (1874)podpolkonov V.V.Krestovskiy (1883) sharqshunos olimlar N.I.Veselovskiy (1884-1885) V.V.Bartold, Masson va V.L.Vyatkin tadqiqot ishlarini olib boradilar.Afrosiyobda qazishma ishlari ayniqsa Samarqandda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxelogiya insituti tashkil topgach,keng ko’lamda kuchaydi.6
Y.G’ulomovdan so’ng Afrosiyobdagi arxeologik qazishmalarga G.V.Shishkina, Sh. Toshxo’javelar rahbar qildi. Samarqandning yoshi miloddan avvaligi VIII- asr o’rtalariga oid ekanligi isbotlaydi.
Shaharning arki a’lo qismidan milodiy VIII asrga oid murabba (70x70) shaklidagi Samarqand ixshidlarining mahobatli saroyi qoldiqlari ochildi. Afrosiyobda arxelogik tadqiqot ishlari davom etmoqda.
Qadimiy Samarqandga tashrif buyurgan sayyohlar bu muazzam shaharning yuragi bo‘lmish Registon maydoni va unda qad rostlagan uch madrasaning ko‘rki, salobatidan hayratga tushadilar. Uning nafis go‘zalligini soatlab tomosha qiladilar, sehrli oqshomlaridan taraladigan sukunat qo‘shig‘ini tinglaydilar. Registon. Bu nom har bir samarqandlik uchun bag‘oyat tanish nom. Registon maydoni qadim-qadimdan boshlab, Samarqandning boshidan kechgan shodlik va qayg‘uli kunlarning tirik, tilsiz guvohidir. 7
Mirzo Ulug‘bek zamonasidan buyon bu maydon Samarqand ahli uchun Bosh maydon hisoblanadi. Samarqand hukmdorlarining farmonlari shu yerdan e‘lon qilinadi. Yovga qarshi erk jangiga otlangan jasur lashkarlar, aynan, shu maydonda qasamyod qilishib keksalardan duo-fotiha olganlar... Registon maydonida olib borilgan arxeologik qazishmalarning ko‘rsatishicha, ibtidoiy jamoa davrida bu yerda ulkan changalzor bo‘lib eng qadimgi ovchilar changalzorda har xil yovvoyi hayvonlarni ovlaganlar.
Qazishmalar paytida Registon maydonining eng pastki qatlamlaridan ibtidoiy odamlarning ov qurollari topilgandir. Antik davrda esa hozirgi Registon maydonidan Afrosiyob shaharchasi tomonga katta ariq o‘tkazilgan ekan. VIII-X asrlarda Registon maydoni o‘rnida juda ko‘plab imoratlar paydo bo‘la boshlaydi, chunki, Samarqandni istilo qilgan arablar Afrosiyobdan bir necha minglab mahaliy aholini majburlab ko‘chirgan edilar. Aynan shu davrlarda bu yerda xunarmandlarning ustaxonalari, savdo rastalari bunyod etiladi. 8
XI-XII asrlarda hozirgi Registon maydoni o‘rni va atrofidagi mahallalar tashqi mudofaa devori bilan o‘ralib "tashqi shahar" nomi bilan atala boshlaydi. 1220 yili Afrosiyob Chingizxon tomonidan vayron qilingach, bu yerda yashashni iloji qolmaydi, tirik qolgan xalq hozirgi eski shahar tomonga, ya‘ni, Registon maydoni atrofiga ko‘chib o‘tadi. Bu yerdan oqib o‘tuvchi kanal ancha kengayib sayozlasha boshlaydi. Shundan so‘ng, kanal uchun yangi o‘zan qazilib jilovlanadi. Kanalning eski o‘zanida juda ko‘p qum to‘planganligi uchun bu joy Registon, ya‘ni, "qumloq joy" deb atala boshlandi.9
Sohibqiron Amir Temur davrida Registon maydoni o‘rnida markaziy bozor joylashgan edi, shuningdek, bu yerda jahongirning xotini Tuman og‘a tomonidan barpo qilingan usti yopiq savdo timi-rastalar qurilgan edi. Registon maydonining me‘moriy tomondan shakllanishi Mirzo Ulug‘bek hukumronligi davridan boshlangan. Samarqandga 40 yil (1409-1449 y.) huqmronlik qilgan ulug’ munajjim Mirzo Ulug‘bek bu shaharning obodonchiligi borasida hyech narsani ayamadi. Mirzo Ulug‘bekning farmoni bilan Tuman og‘a timining g‘arbiy tomonida hashamatli madrasa qurish boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |