Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Italiya davlatining turizm iqtisodi



Download 5,2 Mb.
bet100/182
Sana15.06.2022
Hajmi5,2 Mb.
#673771
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   182
Bog'liq
Усмонов М. ТУРИЗМ ва РЕКРЕАЦИЯ геогр. (1)

Italiya davlatining turizm iqtisodi
Italiya Yevropaning janubida. O’rta yer dengizi qirg’og’ida joylashgan davlat. Appenin yarim oroli. Sitsiliya, Sardiniya va bir qancha mayda orollarni o’z ichiga oladi. Italiya hududi 301.2 kv.km. aholisi 58.26 mln. kishi. Italiyaning «Umumiy bozor»ga kirishi Farbiy Yevropa integratsiyasidagi iqtisodiy aloqalarning kengayishiga imkoniyat yaratdi. Italiya yuqori darajada taraqqiy etgan industrial mamlakat. Italiya iqtisodiyotida turizm sohasi katta o’rinni egallaydi. Tovarlarni eksport qilishda soliqdan ozod etilgan. O’rta yer dengizidagi qulay dam olish va sayir qilish imkoniyatlari katta daromad manbayi bo’lib hisoblanadi. Mamlakatda mehmonxonalarning umumiy o’rni 55 mln. Yiliga 40-45 mln. turist kelib ketadi. Rim, Venetsiya, Florensiyadagi tarixiy va me’moriy yodgorliklar turistlarni jalb etadi. 2010 yil 41.2 mln. xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan. yillik o’sish 12.8 foizni tashkil etgan. Intyernet orqali Yevropa mintaqasida sotilgan turistik mahsulotlarning 8 foizi Italiyaga to’g’ri keladi.
Italiyada turizm sanoatining rivojlanish tarixi 100 yildan oshgan. Ushbu davr ichida mamlakat dunyoning asosiy turistik markazlaridan biriga aylandi. O’rta yer dengizi qirg’oqlariga keluvchi turistlarning 36.0% Italiyaga to’g’ri keladi.
Italiyaning asosiy turistik resurslari:
Ko’llar va madaniy boyliklari, tog’lar, Italiyaning turistik resurslari asosan mahalliy turistlarni emas, balki chet ellik turistlarni ko’proq jalb etadi. 1980 yilda Yevropa hamjamiyati Italiyaning janubiy hududi – “Medzodjornoda” turizm infratizimini rivojlantirish bo’yicha umumiy miqdori 34.9 mln. EKYU bo’lgan qimmatbaho loyihani amalga oshira boshladi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi Italiyada turizm sanoatini rivojlantirish. aholini ish bilan ta’minlash mahalliy iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishdan iborat edi. Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida Italiyaning janubiy hududlarida 65 ming nomerli mehmonxonalar tashkil qilindi. Italiya mehmonxonalarida hamda boshqa yashash joylarini hisobga olganda har yili 60 millionga yaqin turistlar to’xtaydi. Shulardan 35%ni chet ellik turistlar tashkil qiladi. Chet ellik turistlar o’z turistik kunlarini asosan uch yulduzli mehmonxonalarda o’tkazishni xush ko’radilar. Bu ko’rsatkich 2010 yil 85.2 million turistik kunni tashkil qilgan edi. Italiyada 35870 ta mehmonxona mavjud bo’lib. bulardan bir yulduzli mehmonxonalar 30.6%ni; ikki yulduzli mehmonxonalar 32.4%ni; uch yulduzli mehmonxonalar 30.0%ni; to’rt yulduzli mehmonxonalar 6.2%ni; besh yulduzli mehmonxonalar 0.8%ni tashkil qiladi.
Italiyada mehmonxonada yashash va ovqatlanish narxi geografik zona, fasl, mehmonxona toifasi va boshqa omillarga bog’liq bo’lib, shu bilan birga ushbu narx tur mahsulotning umumiy hisobida 60-65% tashkil qiladi. Italiyaga tashrif buyuruvchi turistlarning aksariyati Shveysariya, Germaniya, Fransiya va Avstriyadan keladilar. Ularning yarimidan ko’pini bir kunlik mehmonlar yoki tranzit pasajirlar tashkil qiladi. Germaniyalik turistlar esa nafaqat son bo’yicha ko’pchilikni tashkil qiladi. balki dam olishni davomiyligi bo’yicha ham etakchilik qiladilar. Amerika va Yaponiyaliklar esa asosan bir xaftalik sayohatlarga keladilar. Lekin shu qisqa vaqt ichida ular uchta madaniy markaz Rim, Florensiya, Venetsiyani ziyorat qilishga ulguradilar. Avstraliyalik turistlarni asosiy qismi esa dam olish kunlarini Adriatika qirg’oqlarida. 25% Italiya shaharlarida. 10% esa tog’larda o’tkazishni xush ko’radilar. Fransuzlar ko’proq shahar kezadilar. keluvchilarning 25% gina dengiz qirg’oqlarida dam olishni xush ko’radilar. Chet ellik mehmonlarning ushbu mamlakatga kelish sabablarining 45% mamlakatning tarixiy yodgorliklarini ko’rish uchun; 43.0% iqlimi uchun; 27.0% tabiati uchun; 30%ga yaqini esa yuqoridagilarni barchasidan bahramand bo’lish uchun tashrif buyuradi. 1990 yili umumiy hisobga nisbatan chet ellik turistlarning ushbu mamlakatda o’tkazgan turistik kunlarining 57% Italiyaning shimoliy turistik maskanlariga to’g’ri kelgan edi. Chet ellik mehmonlarni qabul qilish bo’yicha birinchi o’rinda Venetto shahri turadi. Bu shahar Italiyaga tashrif buyurgan mehmonlarning 20% ni qabul qiladi. Ikkinchi o’rinda Toskana va Alto - Adidje shaharlari turadi. Bu shaharlar chet ellik mehmonlarning 13% ni qabul qiladi. Mahalliy turistlar (39 millionga yaqin dam oluvchilar) dam olish kunlarini o’z viloyatlari kurortlarida o’tkazishga harakat qiladilar.
Italiyada avtomobil yo’llarining yaxshi rivojlanmaganligi sababli ham mahalliy turistlar ta’til kunlarini o’z hududlarida o’tkazadilar. Shuningdek. yozgi mavsumning yaxshi va mo’tadil kelishi Shimoliy viloyatlar aholisini dengiz qirg’oqlaridagi turistik maskanlarda dam olishga undaydi. Shuning uchun ham Italiyaning Emiliya-Romanya. Venetto va Toskana viloyatlari aholisining dengizga chiqish imkoniyatlari mavjud. Lombardiya viloyatida esa qishki sport turlari rivojlangan.
Italiyaning mustaqil O’zbekiston bilan aloqalari yaxshi yo’lga qo’yilgan. Italiya O’zbekistonni 1991 yilning 10 yanvarida tan oldi va shu yilning 24 martida elchixonalar darajasida diplomatik munosabatlar o’rnatdi. O’zbekistonda ko’plab qo’shma korxonalar ish olib boradi. Ikkala mamlakat aloqalari qadimga borib taqaladi. “Buyuk ipak yo’li” orqali o’zbek savdogarlari Rim bilan Karvon yo’llari orqali mustahkam bog’langan edilar. Ana shu an’analar hozirgi kunda yanada ravnaq topmoqda. Toshkent va Rim o’rtasida aviatsiya aloqasi o’rnatilgan.

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish