Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Yevropa ittifoqiga a’zo yetakchi mamlakatlar turizm



Download 5,2 Mb.
bet98/182
Sana15.06.2022
Hajmi5,2 Mb.
#673771
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   182
Bog'liq
Усмонов М. ТУРИЗМ ва РЕКРЕАЦИЯ геогр. (1)

2. Yevropa ittifoqiga a’zo yetakchi mamlakatlar turizm
Yevropa ittifoqi (YeI) – Yevropaning rivojlangan davlatlarni iqtisodiy jihatdan birlashtiruvchi tashkilot. 1993 yil 1 noyabrgacha rasmiy ravishda etakchi G’arbiy Yevropa mamlakatlarining birlashgan guruhi Yevropa hamjamiyati deb atalar edi. 1993 yil birinchi noyabrda Maastrixt bitimi kuchga kirgandan keyin bu guruhning nomi rasmiy ravishda Yevropa Ittifoqi deb atala boshlandi. Ittifoq a’zolari o’rtasida keng iqtisodiy yerkinlik va hamkorlik (Erkin savdo. turizm sohasi bo’yicha ochiq iqtisodiy hududi siyosati, bojxona, valyuta, tovar va xizmatlar, transport harakati yerkinligi munosabatlari) o’rnatilgan. Shengen shartnomasiga asosan YeI ga a’zo davlatlar o’rtasida Shunday kelishuv mavjudki. bu davlatlarning biriga kelgan mehmon qolgan 9 ta davlatga yerkin o’ta oladi. Bunday tartib soddalashtirilgan. YeI ga a’zo mamlakatlarga xorijiy turistlarni juda katta qismi tashrif buyuradi.Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar ichida xorijiy turistlarni qabul qilish bo’yicha Fransiya. Ispaniya. Italiya. Buyuk Britaniya mamlakatlari etakchilik qilmoqda. Bu mamlakatlarga umumiy tashriflarning 73%i to’g’ri keladi. Xalqaro turizm daromadlari bo’yicha birinchi o’rinda Ispaniya. keyin Fransiya. Italiya va Germaniya mamlakatlari yuqori ko’rsatgichlarga yerishgan.Yevropa mintaqasi bo’yicha xalqaro turistik tashriflarning 66% Yevropa ittifoqiga kiruvchi mamlakatlarga to’g’ri keladi. Xalqaro turizm daromadlarining qariyb 68%i Yevropa mintaqasida. Yevropa ittifoqiga a’zo mamlakatlar hissasiga to’g’ri keladi.Yevropa ittifoqiga hozirgi kunda 15 ta davlat a’zo: Germaniya. Buyuk Britaniya. Belgiya. Italiya. Lyuksemburg. Gollandiya. Nidyerlandiya. Fransiya. Daniya. Irlandiya. Ispaniya. Portugaliya. Avstriya. Finlandiya. Shvetsiya. uning kengayish istiqbollari ham bor.
3.1-jadval.
2012 yil Yevropa Ittifoqiga qilingan tashriflar va xalqaro
turizmdan kelib tushgan tushum



Turistlarni qabul qiluvchi asosiy
mamlakatlar

Xalqaro turistik tashriflar

Xalqaro turizmdan kelib tushgan tushum miqdori

2012

o’zgarishi %

ulushi %
2012

2012 mlrd. AQSH dol.

o’zgarishi %

ulushi %
2012

2009/
2010

2010/
2011

2010/
2011

2011/
2012


Fransiya

77.012

-2.6

2.4

29.2

32.329

-2.5

7.8

19.7


Ispaniya

51.748

4.6

3.3

19.6

33.609

4.5

2.2

20.4


Italiya

39.799

-3.9

0.6

15.0

26.915

-6.2

4.3

16.4


Buyuk Britaniya

24.180

-9.4

5.9

9.2

17.591

-16.7

8.0

10.7


Avstriya

18.611

1.1

2.4

7.1

11.237

1.9

11.1

6.8


Germaniya

17.969

-5.9

0.6

6.8

19.158

-0.3

4.0

11.6


Portugaliya

11.666

0.6

-4.1

4.4

5.919

4.2

7.5

3.6


Nidyerlandiya

9.595

-5.0

1.0

3.6

7.706

-6.8

14.6

4.7


Irlandiya

6.476

-4.4

1.9

2.4

3.089

7.0

10.7

1.9


Belgiya

6.724

-0.1

4.2

2.5

6.892

4.7

-0.2

4.2




Jami

263.78

-

-

100

164.44

-

-

100

Manba: Butun jahon turizm tashkiloti (BTT).
1. Germaniya davlatining turizm iqtisodi.
Germaniya respublikasi yuqori darajada rivojlangan industrial davlat. Germaniya aholisini joylashuvi. mehnatda bandlik strukturasi va sinfiy tarkibiy jihatdan nafaqat Yevropada. hatto dunyoda oldingi o’rinlardan birini egallaydi. Aholisi - 82.0 mln. kishi. egallagan maydoni - 356 ming kv.km.
Germaniya Yevropaning markazida joylashgan. Uni sharq tomondan Polsha va Chexiya, Janubdan Shveysariya va Avstriya, Janubiy-Farbdan Fransiya. Farbdan Belgiya va Gollandiya. Shimolda esa Daniya davlati. Shimoliy Sharqda Boltiq dengizi va Shimoliy Farbda Shimoliy dengiz o’rab turadi. Millionlab sayyohlarga turistik xizmat ko’rsatish. bir tomondan juda katta tadbirkorlik imkoniyatlarini ochib byersa. ikkinchi tomondan. keyingi yillarda vujudga kelgan raqobat muhitini kuchaytirib yubormoqda. Ayni paytda tobora ko’payib borayotgan ishlab chiqaruvchilar (bevosita xizmat ko’rsatuvchilar. turoperatorlar) va vositachilar (turagentlar) sekin rivojlanayotgan turizm bozorini o’zaro taqsimlashi kerak. Yangi ochilgan turagentliklarning qarayib yarimi 5 yildan so’ng o’z faoliyatini to’xtashishi mumkin. Chunki keyingi yillarda bankrotga uchragan kompaniyalar soni keskin ko’paydi. Har yili 200 ga yaqin firmalar yopilishi kuzatilmoqda. Shu tufayli. tarmoqqa xos bo’lgan tajribalar va shaxsiy tadbirkorlik qobiliyati bilan birga. tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyatga yerishish uchun korxona xo’jaligi bo’yicha “nou-xau”lardan xabardor bo’lishni taqozo etmoqda.
Germaniyada turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyati uchun erkinlik mavjud ya’ni turagentlik yoki turoperatorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziyalashtirish jarayoni yoki ruxsatnomalarni chegaralash kabi hollar kuzatilmaydi. Buning uchun avvalo tadbirkorlik faoliyati qo’mitasida ro’yxatdan o’tish lozim. Shu bilan birga kasb-hunar jamiyati. tadbirkolikni nazorat qilish qo’mitasi. sanoat va savdo nazorati organlarining ro’yxatlaridan o’tiladi. Shuningdek Moliya vazirligining joylardagi tegishli idoralari ro’yxatidan o’tib, soliq to’lov raqami olish kerak. Korxonaning soliqqa tortilish tartibi quyidagicha:
- daromadga bog’liq bo’lgan soliq (daromad korporatsiya, tadbirkorlik faoliyati solig’i);
- mulkka bog’liq bo’lgan soliq (mulk, tadbiirkorlik faoliyati yer solig’i);
- aylanma oborot solig’i;
- korporatsiya solig’i (kapital jamiyatlarida).
Turistik korxonaning tashkiliy hududiy tuzilishi ko’proq korxona iqtisodi, soliq, fuqarolik hududi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tanlanishi kerak.
Germaniya bir necha yillar mobaynida tavakkalchilik va puxta ishlab chiqilgan rejalar asosida kuchli turizm industriyasini barpo etishga yerishdi. Yevropa mintaqasidagi umumiy turizm balansini saqlab turuvchi yirik turistik firmalar ham. Shuningdek. eng ko’p sayohat qiluvchi insonlar ham bu mamlakatda faol ish yuritishadi.Germaniya mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini ko’rsatishicha. jahon bo’yicha turistik tashriflarning 2.5% Germaniya mamlakatiga to’g’ri keladi. 2011 yilga nisbatan 2012 yilda xorijiy turistlar tashrifi 0.6%ga ko’paygan. Daromadlar bo’yicha jahon turizm daromadlarining 4.0% bu mamlakatga to’g’ri kelgan. 2011 yilga nisbatan 2012 yilda daromadlar miqdori 4.0%ga o’sgan. Yevropa mintaqasi bo’yicha xalqaro turistik tashriflarning 4.5%ni. daromadlar miqdori bo’yicha 8.0%ni tashkil qilgan.2012 yilda har bir xorijiy tashrif 1066 AQSH dollarini tashkil qilgan. O’zbekiston bilan Germaniya o’rtasida 1992 yil 6 martda diplomatik munosabatlar elchixonalar darajasida o’rnatilgan. Ikkala mamlakat o’rtasida yaxshi iqtisodiy munosabatlar mavjud. Germaniya yordamida Toshkent ayeroporti modyernizatsiya qilindi. 132 ta qo’shma korxona mavjud. Toshkent - Frankfurt shaharlari o’rtasida bevosita samolyot aloqalari o’rnatilgan.

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish