Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Ijtimoiy-iqtisodiy omillar guruhi



Download 5,2 Mb.
bet61/182
Sana15.06.2022
Hajmi5,2 Mb.
#673771
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   182
Bog'liq
Усмонов М. ТУРИЗМ ва РЕКРЕАЦИЯ геогр. (1)

Ijtimoiy-iqtisodiy omillar guruhi. Bu guruhdagi omillar dunyo mamlakatlari va mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasini aks ettiradi. Mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyoti rekreatsion talab hajmining ortishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi va rekreatsion oqim ko’rsatkichlarini belgilab beradi. Ko’pgina tadqiqotchilar bu guruh omillariga aholining o’sishi, umumiy iqtisodiy taraqqiyot, transport tizimining yaxshilanishi, davlatlararo savdo-iqtisodiy munosabatlarning liberallashuvi va ommaviy axborot vositalarining ta’siri, geosiyosiy vaziyat, aholi jon boshiga bo’sh vaqtning taqsimoti kabilarni kiritadi.

  • Rekreatsion resurslar omili guruhi. Bu guruhda rekreatsion resurslarning kelib chiqishiga ko’ra tabiiy va antropogen resurslar ekanligi, ular tarkibi, zahirasi va rekreantlarni o’ziga jalb etish darajasi kiradi va ular orasida rekreatsion sig’im asosiy rol’ o’ynaydi.

  • Infrastruktura omili. Bu mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy infrastrukturaning yetarli darajada rivojlanganligi bilan bog’liq.

  • Mamlakat yoki mintaqaning geografik joylashuvi omili. Bu omilning tarkibiy qismlariga rekreatsion rayonlarga nisbatan mamlakatning joylashuvi va transport tarmoqlarining qulay shakllanganligi kiradi.

    Xalqaro rekreatsion oqim eng yuqori bo’lgan mintaqalarga Yevropaning dunyo okeani bilan tutash hududlari, Karib havzasi, O’rta Yer dengizi qirg’oqlaridir.
    Keyingi vaqtlarda G’arbiy Yevropaning xalqaro turizmdagi ulushi pasaymoqda. Bu mintaqa 1970 yillarda xorijiy sayyohlarning 68 foizini qabul qilgan va daromadining qiymati shuncha monand ravishda 62 foizni tashkil etgan. XXI asr boshida dastlab 56 foizga, keyinchalik 42 foizga qisqargan. Shunga qaramasdan, G’arbiy Yevropa dunyoning asosiy rekreatsion mintaqasiligicha qolmoqda. Hududga keluvchi turistlar va rekreantlar soni 1970 yillarda 113 mln. kishini, 1980 yillarda 190 mln. kishini, 1990 yillarda 275 mln., 2001 yilda 365 mln. kishini tashkil qilgan. 2010 yilga borib, bu ko’rsatkich 476 mln. kishigacha o’sishi bashorat qilinmoqda. Turizm yoki rekreatsion jarayonlar rivojlangan dunyo mamlakatlarining 20 tasidan 13 tasi Yevropa davlatlari, keluvchi yevropaliklar ulushi yuqori bo’lgan 20 ta davlatning ham 12 tasi Yevropa mamlakatlaridir. Mazkur holat mintaqadagi rekreatsion jarayonlarning faolligidan dalolat beradi va buning sabablari quyidagilar:
    Birinchidan, mintaqada turizmning rivojlanishida tabiiy omillarning qulayligi, dengiz qirg’oqlarining, qo’ltiqlar, ichki dengizlarning ko’pligi, minglab kilometr dengiz cho’milish maydonlarining mavjudligi, daryolarning serirmoqligi, qirg’oq bo’yi va tog’ manzarali hududlarning ko’pligi.
    Ikkinchidan, tarixiy-madaniy omillar: turli tarixiy va arxitektura yodgorliklariga boyligi, moddiy va ruhiy madaniyat darajasining yuqoriligi, aholining milliy va diniy tarkibidagi xilma-xillik, ta’limning yuqori darajadaligi mintaqaning dunyoning boshqa mintaqalari bilan qadimdan aloqa o’rnatganligi.
    Uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy va iqtisodiy-geografik omillar Xorijiy Yevropada turizm va rekreatsiyaning rivojlanishi uchun qulaylik yaratadi. Umumiqtisodiy rivojlanishning yuqoriligi, aholi daromadlarining ortib borishi, urbanizatsiyaning yuqoriligi, transport va ijtimoiy infrastrukturaning mavjudligi, shuningdek, boshqa turistik va rekreatsion mintaqalarning yaqinligi.
    To’rtinchidan, siyosiy omilning ta’siri ya’ni mintaqada siyosiy vaziyatning barqarorligi va nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy integratsiyaning ham chuqurlashayotganligi kabi omillar mintaqada turizm va rekreatsion faoliyatning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
    Yevroparlament va Yevropa Ittifoqi kengashi tomonidan 1990 yil Yevropa turizmi yili ekanligi e’lon qilingan edi. Bu mamlakatlar taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. Yevropa Ittifoqi davlatlarida turizm tarmog’ida 35 mln. kishi band va Yevropa Ittifoqi davlatlari yalpi ichki mahsulotlarining 8 foizini turizmdan tushgan daromadlar tashkil qiladi. Ba’zan mintaqadagi siyosiy vaziyatlar keskinligi salbiy ta’sir ko’rsatadigan holatlar ham bo’ladi. Masalan, Yugoslaviyada fuqarolar urushi nafaqat ichki taraqqiyotga, balki xalqaro turizmning rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko’rsatdi.

    Download 5,2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   182




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish