Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Turfirma faoliyatining moliyaviy – iqtisodiy ko’rsatkichlari



Download 5,2 Mb.
bet59/182
Sana15.06.2022
Hajmi5,2 Mb.
#673771
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   182
Bog'liq
Усмонов М. ТУРИЗМ ва РЕКРЕАЦИЯ геогр. (1)

Turfirma faoliyatining moliyaviy – iqtisodiy ko’rsatkichlari qo’yidagilarni o’z ichiga oladi :

  1. turistik xizmatlarni realizatsiya qilish xajmi yoki turizm xizmatlarini realizatsiya qilishdan tushgan tushum;

  2. ishchi kuchlaridan foydalanish ko’rsatkichlari (mehnat unumdorligi, mehnatga haq to’lash xarajatlari darajasi) ;

  3. ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish darajasi (fond qaytimligi, aylanma vositalarni aylanish tezligi);

  4. turizm xizmatlari tannarxi;

  5. foyda, rentabellik;

  6. moliyaviy ko’rsatkichlar (to’lov qobiliyati, likvidlik, moliyaviy barqarorlik, valyutaviy o’z-o’zini qoplash va boshqalar).

Xalqaro turizmning xolatini va rivojlanishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar alohida ajratib ko’rsatiladi:

  • chet el davlatlariga tashrif buyurovchi turistlar soni (davlat chegarasini kesib o’tishlar soni bilan aniqlanadi);

  • chet el turistlari bo’yicha tur kunlar soni;

  • chet el tashriflari vaqtida turistlar tomonidan sarflangan mablag’lar yig’indisi.

Yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlar turistik tarmoq rivojlanayotgan xududga katta ta’sir ko’rsatadi. Turizmni rivojlantirish va turizm xizmatlari xajmini oshirishga juda oqilana yondashishni talab qiladi, chunki qabul qilinadigan qarorlar juda yuqori ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
TURISTIK DAROMAD VA XARAJATLAR STATISTIKASI
Reja:

  1. Xarajatlar – daromadlar – xarajatlar”

  2. Turkorxona daromadi

  3. Mul’tiplikator samarasi

Tayanch tushuncha va iboralar:“Xarajatlar – daromadlar – xarajatlar”, turkorxona daromadi, mul’tiplikator samarasi
Turistlar xarajatlari turistik mintaqa daromadlarini oshiradi bu esa o’z navbatida “xarajatlar – daromadlar – xarajatlar” uzliksiz zanjirini olib keladi, bu zanjir o’zaro bir-biri bilan tutashgunga qadar davom etadi. Shu tarzda turistik xarajatlar natijasida boshlang’ich daromad ta’sirini qayta baholash juda murakkab, chunki u bilan turistik xarajatlarni navbatdagi tsikli bog’liq bo’ladi.
Mintaqa rivojiga turistik xarajatlarni bevosita ta’siridan tashqari bilvosita ta’sirlar ham yoki mintaqada turistik xarajatlarni aylanishi darajasi bo’yicha kuchga kiruvchi “mul’tiplikator samarasi” amal qiladi. (Mul’tipikator so’zi lotinchadan olingan bo’lib-ko’paytiruvchi degan ma’noni anglatib, uni iqtisodiyotga birinchi bo’lib 1931 yilda ingliz iqtisodiyotchisi Richard Kan tomonidan kiritilgan).
Turizmdan daromad multipikatori harakatini qo’yidagi shartli misolda namoyish qilish mumkin. Buxorada bir guruh chet el turistlari tovar va xizmatlarni xarid qila turib, ma’lum summani safrlaydilar.
Turkorxona daromadi – bu turistlarga tovarlar va xizmatlarni sotishdan tushgan tushumdir. Mintaqa daromadi – bu mazkur tushumdan olingan va mintaqa tasarrufida qoldiriladigan soliqlar miqdoridir.
Agar turistik firma mahalliy tovar va xizmatlarni xarid qilsa turistlar mablag’i mintaqa iqtisodiyotiga to’la xizmat qilmoqda deyish mumkin. Mazkur tovarlarni va xizmatlarni sotuvchilar turistlardan mablag’larni olib, ularni o’z ishchi xodimlariga ish haqi sifatida bersa, ular ham o’z navbatida mablag’larni, tovarlarni xarid qilishga, xizmatlarga to’lov uchun sarflaydilar. Ammo xodimlar ish haqini olib uni import tovarlar xarid qilishga yoki chet elga dam olishga safrlasa, unda “xarajatlar – daromadlar – xarajatlar” tsikl zanjir tutashadi va mintaqadan pul mablag’i chiqib ketadi.
Turistlar xarajati sxemasidagi bevosita va bilvosita ta’sirlar uyg’unligi butun mahalliy iqtisodiyotga ta’sirini belgilaydi. Turistlar xarajatini har bir tsiklidan olingan barcha daromadlar to’la sarflanmaydi. Uning ma’lum qismi jamg’arib qo’yiladi, boshqa qismi esa mazkur mintaqa tashqarisida ishlatiladi. Mintaqa chegarasida sarflangan daromadlar ulushi ko’p bo’lsa, mul’tipikator samarasi ham shuncha yuqori bo’ladi.
Turdaromadlarni mintaqa chegarasida saqlab qolish qobiliyati mahalliy iqtisodiyotning mustaqilligidan va ushbu rayonning iqtisodiy jihatdan yopiqligiga bog’liq bo’ladi. Agarda mahalliy iqtisodiyot turistlar ehtiyoji uchun foydalaniladigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo’lsa, unda mul’tipikator samarsi juda katta bo’ladi.
Boshqa mintaqalardan qancha ko’p tovarlar import qilinsa, mul’tipikator samarasi shuncha kam bo’ladi. Yuqoridagilardan qo’yidagi xulosaga kelish mumkin mul’tiplikator samarasibu turistlar tomonidan mahalliy iqtisodiyotga necha marta qo’yilgan mablag’lar miqdori bo’lib,ular qabul qilinayotgan mintaqaga haqiqatda sarf qilinganini kursatadi.
Bu koefftsientni daromadlar koefftsienti deb ham atash mumkin, chunki turistlar tomonidan sarflangan mablag’lar mahalliy aholi daromadlarini shakllanishida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi. Turizmda multipikator samarasi nazariy jihatdan mavjud, lekin amaliyotda esa uni hisobga olishda ma’lum murakkablik tug’iladi. Turizm muammosi bo’yicha G’arbdagi iqtisodiy fanlar endigina mamlakat iqtisodiyotiga ushbu soha ulushining hisob-kitobi metodikasini ishlab chiqishni boshladilar.
Mul’tipikator samarasi bilan birga boshqa iqtisodiy yo’ldosh hodisalar ham mavjuddir. Turistlarni o’sib boruvchi xarajatlari bandlik koefftsienti bilan ifodalanuvchi qo’shimcha ishchi kuchlarini zaruriyatini keltirib chiqaradi. Turistik mintaqani kengaytirish tadbirlari bilan birga uning infratuzilmasini takomillashtirish, ya’ni bino va inshoatlarni qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan esa darmad koefftsientini hisoblab chiqish imkoniyati vujudga kelmoqda. Mazkur koefftsientlarni yanada batafsil ko’rib chiqamiz.

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish