Ov turizmi Maxsus tur bo’lib, qonun bo’yicha ruxsat berilgan joylarda hayvonlarni ov qilish yo’nalishlari tashkil qilinib, ularga ruxsat olib berish, joylashtirish, ovqatlantirish va kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlash xizmatlarini sotish jarayoni amalga oshiriladi. Ov turizmi mavsumiy bo’lib, maxsus vaqtda ruxsat beriladi. Bu yo’nalishlarda qatnashuvchilarning maxsus ruxsatnomasi bo’lishi kerak. U juda samarali turizm turlariga kiradi.
Turistik tashkilotlarning har xil xalqaro sport yig’inlariga keladigan turistlarga xizmat ko’rsatishi. Haqiqiy sportdan sport turizmi farq qiladi va sport dam olish bilan bog’langan holda maxsus yo’nalishlar tuziladi. Masalan, velosport, alpinizm, ot o’yinlari kabi sport turizmiga talab yil sayin o’sib boryapti.
Kanada davlati faqat sport turizmidan, sport turmahsulotlarini boshqa davlatlarga sotishdan yiliga 5 milliard AQSH dollaridan ortiq daromad oladi. Sport turizmi, turizmning bir tur mahsuloti bo’lib, velosiped, chang’i, tog’ chang’i, avtomobil, mototsikl, paraplan, deltaplan, suvda kemada suzish, olimpiadalarda qatnashish, golf va tennis o’ynash maqsadlarida tashkil qilinadigan turistik mahsulotlar.
O’qish turizmi. Boshqa davlatlar oliygohida o’qishga, qisqa dasturlarda malaka oshirishga borish jarayoni. Biror millatning madaniyati, urf-odatini va musiqasi yoki tarixini o’rganish maqsadida boshqa davlatlarga borish yo’nalishi.
Muzeylarga va konsert, kinolarni ko’rish |maqsadida boshqa davlatlarga borish jarayoni ham o’qish turizmiga kiradi. Rivojlangan davlatlarga turistlar til o’rganish maqsadida, yangi ish tajribalarini o’rganishda, yangi texnologiyani boshqarishni o’rganish maqsadida borib kelishadi.
Ekoturizm.Tabiat bilan bog’liq bo’lgan barcha yo’nalishlar «eko-turizm» deyiladi. Bu yo’nalishlarda asosan tabiat turmahsulot sifatida sotiladi. Masalan, turistlar tog’larda dam olishga, cho’llarda sayr qilishga, o’tlar terishga, hayvonlarni ko’rishga, baliq oviga borishga maxsus turlar tashkil qilishni so’raydilar. Rivojlangan davlatlarda ekoturizm dam olish turizmi sifatida tez rivojlanayotgan yo’nalishlar hisoblanadi.
Har bir amerikalik xorijda ekoturizmda qatnashgan vaqtlarida kuniga o’rtacha 100 dollardan mablag’ sarflaydi.
Xalqaro turizm. Turistlarning bir davlatdan ikkinchi yoki bir necha davlatga borib kelishini ifodalaydi, ayrim davlatlarda faqat turistlarning kelishi hisoblansa, boshqalari kelgan va ketayotgan rezidentlarni ham qo’shib hisoblaydi. Xalqaro turistlar davlat uchun daromad keltiradigan turistlar hisoblanadi. Turistlar bir davlatdan ikkinchi davlatga borish soni bilan o’lchanib, rezidentlar davlat ichidagi sayohatchilar bilan farq qilinadi. Masalan, xalqaro turizmda qatnashgan turistlar soni boshqa davlatga o’zimizdan ketgan turistlarga teng. Xalqaro turizm qancha yaxshi rivojlansa shunchalik davlatga ko’proq valyuta tushumi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |