Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Download 5,2 Mb.
bet49/182
Sana15.06.2022
Hajmi5,2 Mb.
#673771
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   182
Bog'liq
Усмонов М. ТУРИЗМ ва РЕКРЕАЦИЯ геогр. (1)

Qishloq turizm (agroturizm) – bu kishilarning doimiy yashash joyidan qishloq uylariga, qo’rg’onlariga va fermer xo’jaliklariga turistik sayohatni amalga oshirishi hisoblanadi. Qishloq turizmi qishloq joylarida dam olish va mazmunli hordiq chiqarish hisoblanib, bugungi kunda insonlarning asosiy zaruriy ehtiyojiga aylanib bormoqda. Shaharning shovqin suroni, kuchli toliqib ishlash jarayoni, havoning ifloslanishi, shahar aholisini tinch, osoyishta va sof havosi bo’lgan tabiat qo’yniga chiqishga undaydi. Bunday dam olish insonning tabiatga yaqin bo’lishi, yaxshi dam olishi, yangidan kuch-quvvat to’plash sharoitini berishi bilan birgalikda, mazkur joyni tarixi, madaniyati, etnografiyasi, urf-odatlari, me’moriy yodgorliklari va hunarmandchiligi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi. Shuningdek, mahalliy aholining o’ziga xos kiyinish madaniyati, milliy taomlari, folklori, tili yoki shevasi bilan yaqindan tanishish hamda qishloq joylarini suratga olish, mevalar terish va boshqa qiziqarli mashg’ulotlar bilan shug’ullanish imkoniyatini yaratadi.
So’ngi yillarda butun dunyo bo’ylab qishloq turizmiga bo’lgan qiziqish ortib bormoqda. Xususan, Yevropaning Italiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarida qishloq turizmi yuqori darajada rivojlangan. Ushbu davlatlarda, qishloq turizmi dengizga sayohat qilishdan keyingi ikkinchi o’rinni egallaydi. Statistik ma’lumotlar shuni ko’rsatmoqdaki, YeI.ning 35 foiz shahar aholisi, ta’til davrini qishloq joylarida o’tkazishni afzal bilishar ekan. Gollandiyada esa uning ulushi ancha yuqori hisoblanib, 49 foizni tashkil qiladi.
Italiya qishloq turizmi bo’yicha yangi ish o’rinlarini yaratish hamda real daromad olish bo’yicha Yevropada eng oldingi o’rinlardan birini egallab, ushbu faoliyat turidan o’rtacha yiliga 350 mln. AQSh dollari miqdorida foyda oladi. Shuningdek, qishloq turizmi atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatni asrashda turli xil vositalarni topish imkoniyatini yaratadi. Ko’pchilik davlatlarda milliy qishloq landshaftlarini yaratish va saqlashda turizmning ushbu faoliyat turi muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Shveysariya go’zal Alp tog’larining yaylovlari, gollandlarning tegirmonlari va kanallari, Italiyaning eski parklari va villalarini saqlashda qishloq turizmining roli katta bo’ldi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda qishloq turizmi aralash” va “sof” shakllarga ajratiladi. Birinchisi, ya’ni qishloq turizmini “aralash” shaklida chorvachilik, meva-sabzavot yetishtirish bilan shug’ullanadigan fermer xo’jaliklari qo’shimcha faoliyat sifatida sayyohlarni qabul qilishadi. Fermer xo’jaliklarining ushbu faoliyat turidan oladigan daromadi umumiy daromadning 25 foizini tashkil qiladi. Bu mablag’larning katta qismi uylar qurish, intererlar yangilash, mehmonlarda sharoit yaratish uchun sarflanadi. Ikkinchisi, ya’ni “sof” shaklida faqat turistlarga xizmat ko’rsatish hisoblanadi (asosan, qishloq uylarida mehmonxona xizmatlari va boshqa xizmat turlari ko’rsatiladi). Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qishloq turizmi birinchi navbatda, turizmning rekreatsion, madaniy, ixtisoslashgan (ovchilik, baliqchilik) kabi turlari bilan chambarchas bog’liq. Bularning barchasini qishloq turizmi o’z ichiga olib, an’anaviy turistik mahsulotlarga bo’lgan talabni oshirishga xizmat qiluvchi kompleks turlarni tashkil qilishga asos bo’ladi.
Yevropa Ittifoqi tomonidan qishloq turizmini rivojlantirishga qaratilgan siyosiy-iqtisodiy islohotlar yaqin yillar ichida o’zining samarasini berdi. Turizm industriyasini ushbu tarmog’ini yuqori sur’atlarda rivojlantirish uchun, bir qator davlatlar agroturizm to’g’risidagi qonunlarni qabul qilgan. Jumladan, Italiyada “Agroturizm” to’g’risidagi qonun 1985 yilda qabul qilingan bo’lib, u mamlakatda qishloq turizmini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga mustahkam zamin yaratgan. Qonun qabul qilingandan so’ng 10 yil ichida Italiya qishloqlarida dam oluvchi sayyohlar soni 3 barobarga oshgan. Shuningdek, ko’pchilik Yevropa davlatlarida agroturizmni rivojlantirish va samarali tashkil qilish bo’yicha uzoq muddatli strategik ahamiyatga ega bo’lgan dasturlar qabul qilingan.
Qishloq turizmini rivojlanishida yana bir muhim bo’lgan omillardan bir agroturistik mahsulotlar, o’rta daromadga ega iste’molchilar talabini qondirayotganligi bilan izohlanadi. Bugungi kunda ushbu iste’molchilar Yevropa agroturizmi segmentida juda katta ulushni tashkil qiladi. Ushbu sohada yaratilayotgan turmahsulotlar nisbatan kam harajat talab qiladi. Ya’ni, agroturizm “baho-sifat” ko’rsatkichi bo’yicha boshqa turmahsulotlar bilan bemalol raqobatlashishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga nazar tashlansa, agroturistik mahsulot quyidagilarni o’z ichiga oladi (jadval).
Jadval

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish