OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TARIX FAKULTETI
TARIX O`QITISH METODIKASI FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: XVII – XIX –ASRLARDA ANGLIYA
Bajardi: 301-guruh talabasi
Nurmonov Sherzod
Qabul qildi: Razzoqova G.
JIZZAX 2020
REJA:
Kirish.
I. BOB. XVII-asrda Angliya……………………………………
1.1. XVII asr boshlarida siyosiy taraqqiyot.
1.2. Inqilob arafasida Angliyadagi ijtimoiy iqtisodiy tuzum.
1.3.Angliyada inqilobiy vaziyatning vujudga kelishi va inqilobiy harakatlarning boshlanishi.
1.4. Parlament va qirol tarafdorlari o`rtasidagi kurash.
1.5. Oliver Kromvel va Angliyada Respublikaning o`rnatilishi.
1.6. Inqilob natijalari va yuz bergan o`zgarishlar.
II. BOB. XVIII-asrda Angliya…………………………………….
2.1. XVIII-asrda Angliyaning davlat tuzumi.
2.2. Tashqi siyosat.
2.3. Qishloq xo`jaligidagi o`zgarishlar.
2.4. Sanoat to`ntarishi.
2.5. Ishchilar ahvoli.
2.6. Yangi ixtirolar.
2.7. Ludchilik harakati.
III. BOB. XIX-asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniya.……………………..
3.1. Iqtisodiy taraqqiyotning asosiy yo`nalishlari.
3.2. Burjuaziya mafkurasi va uning vakillari.
3.3. Viktoriya davrining boshlanishi.
IV. BOB. XIX-asr o`rtalarida Buyuk Britaniya……………………………….
4.1. Sanoat to`ntarishining yakunlanishi.
4.2. Mustamlakachilik siyosati.
V. BOB. XIX-asrning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniya………………………
5.1. XIX-asrning 70-yillarida Buyuk Britaniya.
5.2. Yangi mafkuraning paydo bo`lishi.
5.3. Ishchilar harakati.
KIRISH
I. BOB. XVII-asrda Angliya.
XVII asr boshlarida siyosiy taraqqiyot.Tarixda shunday voqealar yuz beradiki, bu voqealar jahon siyosiy taraqqiyotida muhim rol` o’ynaydi. Ana shunday voqealardan biri XVII asr 40-yillarida bo`lib o`tgan Angliya burjua inqilobidir.
XVII asr 40-yillardagi ingliz inqilobi ilk bor burjua jamiyati va davlati tamoyillarini e`lon qildi. Bu inqilob Fransiya, Italiya, Germaniya, Pol`shada yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar bilan bir vaqtda bo`lib, qo`shni Fransiyaga juda katta g’oyaviy ta`sir ko`rsatdi. Inqilob Angliyada rivojlangan falsafiy va siyosiy xarakterdagi burjua g’oyalari, ayniqsa XVIII asr Fransiya burjua inqilobi arafasida Fransuz burjua mafkurasining shakllanishiga yordam berib, Angliyaning o`zida kapitalizm taraqqiyoti uchun keng imkoniyat ochib berdi. Natijada XVIII asr 2-yarmida bu yerda tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan sanoat to’ntarishi yuz berdi.
Angliya XVI-XVP asrlarda agrar mamlakat bo`lib, XVII asr boshida Angliyadagi aholining 1|5 qismi shaharlarda yashar edi. XVII asr 1-yarmida ingliz savdo floti kichik edi. Shu sababli, Golland kemalaridan foydalanib, turli mamlakatlardan va hatto mustamlakalardan ham Angliyaga juda ko`p mahsulotlar tashib kelinar edi. Angliyaning chetga chiqaradigan mollaridan biri dag’al movut bo`lib, u Gollandiyada qayta ishlanar edi.
Movut sanoati Angliyaning turli sharqiy grafliklarda (asosiy markazi-Norfolkdagi Norich shahri), shimoliy okruglarda Yorkshir grafligi, markaziy grafliklarda-N`yuberi shahri va janubiy-sharkda Devonshir, Uiltshir va Dosert grafliklarida rivoj topgan edi. Movut ishlab chiqarishda sex hunarmandchiligining roli ishlab chiqarishning manufaktura shakliga qaraganda ancha kichik edi. Lekin hali yashab kelayotgan hunarmandchilikdan ham kapitalistik elementlar ajralib chiqa boshlayotgan edi.
Shunday qilib, inqilobdan oldingi davrda, ingliz sanoati uchun, garchi kapitalizm hali qisman niqob ostida maydonga chiqayotgan bo`lsa ham, ishlab chiqarishning kapitalistik shakli yetilib kelayotganligi xarakterlidir.
XVI asr 2-yarmi va XVII asr boshlarida dengiz ortidagi turli mamlkatlar bilan savdo qiluvchi ko`plab monopol kapitalistik kompaniyalarning paydo bo`lishi ingliz kapitalining yer sharining hamma taraflariga panja sola boshlaganligidan dalolat berardi. Rossiya bilan savdo qilish maqsadida tuzilgan Moskva kompaniyasi Ost-Hind kompaniyasi eng yirik aksiyali savdo tashkilotlari edi.
Amerikani kolonizatsiya qilishda dastlabki qadam qo`yilishi, Hindistonda va g’arbiy Afrika qirg’oqlarida ba`zi tayanch punktlarining bosib olinishi, ingliz lustamlakachilik siyosati boshlaganligidan dalolat berardi. Mustamlakachilik siyosati ko`proq. Yuqori tabaqa dvoryanlar manfaati bilan bog’lik, edi, bu tabaqa dvoryanlar esa o`ziga yer olishni istar va Evropa talab qilayotgan ba`zi mahsulotlarni ko`paytirishdan manaatdor edi.
Shu tariqa kapitalistik munosabatlarning qishloq xo`jaligiga kirib kelishi, ingliz feodalizmining yemirilishiga muhim turtki bo`ldi. Ingliz qishlog’i ilk davrdan boshlab dastlabki tashqi bozor bilan bog’langan edi. Ayniqsa XIII-XIV asrlardan boshlab Angliyadan Evropa qit`asiga juda ko`p jun chiqarilar edi. Angliyaning o`zida movut to`qish qanchalik rivojlanayotgan bo`lsa mamlakat ichida shunchalik ko`p jun talab qilinar edi. Tashqi va ichki bozorda ingliz juniga talabning o`sishi Angliyada qo`ychilikning rivojlanishiga olib keldi. Qo`ychilikning rivojlanishi esa XV-XVI asrlardagi va XVII asrning birinchi yarmida mashhur bo`lib ketgan “g’ov tutish” ning boshlanishiga turtki bo`ldi. Qo`y boqishning ommaviy suratda ko`paytirilishi muhim iqtisodiy natijalar berdi. Gov tutishni ingliz qishlog’ida katta yer egalari majburiy ravishda ochiqdan-ochiq ekspropriasiya qilishnig ayovsiz formalari orqali amalga oshirdilar. Yerdan mahrum qilingan dehqonlarning ko`payishi g’ov tutishning natijasi bo`ldi.
Angliyada kapitallarni o`z qo`liga to`plangan yirik burjuaziya sinf sifatida o`smoqda edi. Burjua manufakturachilari savdo burjuaziyasi bilan birlashib ularga davlat qarz berib turgach chet el bilan aloqador bo`lgan bank-sudxo`r burjuaziyasiga yaqinlashdilar. Yer egasi bo`lgan ingliz feodallari XVI asrdayoq bo`linib ketayotgan edi. O`z xo`jaligini kapitalistik izga qo`yayotgan yangi dvoryanlar rivojlana bordi, bular asosan o`rta va mayda dvoryanlardan iborat edi. Bularning bir qismi XVII asr boshiga kelib lord lavozimini ola oldi. Dedford, Pembrok, Sesil va boshqa nomlar buning yaqqol misolidir. Yangi dvoryanlar asosan Angliyaning janubiy-sharqida va markaziy grafliklarida shakllangan edi. Inqilob arafasida Angliyada sinfiy ziddiyatlar keskinlashdi. “Yuqori tabaqalar” bilan “Quyi tabaqalar” o`rtasidagi farq chuqurlashdi. Nagijada qirol boshchiligidagi rahbar sinf bo`lgan feodallar bilan dehqonlar o`rtasida kelishmovchiliklar kuchaydi. Dehqonlar yeriga g’ov tutish va kapitalistik fermerlikning rivojlanishi jamoa manoreal tartibni darhol tugata olmadi. Kopigolder-dehqonlar va boshqa ijorachilar hali ham bor edi. Lekin ularning yerini ijaraga olib egalik qilish sharoiti borgan sari og’irlashib bordi. Lord va jentel`menlar odatdagi "eski" rentani oshirmay dehqonlarni ekspluatatsiya qilishning va boshqa usullarini izlab topardilar. Ular juda katta miqdorda fayn to’lashni talab qilardilar. Ya`ni ijorachilar uchun yillik rentadan bir necha bor ko’proq, bo’lgan bir yo’la olinadigan bir qator tulovlarni tayinlar edilar. Revolyutsiyadan oldingi davrda shaharlarda ham xalq, ommasining chiqishlari yuz berib turdi. Burjuaziya revolyutsiyaning dastlabki davrida o’z manfaati uchun ustalik bilan foydalandi. Keyinchalik u o’zining qirol va eski feodal dvoryanlarga qarshi kayfiyatidan ham foydalanib, dehqonlardan harbiy otryadlarini tuzdi.
Feodal-absolyutistik davlat uzoq vaqt davomida burjuaziya bilan ittifoq, bo’lib turdi. XVI asrda tuyudorlar dinastiyasi davrida bu davlat burjuaziyaga yon berib keldi va bu bilan burjuaziyani XVI asrda g’alayonlar ko`tarish oldida turgan dehqon plebey revolyutsion kuchlar bilan ittifoq tuzishga yo’l qo`ymay, o’z tomonida saqlab qoldi. Tuyudorlar absolyutizmi faqat feodallarga emas burjuaziyalashgan yangi dvoryanlarga tayanar edi. Tyudorlar davlati dvoryanlar davlatligicha qolaverib, kapitalizmning rivojlanishiga va burjua oppozitsiyasining kuchsizlanishiga yordam bergan siyosat olib bordi. Buni shunda ko`ramizki parlament toifa vakillari organi bo`lib butun XVI asr davomida namoyon bo`ldi. Parlamentning umumpalatasida yangi dvoryanlarning vakillari o`tirib burjuaziyaning manfaatlarini yo`qlardi. Ammo parlamentning bunday kelishtiruvchilik roli burjuaziyaning rivojlanishi va kuchayishi bilan o`zgarib bordi. Parlament asta-sekin absolyutizmga nisbatan opiozitsiyaga bo`lgan organga aylandi. Tyudorlar dinastiyasining so`nggi vakili bo`lgan qirolicha Yelizavetta I davrida qirollik bilan parlament o`rtasida kelishmovchilik namoyon bo`ldi. Umumpalata qirolicha hukumatining bir qator ya`ni taxt vorisi to`g’risidagi, diniy masalalar to`g’risidagi savdo-sanoat monopoliyalarini sotish to`g’risidagi tadbirlaridan noroziligini bildirardi. Tyudorlar davrida xalq ommasining chiqishlari o`sib bordi. Irland xalqining ozodlik kurashi ham jiddiy ahamiyat kasb eta boshladi.
1603 yil Yelizavettaning vasiyatiga ko`ra Yakov VI Angliyaning qiroli qilib tayinlandi. Angliyada u Yakov I nomini oldi. Yangi dinastiya davrida feodal tuzum bilan burjuaziya o`rtasidagi ajralish yaqqolroq ko`rindi. Yangi qirol Angliyaning oq suyak feodal elementlariga tayanib ish ko`rdi. Parlament Yakov I ga soliq yig’ish huquqini bermaganda u juda g’azablanardi. U 1610 yilda g’azab bilan “Axir, Fransiya, Daniya, Ispaniya qirollari boj oladilarku, nega men boj olmas ekanman?” der edi. Pul topishgp intilib, Yakov I savdo va sanoat monopoliyalari tuzish huquqini beradigan patentlar sotishni qizitib yubordi. Ammo parlament bu gal ham qiroldan suiste`mol qilishlarni tugatishni talab qildi. 1624 yilda Yakov I davridagi so`nggi parlament moliya ministri graf Midlseksni sud javobgarligiga tortdi. Qirolning o`zi ordonans chiqarib, unda “qirollikda nimaiki bo`lmasin sotish, tortib olish, ishlab chiqarish yoki iste`mol qilishga monopol huquq beruvchi» hamma patentlar bekor qilindi, deb e`lon qildi. Parlament qirolning ichki siyosatidangina emas, balki tashqi siyosatidan ham norozi bo`lgandi. Yelizaveta ispanlarga va katoliklarga qarshi kelgan bo`lsa, Yakov I tashqi siyosatni o`zgartirib men Ispaniya bilan urush holatda emasman deb e`lon qildi. Angliya 1588 yil tuzilgan ittifoq shartnomada xilof ravishda Ispaniyaga qarshi urushda Nederlandiyaga yordam berishdan bosh tortdi. Bunday siyosat ingliz burjuaziyasiga qarshichiqish degan gap edi, chunki ingliz burjuaziyasi Ispaniyani va mustamlakachilik savdosi sohasidagi raqibi edi. Ispaniya va Nederlandiya o`rtasida urush davom etayotganligi sababli, ispanlar gollandalarni yoki Golland tovarlarini qidirish bahonasi bilan ingliz kemalarini tez-tez tutib qolar edilar. Ingliz hukumati o`z savdogarlarining arzlariga quloq solmay kelayotgan edi. Yevropada O`ttiz-yillik urush boshlanib ketganda Yakov I german protestantlarining boshlig’i Fredrix Pfalsning qaynatasi sifatida gabsburglarga qarshi urushda qatnashdi. Ammo Yakov I Germaniya protestantlariga yordam berish o`rniga, Fridrix Pfalsga imperator tortib olgan yyerlarni qaytarib olib bermoqchi bo`ldi. Ispan diplomatlari chunonchi Yakov I ning cheksiz ishonchiga sazovor bo`lgan elchi Gondomar uni necha yillar ahmoq qilib keldi, chunki Ispan Gabsburglari Avstraliyalik Gabsburglar bilan yagona siyosat yuritayotgan edilar. 1624 yilda Yakov I o`z o`g’li Karl I ni Ispan malikasiga uylantirish to`g’risidagi masalalarni hal qilish uchun Madridga jo`nadi. Bu diplomatik niyatlaridan, tabiiyki hech nima chiqmadi. Yakov I ning yana shu maqsadga Fridrix Pfalsga yordam berish uchun Fransiya bilan ittifoq tuzishga urinishi muvofaqqiyatsiz chiqdi. Shahzoda Karl I bilan Fransuz malikasi Genrietta –Mariya o`rtasidagi nikohni angliyaliklar sovuqqina qabul qildilar. Bu nikoh natijasida ingliz saroyi katoliklarining ig’vo markaziga aylanib ketadi deb xavfsiradilar. Haqiqatdan ham shunday bo`ldi. Yakov I 1625 yil bahorida vafot erdi. Uning o`rniga taxtni egallagan Karl I (1625-1649) otasi kabi u ham qirol hokimiyatini cheksiz deb hisobladi. Gersog Bekengemning maslahatlariga amal qilib, faol tashqi siyosat olib borishga urindi. Lekin muvafaiyatsizlikka uchradi. Ispaniyaga qarshi urush boshlab, Bekengem 3-ta ekspeditsiya uyushtirdi. Bu ekspeditsiyalarning asosiy maqsadi Amerikadan Ispaniyaga kumush tashiyotgan Ispan kemalarini qo`lga kiritish, qo`lga kiritilgan mahsulotlarni sotib, qirolning moliyaviy ahvolini yaxshilash, shu yo`l bilan hukumatni parlamentdan mustaqil qilib olish nazarda tutilgan edi. Ispaniyaning Kadis portini qo`lga kiritish va Ispaniyaning hududiga ekspelitsion korpus tushirish ham mo`ljallangan edi. Urush natijasida ingliz kemalari sharmanda bo`lib, ko`p soldat va matroslarini yo`qotib o`z yurtiga qaytib keldi. Holbuki, Fransiya bilan ittifoqda bo`lgan ingliz hukumati fransuz qiroli tomonida turib, La-Roshel qal`asida to`plangan Gugenotlarga qarshi kurashda ishtirok qilishi lozim edi. Bu esa Angliyada styuartlar siyosatidan yana norozilikni oshirdi. Shundan keyin Angliya jamoatchilik fikri tazyiqi ostida Fransiya bilan ittifoqni buzdi va urush e`lon qildi. Ammo gersog Bekengemning qamal ostidagi La-Roshelga uyushtirilgan yordami hech narsa bermadi. Va 1628 yil kuzida fransuz qo`shinlari qal`ani ishg’ol qildi. Karl I yana sharmanda bo`ldi. Styuartlar istibdodiga qarshi parlament oppozitsiyasi Yakov I davridayoq namoyon bo`lgan edi. Har gal parlament chaqirilganida Yakov tashqi siyosati tanqidga uchrardi. Karl I davrida ham parlament oppozitsiyasi vakillarining chiqishlari yanada keskin tus oldi. Parlamentning umumpalatasi gersog Bekingemning iste`fo berishini talab qildi. Karl I ning 1625 yilda chaqirilgan 1-parlament yig’ilishi juda qisqa bo`ldi. Qirol uni bir necha hafta o`tgach, tarqatib yubordi. Ana shu parlamentdagi oppozitsiya a`zolaridan yetuk notiqlar ajralib chiqdilar. Shulardan yurist ser eduard Kok Buyuk ozodlik xartiyasining ixlosmand tarafdori polkovnik Jon eliot, bekingemshirlik boy skvayr Jon Gempden va Kokrshlik dvoryan-yurist Tomas Uent-vort parlamentdagi notiqlardan edilar. 1626 yilda chiqarilgan parlament ham tarqatib yuborildi. Karl I ning 3-parlamenti gersog Bekengemni sud qilishni, katoliklarga qarshi qonunlarni amalga oshirishni, qonunsiz soliqlar to`plashni to`xtatishni talab qildi. Parlament qabul qilgan va qirol tasdiqlagan hujjat 1628-29 yillarda siyosiy kurash olib borilanligining yorqin misolidir. Bu huquq to`g’risidagi 1629 yilgi petitsiya edi. U 4 moddadan iborat bo`lib: jumladan
1. Aholi va parlament tasdiqidan o`tmagan zayomlar olishga va soliqlar to`lashga majbur etilmasligi lozim;
2. sudning qonuniy hukmisiz hech kim qamoqqa olinishi va mulkidan mahrum qilinishi mumkin emas;
3. Harbiy davr qonunlari asosida fuqarolarni qamash to`xtatilishi lozim;
4. Qo`shinlarning aholi uylarida turish tartibi tugatilishi lozim.
Petetsiyada XIII asrdagi Buyuk erkinlik xartiyasi pesh qilingan edi. Karl I ko`p o`tmay Petetsiyani buza boshladi. 1629 yil martda 3-parlament ham tarqatib yuborildi. Parlament aholini soliq to`lamaslikka chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qildi. Karl I ning mamlakatni parlamentsiz idora qilishga qaror qilishi natijasida mustabid hukumatning ahvoli yanada tang bo`ldi. Parlamentning soliqlar to`lanmasi degan chaqirio`i keng xalq ommasiga ma’qul tushdi. Ispaniyaga hamda Fransiyaga qarshi urushning davom etishi tashqi savdo sohasida krizisga olib keldi. Parlamentsiz idora davrida Karl I maslahatchilaridan uchinchisi xazinachi – lord Richard Uetson bo`lib, u Karlni nohaq yig’inlar joriy qilishga undadi. Parlamentsiz davridagi moliya siyosati shunday ediki, bunda saltanat xususiy mulkchilikka qo`pol aralashar edi. Hukumat parlament tasdiqlamagan yangi soliqlar undirib olish uchun har - xil bahonalar qidirib topar edi. Parlamentga bog’liq bo`lmagan moliya bazasini yaratish va doimiy armiyani tashkil etish, absolyutizmning aniq maqsadi bo`lib qoldi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun qilingan urinishlar revolyutsion portlashni tezlashtirdi xolos.
Karl I tomonidan turli-tuman nohaq yig’inlar, nihoyat Angliyada XI-XII asrlarda joriy qilingan kema pullari Yana olinadigan bo`ldi va bu hukumatga mablag’ tushib turishini ta`min etmadi, balki davlat byudjetiga yamoqday kichik bir madad bo`ldi, xolos. Bunday soliqlar yer soliqlaridan ko`ra keng aholi ommasining g’azabini qo`zg’atdi. 1635 yilda hukumat “kema solig’i”ni joriy qilgandan so`ng soliq yig’ishga qarshi norozilik harakatlari boshlandi. Natijada mamlakatda inqilobiy vaziyat yuzaga kela boshladi. Bu Shotlandiya bilan Karl I ning urushiga sabab bo`lib, Shotlandiya qo`zg’aloni Angliyada iqilobning boshlanishi uchun turtki bo`ldi. Shotlandiya qo`zg’aloni mutlaq hukumatning Shotlandiya ustidan nazoratni kuchaytirishiga urinishi natijasida kelib chiqqan bo`lib, Shotlandiya 1603 yilda Yakov I vaqtida Angliya bilan shaxsiy uniya asosida birlashgan bo`lsada, hali avtonomiya huquqini saqlab qolgan edi. Shotland dvoryanlari o`z mustaqilliklarini himoya qilishlarining sababi shundan iborat ediki, quyi Shotlandiya burjuaziyasi Angliya savdogarlarining raqobatidan qo`rqib, Angliya bilan batamom birlashishdan qo`rqar edi.Shotland dvoryanlari Yakov 1 ning onasi Mariya Styuart vaqtida qo`lga kiritgan feodal erkinliklarni saqlab qolishga intilar edi. XVI asrdan boshlab Shotlandiyada keng tarqalgan oppozicion ruhda bo`lgan dvoryanlarga qo`l kelgan presvetirianlik shaklidagi kalvinizm bu ikki sinfning ittiqoqini mustahkamlab,Styuartlarga qarshi kurashda qurol bo`lgan edi.Shotlandiyada ingliz episkop cherkoviga nafrat bilan qarar edi.Lord 1637 yilda Shotlandiyani ingliz cherkovi tarkibiga kiritmoqchi bo`lganida, Karl 1 ga qarshi qo`zg’olon ko`tarishga sabab bo`lganligi bejiz emas edi.Shotlandlar maxsus hujjutga imzo chekib, papa oldida “haqiqiy dinni” himoya qilish majburiyatini olgan edi.Shotlandiyada juda tez ko`ngilli qo`shin tashkil topdi va 1639 yilda Angliyaga bostirib kirdi. Angliyada xalqning keng qatlamlari, shotlandlarga xayrixohlik bildirdilar.Yollanma qo`shinlar yordamida Shotlandiyaga qarshi urush Yana boshlanib ketdi.Karl 1 1640 yil 13 Aprelda Parlament chaqirdi. Parlamentga Jon pim va jon gempden kabi oldingi parlamentdagi oppoziciya a`zolari Yana qaytadan saylandi. Parlament urushni davom ettirishga pul ajratmadi. Natijada 1640 yil 5 mayda Karl 1 bu parlamentni ham tarqatib yubordi va bu qirol hukumatiga qarshi namoyish qilinishiga sabab bo`ldi.Xalq 6 mayda qamaldagi «to`polonchilarni” qutqarish uchun qamoqxonalarga hujum qildilar.Dehqonlar bu siyosiy krizisni o`z iqtisodiy manfaatlari yo`lida oshkora kurash olib borish uchun qulay fursat etganligini hisobga olib,1640 yilning yozidan boshlab inqilobiy harakatlarni kuchaytira boshladi.Ana shu hol inqilobning negizini tashkil qildi. Shotlandlar esa parlament tarqatilgandan so`ng Yana hujum boshladilar.1640 yil 24 sentyabrda York shahrida to`plangan lordlar palatasi a`zolari ham yangi parlamentni chaqirishi kerak deb o`z fikrlarini bildirdilar.Karl 1 1640 yil 30 sentyabrda parlament chaqirilishini e`lon qildi.Oktyabrda Angliyada favqulodda keskin bir sharoitda parlament saylovi bo`lib o`tdi.Puritanlarning peshvolaridan Pim, Gempden,shuningdek, 1628-29 yillardagi parlament deputati bo`lgan Kromvel saylov vaqtida faollik ko`rsatdilar.Saylov eskicha tartiblar asosida Shtkazilishiga iuaramay, saylovda parlament –burjuaziya oppoziciyasi ustidan g’alaba qozondi. Pim parlament rahbari qilib belgilandi.
Angliyada vujudga kelgan inqilobiy vaziyat nihoyat inqilobga aylandi.1640 yil 3 noyabrda chaqirilgan parlament to 1653 yil aprelgacha o`z faoliyatini davom ettirdi. Uning a`zolari orasida asl burjuaziya namoyondalari oz bo`lsada, boshlanib ketgan Angliya burjua inqilobida ular katta rol o`ynadilar. Sal kam 13 yil Ushbu parlament feodal absolyut lagerga qarshi kurashni uyushtiruvchi markaz bo`la oldi.
Burjua tarixchilari inqilobning boshlanishini parlament bilan qirol o`rtasida chiqqan «konstitutsion kelishmovchilik” edi deydilar. Bu esa haqiqatga uncha to`g’ri kelmaydi. Aslida puritanlar qirolga qarshi targ’ibot ishlarini ancha oldin boshlab yuborganlar. Fermyerlar va shaharliklardan uzluksiz parlamentga xatlar kelib turdi. Bu xatlarni ko`rib chiqish uchun maxsus qo`mita tuzish lozim bo`ldi. Uzoq parlament devorlari orqasida va ko`pgina grafliklarda dehqonlar urushining alangasi lovullamoqda edi.
Bir tomondan parlament ijtimoiy kuchlardan madad olib ikkinchi tomondan ularni «tinchlantirish” ga intilib , o`z zarbalarini Karl 1 ning eng yaqin yordamchilariga qarshi qaratdi. Uzoq parlament chaqirilgandan keyin ko`p vaqt o`tmay , Strafford qamoqqa olindi.
Straffordning sudi bir necha oy mobaynida parlamentning diqqat markazida turdi. Lekin 1641 yilning may oyining boshida Londa xalq ommasi Straffordni aybdor deb e`lon qilishga majbur bo`ldilar.
Karl I ham yon berishga majbur bo`ldi va 1641 yil 1 mayda xalq oldida Strafford qatl qilindi.
Shu narsa diqqatga sazovorki, 1641 yil may oyining o`rtalarida parlament absolyut rejimning qurbonlari Jon Lilbernni va siyosiy mahbuslarni ozod qildirdi. Demokratik kuchlar o`rtasida Jon Lilbern juda mashhur edi.
O`sha 10 may kuni parlament qirolni yana yon berishga majbur qilib, parlament roziligisiz parlamentni tarqatish mumkin emas degan hujjatga qirolni imzo chektirishga majbur yetdi. Uzoq parlament 1641 yilning may oyida London shahri mehnatkashlarining g’alayonlaridan foydalanib, qirolni yana g’oyat muhim siyosiy masala ya`ni parlament ruxsatisiz olinadigan har qanday soliq g’ayri qonuniy ekanligi yana bir marta qat`iyroq tasdiqlandi.
1640-1641 yillarda dehqonlar harakati kuchayib bordi. Shunday qilib, lordlar palatasi a`zolari manfaatlarinigina emas, balki umumpalatasida ko`pchilikni tashkil qilgan yangi dvoryanlarning manfaatlari ham xavf ostida qolgan edi. Hatto burjuaziyaning Milton kabi ideologi “boltaning juda aniq xavfi” borligini ogohlantirdi. Shuning uchun ham parlamentning ko`pgina a`zolari islohotlar yordamida dehqon – plebeylar qo`lidagi bolta “zarbasining” oldiniolish mumkin, deb reformalar o`tkazishni talab qildilar.
Parlament yozgi kanikuldan keyin 1641 yil oktyabrda yana ish boshladi. Absoyutizm bilan kurash davom yetdi.
Karl I hatti-harakatlaridan g’ashi kelgan, uzoq parlament 1641 yil noyabrida Ulug’ remonstratsiya degan nom bilan muhim hujjat ishlab chiqdi. 204-moddadan iborat bo`lgan hujjatda Karl I suiste`molliklari sanab ko`rsatilgan edi. Ulug’ remonstratsiyada uzoq parlamentning tadbiri ham ko`rsatilgan bo`lib, bundan keyin ministrlar parlamentning ishonchini qozongan kishilaridan tayinlanishi talab qilingan edi. Savdo va sanoat erkinliklari masalalari, burjuaziya presviteran cherkovini barpo qilish parlament oldida javobgar hukumat tuzish haqidagi fikrlar ulug’ remonstratsiyada yo`q edi. Burjuaziya va yangi dvoryanlar xalq ommasi manfaatlarini ko`zlab jiddiy sotsial demokratik reformalar o`tkazmoqchi emas edilar. Vaholanki, parlament o`zi Angliya xalqining eng noroziligi asosida siyosiy kuch bo`lib qaror topgan edi. Jon Gempdenga “ko`maklashgani” kelgan Gxekingemsher grafligining dehqonlari, ayniqsa, katta faoliyat ko`rsatdilar. Qirol parlament binosidan chiqib, olamon oldida gapirmoqchi bo`ldi, ammo xalq uning so`ziga quloq solmadi. Natijada qirol oppoziciya peshvolarini qamoqqa olish to`g’risidagi farmonini bekor qildi. 10 yanvarda Karl I Londonni tark etib, dvoryanlardan madad olish niyatida, York shahriga jo`nadi. Bu hol Angliyada grajdanlar urushi xavfi kuchayib borayotganligini ko`rsatar edi.
Ulug’ remonstratsiyada ingliz burjuaziyasi bilan yangi yirik dvoryanlar, manufakturachi-mofutchilar va indipendentlar manfaatlari aks etgan edi. Bu sinfiy kuchlarning hammasi o`z dasturida Angliya feodal munosabatlariga qarshi kurash g’oyalarini ilgari surgan edilar. Grajdanlar urushi yillarida sinfiy manfaatlar bir biridan ajraldi. Bu ziddiyatlar shuning uchun ham kuchaydiki, eng radikal kuch deb talqin qilingan ingliz puritanizmi g’oyalari xalq ommasiga singib borib, xalqni yanada revolyutsiyani kuchaytirishga otlantirdi.
1642-1648 yillardagi grajdanlar urushi jarayonida yirik burjuaziya Angliyaning feodal absolyut kuchlari bilan murosaga kelishga intila boshladi.
Karl I parlamentga qarshi kurash uchun harbiy kuch to`plash maqsadida, 1642 yilning yanvarida poytaxtni tashlab, kichik bir otryad bilan Gun shahridagi qurolxonani olishga urinib ko`rdi. Bu urinish muvaffaqiyatsiz bo`lgach, Notingem grafligiga yo`l oldi va o`z kuchini mustahkamlab olishga erishdi. Parlament esa qirol bilan kelishishga harakat qildi. Jumladan, 1642 yilning yozida qirolga 19 taklif deb atalgan hujjat – Ulug’ remonstratsiyada qo`yilgan talablarning qisqacha ro`yxati yuboilib, Parlament papa tarafdorlarining lordlar palatasidan chiqarilishini va yangi myerlar parlamentning ikkala palatasi roziligi bilan tayinlanishini va nihoyat, ushbu tayinlash parlament ixtiyoriga o`tkazilishini talab qildi.
Qirol bu talablarni rad qildi. Natijada parlament bilan qirol o`rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi. Bu voqealardan so`ng parlament armiyasi tuzila bordi va unga ko`proq kishilar yozila boshladilar. Angliyani shimoli bilan g’arbi asosan qirol qo`lida edi. Lekin Angliyaning shimolidagi yirik sanoat markazlari esa parlamentni quvvatlar edi. Barcha eng yirik dengiz portlar parlament tomonida edi. Bu mamlakatning barcha hududlarini parlement atrofida birlashishga keng imkon berdi. Ammo Fransiyadan qurol aslaha keltirishni qiyinlashtirdi.
Angliya territoriyasi shu tarzda ikki qismga bo`lindi. Bu bo`linish Angliyaning sinfiy jihatdan ham ya`ni feodallar va burjua Angliyasiga bo`linishiga olib keldi. Shunday qilib, qirol armiyasining sinfiy negizi eski dvoryanlardan tashkil topgan edi.
1643 yilning may-iyun oylarida janubiy g’arbiy Angliyada dehqonlarning katta qo`zg’olonlari bo`lib o`tdi. Jamoa yerlarining o`rab olinishiga turli guruhdagi dehqonlarning munosabatlari turlicha edi. Shunday bo`lishiga qaramay, grajdanlar urushining birinchi yillarida bo`lib o`tgan dehqonlar harakatlari yer-suv egalariga qarshi qaratilgan, ammo yaxshi uyushmagan va stixiyali kurash edi. Katolizmga moyil bo`lgan anglichan cherkovi qirolga tayanch bo`ldi, ammo ingliz puritanizmi tarkibiga kiruvchi presvetirianlar bilan independentlar parlamentni qo`llab quvvatladi. Kalvinizm Angliyadagi burjuaziyanigg eng ilg’or qismining diniy va siyosiy ideologiyasi bo`lib qoldi, bu idnologiyani u monarxiyaga qarshi kurashning “tayyor jangovor nazariyasi” deb bildi. Iqtisodiy jihatdan qoloq hisoblangan katoliklar Irlandiyasi ham, qirol tomonida edi. Qirol tarafdorlari “kavallyerlar” degan umumiy laqab oldi, parlament tarafdorlari esa “dumaloq boshlilar” (sochi olinganlar) deb atala boshlandi. Grajdanlar urushining birinchi katta janggi 1642 yilning kuzida edjgillda bo`ldi. Qirolning otliq askarlari parlament qo`shinlariga og’ir talofot etkazishdi.
Qirol Oksfordni bosib olib, london tomon yo`l oldi. Biroq u erda matonatli xalq lashkarlarining qattiq qarshiligiga duch keldi. Qurolli kurashning dastlabki davrida qirol poytaxtni ro`paradan zarba berish yo`li bilan ololmay, Oksfordga chekindi. Oksford butun grajdanlar urushi davrida qirolning asosiy qarorgohi bo`ldi. Parlamentning ikkala palatasidagi qirol tarafdorlari nihoyat Oksfordga qochdilar.
1643 yilning yozida parlament kuchlari yana katta xavfga duch kelib, parlament qo`shinlari mag’lubiyatga uchradilar, buning natijasida qirol qo`shinlari Devonsher bilan Bristolni bosib oldilar. Bu joylarda Karl I ko`p qurol aslahalarni qo`lga kiritdi. Ammo Londonga shimoldan ya`ni Oksforddan, Temza vodiysi orqali hujum qilish uchun qirolning kuchi kamlik qildi.
1643 yilning 25 sentyabrida Angliya parlamenti bilan Shotlandiya parlamenti o`rtasida ittifoq “kovenant” tuzildi, bu “kovenant”ga muvofiq inglizlar bilan shotlandlar o`z zimmalariga Angliya hamda Shotlandiya parlamentlarining erkinliklarini saqlab qolish majburiyatlarini oldilar.
“Kovenant” tuzilishi natijasida 1644 yilda harbiy vaziyat parlament uchun birmuncha qulay bo`ldi. Shimoldan bostirib kirgan Shotlandiya armiyasi parlament qo`shinlari bilan birgalikda harakat qildi, va bu armiya, shubhasiz, grajdanlar urushining dastlabki paytida katta rol o`ynadi.
Parlament armiyasi qirolning asosiy qarorgohi bo`lmish Oksfordga hujum qildi. Ammo Karl I parlamentning ikki generali- Esseks va Uoller qo`shinlarini batamom tor-mor qildi. Parlament armiyasining mag’lubiyatga uchrashishning ikki sababi bor edi. Birinchidan parlament armiyasi doimiy qo`shinlardan va xalq lashkrlaridan iborat edi, ular uchun harbiy xizmat kasbday bo`lib qolgan edi. Ikkinchidan grajdanlar urushining birinchi yillarida qirol tomonidan qozonilgan g’alabalarning qirol armiyasining “kovalyerlar”dan iborat armiyaning harbiy jihatdan ustunligi emas, balki parlament qo`shinlariga shunday kishilar boshchilik qilar ediki, bu kishilar qirol bilan kelishishni xoxlar va revolyutsiyaning yanada chuqurlashib borishidan qo`rqar edi. Bu armiyaning bosh qo`mondoni eski arestokrat graf Esseks bo`lib, uning qo`l ostidagilar asosan zodagonlardan iborat edi. Bular qirol bilan parlament o`rtasidagi janglarni faqat “konstitucino” janjal deb qarashar edi. Shuning uchun ular qirolga kamroq shikast etkazishga intilar edilar. Bu armiyaning bosh qo`mondonlaridan biri Lord Manchester o`z mavqeini quyidagicha ifodalagan edi: “Biz qirolni hatto 999 marta tor-mor keltirsak ham, baribir u qirolligicha qolaveradi, ammo qirol bizni biror marta tor-mor keltirsa, hammamiz osilamiz, avlodlarimiz qullikka tushadi”.
Urushning birinchi yillaridayoq Kromvel o`zining zo`r harbiy tashkilotchilik qobiliyatiga ega ekanligini ko`rsatdi. Parlament armiyasining kamchiliklarini ko`rib, Kromvel` o`z mablag’lari hisobidan otliq askarlar otryadini tuzishga kirishdi va bunga erishdi. Kromvel intizomga ongli ravishda buysunadigan kishilarni tanlab, bunday kishilarni u Kembridjdagi dehqon-yomenlar va hunarmandlar ichidan osongina to`play oldi. Kromvel shular bilan bir vaqtda askarlikka faqat sektantlarni, o`z kurashiga diniy kurash deb qarovchi kishilarni ham oldi. Kromvelning nazarida , bu xususiyatlar xalqning jangovor kuchini, dvoryan burjua rahbarligida buysundirish uchun imkon beradi. Kromvel otryadi «temir biqinlilar” dushman safini yorib o`tib, jang natijalrini hal qildi. Bu g’alaba inqilob tarafdorlarining ruhini juda ham ko`tarib yubordi. Shundan keyin qirol tarafdorlarini tor-mor keltirish mumkin ekanligi aniq bo`lib qoldi. Ammo armiya qo`mondonligi buni e`tiborga olmadi. Kromvel esa qo`mondonlarning bu hatti-harakatlaridan norozi bo`lib, xalq madadiga tayangan holda Yangi armiya tuzishga kirishdi va barcha qo`mondonlar o`z vazifasidan chetlashtirildi. Natijada keng xalq ommasi Kromvelning bu siyosatini har jihatdan ma`qullashdi. Ommaning 1644-1646 yillardagi inqilobiy harakatlari o`ziga xos ikki shaklda ya`ni parlament nazoratidagi hududda bu harakat sekstanlik guruhlari va jamolarning faoliyati formasida va kambag’allarning inqilobiy faolligi esa eski feodal-absolyutizm usul idorasiga qarshi qaratilgan diniy oppozitsiya tusida namoyon bo`ldi. Parlament 1643 yilning kuzida «konvent” qabul qilish bilan eski ingliz davlat cherkovini bekor qildi va yangi davlat presvetirian cherkovini joriy etgan edi. Ana shu davlat diniga barcha sektalar qarshi chiqdi. Qabul qilinishi majbur qilib qo`yilgan bu dinga qarshi olib borilayotgan kurashning yashirin shakli edi. Har bir diniy jamoaning tamoman mustaqil bo`lishi sektalar oppozitsiyasining asosiy masalasi bo`lib qoldi. Shimoliy Amerikalan qaytib kelayotgan qochoq puritanlar bu erkinlik ruhini avj oldirib yubordi. Xalq harakatining boshqa bir shakli Angliyaning g’arbida va janubiy g’arbida ro`y berdi. Bu harakat «tayoqchilar” yoki “klobmenlar” deb atalgan nom bilan mashhurdir. (“Glubs” tayoq degan ma`noda bo`lib, dehqonlar qurol topa olmaganlaridan tayoqlar bilan ham qurolangan edilar). Klobmenlar harakati dehqonlarning tizimli harakati bo`lib, uning g’oyasi yo`q edi. Ammo bu harakatning rahbarlari tomonidan ilgari surilgan fikrlardan ma`lumki, harakat rahbarlari badavlat kishilar edi.
Klobmenlar parlament armiyasiga ham dushmanlik bilan qaragan yoki goh unga, goh bunga yordam berayotgan guruh bo`lib, bu parlamentning dehqonlar manfaatiga befarq qaraganini bildirar edi. Dehqonlarni qirol armiyasi qanday xonavayron qilgan bo`lsa, parlament armiyasi ham shunday xonavayron qildi. Dehqonlar qandaydir «uchinchi bir guruh” tashkil qilishga urindilar. Klobmenlar “Bizning niyatimiz zo`ravonlikdan va aldanishdan saqlab qolishdir, haqiqatan biz istagan baxtli dunyoning dushmani kim ekanligini bilib olmaganimizcha hech kimga qo`shilmaslik va hech kimga qarshi ish ko`rmaslikdir” dedilar. Shubhasiz, bir xil guruhlar ba`zan klobmenlarni qirol qo`shinlari tomonidan turib parlamentga qarshi jang qilishga tortdi. Kromvel tomonidan qayta tuzilgan armiya 1645 yilning 14 iyunida Nezbi yonida qirol armiyasi ustidan katta g’alabani qo`lga kiritdi. G’oliblar qirolning qarorgohini va u yerdagi “shaxsiy kabinetini” (bu kabinetda diplomatik “yozishmalar bo`lib” bu yozishmalar Karl I ni batamom fosh qilib tashladi) qo`lga kiritdi. Qirolning Irlandiya katoliklari bilan shartnoma tuzilganligi, Yevropada chet yeldan harbiy yordam olishga harakat qilganligi aniqlandi. Karl I shotlandlar bilan parlament o`rtasidagi ziddiyatlardan foydalanish maqsadida, 1646 yilning mayida shotlandlar lageriga qochib bordi. U shuningdek, tog’lik klanlarning (urug’ jamoalarining) boshliqlaridan ham yordam olish umidida ularga murojaat qildi. Bunday boshliqlarning biri, Montroz 1645 yildayoq ochiqdan –ochiq Karl I tomoniga o`tgan edi. Ammo shu yilning avgustida Montroz tor-mor keltirildi. Qirolning Shotlandiyani o`z tomoniga og’dirib olish umidlari puchga chiqdi: unga ishonmadilar. Parlament Shotlandiya armiyasiga 1645-1646 yillarda ko`rsatgan yordami uchun to`planishi lozim 400 ming funt sterling maoshni endi darhol to`lay boshlashni taklif qildi vash u pulga qirolni shotlandlardan sotib oldi. 1647 yilning fevralida Angliya vakillari qirolni Nezbi yaqinidagi Golmbi qal`asiga soqchilar bilan olib ketdilar. Presviterianlardan iborat ko`pchilik o`z muvaffaqiyatlarini yangi mazhab-presviterianlar (kalvinistlar) cherkovini joriy etish yo`li bilan mustahkamladi. Hamma yerda oqsoqollikka mahalliy puldor kishilar ko`tarila boshladi, bu oqsoqollar, parlamentning presviterian siyosatini ayniqsa, so`ldan turib qilinadigan har qanday tanqiddan himoya qlishga harakat qildilar. “Levellyerlar”-“tenglashtiruchilar” ijtimoiy tarkibi xilma-xil bo`lgan bir guruh edi. Levellyerlar, asosan, 17 asrning 40-yillaridagi ingliz burjuaziyasining eng revolyutsion tizimining manfaatlarini aks ettirardi. Ammo levellyerlar o`z faoliyatining dastlabki davrlarida (1848 yilning oxirigacha) xalqing independentlardan ixlosi qaytgan tabaqalarini –o`z ketidan ergashtira oldi.
Ammo bu partiyaning birinchi bosqichidagi asosiy g’alabalari keng siyosiy reformalar o`tkazish; umumiy saylov huquqi joriy etish, hammani qonun oldida rasmiy ravishda teng qilish va boshqa demokratik o`zgarishlar edi. Iqtisodiy sohada levellyerlar to`la savdo va sanoat erkinligi joriy etilishini, talab qildi.
Lilbern asarlari soldatlar orasida zo`r berib o`qilar edi, hamda xalq orasida keng tarqalgan edi. Lilbern 1646 yilning noyabrida Trauerda qamoqda yotgan vaqtidayoq “Lordlar zalemona hukumronligining anatomiyasi” degan asar yozdi. Bu asarda u Vilgelmni gersoglar, graflar, baronlar deb atalgan safdoshlarining avlodlaridan , deb atadi. Karl I ning parlamentga ushlab berilishi va uning keyingi taqdiri masalasi bayon qilingan bo`lib, qirolning o`limga mahkum etilishi aytilgan edi.
Parlament revolyutsion xalqning tazyiqidan so`ng Karl I ning o`z taxtiga qaytib kelish shartlari haqida u bilan muzokara olib borish niyatida edi. Ammo independet qo`mondonlikning amaldagi siyosati esa bu hayoliy umidlarga mutlaqo to`g’ri kelmas edi. Shunday bo`lsa ham 1647 yilning yozi va kuzida soldatlar ommasining tazyiqi ostida armiya kengashi davlatning yangi, demokratik asosda tuzishga urindi.
1647 yil iyul oyining o`rtalaridayoq targ’ibotchilar armiyani poytatga kirishini va parlamentning hech qanaqa bahona bilan unga qarshilik qila olmasligini ma`lum qilayotgan edilar. Uayt oroliga qochib ketgan qirol yirik feodallarning Shotlandiyada g’alaba qilgan o`ng presviteran partiyasi bilan 1647 yil dekabrining oxirlarida mahviy shartnoma tuzdi. Unga ko`ra Shotlandlar qurol kuchi bilan qirol hokimiyatiningg tiklashlari hamda armiya va parlamentni tarqatib yuborishlari kerak edi. Angliyaning o`zida ham qirolni yoqlovchi harakatlar tayyorlanayotgan edi.
Karl I parlament bilan aloqani uzdi. 1648 yilning mart oyidan boshlab, bir qator hududlarda qirolni yoqlab dehqonlar qo`zg’alonini ko`tarishga urindilar. Ammo hech narsaga erisha olmadilar. 1848 yilning aprel oyida London ko`chalarida parlament soldatlari bilan qirol taraf soldatlar o`rtasida to`qnashuvlar bo`lib o`tdi.
Bir necha kemalar, qo`zg’alon ko`tarib, gollandiyaga jo`nab ketdi, bu yerda ular bilan Karl I ning o`g’li shahzoda Uelskiy aloqa bog’ladi. Shimoldan Angliyaga shotlandlarning 20 ming armiyasi bosib kelmoqda edi.
1648 yil avgustda Kromvel armiyasi bilan Shotlandlar armiyasi Prestonda to`qnashdilar va Shotlandlar batamom tor-mor keltirildi.
1648 yil sentyabr oyida ingliz qo`shinlari Shotlandiya poytaxti Edinburgni ishg’ol qildilar Shotlandiyada hokimiyat Angliya parlamentining ittifoqchisi bo`lgan so`l presviteranlar qo`liga o`tdi.
Biroq endi boshqa tomondan xavf tug’ildi. Armiya Londondan tashqarida bo`lganidan foydalanib presviteranlar parlamentda yana ustun bo`lib qoldi. Bundan foydalangan qirol o`z talablarini parlament oldiga qo`ya boshladi.
G’olib parlament armiyasi Londonga qaytib keldi, barcha muzokaralarni to`xtattirdi va qirol ustidan sud o`tkazilishini, parlamentni tozalashni talab qildi.
1648 yil 5 dekabrda polkovnik Prayd boshchiligidagi otryad parlament majlis o`tkazayotgan binoning barcha zinapoyalarini va unga kiradigan eshiklarni ishg’ol qildi. Karl I asr olindi.
Qirol ustidan sud o`tkazish uchun 135 kishidan iborat maxsus oliy tribunal tashkil qilindi. Bu tribunal tarkibiga ikkala palata a`zolari, mashhur yuristlar, katta ofitsyerlar kirdilar.
1649 yilning 27 yanvarida Oliy sud Karl I ni o`lim jazosiga hukum qildi. 30 yanvarda Karl I qatl qilindi. Shunday qilib, Angliya 1649 yil fevralidan boshlab qirolsiz va lordlar palatasiz respublika bo`lib qoldi.
Yosh Angliya burjua respublikasi tez kunda ham tashqi ham ichki sohada katta qiyinchiliklarga duch keldi. Qirolning qatl qilinishi royalistlarning revolyutsiyaga nafratini oshirdi. Royalistlar safida endi faqat kovalyerlargina bo`lmay, balki ko`pgina dvoryanlar, shuningdek presvetireanlar ham bor edi. Angliyaning 1649 yildagi xo`jalik ahvoli nihoyatda og’ir edi...
Hatto o`rta hollar ham kambag’allashib qoldilar. Xalq ommasi hukumatning bunday siyosatiga revolyutsion chiqishlar bilan javob berdi. XVII asrning 50-yillari boshlarida diggyerlarham levellyerlarning ham siyosiy roli tugadi. Ammo xalq revolyutsion quyi tabaqalarining dahshatli stixiyali qizg’in harakati Angliyadagi ijtimoiy –siyosiy sharoitni belgilovchi kuch bo`lib qolaverdi. Burjua dvoryan blokining respublikadan voz kechib, Kromvelning harbiy diktaturasiga o`tishga sabab ham shu edi. Kromvel armiyani Irlandiyaga qarshi qaratib, imtiyozlar bergandan keyin armiyaning revolyutsion ruhi tugadi.
1649 yilda Irlandiyani bo`yso`ndirish uchun armiyaga bosh bo`lib, Kromvelning o`zi bordi. Bu jazo ekspeditsiyasi bo`lib, 1641 yilgi qo`zg’olonlari uchun jazo berish bahonasi bilan ko`rilgan chora edi, amalda esa Irlandiya xalqi hisobiga parlament kreditlari bilan hisob-kitob qilish uchun qilingan tadbir edi. Inglizlar Irlandiyaning barcha istehkomlari va shaharlarini birin ketin bosib oldi. 1652 yilning mayida harbiy operatsiyalar asosan tugashi bilan inglizlar o`z rejalarini amalga oshira boshladilar. Irlandiya dehqonlariga parlamentning dilenventlar va papachilarning yyerlarini hatlash to`g’risidagi farmon va aktlar ham tayyorlandi. Irlandiya to`g’risidagi 1652 yilda “tuzilgan” aktga asosan “Ko`k orol” aholisining yyerlari talana boshlandi va dehqonlar ommaviy suratda ekspropriatsiya qilindi. Ko`pgina Irlandlar majburiy orolning g’arbiga ko`chirildi, Irlandiyada qolgan aholi esa ochlikdan asta-sekin qirilib ketishga mahkum bo`lgan mayda ijarachilarga aylandi. KarlI qatl qilingach uning Niderlandiyaga qochib yurgan o`g’li Karl II nomi bilan qirol deb e`lon qilindi. Karl II ingliz kapitali mafaatlarini nazarda tutib, 1649-1651 yillarda katta flot qurishga kirishdi va Gollandiya qismlaridan ustun bo`lgan Yangi yangi kema qurish uchun 1654 yilda Daniya bilan shartnoma tuzdi. Shartnoma Angliya kemalariga zund orqali Boltiq dengiziga chiqishga yo`l ochib berdi, Fransiya bilan boshlangan to`qnashuvlar 1653-1655 yillarda bir-birining yaqinlashuvi bilan, 1655 yilda esa Ispaniyaga qarshi ittifoq tuzish bilan yakunlandi. 1655 yilda Kromvel Fransiya bilan birgalikda Angliyaning bir vaqtlar dushmani bo`lgan Ispaniyaga qarshi kurash boshladi.
Kromvelning Irlandiya va Shotlandiya ustidan qozongan g’alabalari unga yengilmas deb nom olishga sabab bo`ldi. 1648 yilda va 1650-1651 yillarda ikki marta tor-mor qilinishi Kromvel harbiy mahoratining yorqin misolidir. 1653 yilning iyunida mahalliy diniy tashkilotlar tomonidan ko`rsatilgan nomzodlardan kichik parlament chaqirildi. Nomzodlar ro`yxati Kromvel` tomonidan tasdiqlandi va kichik parlamentga sektalarning ko`pgina vakillari saylandilar. Bularning hammasi so`l qanotni tashkil etardi. 1654 yilda yangi Konstitutsiyaga muvofiq saylangan birinchi parlament yig’ildi. Saylanganlar orasida harbiy diktaturaga dushman bo`lgan bir qancha kishi bo`lib, ular yangi Konstitutsiyaga sodiqliklari haqida qasamyod qilishdilar. Shunisi xarakterliki, parlament ham armiyani qisqartirishni talab qila boshladi. Shundan keyin Kromvel parlamentni tarqatib yubordi.
Kromvel Gollandiya va Portugaliya urushlaridan keyin Ispaniyaga qarshi urush olib bordi. Kromvel Ispaniya hukumati bilan kelishib, Angliyaning erkin savdo qilishiga ruxsat olishga urinib ko`rdi. Bu natija bermagach. 1655 yilda Ispan mustamlakalarini bosib olish uchun Vest-Indiya qirg’oqlariga askar yubordi. Inglizlar Yamayka orolini bosib oldilar. Bu orol birinchi ingliz mustamlakasi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |