Mashg‘ulotning oxirida o‘rik daraxtining shikoyatiga bolalarning quyidagicha javob maktubi o‘qib eshittiriladi:
- Ey, o‘rik daraxti, biz sening oldingda gunohkormiz. SHoxlaringni sindirib, pishmagan mevalaringni yulib, sening taningga ozor etkazdik. Buning uchun sendan kechirim so‘raymiz.
Sen chiroyli daraxtsan. Mevalaring ham mazali. Biz sening o‘zingni ham, mevangni ham yaxshi ko‘ramiz. Endi senga hech qachon ozor etkazmaslikka va’da beramiz. Agar mevangdan yemoqchi bo‘lsak, pishgandan so‘ng tarbiyachi opamizning o‘zlari uzib beradilar. Biz doimo seni asrashga, parvarish qilishga va’da beramiz.
Tarbiyachi: Bolajonlar biz insonlarga, jonli va jonsiz tabiatdagi narsalarga ozor bermasligimiz, ularni asrab avaylashimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |