Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta



Download 270 Kb.
bet10/14
Sana07.01.2022
Hajmi270 Kb.
#327662
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
6 Баракаев Элбек

Bayramlar tasnifi. “Mustaqillik kuni” bayrami. Bu bayram xar yili 1-sentyabr kuni nishonlanadi. Bu bayram chuqur tarbiyaviy ahamiyatga ega. U bolalarda umuminsoniy qadryatlarga sodiqlikni, vatanparvarlikni, inson o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish, ko’nikma va malakalarini hosil qilish, tarbiyalashga keng imkoniyat yaratadi.

Bu bayramni tashkil etishda avvalambor o’tkaziladigan joy tanlash, bezatish (mustaqillikdan keyingi yillardagi shoirlar, foto mantojlar, mustaqillikga erishganimiz xaqidagi fikrlar yozilgan lozinglar va boshqalar) sahna qurish va uni ham bayramona bezatish, bolalarga vatan, ona xalqimiz yurtimiz erishayotgan mustaqillikdan so’ngi yillarda erishayotgan va qo’lga kiritayotgan yutuqlar xaqidagi qo’shiqlar va albatta xalqimizning dilidan, tilidan o’rin olgan va yo’qolmay kelayotgan xalq qo’shiqlari, yalla, lapar, folk’lor-etnografik qo’shiqlar, katta ashula, bolalar qo’shiqlari, aytishuvlar o’rgatiladi va sahnada kuylashlari uchun tayyorgarlik ko’riladi.

“Mustaqillik kuni”da asosan o’tkaziladigan joyni O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlari bilan bezatiladi. Devoriy ro’znomalar qilinadi, qatashchilar milliy liboslarida bo’lishadi. Bayram O’zbekiston Respublikasining madhiyasini ijro etish bilan boshlanadi.

Bundan tashqari bolalar uchun qiziqarli bo’lgan milliy raqslar, tomoshalar va o’yinlar o’tkaziladi. Har bir qo’shiq, raqs va tomoshalarda asosiy mavzu mustaqillik sezilib turishi kerak.

O’qituvchi va murabbiylar kuni”. Bu bayram ham yili 1-oktyabrda nishionlanadi. Bog’chada bir, ikki kun ilgariroq o’tkazish mumkin. Bayram asosini ustoz murabbiyga, bog’chada esa tarbiyachilarga bag’ishlangan she’r va ashulalar sahna ko’rinishlari raqslar tashkil etiladi. Bu bayramni ham o’tkazishdan oldin joy tanlanadi, sahna qilinadi va bayramona bezatiladi, ya’ni devoriy ro’znomalar, ulug’ allomalar, mutafakkirlar sur’atlari ota-onaga, ustozlarga qarata aytilgan shiorlar va sahna ko’rinishlariga zarur vositalar bilan bezatiladi. Bayramga ota-onalar va boshqa mehmonlar taklif etiladi va ularga ham bag’ishlangan she’r va qo’shiqlar aytiladi. Iloji bo’lsa, bog’chadagi me’yorda kulgili bo’lgan, qiziqatli sahna ko’rinishlar, raqslar ijro etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni”. Bu bayram xar yili 8-dekabr kunida nishonlanadi. Bu bayramda ham avvalo tadbir o’tkaziladigan joy tanlab olinadi va O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlari Konstitusiyasining yoshlarga oid moddalaridan kiritilgan devoriy ro’znomalar chiqarib sahna qilinib, uni bayramona konsertbop etib bezatiladi. Bayram asosini O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi mazmuniga taalluqli savol-javoblardan iborat bo’lgan o’yinlar, viktorinalar, topshiriqlar, ashula hamda raqsni tashkil etadi.O’yinlar yutib chiqqan va topshiriqlarni a’lo bajargan bolalarga Konstitusiya kitobi sovg’a tariqasida berilsa, bu sovg’a bolaning butun umri davomida esda qolarli voqyea ham bo’lib qolishi mumkin, yoki Konstitusiya kitobining rasmi solingan sur’at ham bo’laveradi.

Yangi yil bayrami” - bu ajoyib bayramimiz har yili yurtimizdagi barcha ta’lim-tarbiya muassasalarida dekabr oyining 25-sidadan boshlanib, to yangi ya’ni yanvar oyining 10-larigacha davom etadi.

Bayram o’tkazish uchun kattaroq zall tanlanadi va uni rang-barang yaraqlab turgan chiroqlar, o’yinchoqlar, qorparchalari va asosan zall o’rtasiga archa o’rnatiladi u ham an’anaviy tusda bezatiladi.

Bolalarni qorbobo va qorqiz yuqlaydi. Bolalar qorboboga o’zlari tayyorlagan she’r, qo’shiq va raqslarni hamda sahna ko’rinishlarini namoyon etadi. Bezatilgan archa atrofida yugurib tomosha ko’rsatiladi, har xil o’yinlar o’ynashadi. Bolalarni tarbiyalashga turli hil ertak qaxramonlari kelishadi. Bayram oxirida qorbobo bolalarga sovg’alar taqdim etadi.

Yangi yil barcha uchun eng quvonchli, eng qutlug’ bayram. Shuning uchun u erkin, eng esda qoluvchi bayram bo’ladi.

Vatan himoyachilari kuni” . Bayram o’tkaziladigan joy tanlab olinadi, bayramona, xarbiy ruhda ayniqsa bolalar turli she’r, qo’shiq va raqslar bilan sahnaga chiqib, o’g’il bolalarni – bo’lajak vatan himoyachilarini urush qatnashchilari tabriklashadi.

Tadbirga harbiylarni taklif qilib ular bilan suhbatlar uyushtirib turish mumkin. Bolalarga qiziqarli bo’lgan harbiy tehnika, transportlar haqida batafsil tushuntirib berilsa, yanada yaxshiroq bo’ladi. Bu tadbirda bolalar turli harbiy qo’shiqlarni, yurish ya’ni marsh qo’shiqlarini hamda sahnaviy ko’rinishlari ijro etilishi mumkin. Bu jarayon ularda, Vatanga, xalqqa va ota-onalariga, ustozlariga, tarbiyachilarga bo’lgan sadoqat va hurmat izzatni tarbiyalaydi.

Bunday tadbir ham bolalarni uzoq vaqtgacha esida saqlanib xotirasida muxrlanib qoladi.

Xalqaro xotin-qizlar bayrami 8-mart”.

Bu bayramda ham avvalo o’tkaziladigan joy va sahna ajoyib bahoriy kayfiyatda bezatiladi, ota-onalarini, onalarini, buvilar, tarbiyachi ayollarni tabriklashadi.

Mashg’ulotlarda, mehnat mashg’ulotlarida sovg’alar tayyorlashadi.

Musiqa mashg’ulotlarida esa onalariga va ustoz-tarbiyachilariga bag’ishlangan she’r, qo’shiq va raqslarni o’rganishadi. O’g’il bolalarga qiz bolalarni shu kuni tabriklash lozimligi uqtiriladi. Bu bayram ham juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, u bolalarga onalariga, tarbiyachilariga, qizlarga umuman ayol kishilarga nisbatan hurmat e’zozlash, qadrlash tuyg’ularini shakllantiradi.

Xotira va qadrlash kuni”. Bu bayram har yili 9-may kuni nishonlanadi. Bolalar vatan uchun o’zbek xalqi uchun o’z jonini ayamaganlar, qatag’on urush yillarida shaxid ketgan vatandoshlarimizni xotirlar ertaliklarni o’tkazishadi. Tadbirlarda jasorat ko’rsatganlar xaqida hikoyalar, she’rlar, qo’shiqlar aytiladi.

Tadbiyachilar, muzeylarga sayoxatlar, xotira bog’lariga tadbirlar tashkillashtirishlari mumkin.

Ana shunday tashkiliy ishlar bolalar tarbiyasida katta o’rin tutadi. Chunki, vatan uchun jonini berganlar, qaxramonlik ko’rsatganlar ota-bobolari, muzeylarda ko’rgan tushunchalari bolalarga yanada Vatan tuyg’usini, o’zbek xalqini sevishni, jasoratli bo’lishni tarbiyalaydi.

Biz tadqiqotimizni so’ngi qismida mustaqil O’zbekistonda nishonlanadigan asosiy bayramlarda tashkil etilishi muhim bo’lgan tadbirlar xaqida so’z yuritdek, hamda tarbiyaviy yahamiyati haqida tushunchalar berdik. O’zbekistonimizda faqat bu borada bayramlar nishonlanmaydi, balki mustaqilligimiz qo’lga kiritilgandan keyin dunyoning yuzdan oshiq davlatlari shu mustaqillikni tan oldi va biz bilan hamkorlik, do’stlik rishtalarini bog’ladi.

O’zbekiston bayramlari, dunyo nufuzidagi tashkilotlarga a’zo bo’lgan xalqimiz buyuk ajdodlarimiz olimlar, shoirlar, davlat arboblari, san’atkorlarimiz tavallud topgan kunlari, xalq sayllariga o’xshagan bir qator nishonlanadigan bayramlarimiz balki, bu bilan fikrlashsak arziydi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida dasturlar asosida o’tkaziladigan va rejalashtirilgan ertalik, bayram tadbirlaridan tashqari tarbiyachilarning o’zlari turli xil o’zbek milliy urf odatlariga xos ertaliklarni tashkil etishlari mumkin.

Bu faoliyat ham bolalarda ertaliklarni va boshqa tadbirlarni bir hil emas, har xil ko’rinishda yoki noan’naviy usulda o’tkazilsa ancha ijobiy natija ko’rsatadi. Ular milliy urf-odatlarimizni an’analarimizni chuqur o’zlashtirib oladilar. Bejizga – “Yoshlikda olingan bilim – toshga o’yilgan naqsh kabidir” deb aytmaganlar.

Shunday ekan, ommaviy va ma’daniy tadbirlarni maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachilarimiz xalq qo’shiqlaridan, musiqalaridan, raqslaridan ko’proq foydalanishsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bu mashg’ulotlarni bog’chalarda musiqa mashg’ulotlarini olib boradigan musiqa rahbarlari, bayram tadbirlariga mas’ul tarbiyachilar tashkillashtirib, yuqori saviyada olib borishlari talab etiladi.

Ana shunda, bolalarni iste’dodini o’stirishga, ulardagi badiiy, musiqiy didini oshirishga, anglash emotsional ta’sirlanishga va bor mahoratini namoyon etishiga juda katta yordam bo’ladi. Yuqoridagidek bayram tadbirlari, sayoxatlar, har biri juda boy mazmunga, badiiy nafasot, ma’naviy-ahloqiy tarbiyaviy ahamiyatga egadir.

Ularni xalq qo’shiqlari namunalaridan foydalangan holda olib borish, tadbir mazmun – mohiyatini yanada boyitadi, chunki xalq qo’shiqlarida shu xalqning ichki dunyosi, o’zligi, urf-odati, yashash tarzi aks etadi.


Download 270 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish