Ishning dolzarbligi..
Malumki, tasviriy sanat inson mafkurasini shakllantirish va rivojlantirishda sanatning badiiy adabiyot, kino, teatr, musiqa, raqs kabi turlari orasida ozining malum salmoqli orniga ega. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida yaratilgan tasviriy sanat asarlari, ularning kompoziyasiyasi hamda mazmuni haqida yozilgan ilmiy-nazariy va ilmiy-ommabop asarlar benihoya kop.
Tasviriy sanatga oid ilmiy manbalarning katta bir qismini har xil talim turlarida oquvchi va talabalarga tasviriy sanatni orgatishga oid oquv adabiyotlari tashkil etadi. Bu borada ham malum miqdordagi manbalar zahirasiga egamiz. Mavaridi kelganda, takidlab otishga togri keladiki, ushbu zahiraning katta qismi butun boshli XX asr mobaynida ozining hayotiyligini hech qancha oqlay olmagan kommunistik mafkura goyalari asosida vujudga keltirilganligidan, juda kop jihatlari bilan bugungi kun talablariga javob bera olmaydigan holga kelib qoldi.
Mustaqillik yillarida tasviriy sanatni oquvchi va talabalar ortasida mukammalroq orgatishga oid malum miqdordagi oquv adabiyotlari yaratildi. Lekin ularni otmishdagiga xos koplab kamchiliklardan har tomonlama xoli deyish uchun hali vaqt erta.
Xususan, mustaqillik bilan barobar hayotimizga ilgor pedagogik va axborot texnologiyalari keng quloch yoygan holda kirib keldi. Lekin ular tasirining tasviriy sanatni orgatishga oid fanlarda qanchalik ifoda topganligini aytib otish uchun aniq dalillarga deyarli ega emasmiz. Oliy sanat maktablarining tasviriy sanatga aloqador fanlari oquv dasturlarini kozdan kechirsak, u yerda orgatilishi lozim bolgan materialdan ham kora koproq etiborning talabalar bilimini joriy, oraliq va yakuniy tarzda baholashgagina qaratilganini payqaymiz. Aftidan ularning tuzuvchilari ilgor pedagogik texnologiya deganda faqat talabalar ozlashtirgan bilimlar darajasini baholashni tushunishadi. Lekin baholash uchun ozlashtirilishi lozim bolgan bilimlar mazmunining aynan qanday salmoq va kolamga ega bolishi lozimligiga kelganda, barcha yondoshuvlarning eskicha qoliplarda qolayotganligini koramiz.
Ta'limda axborot texnologiyalarini takomillashtirish masalasi undan ham muhim bo'lgan ikkinchi bosqichdir. Bu yo'nalishdagi izlanishlarning zarurligi birinchidan hozirgi zamon darsiga o'qituvchilarning ilmiy-metodik tayyorgarligiga qo'yilayotgan talablarning ortib borayotganligi bo'lsa, ikkinchidan, so'nggi yillarda axborot texnologiyalari sohasida erishilgan yangiliklarni o'qituvchilarning didaktik nuqtayi nazardan baholay o tajablarning ortib borishidir. Chizmachilikdan Davlat ta'lim va o'quv dasturining takomillashtirilishibilan bir qatorda, o'quvchilaming darsdagi faoliyatini rivojlantirish yo'llarini izlash sohasida ham muhim ishlar olib borilmoqda. Bular albatta, o'qituvchidan katta pedagogik mahorat talab qiladi. O'qituvchilarning pedagogik mahoratini ularni yangi ish formalariga jalb qilish, ta'limning eng samarali metodik usullarini aniqlash va ularni amalda sinab ko'rish orqali oshirish mumkin.
Hozirda har bir fan bo`yicha, shu qatori badiiy-estеtik turkumdagi fanlardan davlat ta’lim standartlarining yaratilishi, uni hukumat tomonidan tasdiqlanishi katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan voqеadir. Mazkur standartlar O`zbеkiston tarixida birinchi bor yaratilishi bo`lib, u rеspublikamiz maktablarida ta’limni yuqori ilmiy-mеtodik asosda tashkil etish hamda uni jahon standartlari darajasiga olib chiqishga sharoit yaratadi.
Standart davlat tomonidan qo`yilgan talablarni to`g`ri va bеnuqson bajarish uchun imkon bеrishi bilan bir qatorda amaliyotda qo`llanib kеlayotgan dastur, darslik va mеtodik ko`llanmalardagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish hamda uni o`qitilishini talablar darajasini tashkil etish imkonini ham bеradi. Shuningdеk u maktablarda ta’lim ishlarini nazorat qiluvchi tashkilotlar uchun ham asosiy hujjat vazifasini o`taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |