Muammoning o’rganilganligi darajasi. Maktabda tasviriy san’at darslarida ertak asosida illyustratsiya ishlashni o’quvchilarga o’rgatish mashg’ulotlari metodikasiga oid holda, ayniqsa, rus tilida yaratilgan o’quv adabiyotlari yetarlicha katta hajm va mazmundorlikka ega (Masalan: Ye. Beda. Osnovы izobrazitelnogo iskusstva. M., 1981). Bunday mazmundagi o’quv adabiyotlarini ozbek tilida yaratish ishlari taniqli pedagog rassom M.N. Nabiyev tomonidan oz shogirdlari bilan birga otgan asrning 60 70-yillarida boshlangan edi. Bu borada taniqli pedagog olim R. Hasanovning xizmatlari ham ozining alohida orniga ega. Mustaqillikdan keyingi yillarda ertak asosida illyustratsiya ishlash mashgulotlarini uyushtirish metodikasi boyicha yana bir qancha oquv adabiyotlari yaratib kelinmoqda. Xususan, oqitiladigan tasviriy sanatga oid fanlarning oquv dasturlarida B. Tojiyevning «Rangtasvir asoslari» (T., 2000), G. Abdurahmonovning «Rangtasvir va kompozisiya» (T., 1995), B. Boymetovning «Qalamtasvir asoslari» (T., 1999). S.F.Abdurasulovning Tasviriy sanat va uni oqitish metodikasi (T-2011). B.N.Oripovning Tasviriy sanat va uni oqitish metodikasi (T-2013)
Malakaviy ishni bajarish natijasida erishilgan ilmiy yangilik.
Tasviriy sanat darslarida mavzu asosida rasm chizishda yangicha axborot vositalariga oid bilimlardan unumli foydalanish asar mazmundorligini va uning badiiy qimmatini sezilarli darajada oshiradi.
Eng asosiy maqsad zamonaviy tasviriy sanat oqituvchisi orqali yoshlarimizga qobiliyatli hamda imkoniyatlarini aniqlab, ularni togri shakllantirish va yuzaga chiqarish, tasviriy sanat pedagogikasining oziga xos murakkabliklarini tushuntirib, uning nozik qirralarini oquvchilarga orgatish.
1.bob. TASVIRIY SANATDA RANG TASVIRNING O‘RNI VA AHAMIYATI
1.1. Tasviriy san'atda bo‘yoqlar bilan ishlashning ahamiyati
Ma’lumki inson dunyoga kelgan kunidan bashlaboq ranglar muhitiga o‘raladi. Tevapak-atrofimizni o‘rab to‘rgan borliq esa turli-tuman ranglarga burkangan. Borliqni tashkil etgan har bir narsa yoki buyum o‘zining muayan rang tusiga egadir. Hozir qayoqqa qapamang, ranglarning ta’sirchan kuchini ko‘rasiz. Kuchalardagi dekorativ bezaklar, shiorlar, har xil transparantlar, yam-yashil archalar, daraxtlar, gullar va hokazolar shular jumlasidandir. Turmushimizda hech bir soha yo‘qki, unga rang ta’sir etmagan bo‘lsin.
Rangning ta’sirchan kuchidan hozirgi zamon tibbiyotida ham samarali foydalanmoqda. Chunonchi, tibbiyotda asabiy va betoqat bolalarni qizil rang bilan davolash keng joriy etilmoqda. Shuni esda tutish lozimki, rang tuslaridan to‘g‘ri foydalanilmaslik kishini har xil kasalliklarga duchor qilishi mumkin. Shuning uchun turar joy, korxona, idora, muassasalar, binolarning ichki tomonlari va umuman hamma yerini bo‘yashda psixologlarning ko‘rsatmalariga amal qilish lozim. Ayniqsa yuzalarga beriladigan bo‘yoqlarning rangi sanitaripgigiyena talablariga to‘la javob berishi kerak. Kasalxonalar, maktablar, oshxonalar devorini bo‘yashda shuni esda tutish lozimki, bu yerlardagi ozodalikka, tozalikka qat’iy amal qilinishi kerak. Chunki to‘q rangga bo‘yalgan yuzalarda ularning ifloslanganligi och rang berilgan yuzalarga nisbatan ancha paytgacha sezilmaydi. Shuningdek, rang kul rang yuzada unchalik ko‘rinmaydi. Binobarin, yuzaga berilgan bo‘yoqning och rangli bo‘lishi yuzadagi ozgina ifloslaningni ham tez payqash imkonini beradi.
Juda ko‘p psixologik tekshirishlar va ko‘zatishlar shuni ko‘rsatdiki, bolalarga rangli, yaltiroq narsalarning barchasi yoqadi. Shuningdek, yaxshi tanlangan ranglar esa ularni po‘xta o‘zlashtirishlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilar o‘zoq vaqt bo‘ladigan xonalar (sinf xonalari, kabinetlar) yarqiramaydigan ochiq ranglarga bo‘yaladi.
Shuni esda tutish lozimki, atrofdagi ranglar o‘quvchilarning psixikasiga qanchalik ko‘p ta’sir etsa, ular shunchalik tez charchaydilar va o‘zlashtirishlari ham pasayadi. Psixologlarning aniqlashlaricha, spektr ranglaridan ko‘zni eng ko‘p toliqtiradigani - ko‘k rang (zangori), birmuncha kamrog‘i esa - qizil rang, eng kami - yashil rang hisoblanadi. Yashil rangning ta’siri ostida ish qobiliyati o‘zoq vaqt va tupg‘un saqlanib turadi. Shuning uchun ham sinf xonalaridagi o‘quvchilar o‘tiradigan partalar stol-stullar va boshqalar yashil ranglarning och tuslariga bo‘yaladi.
Bo‘yoqlarning yana bir xususiyati shundaki, ular chiroyli ko‘riningdan tashqari, metall va yog‘och buyumlarni zanglashdan, chirishdan saqlaydi. Shuning uchun ham endilikda moyli bo‘yoqlarning sanoat bop turlari keng miqyosda ishlab chiqarilmoqda.
Ma’lumki, bilim yurtlari va oliy o‘quv yurtlarining asosiy vazifasi yoshlarni hap tomonlama kamol topgan hamda hayotda o‘z o‘rnini topa oladigan yetuk shaxslar qilib yetishtirishdir. Yosh inson shaxsining hap tomonlama rivojlanishida tasviriy san’at darslarining roli katta.
Tasviriy san’at asarlaridan estetik zavq olish va tushunish uchun uni “o‘qiy bilish” kerak. Chunki tasviriy san’at tomoshabin hamda rassom o‘rtasidagi bahslarni, suhbatlarni, ichki kechinmalarni o‘zida aks ettiradi. Tasviriy san’at asarlarining ta’sirchan chiqishida ranglar muhim rol uynaydi.
Tasviriy san’at asarlarini tushunish, bo‘yoqlar bilan ishlash usullarini o‘zlashtirish kabilar maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Bu xildagi tayyorgarlik yoshlarga faqat maktab, o‘quv yurtlaridagina emas, balki muzeylarga, vistavkalarga, tasviriy yean’at to‘garaklariga borish yoxud tajribali. rassomlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish jarayokida ham beriladi. Bundan tashqari rasm ishlash borasida bo‘yoqlar bilan mustaqil ishlashga o‘rgatish ham yaxshi natija beradi.
RANGLAR XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
YORUGʻLIK VA RANGLARNING HOSIL BO‘LISHI
Quyosh tabiatdagi yorug‘lik manbaidir. Quyosh nuri esa juda murakkab yorug‘lik bo‘lib, uni uch burchakli shisha prizmadan o‘tkazilsa, ekranda bir necha tusga ajralib ko‘rinadi. Buni birinchi marta ingliz olmi Isak Nyuton o‘z laboratoriyasida tajriba qilib ko‘rgan edi. Olim qorong‘i xonaga kichkina teshikdan quyosh ko‘rini tushirgan va nur uch yoqli shisha prizmadan o‘tganda ekran sirtida spektr ranglarining hosil bo‘lishini kuzatgan. Uning eng kam singan pastki qismi qizil rang, eng ko‘p singani esa binafsha rang bo‘lib, oralig‘ida zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang, zangori rang kabilardan iborat ranglar polosasi joylashadi. Diqqat bilan qaralsa bir rangdan ikkinchisiga acta-sekin borishdagi oraliq masofada shu ikki rangga yaqin bo‘lgan bir qancha rang tuslarini ko‘rish mumkin. Turli xil rang polosalari o‘rtasida ma’lum bir chegara yo‘q. Chunki hap qaysi rang tuslari asta-sekin o‘zgarib, boshqa rang tusiga o‘tadi.
Yorug‘lik oq nurining shisha prizma orqali taralishidan hosil bo‘ladigan rangli nurlar polosasini Nyuton quyosh spektri deb atadi (1 a-rangli pasmga qapang).
Agar biz kartondan doira qirqib olsak va uni spektr ranglari taritibida qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang, zangori ranglarga bo‘yab chiqib, o‘z o‘qi (masalan, ventilyator yoki g‘ildirokning o‘qiga o‘rnatib) atrofida tez aylantirsak, umumiy ko‘rinishdagi kul rang tusni kuzatamiz (1-rangli pasmga qapang). Lekin xuddi shu usulda uchta asosiy ranglar - qizil, sarq va zangori ranglarni aylantirganimizda esa yanada yopug‘roq bo‘lgan och kul rang hosil bo‘ladi. Bordi-yu, shu yetti xil rangni palitraga aralashtirib ko‘pcak, qoramtir tusdagi kurimsiz aralashma hosil bo‘ladi. Tabiatda esa spektr ranglarni har zamonda osmonda paydo bo‘ladigan kamalakda, shudring tomchilarida yaqqol ko‘rish mumkin.
Shuni esda tutish lozimki, har xil yorug‘lik manbalaridan chiqadigan yorug‘lik nurlarining spektral tarkibi bir xil bo‘lmaydi va ulap bir-birlaridan ranglari bilan farq qiladilar. Elektr lammpochkasidan taralayotgan nur kunduzgi yorug‘lik nuridan sariqroq, kerosin lampaning yorug‘ligi esa elektr lampasinikidan sariqroq bo‘ladi. Chunki kunduzgi yorug‘lik nurlarining spektpda zangori tuslarining ta’siri kuchliroqdir.
Elektr lampochkasi yorug‘ligida va ayniqsa kerosin lampa yorug‘ligida qizil hamda zarg‘aldoq nurlar ustunlik qiladi. Shu sababli bitta predmetning o‘zi u qanday yorug‘lik manbaidan yoritilayotganligiga qarab, turli xil tusda ko‘rinishi mumkin.
Tabiatdagi mavjud hap bir predmetning rangi uning fizik xossalariga, ya’ni yorug‘lik nurlarini qaytarish, sindirish va o‘tkazish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Natijada yorug‘likking yuzaga tushayotgan nurlari qaytgan, singan va yuzadan o‘tgan nurlarga bo‘linadi.
Jism yoki predmetlarning ko‘zga rangli bo‘lib ko‘rinishida ularning tarkibidagi yupqa qavatning ta’siri juda kuchlidir. Quyoshning spektral nurlari bu yupqa qatlamdan o‘tganda jilolanadi va undan orqaga qaytadi. Yorug‘lik nurlarini deyarli to‘la qaytaruvchi yoki o‘ziga singdiruvchi jismlarni tiniq bo‘lmagan jismlar tarzida idrok qilamiz. Yorug‘lik nurlarining ko‘p qismini o‘tkazuvchi jismlar tiniq (shaffof jismlar, masalan, oyna) jismlar jumlasiga kiradi. Yuzalar ustga tushayotgan sariq va shunga yaqinroq tuslarni qaytarganda oq rangda ko‘rinadi va spektrdagi boshqa nurlarni yutadi. Shaffof yuzalar esa rangli nurlarni o‘tkazib yuboradi. Masalan, yashil rangli oyna yashil va unga yaqin bo‘lgan tuslarni o‘tkazib yuboradi, boshqa nurlarni esa yutadi.
Tabiatdagi mavjud ranglarni ikki qismga: axromatik va xromatik ranglarga ajratish mumkin. Oq, kul rang va qora ranglar hamda ularni hap xil nisbatda aralashtirishdan hosil bo‘ladigan barcha ranglar tuslari axromatik ranglar deb ataladi (1 b - rangli rasmga qarang). Spektrda axromatik rang tuslari qatnashmaydi. Axromatik ranglar bir-birlaridan faqat tuslari jihatidan, ya’ni yorug‘likni qaytarish darajasi bilan farq qiladi. Ularning 300ga yaqin tuslarini ko‘z bilan aniqlash mumkin. Axromatik ranglarni bir-birlaridan ajratishda yorug‘lik kuchi muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, axromatik ranglar spektrning ko‘rinuvchi qismidagi har xil to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan barcha nurlarni bir xil qaytaradi. Natijada yuza yorug‘likni qancha ko‘p qaytarsa, u shunchalik oq tusga, qanchalik ko‘p yutsa, shunchalik qora tusga o‘xshab ko‘rinadi. Axromatik ranglarning qaytarish koeffisiyenti har xil bo‘lib, yuzaning rangi ana shu koeffisiyentlarga qarab aniqlanadi.
Tabiatda tushayotgan yorug‘likking hammasini, ya’ni 100 prosentini qaytaradigan yoki yutadigan material yo‘q. Binobarin, tabiatda mutlaqo oq rang ham, qora rang ham bo‘lmaydi.
Eng oq rangdagi materialga magniy oksidi misol bo‘ladi Uning qaytarish koeffisiyenti 96 prosentni tashkil etadi. Eng kichik qaytarish koeffisiyenti 0,3 prosentga ega bo‘lgan material qora duxobadir. Shuning uchun ham qora duxoba eng qora rangga o‘xshab ko‘rinadi.
oq va qora ranglarni bir-biriga aralashtirib con-sanoqsiz axromatik rang tuslarini hosil qilish mumkin. Bunda biror rang tusining olining miqdori muhim rol uynaydi. Axromatik ranglarning xromatik ranglardan asosiy farqi shuki, ular tanlamay yutish va qaytarish xossalariga ega.
Axromatik ranglardan boshqa barcha ranglar, ya’ni biror rang tusiga ega bulgan ranglar xromatik ranglarga kiradi. Quyosh spektrining barcha ranglari hamda ularning bir-birlari bilan aralashuvidan hosil bo‘lgan hamma ranglar xromatik ranglar jumlasidandir. Shuningdek, oq rang bilan qo‘shilishidan hosil bo‘lgan rang tuslari ham xromatik ranglar jumlasiga kiradi.
Xromatik ranglar axromatik ranglardan farqli ularoq, faqatgina yorug‘lik kuchlari bilan emas, balki nomlari, tuslari jihatidan ham ajralib turadi. Masalan, sariq rang qizil rangdan ham yorug‘lik kuchi bilan, ham rangining tusi bilan keskin farq qilishi, hap bir xromatik rang uchta xossaga: rang tusiga, rang yopqinligiga (bunda kam yoki ko‘p yorqinlik ko‘zda to‘tiladi), rang to‘yinganligiga (rang qo‘yuqligiga) ega bo‘ladi. Har bir xromatik rang ana shu uchta xossasiga ko‘pa bir-biridan farqlanadi.
Rang tusi ranglarning to‘lqin uzunligiga qarab belgilanadi. Rangning bu xossasiga ko‘ra biz ko‘z opqali qizil, sariq, zangori va boshqa spektral ranglarni ko‘ramiz hamda idrok qilamiz. Lekin rang tuslari ularga qo‘yiladigan rang nomlariga qaraganda ancha ko‘pdir. Agar biror rangga oq rang qo‘shilsa, mazkur rang tusining to‘lqinlar uzunligi o‘zgarmaydi. Chunki oq rang qo‘shilganda faqatgina rang yorqinligi o‘zgaradi va u qaytarish koeffisiyenti bilan ifodalanadi. Yorqinlikni aniq o‘lchash uchun fotometr degan asbobdan foydalaniladi.
Rang yopqinligi ham xromatik ranglarning asosiy xossalaridan biri bo‘lib, tushayotgan yorug‘lik ko‘rini o‘zida ko‘p yoki kam aks ettirishidir. Agar yorug‘lik nurlari ko‘p aks etsa, biz rangni och tusda (masalan: och qizil, och sariq va hakozolar), kam aks etsa, to‘q tusda (masalan: to‘q yashil, to‘q qizil) idrok qilamiz. Ranglarning bu xossasi barcha tusdagi ranglar uchun - xromatik ranglar uchun ham, axromatik ranglar uchun ham umumiy hisoblanadi. Shuning uchun ranglarni yorqinligi jihatidan bir-birlariga taqqoslab ko‘rish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, xromatik ranglarning yorqinligiga mos tushadigan (xromatik rang qapama-qarshiligi) xromatik tusni tanlab olish oson bo‘ladi.
Rang tuslari spektr ranglariga qanchalik yaqinlashsa, ularning yorqinligi shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Rang to‘yinganligi ham iiala rang gruppasiga xos narsa bo‘lib, axromatik ranglardan ko‘proq kul ranglar shkalasiga, xromatik ranglarda esa ko‘pincha spektr ranglariga solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Rang tuslarining to‘yinganligi turlicha bo‘ladi. Masalan, birorta sariq rangni yorqinligi bo‘yicha unga teng keladigan och kul rang bilan aralashtirilsa, unda rang tusining to‘yinganligi birmuncha pasayib oqishroq yoki tim to‘yingan bo‘lib qoladi. Agar yana kul pang qo‘shishni davom ettirsak undan ham past rang tusining hosil bo‘lishini ko‘ramiz. Aralashmada kul rangning ta’siri kuchli bo‘lganligi uchun sariq tus sal-pal sezilishi yoki umuman sezilmasligi ham mumkin. Ranglar doirasida bir-biriga rubaru to‘rgan rang dog‘chalari qarama-qarshi yoki to‘ldiruvchi ranglar deb ataladi. Ular ranglar doirasida, bir-birlariga ohangdosh bo‘ladi va bir-birlarini to‘ldiradi. (2. a - rangli rasmga qapang).
Tuldiruvchi ranglar qatop qo‘yilganda muvofqlashuv qonuniga binoan yanada ochiqroq yoki yorug‘roq bo‘lib ko‘rinadi, aytaylik qizil rang yashil rang bilan yonma-yon qo‘yilsa, boshqa rang qatorlariga nisbatan yanada ochiqroq va qizilroq ko‘rinadi. (2. b -·rangli rasmga qapang).
O‘quvchilarga ranglarning tuslari va to‘ldiruvchi ranglar to‘g‘risida gapirilganda ularning qanday yo‘llar bilan hosil qilinganligini tushuntirib o‘tish kifoya. Bularni o‘quvchilar o‘qituvchi bilan birgalikda palitrada amalda tajriba qilib ko‘radilar.
Agar ikkita to‘ldiruvchi rang bir xil miqdorda aralashtirilsa, kul rangga o‘xshab qoladi. Natijada birorta rangning yorug‘lik kuchini kamaytirish uchun ustidan to‘ldiruvchi rangning suyuq eritmasi bilan bo‘yaladi yoki atrofidagi rang halqasi o‘zgartiriladi. Masalan: qizil rangni ozroq kuchsizlantirish uchun uni yashil rangning cuyuq eritmasi bilan qoplash kerak goho yokiga birorta qizg‘ish tusdagi bo‘yoq suriladi.
Tabiatdagi mavjud ranglarni yana o‘z navbatida iliq va covuq ranglarga ajratish mumkin. Ranglarning bu xususiyatlari ham ularning asosiy xossalaridan biridir. (2. b - rangli rasmga qarang).
Iliq ranglarga quyoshni, alangani, qizigan temirning taftini eslatuvchi sariq, zarg‘aldoq, qizil, sarg‘ish yashil kabi ranglar kiradi. Iliq ranglarning asosiy xossalaridan biri shuki, ular ko‘zga tez tashlanadi hamda sezgi organlariga kuchli ta’sir etadi. Barcha iliq yoki ochiq ranglarni shartli ravishda burtgan yoki aktiv ranglar deb atash mumkin. Rasmda oldingi planni tasvirlashda ko‘pincha iliq ranglardan foydalaniladi. Ayrim hollarda iliq ranglarni yoqimli deb atash ham mumkin. Sovuq ranglar aksincha, yoqimsiz ranglar deb yuritiladi.
Sovuq ranglarga esa muz, suv, osmonning ranglarini eslatuvchi ko‘kish yashil, zangori va binafsha, havo rang, to‘q yashil, ko‘kish qizil ranglar kiradi. Sovuq ranglar ko‘pincha og‘irlikni, hajdorlikni, o‘zoqlikni hamda perspektivalarni ko‘rsatishda qo‘llaniladi. Sovuq ranglar shartli ravishda botgan ranglar deb ataladi. Iliq va sovuq ranglar dekorativ bezash ishlarida keng qo‘llaniladi hamda rangli tasvir ishlashda juda qo‘l keladi.
Iliq va sovuq ranglarning fazoviy xususiyatlarini tekshirishda 3. a -rangli rasmdan foydalanish mumkin. Bu rasmda uchta bir xil o‘lchamdagi kul rang, yashil, qizil doiralar tasvirlangan. Agar biz shu rang doiralariga diqqat bilan qarasak, dastavval qizil rang keyin esa yashil rang va nihoyat oxirida kul rang idrok qilinadi. Tajribali rassomlar ranglarning bu xususiyatlaridan orqa planlarni tasvirlashda, rangli tasvirdagi bo‘shliqlarni ifodalashda foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |