Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika inistituti abduvaliyev abdumutal raxmatulla o


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI



Download 0,51 Mb.
bet3/18
Sana20.02.2022
Hajmi0,51 Mb.
#460910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
dissertatsiya

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI........................................


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. “O‘zbekiston Respublikasining ustuvor siyosati, ta’lim tizimi ish mazmunini demokratlashtirish, XXI asr yoshlarini har tomonlama rivojlangan, yetuk, dunyoviy fikr yuritadigan, bilimli, barkamol Shaxslarni jahon ta’lim standartlariga mos ravishda tarbiyalash dolzarb vazifalardan biridir”
Sog‘lom avlod tushunchasi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘z davrining komil insoni hisoblanadi. Demak, sog‘lom yoshlar har qachon, har yerda o‘z fikriga, sog‘lom mulohazasiga ega bo‘ladi, xalq va davlat manfaatini himoya qiladi. Uning aql-zakovati, intellekti, teran dunyoqarashi orqali o‘z maqsadiga erishish yo‘llarini qidirib topadi.
Yurtboshimiz ta’kidlab o‘tganlaridek «Biz uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masala, bu - farzanlarmizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarini egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash vazifasidir1».
Yurtimiz kelajagi, xalqimiz, mamlakatimizning intellektual salohiyatiga, aql-zakovatiga, milliy ta’lim-tarbiya tizimini jahon andozalari asosida takomillashtirish, ta’lim tizimini yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilishga, kadrlar tayyorlashga bevosita bog‘lik. Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan barkamol tashkilotchi va zukko kadrlarga ega bo‘lishi uchun avvalo ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni hozirgi davr talabi darajasiga ko‘tarish zarur va muhimligini hayot taqozo etyapti.
So‘ngi yillarda ta’lim tizimiga boshqa sohalardan bir qator yangi tushunchalar kirib keldi. Bugungi kunda ta’limning iqtisodiyligi va takomillashganligi o‘rgatuvchi va o‘rganuvchi aloqalari, texnika va texnologiyalar, ta’limni interfaol metodlar asosida tashkil qilish,
hamda ta’lim samaradorligini oshirishga katta e’tibor berilmoqda.
Ta’lim tizimida, ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish – ta’lim samaradorligini oshiradigan innovatsion usuldir. Yoshlarni yangicha ishlashga va tafakkur yuritishga o‘rgatish davr talabi ekanligi yurtboshimiz tomonidan asoslab berildi.
Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalarida o‘qitish jarayonida interfaol usullardan foydalanishga erishilmoqda. Bu esa interfaol ta’lim asosida tashkil etilayotgan pedagogik jarayonlarni mazmun-mohiyatini to‘liq tushunib etishga va ularni samarali, qiziqarli, sifatli bo‘lishini ta’minlashga ko‘maklashadi. Mazkur usullarning yangi-yangi ta’lim usulariga tavsif beramiz. Interfaol metod nima yoki nimani anglatadi? Interfaol metodlar – shunday metodlarki, u o‘quvchi-Yoshlarning o‘zaro muloqot va o‘zaro ta’siridagi dars jarayonini amalga oshiruvchi usul. “Interaktiv” so‘zi ingliz so‘zidan olingan bo‘lib “Interakt”, ya’ni “Inter” - bu “ o‘zaro”, “akt” - “harakat, ta’sir, faollik” ma’nolarini bildiradi.
Interfaol usullardagi darslar o‘quvchini ijodiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrni erkin bayon etishga, tashabuskorlikka, guruhlarda masalalar yechimini topishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma ravishda bayon etishga chorlaydi.
Hozirda yangicha metodlarni yoki innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish haqida to‘xtalganda interfaol usullarning O’quvjarayonida qo‘llanishi tushuniladi.
Interfaollik – bu o‘zaro ikki kishi faolligi, ya’ni, bunda o‘quv- biluv jarayoni o‘zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter yordamida ) yoki o‘quvchining o‘zaro muloqotiga asosan kechadi.
Interfaollik o‘zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o‘quvchi va o‘qituvchi muloqotlarida sodir bo‘ladi. Interfaol usulning bosh maqsadi: o‘quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali o‘quvchining faol, erkin fikr yuritishiga muhit yaratishidir. U o‘zini intellektual salohiyatini namoyon etadi va o‘quv sifati va samaradorligini oshirishni ta’min etadi.
Interfaollik asosida darsni tashkil etish shunday kechadiki, bu jarayonda birorta ham o‘quvchi chetda qolmaydi, ya’ni ular ko‘rgan, bilgan, o‘ylagan fikrlarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘quvchilar hamkorlikda ishlashda mavzu mazmunini bilish, o‘zlashtirishda o‘zlarining Shaxsiy hissasini qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘zaro bilimlar, g‘oyalar, fikrlarni almashish jarayoni sodir bo‘ladi. Bunday holatlar o‘zaro samimiylikni taminlaydi, yangi bilimlar olish, o‘zlashtirishga havas ortadi, shu jarayonda bir-birlarini qullab-quvvatlash, o‘zaro do‘stona munosabatlar vujudga keladi. Buning tarbiyaviy ahamiyati katta. Demak, interfaol darslarni tashkil qilishda o‘quv jarayonida yakka tartibda va juft bo‘lib ishlash, guruhlarda ishlash, izlanishga asoslangan loyixalar, ro’lli o‘yinlar, axborot manbalari bilan ishlash, ijodiy ishlashdan foydalanish mumkin.
Interfaol usullar nimalarni o‘z ichiga oladi? Hozirgi kunda quyidagi interfaol usulning shakl, formalari amalda qo‘llanilmoqda.
Interfaol usullarning shakllari:
-Juftlikda ishlash;
- Karusel;
-Kichik guruxlarda ishlash;
-Akvarium;
-Tuganlanmagan gaplar;
-Aqliy hujum;
-Braun harakati;
- Daraxt yechimi;
- O‘z nomimdan so‘zlayman;
- Fuqarolar eshituvi;
- Rolli o‘yinlar;
- Munozara;
- Debatlar.
Yuqoridagilardan foydalanishda qandaydir bir maqsadni ko‘zda tutib, muammoni keltirib, o‘quvchilarni shu jarayonda ishlashga tayyorlab, uni ma’lum malakalarga ega bo‘lgan holatlarda qo‘llanilsa kutilgan natijalarni olish mumkin. Interfaol o‘qitishda o‘qitish muhitini tashkil etiladi, qulay muhit yaratiladi, yahshi tashkil etilgan o‘qitish muhiti:
- o‘qish va tadqiqotlarga ko‘maklashadi;
- turli tadqiqotlar olib borish uchun materiallarga egabo’ladi;
- ijodkorlik qobiliyatiga rag‘bat beradi;
- fikrlar va axborotlar almashuviga imkon yaratadi;
- ma’lumotlarni mustaqil olish ko‘nikmalarini shakllantiradi;
- uzluksiz ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Shunday qilib, interfaol metodlar dastlab AQSH, Angliya, Fransiya, so‘ngra Yaponiyada, 70-yillardan boshlab Rossiyada, 90-yillardan O‘zbekistonda qo‘llab kelinmoqda.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish