Abdulla Oripov. She’rlar. “Jannatga yo’l” dramatik dostoni Dars rejasi



Download 62 Kb.
bet1/2
Sana05.06.2022
Hajmi62 Kb.
#638891
  1   2
Bog'liq
Abdulla Oripov. She’rlar. “Jannatga yo’l” dramatik dostoni Dars


Aim.uz

Abdulla Oripov. She’rlar. “Jannatga yo’l” dramatik dostoni
Dars rejasi:

  1. Shoirning hayoti va ijodi

  2. Vatan va istiqlol haqidagi she’rlari

  3. “Jannatga yo’l” dramatik dostonida do’stga sadoqatlilikning ifodalanishi

Tayanch so’z va iboralar: Shoirning hayot yo’li, she’riyat olamiga qadam qo’yishi, ilk asarlarining nashrdan chiqishi, O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining muallifi, O’zbekiston Qahramoni, dramatik dostonining badiiy qimmati. Vatan va istiqlol haqidagi she’rlari.
Abdulla Oripov atoqli o’zbek shoiri, davlat va jamoat arbobidir. XX asrning 60-yillaridan A.Oripov asarlari bilan boshlangan sifat o’zgarishlar o’zbek adabiyotini yangi bosqichga ko’tarishda muhim rol o’ynadi.
Yassaviy, navoiy, bobur, Cho’lpon, G’afur G’ulom ijodiy an’analarini davom ettirayotgan A.Oripov she’riyati o’zbek adabiyotini uzviy bir yahlitlikda o’tmish va kelajak bilan bog’lab turadi.
Shoirning hayot va ijod yo’li. Bo’lajak shoir Navro’z kiradigan kun 1941 –yil 21-matrda Qashqadaryo viloyati Koson tumani, Nekuz qishlog’ida tug’ildi.
Kenjatoy Abdullajon tirishqoq va shoirtabiat bo’lib ulg’ayishda oddiy dehqon Orifbobo va munis aya Turdi karvon qizi ta’sirlari katta bo’lsi.
Xayolsevar, hayotsevar yigit maktabni oltin medal bilan bitirdi. Toshkent Davlat (hozirgi Milliy) universitetning filologiya fakultetida tahsil oldi.
Adabiyotning nozik bilimdonlari Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qo’shjonov, Umarali Normatov kabi ustozlar qo’lidagi ta’lim-tarbiya: Erkin Vohidov, O’tkir Hoshimov, Shukur Xolmirzayev kabi talaba do’stlar muhiti; Oybk, G’avur G’ulom, Abdulla Qahhor, Mirtemir singari san’atkorlardan bevosita va bilvosita olingan saboq g’unchalab kelayotgan Abdulla Oripov iste’dodiga barakali ta’sir ko’rsatdi.
A.Oripov dastlabki “Miit yulduz” she’riy to’plami bilanoq butun O’zbekistonga mashhur bo’lib ketdi. Keyingi kitoblari bu ishonchni yanada mustahkamladi.
A.Oripov mustaqillik davrida Vatan, Erk, Ozodlikni tarannum etuvchi o’nlab yangi she’rlar yozdi. Yangi tarixiy sharoit ijodiga yangi to‘lqinlar olib kirdi. Haj safari natijasida tug’ilgan hamda hikmatomuz hadislar talqiniga bag’ishlangan falsafiy-didaktik she’rlari so’nggi bosqich o’zbek adabiyoti ufqlarini yanada kengaytirdi.
“Jannatga yo’l” dramatik dostoni nazm va dramaturgiyaning yetakchi xusuiyatlarini o’zida istifoda etgan dramatik doston janriga mansub.
Afsonaviy-mifologik va fantastic mavzu asosida yaratilgan asardagi voqea-hodisalar “narigi dunyo”da sodir bo’ladi. Lekin bu yozuvchi qo’llagan bir usul ekanini unutmaslik kerak. Aslida mifologik libosda realistic maqsad harakat qiladi, ya’ni adib afsonaviy naql vositalari orqali biz yashab turgan shu dunyo muammolarini talqin etadi.
Komil inson, ezgulik, yomonlik, oxirat singari qadriyatlarning azaliy mezonlari jonli timsollar –jonli obrazlar orqali ko’rsatiladi. Muallif maqsadlarini ifodalovchi ramziy ma’no nomiga jo qilingan. Inson tasavurriradi oily ideal, oily xilqat jannat ekan, bu joyga eltuvcho yo’l, shoir talqini va tasvirich, siz bilan biz yashayotgan shu tiriklik dunyosiga ezgulik, mehr-muruvvat, diyonatda: ota-ona, yaqinlar, umuman, odamlar oldidagi ularning har biriga munosib qarzni uzish va burchni ado etishda. AOlloh oldidagi qarz, avvalombor, uning bandasi oldida uzilmog’I kerak. U dunyoning ochqichi shu dunyoda. Tiriklik dunyosidagi qilmishlar, nojo’ya ishlar uchun bu yorug’ olamda tegishli ajr olishga ulgurilmasa-da, oxiratda u oqizmay-tomizmay olinishi, shubhasizdir.
A.Oripov hayotdagi murakkablik, ziddiyatlarni “u dunyo”dagi qahramonlar orqali ham namoyon etish lozimligini unutmaydi. Bu e’tibor harakter hayotiyligi, haqqoniyligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi.
Muallif Yigitning yaxsi niyatlarni amalga oshira olmagani sabablari bo’lganini ko’rsatadi. U ham ne-ne ig’volarga uchragan, sadoqatli odamlarga muhtoj, gohi yolg’iz, gohida nochor edi.
Yolg’iz edi dunyoda u, lekin chinakam
Yolg’izlatib qo’ygan edi hayot beshfqat
Ona tilidan shoir o’g’li haqida aytilgan bu fikrda nainki asardagi Yigit obrazi, balki jumla jahondagi aksar buyuk shoirlarga xos holatlar ifodasini topadi.
Dostonda Yigit va Do’st obrazlari orqali do’stlik ulug’lanadi. Murakkab vaziyatga tushib qolgan ikki do’stning bir-biriga cheksiz sadoqatini ko’rsatish orqali A.Oripov inson umri mohiyatidagi go’zallik va qaudratning asosi do’stlikdadir, degan g’oyani ilgari suradi.

Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish