Insho O‘zbekiston kelajagi -mening tasavvurimda
Rej a:
I. К i r i s h. O'zbekistonning tarixi va istiqboli haqida.
II. A s о s i у q i s m: 1. «Men nechun sevaman O'zbekistonni?»
2. O'zbekiston jahonga yuz tutmoqda.
3. Vatanimning tabiiy boyliklari.
4. Vatanim — rivojlangan sanoat maskani.
5. O'zbekiston shoirlar va adiblar madhida.
III. X u 1 о s a. O'zbekiston — kelajagi buyuk davlat.
Bir o`lkaki , tuprog`ida oltin gullaydi ,
Bir o`lkaki , qishlarida shivirlar bahor ,
Bir o`lkaki , sal ko`rmasa quyosh sog`inar …
Bir o`lkaki , g`azabidan asabi chaqnar ,
Baxt toshini chaqib bunda kuch guvillaydi .
Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek
Har bir xalq, millat hamisha erkin yashashni xohlaydi va shunga intiladi. O'zbek xalqi ham o'zining ko'p yillik orzusiga 1991- yil 31-avgustda erishdi. Mustaqillik xalqning asrlar davomida ro'yobga chiqmagan orzu-maqsadlarining amalga oshishiga yo'l ochib berdi,/ Shunday orzularimizdan biri — ona tilimizning Davlat maqomiga ega bo'lishi edi. Garchand «Davlat tili haqida»gi Qonun mustaqillikgacha qabul qilingan bo'lsa-da, istiqlol yillarida ona tilimizning rivojlanishiga keng imkpniyatlar yaratildi, uni o'rganishga e'tibor ortdi.
Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Vatan ostonadan boshlanadi. Vatan— bu oila, men tug'ilib voyaga yetgan go'sha, qo'ni-qo'shni, mahalla, qishloq, maktab, qo'yinki, men yashab turgan zamindagi hamma-hamma narsaj Vatanni onaga qiyoslaydilajci Onaning muqaddasligini la'riflashga so'z ojizlik qiladi. Shuning uchun ham Vatanni e'zozlab, uning har bir qarich tuprog'ini muqaddas bilamiz. Uning ravnaqi, tinchligi uchun hissa qo'shish, hamisha ogoh bo'lib yashash, ichki va tashqi dushmanlardan asrashni burchimiz deb bilamiz.
Har bir xalq o'z Vatanini nechun sevadi? Yer yuzida shunday yurtlar borki, yil — o'n ikki oy yoz bo'lmaydi yoki aksincha. O'shan-day yurtlarda yashovchilar ham Vatanini boshqa yurtga alishmaydilar. Nima uchun? Chunki bu yerda Vatan tuyg'usi, degan buyuk bir tushuncha bor. Har kimning kindik qoni to'kilgan joy — muqaddas, uning Vatani hisoblanadi. Mana shu tuyg'u bilan biz O'zbekistonni sevamiz.
O'zbekiston — tabiiy boyliklarga serob diyor. Bu boyliklarni asrab-avaylash har birimizning burchimizdir. Istiqlol davrida sanoatni, tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqdaj Xorij sarmoyalarini jalb etgan holda qo'shma korxonalar qurilmoqda. Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, eksportni yo'lga qo'yishga harakat qilinmoqda. Tarixdan bilamizki, har bir davrning ijodkorlari Vatanni kuylashgan, madh etishgan. Mustaqillik yillarida istiqlol madh etilgan bir qator asarlar yaratildi.
O'zbekiston — kelajagi buyuk davlat. Uni biz har qadamda, yurti-mizning har kunlik faoliyatida sezib, ko'rib turibmiz. O'zbekistonning kelajagi ko'p jihatdan biz yoshlarning tarbiyasiga, barkamol avlod bo'lib yetishishimizga bog'liq. Shu ma'noda, milliy istiqlol g'oyasini qalbimiz va ongimiz bilan his etishimiz, milliy qadriyatlarni, tariximizni sevib o'rganishimiz, ularga sodiq bo'lishimiz kerak bo'ladi. Vatanni seving, ardoqlang. Chunki u ona kabi muqaddasdir!
Xulosa qilib aytganda , xalqimizning iqtisodiy va ma`naviy jihatdan yuksalishi , vatanimizda yashayotgan har bir fuqarolarning vatanga bo`lgan chuqur hurmati bilan ham belgilanadi . Biz O'zbekiston fuqarosi sifatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan katta o'zgarishlarda o'zimizning ham hissamiz borligini doimo his qilib turamiz. Bu esa bizni jamiyat hayotida yanada faol ishtirok etishga, o'z Vatanimizning haqiqiy vatanparvari, ongli fuqarosi bo'lishga da'vat etadi.
Biz Vatanimizni qanchalik sevsak , uning xususiyatlari shunchalik ortadi , bu yorug` olamda yurtning betakror va yagona ekanini his qilamiz , uning timsolida o`zimizni , o`z baxt iqbolimizni ko`ramiz !
Bilim deb, o'qish va yozishni yaxshi bilish, har bir kerakli narsalarni o'rganmoqqa aytiladi. Bilim — dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Bilim inson uchun g'oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zeroki, bilim bizga o'z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko'rsatadi. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o'tkir qiladi, Savobni gunohdan, halolni haromdan, pokni nopokdan ajratib beradi. Bilimsiz inson mevasiz daraxt kabidir. Chunki bilimsiz kishilar ota-onasiga, qarindosh-urug'iga, yor-do'stiga va millatiga foyda yetkazish bir yoqda tursin, o'ziga lozim bo'Igan amallarni ham loyig'icha qila olmaydi. Bilimning foydasi shu qadar ko'pki, ta'riflagan bilan ado qilish mumkin emas. Bizlarni jaholat qorong'uligidan qutqaradi. Madaniyat, insoniyat, ma'rifat dunyosiga chiqarib, yomon fe'llardan, bema'ni ishlardan qaytaradi. Yaxshi xulq va adab sohibi qilib tarbiyalaydi.
Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir. Shariatimizda qaysi ilmga muhtoj bo'lsang, shuni bilmoq farzdir, deyilgan. Shuning uchun o'qimoq, bilmoq zamonlarini qo'ldan boy bermay, vujudimizning dushmani bo'Igan jaholatdan qutulmoqqa jonimiz boricha harakat qilmog'imiz lozim.
Ilm tushunchasi bilim , ma`naviyat , ma`rifat , ziyo kabi so`zlar bilan chambarchas bog`liq bo`lib , kishining hayoti davomida zarur bo`ladigan bilimlar yig`indisir.
Inson tug`ilishidan ilmli bo`lib dunyoga kelmaydi , aksincha u ilmni avvalo ustoz-murabbiylardan , ota-onasidan , qolaversa bilimli kishilardan , hayotdan o`rganadi .
Bizga birinchi bilim egallashimizda ustozlarning o`rni beqiyos . Ular bizga 9 yil davomida turli fanlardan saboq beradilar . Keyichalik esa biz kasb-hunar kollejlarida o`qishni davom ettirib ilm olish bilan birgalikda kasb- hunar ham egallaymiz .
Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimiy bitiklar , xalq og`zaki ijodi namunalaridan tortib , bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo`lyozmalar , ularda mujassamlashgan tarix , adabiyot, san`at , siyosat , axloq , falsafa , tibbiyot , kimyo , matematika , astronomiya , me`morlik , dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma`naviy boyligimizdir . Biz bu ilmlarni puxta egallab , kelajakda komil inson bo`lib yetishamiz hamda tarbiyalanamiz . Hayot qiyinchiliklarini olgan bilim va ko`nikmalarimiz orqali bartaraf etamiz . Inson jismoniy kuchiga emas , aqliga baho berish lozim . Inson kuchi yillar o`tishi bilan zaiflashib boradi , o`rgangan bilimi esa hech qachon qarimaydi. Xalqimizning ajoyib udumlari, an'analari behisob. Ammo ular orasida bir an'ana borki, u haqda har qancha so'zlasang shunchalik oz. Bu - kitob bilan bog'liq an'ana bo'lib, elimiz mutolaani sevishi, unga chanqoqligidir. Kitob uni yaratgan xalqning bebaho ma'naviy boyligidir. U inson aql-idroki va ijodkorligining buyuk kashfiyotlaridan biridir. Kitob – hayot darsligi, barcha bilimlar asosi, dunyo voqea-hodisalari va elu elatlar hayotidan hikoya qiluvchi birdan-bir manba. Kitob — insonning yaqin do'sti, aqlli suhbatdoshi, beqiyos sirdoshi. Kitoblar orqali kishilar asrlar bilan, ming yillar bilan, qadim zamonlarda va yaqin o'tmishda yashab o'tgan, hozir yashayotgan donalar, fozillar bilan suhbatlashishi, sirlashishi mumkin. Kitob – xazinalar kaliti, tafakkur manbai. Kitob – nonday aziz, mo'tabar va muqaddas. Shu boisdan ham kitobni sevish, qadrlash va e'zozlash qadim-qadimlardan boshlangan. O`zbekiston ozod va mustaqil davlat . Bu zaminda yashayotgan har bir yurt farzandi Vatanimizning ozodligi hamda mustaqilligi, uning yana ham rivojlanishi uchun sitqidildan ilm egallamog`i lozim. Bu zamindan yetishib chiqqan To`maris, Al-Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Amur Temur, Jaloliddin Manguberdi, Mirzo Ulug`bek, Bobur Mirzo kabi ajdodlarimiz yo`lidan borib , Mustaqil O`zbekistonimizni dunyoga tanitishda ilm yo`lida izlanib, harakat qilmog`i kerak .
O`zbek xalqi ma`naviy dunyosining shakllanishiga g`oyat kuchli va samarali ta`sir ko`rsatgan ulug` zotlardan biri – bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo`tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi, zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so`z yuritamiz. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g`ururi, sha`n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o`lmas so`z san`atkoridir. Ta`bir joiz bo`lsa, olamda forsiy va turkiy tilda so`zlovchi biron-bir inson yo`qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa. Inson qalbining quvonch-u qayg`usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg`usi ham bizning ong-u shuurimiz, yuragimizga, avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Tan olamizki, hech bir inson g`azal haqida suhbatlashayotganda, Alisher Navoiy yonidan bepisand o`ta olmaydi. Alisher Navoiy g`azal mulkining sultoni va avvalo, lirik shoir. Shoir lirikasining asosiy janri esa g`azal. Shoir bolalik chog`laridan umrining oxirigacha she`riyat bilan hamroh bo`ldi: turkiy va forsiy tillarida boy lirik meros qoldirdi. Xususan, uning yozgan g`azallarining jozubadorligi mazmunning, mohiyatnig chuqur ildiz otganligi, so`z san`atini qo`llash mahorati va so`z boyligining nihoyatda yuqoriligidir. Tasdiq o`rnida Navoiyning bir baytiga sharh berishga harakat qilsam:
Qatra qonlarkim tomar ko`ksimga urg`on toshdin,
Zulmdindir demakim, qon yig`lar ahvolimga tosh.
Ya`ni, hijron olamiga oshiq chiday olmay ko`ksiga tosh urdi va yerga qon oqa boshladi. Shoirning ta`rificha, buning sababi toshning yetkazgan jarohati emas, balki, oshiq qalbiga urilgan tosh, uning bag`ridagi g`amni ko`rib qon yig`lamoqda. Naqadar go`zal ifoda!
Butun boshli mumtoz adabiyotimizning eng sarbaland ijodkorlari g`azal janri orqali o`zlarining eng nafis hamda jamiyatning qaynoq muammolarini o`rtaga tashlaydilar. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy ham o`z lirikasida tabiat, jamiyat, Vatan, komil inson, ma`naviyat, axloq sohalarining sanoqsiz muammolarini chuqur badiiy tahlil etgan. Shoir umri mobaynida komil insonni dunyoviy manfaatlardan holi ravishda ilohiy muhabbat bilan sevgan. Navoiyning o`z e`tiroficha, majoziy ishqdan maqsad, haqiqiy muhabbatni kuylamoqdir. Majoziy ishq orqali haqiqiy ishqni kuylash Navoiy singari haqiqat ahli uchun maxsus yo`ldir.
Alisher Navoiy asarlarida umuminsoniy mavzular yoritilib, ulardagi ma`no-mazmun katta umid, orzu-maqsadlar bilan Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo`shaman, deb belini mahkam bog`lab maydonga chiqayotgan, azm-u shijoatli avlodni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga komil insonni tarbiyalash g`oyalarini ilgari suradi. Biz bu merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko`p bahramand etsak, milliy ma`naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol topdirishda shunchalik qudratli ma`rifiy qurolga ega bo`lamiz.
Navoiydan bizga nihoyatda katta adabiy, shu bilan birga abadiy meros qolgan. Besh asrlik vaqt ummonidan butun chiqqan bu xazina hamon insonlar hayotining ajralmas qismi bo`lib qolmoqda. Chin insoniy fazilatlarni kuylagan Hazrat Alisher Navoiy nomi zarhal harflar bilan abadiyat kitobiga bitilgan. Shu bois, biz shoirning shohbaytlar mutolaasidan sira tolmaymiz. Demak, barkamol avlodni tarbiyalash xalqni tarbiyalasg deganidir.
Alisher Navoiy o`zigacha bo`lgan badiiy adabiyotga yakun yasadi. Yangi bosqichni ta`minladi va turkiy adabiyotning kelajak rejasini tuzib ketdi. Navoiy o`zbek adabiyotida, asosan, she`riyatda, ba`zan dostonlarda avval bo`lmagan, insonning qadri masalasi, xalq masalasi, ayol, adolat masalasi kabi mavzularni yuksak darajaga ko`tardi. U umri davomida adolat haqida yozdi. Shuning uchun ham u xalq nazarida adolat timsoliga aylandi. Navoiy turkiy tilning go`zalligini isbotlash uchun Nizomiy Ganjaviy “Panj ganj” ni yozgan bahrda “Xamsa”ni yaratdi. Navoiy mustaqil hayoti davomida aqlan va ruhan o`zbek xalqining millat tarixidagi eng buyuk farzandi darajasi kuchiga ega bo`lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. N.Karimov. S.Mamajonov, B.Nazarov va boshqalar. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. T.: “O‘qituvchi”, 1999. –544 b.
2. Qo‘shjonov M.Suvon Meli. Abdulla Oripov. T.: Ma’naviyat, 2000.
3. XX asr o‘zbek she’riyati antologiyasi. T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2007. – 496 b.
4. Sanjar Sodiq. Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi. O‘qituvchi NMIU, 2019. –720 b.
5. Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. T.: Sharq, 2019.
Do'stlaringiz bilan baham: |