Abdulla Oripov noyob iste'dod egasi. Chuqur falsafiylik, milliy ruh, diniy-axloqiy mezonlarga sadoqat shoir she'riyati asoslarini tashkil etadi



Download 0,55 Mb.
bet4/18
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#200166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Abdulla Oripov referat

Albatta, bu kitoblar orasida xalq dostonlari ham, Navoiy bobomizu Pushkindan tarjimalar ham, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon she’riyati va yana boshqa ko‘p romanu qissalar bo‘lardi.

Odamning hayoti tasodiflar bilan bog‘liq. Agar men tasodif bilan adabiyot fakultetiga emas, boshqa fakultetga o‘qishga kirganimda boshqa sohaning odami bo‘lib ketardim. Masalan, osmon ilmi meni nihoyatda qiziqtirardi. Astronom bo‘lishni orzu qilgan paytlarimni yaxshi eslayman. Qishlog‘imiz osmonidagi piyoladay-piyoladay yulduzlarga mahliyo bo‘lib, qanday sir bor ekan u yerlarda deb ko‘p o‘ylardim. Hozir ham yulduzlar dunyosiga ko‘p qiziqaman. Yulduzlar haqidagi kitoblarni ko‘p o‘qiyman. Bog‘da kichikkina teleskopim bor. Bo‘sh vaqtlarimda yulduzlarni kuzatishni yaxshi ko‘raman.

Matbuotda ilk chiqqan she’ringizni eslaysizmi?



She’rlarim avval tuman, viloyat gazetalarida bosilib turgan bo‘lsa-da, birinchi marta bolalar gazetasida “Qushcha” degan she’rim bosilib chiqqan. Undan keyin qanchadan-qancha she’rlarim, to‘plamlarim chop etildi. Biroq ilk she’rim bosilib chiqqan o‘sha kun, uning quvonchi sira-sira esimdan chiqmaydi. Ehtimol, bu ham adabiyotdagi birinchi muhabbat nash’asidir.

– Sizni katta yo‘lga olib chiqqan ustozlaringiz haqida ham gapirib bersangiz...



Fakultetimizda adabiyot to‘garagi muttasil faoliyat ko‘rsatardi. Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qo‘shjonov kabi ustozlar biz bilan soatlab mashg‘ulot olib borardilar. Keyin Ozod akaning “Oq yo‘l”i bilan “Sharq yulduzi”da she’rlarim bosilib chiqdi. Yozuvchilar uyushmasidagi mushoiralardan birida “Munojotni tinglab”, “Burgut” degan she’rlarimni o‘qidim, o‘sha kuni Abdulla Qahhor nazariga tushdim. Mirtemir domladan ko‘p shogirdlari qatori saboq oldim. Shayxzodadek donishmand ustozga ergashib, u kishi she’r o‘qigan minbarda men ham she’r o‘qidim. Esimda, Eski shahardagi “Turon” kutubxonasida o‘qigan she’rlarimni tinglovchilar juda iliq kutib oldilar. Uchrashuvdan qaytayotganimizda Shayxzoda domla bilagimdan tutib, “Shoir, sizga bitta gapim bor. Ehtiyot bo‘lgaysiz, ishqilib qarsaklardan taltayib ketmasangiz bo‘lgani”, degan. Bu gaplar ham qulog‘imga qo‘rg‘oshinday quyilib qoldi.

Ustoz G‘afur G‘ulom qatnashgan davralarda she’rlarini o‘z og‘izlaridan necha-necha bora eshitdim. Bir safar G‘afur aka yelkamga qoqib, “Kecha televizorda she’r o‘qigan bola senmisan. Yozaver, o‘g‘lim”, deganlarini hech qachon unutmayman. Oybek domla uylariga chorlab, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga a’zolikka tavsiya yozib, uni qo‘limga tutqazganlar. Bu voqea ham sira esimdan chiqmaydi.

– Abdulla aka, o‘tgan asrning 60-yillari “iliqlik davri” deb nomlanadi. Bu yillar shaxsga sig‘inish davridan keyingi jamiyatda kurtak yoza boshlagan erkin nafas olish mumkin bo‘lgan davr edi. Ana shu yillarda adabiyotga yangi to‘lqin kirib keldi. Bu siz mansub bo‘lgan avlod ijodkorlari edi...

Adabiyotimizda o‘tgan asrning qariyb yarmidan ko‘pi urra-urrachilik, g‘oyabozlik davri bo‘lgan edi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Adabiy jarayonga yalpi nazar tashlaganda shunday taassurot tug‘ilishi tabiiydir. Darhaqiqat, o‘tgan asrning 60-yillarida sobiq mamlakat ma’naviy hayotida qandaydir o‘zgarishlar boshlangan edi. Bu siljishlar o‘sha davrda maydonga chiqqan shoirlar ijodida, ayniqsa, bo‘rtib ko‘rina boshladi. Rus adabiyotida Ye.Yevtushenko, A.Voznesenskiy, B.Axmadulina singari shoirlar paydo bo‘ldi. Yangi epkinning xosiyati shundan iborat bo‘ldiki, bunday ijodkorlar qattiq tanqidga uchradilar, lekin qamalmadilar.

Muhitdagi eng katta yutuq mana shundan iborat edi. Biznikilar ham, shubhasiz, Moskva soatiga qarab ish tutardilar. Biz ham dilimizni ochib, ayrim she’rlarimizni unda-bunda e’lon qila boshlagan edik. Erkin Vohidov kabi shoirlarning nafasida yangi bahor shabadalari ufurib turardi.

O‘zim haqimda gapiradigan bo‘lsam, ba’zi misollarni keltirish bilan cheklanaman. “Tilla baliqcha”, “Birinchi muhabbatim” kabi she’rlarimiz oshdan chiqqan tosh yanglig‘ o‘sha davr mafkurasining tishini qarsillatgani sir emas. Bu she’rlarga qo‘yilgan ayblarni eshitsa, bugungi kunda yosh bola ham kulib yuborishi mumkin. Jumladan, “Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim” satrini katta majlislarda tilga olishib, “partiyaga suyan, davlatga suyan” qabilidagi ko‘rsatmalar bilan “siylashgan”. Hatto biz tarixda ijobiy rol o‘ynadi degan 60-yillar adabiy muhitining ijtimoiy-siyosiy basharasi mana shunday edi.

– “Qatag‘on yillari” bilan solishtirganda garchi bu davr “holva” tuyulsa-da, sovet tuzumi, kommunistik siyosat millatimizni sira ko‘kartirmadi. Erkka talpingan qo‘llarni hamisha kesib, ozodlikni o‘ylagan boshlarni har vaqt dorga tortdi. Shunday og‘ir davrlarni bugun eslab, eting seskanib ketadi...

Siz haqsiz. Mustabidlar siyosatning eng ta’sirli yo‘lini tanlagan, xalqlar boshiga manqurtlik terisini kiydirib, qullik va qaramlikka yalpi ravishda ko‘niktirishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan edi. Bu ayniqsa biz uchun jarohatli va unutilmasdir. Chunki biz oqqan daryoning avlodlarimiz. Lekin istibdod davrida “Sen hech kim emassan, omisan, yovvoyisan”, degan haqoratga chidab kelindi. Yetti iqlimga oyog‘i yetgan, har ishda adolatni bayroq qilgan ulug‘ bobomiz Amir Temurni oqsoq va qonxo‘r deb badnom etdilar. Dunyo sardaftarini she’ru hikmat bilan boyitgan, yulduzlarni kashf etgan xalqni savodsizlikda, madaniyatsizlikda aybladilar. “Senlarni sho‘ro tuzumi odam qildi, yo‘qsa, hamon feodalizm botqog‘iga botib yotar edilaring”, deb tah-qirladilar.

Og‘ir o‘tmishni eslab, nega ko‘nglingda og‘riq uyg‘onmasin! Ayniqsa, qatag‘on yillarini! Siz tasavvur qiling, tuppa-tuzuk bir odam, shoir yoki o‘qituvchi “xalq dushmani” deb badnom etilsa! Chekistlar kelib uyini tintuv qilsa, ko‘z o‘ngida qizlarini, ayolini yechintirsa...

Men bu gapni osmondan olib aytayotganim yo‘q, xalq ta’limi xodimi Nosir Saidiyning qizi Ra’no Ashurbekova qon yig‘lab: “NKVD xodimlari uyimizni tintuv qilishdi, – deydi. – Biz yosh bolalarni ham ota-onamiz oldida yechintirib ko‘rishdi.

Onam homilador edi. Unga ham yechinasan, deyishdi, yechintirishdi. Bechora otam: “Gulsumxon, kechir, sizlarni himoya qilolmayman”, – deya jovdirab yig‘lagani hamon yodimda. Shundan so‘ng onam es-hushidan ayrilib, ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tushib qoldi...”


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish