Ko’chim ko’rinishlari:
Istiora – o’xshatish.
Ramz – timsol, simvol – o’zbek adabiyotida:
May – hayot ramzi;
Gul – ma’shuqa ramzi;
Burgut – mag’rurlik;
Chumoli – mehnatsevarlik.
3. Majoz – adabiy asarda o’quvchiga noaniqroq bo’lgan tushunchani ko’pchilikka ma’lum bo’lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalash.
M: “Maymun bilan najjor”, “Toshbaqa bilan chumoli”.
Ikki kitob muallifi Cho’lpon “Kecha va Kunduz” romanini 1935-1937-yillarda yaratgan. Bu roman o’zbek millatining badiiyatda aks etgan solnomasidir.
Romanda aks ettirilgan voqea 1-jahon urushi endigina boshlangan kezlarda O’zbekistondagi viloyatlardan birida bo’lib o’tadi.
Romandagi qahramonlardan birining: “Biz yaqindagina eshon to’poloni bo’lib o’tgan joydan uncha olisda emasmiz” degan so’zlariga qarab, voqea Andijon viloyatining Dukchi eshon qo’zg’aloni bo’lib o’tgan Marhamat tumaniga yaqin bir joyda bo’lib o’tgan deb aytishimiz mumkin.
Bu davr o’zbek xalqining 2 tomonlama zulm ostida ezilgan davri edi. Mahalliy boylar bu davrda rus mustamlakachilari bilan og’iz - burun o’pishib, o’z xalqining tarixiy taraqqiyoti haqida emas, uni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy qoloqlikdan xalos etish to’g’risida emas, balki o’zlarining rohat-farog’atlari, moddiy farovonliklari haqidagina jon kuyuntirishar edi! Feodal tuzum va mustamlakachilik sharoitida xalq to’g’risida o’ylovchi, uning qiyin, mashaqqatli hayotini yaxshilash haqida qayg’uradigan biron siyosiy kuch mavjud emas edi. Yozuvchi ana shu tarixiy davrni badiiy tasvir va tahlil etish maqsadida asarni yozgan. Bu voqea Zebi timsolida ochib berishga qaratilgan.
“Kecha va Kunduz” romaninig markazida Zebi, Akbarali, Miyoqub turadi, ularning o’zaro munosabatlari, to’qnashuvlari, taqdirlari roman syujetining asosini tashkil etadi.
Cho’lpon asarning boshidan oxirigacha Zebi xarakteridagi samimiyatni, ochiqlikni eng muhim belgi sifatida ko’rsatadi. Uning tomirlarida navqironlik jo’sh uradi, ko’nglida esa tevarak-atrofni qurshab olganlarga, dugonalariga, bahorga, hamma-hamma narsaga muhabbat hokim! U hali hayotning achchiq-chuchugini ko’rmagan. Zebining murg’ak qalbi dunyoda razolat va qabihlik, yomonlik va yovuzlik borligini sig’dira olmaydi.
Zebi 4 devor ichida kishini erksiz qiluvchi havolardan nafas olib ulg’aydi. U ko’proq otasidan qo’rqadi.
Otasi Razzoq so’fi o’z uyining qabristonlar qadar jim-jit bo’lishini istaydi. U xotin-halaj oldida til qaldiratishni ravo ko’rmaydi.
Zebini hayotsevar qilgan omillardan bittasi – uning jarangdor ovozi.
Zebida o’zbek ayollariga xos fazilatlarjamlangan. U poklik, go’zallik, tozalik va navqironlik timsoli.
Akbarali-mingboshi, belida kumush kamar, yonida kumush sopli qilichi, ustida zarbof choponi bo’lmasa, hech kim uni amaldor demaydi.
Cho’lpon Akbarali obrazi orqali mustamlaka Turkistondagi idora usulini, to’ralar va mahalliy amaldorlar o’rtasidagi munosabatlarni yaxshi ko’rsatgan ko’rsatgan.
Romandagi Miryoqub – ancha murakkab obraz. U aslida savodsiz, gazetalardan bexabar, dunyo ishlariga ko’p ham qiziqtirmaydigan, rus tilim ham tuzuk-quruq bilmaydi. Shunga qaramay, ishning ko’zim biladigan o’ta tadbirkor odam. Shuning uchun “Epaga” degan laqab orttirgan. U aralashgan ish bilmay qolmaydi. Pul topish yo’llarini yaxshi biladi.
Miruyoqub hayotning ko’pgina turfa xil voqealariga ro’para keladi va har gal ularning mag’zini chaqishga intiladi. Hayot uning qarshisida bir-biridan murakkab jumboqlarni ko’ndalang qo’yadi.miryoqub ularga javob izlaydi.
“kecha va kunduz” hayotiyligi va samimiyligi bilan, mazmunining teranligi bilan, qahramonlar xarakterining butunligi va to’kisligi bilan umrboqiy asarlar sirasiga mansub.
Bu roman bosilib chiqqandan so’ng, oradan ko’p o’tmay Cho’lpon qamoqqa olinadi. Uning nomini, ijodini targ’ib etish qat’iyan man qilinadi. Bu ahvol 1956 – yilgacha davom etadi.
O’zbekiston milliy mustaqillikka erishgandan so’ngina Cho’lpon adabiyotimiz saflariga qaytdi.
Uning ehtirosli, jo’shqin, teran asoslari bugungi kunimizda juda hamohang.
Savol va topshiriqlar:
1.Cho’lpon she’riyati haqida nima deya olasiz?
2.Qaysi she’rlari kuyga solib qo’shiq qilib aytilgan?
3.Tarjimonligi haqidagi fikringiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “O’zbek adabiyoti tarixi”
2. “O’zbek adabiyoti” 11-sinf, darslik.
3.N.Karimov, S.Mamajonov, B.Nazarov, U.Normatov, O.Sharafiddinov “XX asr o’zbek adabiyoti tarixi”, T – 1999
4.Cho’lpon “Kecha va kunduz” romani.
Do'stlaringiz bilan baham: |