QATTIQ JISMLAR XOSSALARI
O’z shakli va hajmini saqlaydigan jismlar qattiq jismlar deb ataladi.
Qattiq jismlarda atom (molekula)lar muvozanat vaziyatlari atrofida
tebranib turadi. Qattiq jismlar tuzilishiga ko’ra kristall va amorf jismlarga
bo’linadi.
Kristall jismlar.
Atom yoki molekulalari fazoda muayyan tartibli davriy strukturani
(tuzilmani) tashkil etgan qattiq jismlar kristall jismlar deb ataladi.
«Kristall» so’zi yunonchadan olingan bo’lib, «muz» degan ma’noni
bildiradi.
Kristall jismning atom (molekula)lari turgan
joylar tutashtirilsa, kristall panjara hosil bo’ladi.
Atom (molekula)lar joylashgan nuqtalar kristall
panjaraning tugunlari deyiladi. 48-rasmda osh tuzi
kristall panjaralari tasvirlangan.
Kristall jismlarda turli yo’nalishlarda atom
(molekula)lar orasidagi masofa bir xil emas. Har xil
yo’nalishlarda kristallar issiqlik, elektr toki va yorug’likni turlicha o’tkazadi.
49-rasmdagi 1,2 va 3 yo’nalishlarda kristall jismning mexanik xossalari
turlicha bo’ladi.
Jismlarning
fizik
xossalari
uning
ichki
yo’nalishlariga bog’liqligi anizatropiya deb ataladi.
Kristall jismlar anizatrop xossaga ega.
Yunonchada anizos - bir xil emas, tropos -
yo’nalish degan ma’nolarni bildiradi.
Metall parchasi juda ko’p mayda kristallchalardan
tashkil topgan bo’ladi. Metall quyishda bunday
kristallchalar bir-biriga nisbatan tartibsiz joylashib qoladi. Shuning uchun
bunday metallarning fizik xossalari barcha yo’nalishlarda bir xil bo’ladi.
Bir-biriga nisbatan tartibsiz holatdagi ko’p kristallchalardan tuzilgan jism
polikristall deb ataladi.
Lotinchada poli – so’zi ko’p degan manoni bildiradi. Masalan, qotib
qolgan tuz parchasi va oq qand polikristallardir. Ular maydamayda
kristallchalardan tashkil topgan. Sanoat, qurilish, energetika, aloqa va boshqa
sohalarda asosanpolikristall holatdagi mahsulotlar ishlatiladi.
Agar jism yaxlit kristaldan iborat bo’lsa, bunday jism monokristall deb
ataladi.
Lotinchada mono – so’zi bir degan ma’noni bildiradi.
57
Molekulyar fizika
Masalan, alohida mayda osh tuzi, shaker zarrachalari monokristallardir.
Ayrim maqsadlarda, masalan, elektronika sohalarida monokristallar keng
qo’llaniladi. Buning uchun maxsus usullar yordamida monokristallar olinadi.
Suyultirilgan shakardan tayyorlangan novvot ham monokristalldir.
Monokristall anizatrop xususiyatga ega bo’ladi.
Amorf jismlar.
Kristallardan farqli ravishda amorf jismlarda atom (molekula)lar qat’iy
tartibda joylashgan emas. Shisha, plastmassalarni amorf jismlarga misol qilib
keltirish mumkin.
Amorf jismlarning fizik xossalari barcha yo’nalishlarda bir xil bo’ladi.
jismning fizik xossalari uning ichki yo’nalishlarga bog’liq bo’lmasligi
izotropiya deb ataladi. Amorf jismlar izotrop xossaga ega.
Yunonchada izos – bir xil degan ma’noni bildiradi.
Tashqi ta’sir ostida amorf jismlar ham qattiq jismlardek sinuvchan, ham
suyuqliklardek oquvchan bo’ladi. amorf jismni zarb bilan urilsa u
parchalanadi. Lekin kuchlar uzoq ta’sir etsa, amorf jism sezilarli ravishda
oqadi. Masalan, shisha ham ma’lum darajada oqadi. Uzoq vaqt vertical
holatda turgan deraza oynasining qalinligi o’lchanganda, uning pastki qismi
qalinlashib qolgani aniqlangan.
Moddaning kristall xolatini amorf xolatidan farqlovchi asosiy belgisi
shundan iboratki:
Kristall moddalar erish temperaturasida suyuq xolatga o’tadi (eriydi).
Amorf xolatdagi modda qizdirilganda sekin asta yumshab borib, so’ngra
Do'stlaringiz bilan baham: |