Real gazlarning ideal gazlardan asosiy farqlari.
Fikran ideal gazning siqilishiga doir tajriba qilib ko’ramiz. Faraz qilaylik,
silindrda porshen ostida ideal gaz bor. Bu gazni izotermik siqamiz. Ideal gaz
molekulalari xajmga ega emas va u bir – biri bilan o’zaro tasirlashmagani
uchun gazni qanchalik siqmaylik, xech qanday xodisa sodir bo’lmaydi: gaz
(o’z xolicha) gazligicha qoladi.
Ideal gazni - sinashni davom ettiramiz.
Yana xech qanday o’zgarish sodir bo’lmaydi. Gaz
o’z xolicha qoladi.
Qisqasi: ideal gaz parametrlari istalgancha
o’zgarganda xam u gazligicha qoladi.
Real gazlar o’zlarini juda boshqacha tutadi.
Bunga ishonch xosil qilish uchun tekshirilayotgan
gaz qo’zg’aluvchan porshenli juda mustahkam yalti
roq silindr ichiga joylashtiriladi. Gaz qisilganda
isigani sababli issiqlikni tarqatish va gaz temperatu-
rasini doimiy saqlash uchun silindr termostat ichiga
joylashtiriladi. Gaz sekin siqilganda uning tempera-
turasi termostatga issiqlik berishi xisobiga doimiy
qoladi va jarayon izotermik bo’ladi. Tajriba boshla-
nishida gaz bosimi mos ravishda Boyl – Mariott qonuniga muvofiq o’zgaradi.
Bu bosqich grafikda 1-2 izoterma tarzida tasvirlangan. Biror paytdan boshlab
(grafikdagi 2 nuqta) gaz xajmining keyingi kamayishi uning bosimining
ortishiga olib kelmaydi. Bu vaqtda silindr devorlarining sirtida suyuqlik
43
Molekulyar fizika
tomchilarini ko’rishimiz mumkin. Binobarin, gazning bir qismi suyuqlikka
aylanadi, endi silindrda bir vaqtda gaz xam, suyuqlik xam bo’ladi.
Gazning keyingi siqilishi uning massasini kamayishiga va suyuqlik massa-
sining ortishiga sababchi bo’ladi. Bunda bosim o’zgarmaydi (2-3 izobara).
Nixoyat, gazning xammasi suyuqlikka aylanadi. Suyuqlikni siqishga
urinib ko’rish bosimni keskin ortib ketishiga olib keladi. Bosimning ortishi
suyuqlik molekulalari shunchalik kichik masofaga yaqinlashishidan dalolat
beradiki, bunda ularning keyingi yaqinlashishlari molekulalarning bir-biridan
itarishish kuchlarining keskin ortib ketishiga olib keladi.
Molekulyar nuqtai nazaridan gazning suyuqlikka aylanishi molekulalar
bir-biriga juda yaqinlashganda ularning o’zaro tortishish kuchlari yuzaga
kelishidan dalolat beradi. Molekulalar go’yo bir-biriga yopishib ketgandek
bo’ladi va modda suyuq xolatga o’tadi.
Gazni siqish bo’yicha tavsiflangan tajriba real gaz suyuqlikka aylanishi
mumkinligini ko’rsatadi, gaz va suyuqlik bu ayni bir moddaning ikki xolati
(ikki fazasi)dir.
Real gazlarning xar doim istalgan bosimlarda gaz xolicha qoladigan ideal
gazlardan asosiy farqi shundan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |