Abdufattox abdugapparov



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/87
Sana18.01.2022
Hajmi2,22 Mb.
#390318
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87
Bog'liq
fayl 1522 20210820

1.8.
 
Ansambl va orkestr tarkibida ijrochilik 
Reja: 
1.
 
Ansamblda ijrochilikning nazariy asoslari. 
2.
 
O‘zbek musiqa ijrochiligida ansambl. 
3.
 
Ans amblda cholg‘ uchilar tarkibi.  
 
Kalit so‘zlar: O‘zbek musiqa ijrochiligi,  ansambl, cholg‘uchilar  tarkibi,  
jamoa, intonatsiY. 
 
Musiqiy  oliy  o‘quv  yurtlari  bakalavr  bosqichini  bitiruvchilariga  boshqa 
ixtisosliklar  qatori  yakkaxon  sozanda,  ansambl  ijrochisi  ixtisosligi  ham  beriladi. 
Chuning  uchun  ta’lim  jarayonida  ko‘pchilik  bo‘lib,  ya’ni  jamoa  shaklida 
ansambllarda  cholg‘u  chalishni  o‘rganish  talaba  uchun  katta  ahamiyatga  ega. 
Ansambl ijrochiligida talabada yonidagi hamkasblarini har tomonlama sezish, ular 
bilan  hamnafaslikni  –  jo‘rnavozlikni  his  qilish  va  hamohang  bo‘lib  ijro  etish 
malakalari  shakllanadi.  Sozandalar  ansambli  ishtirokchisi  bo‘lgan  talabaning 
oldida  qator  vazifalar  turadi.  Oldin  u  asarlarni  faqat  jo‘rnavoz  bilan  birgalikda 
chalib ko‘rgan bo‘lsa, endi katta bir jamoa orasida ular bilan bir tan, bir jon bo‘lib 
ijro qilishi, bunda barcha teng, barobar ekanligi va doimo ustoz nazoratida bo‘lishi 
kerakligini hech qachon esdan chiqarmasligi, zarurligi uqtiriladi. 
Bunda  mutaxassislik  fani  muallimi  va  jo‘rnavozlarning  hizmatlari  katta 
bo‘ladi. Ular talabaga sinf mashg‘ulotlarida: 


 
129 
a) ansambl a’zosi jamoa ijrosini bir butun va o‘z partiyasini shu ijroning bir 
bo‘lagi deb bilishi; 
b) ansambl ishtirokchisi o‘z partiyasi xarakteri, sadolanishi, tovush kuchi va 
tovushning  tozaligi  (intonatsiya)  va  boshqa  sifatlarini  ansambl  sozandalarining 
tovushlariga moslab olib borishi; 
c) musiqiy jumlalarni ijro etishda mohirlik, etakchi va jo‘r bo‘luvchi ovozlar 
almashinishini  tez  fahmlashi  hamda  shunga  munosib  ijro  malakalarni  singdirishi 
zarur.  Ayniqsa  sozandalarga  xos  bo‘lgan  ijrochilik  mahorati,  tovush  cho‘zimi, 
uning tozaligini har doim eshitish nazorati orqali boshqarib borishi va shaxsiy usul 
sezgisini jamoa usul sezgisiga bo‘ysundirishi va moslashi katta ahamiyatga ega. 
Talabaning  shtrix  va  zarblari,  jamoa  bilan  bir  xilligi  va  uni  shakllantirilishi 
malakalarini  yaxshi egallaganligi, jamoa bo‘lib  ijro qilishning  muhim shartlaridan 
biridir.  Bunda  oddiydan  murakkabga  qarab  borish,  sinfda  va  mustaqil 
mashg‘ulotlarda  izchillik,  muntazamlik  hamda  doimo  muallimning  e’tibori 
muhimdir. 
Har  hil  uslublarga  ergashmasdan  mumtoz  yo‘nalishni  aniqlashtirib  muqim 
to‘xtamdagi  uslubda  ijroni  davom  ettirmoq  zarur.  Ayniqsa  o‘qituvchi  talabaga 
notanish  asarni  jamoaviy  ijro  paytida  yakka  o‘zi  ijro  etishi  davomida  asar 
oxirigacha  xato  qilsa  ham  uni  to‘xtatish  yaramaydi.  Chunki  talaba  to‘xtamasdan 
tez  o‘qishga  o‘rganishi  zarur.  Asarni  oxirigacha  ijro  qilib  bo‘lganidan  keyin  esa 
talabaga  xatolari  tushuntiriladi  va  o‘sha  mashg‘ulot  boshidan  yana  shu  tarzda 
davom  ettiriladi.  Jamoaning  boshqa  a’zolari  ham  bundan  ibrat  olishadi.  Bunda 
talaba iloji boricha kamroq xato qilishi uchun quyidagicha yo‘l tutish kerak: 
a)  yangi  asar  matnini  ko‘rib  tanishish,  kuyning  asl  maqsadini  anglash, 
metroritmik  tuzilishi,  dinamikasi,  shtrixlari,  asarning  xarakteri  va  maqsadini  bir 
qarashda aniqlash; 
b)  musiqiy  asarni  murakkab  bo‘lgan  joylarini  hisobga  olgan  holda  sur’at 
tezligini (vaqtinchalik) belgilash; 
c)  talabani  musiqiy  matnini  to‘liq  qamrab  olishga  (ko‘rinishi,  mazmuni) 
undash,  bunda  uning  diqqati  ijro  etilayotgan  bir  jumla  emas,  bir  necha  jumla 
oldinga, hatto kuyni davomiga qaratilishi zarur. 


 
130 
Talabaning  ijro  qilish  va  kuy  matnini  o‘qish,  yodlash  malakalarini  oshirish 
uchun sozandalar ansambli asarlaridan olingan  ijrochi  uchun  murakkab qismlarini 
takror  chalish,  shuningdek,  o‘quvchiga  tanish  asarlarni  boshqa  pardadan 
(transpozitsiya) ijro qilish ham ushbu malakani yanada takomillashtiradi. 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish