3.
Ansamblda cholg‘uchilar tarkibi
О‘zdavfilarmoniya qoshidagi ashula va raqs ansambli. Shu ansambl qoshida
nay, chang, prima-rubob, qashqar rubobi, afg‘on rubobi, bas va kontrabas dutorlar,
g‘ijjak va doyra chaluvchi 15 ijrochidan iborat kо‘p ovozli cholg‘u ansambli
tuzilgan edi.
Ansambl cholg‘u qismining asosiy negizini A. Maqsudov (nay), S.
Yо‘ldoshev (g‘ijjak), B. Sharipov (doyra), U. Hamidov (afg‘on rubobi) kabi
134
tajribali cholg‘uchilar tashkil etgan. Ansamblning repertuari nihoyatda rang-barang
bо‘lgan. Ansamblning musiqa rahbari, bastakor X. Rahimov qardosh xalqlar
musiqalarini cholg‘ulashtirdi. Ansambl Moskvada (1951) bо‘lib о‘tgan о‘zbek
adabiyoti va san’ati dekadasida muvaffaqiyatli qatnashdi. Uzoq yillar davomida M.
Turg‘unboyeva, G. Izmaylova, Q. Mirkarimova, E. Yо‘ldoshev, I. Ergashev, K.
Ismoilova kabi ajoyib ijrochilar ansambl bilan hamkorlik qilishdi. Ansamblning
konsert chiqishlari Respublikaning kо‘pgina shahar va viloyatlarida muvaffaqiyatli
о‘tdi. 1957 yilda ashula va raqs ansambli tarqatib yuborilganligiga qaramay,
sо‘nggi yillarda u asos bо‘lib, bir necha yangi: «Bahor», «Shodlik», «Lazgi»,
«Gо‘zal», «Uyg‘ur ansambli» singari ijodiy jamoalar tuzildi.
«Bahor» xalq raqs ansambli (1957) Mashhur raqqosa, baletmeyster, xalq
artisti M. Turg‘unboyeva (1913–1978) uzoq yillar mobaynida ansamblning
tashkilotchisi va badiiy rahbari bо‘lib keldi. Jamoaning cholg‘uchilari orasida
changchi B. Aliyev (u musiqa rahbari ham), naychi R. Hamdamov, doyrachilar Q.
Dadayev, T. Sayfiddinov, rubobchi X. Lutfullayev, qо‘shnaychi B. Sobirov kabi
ajoyib musiqachi ijrochilar ishlagan.
Ansamblning cholg‘uchilar tarkibi turli xil kuylarning, jumladan uning
rahbari B. Aliyevning asarlarini mohirona ijro etishi bilan ajralib turardi. Ansambl
repertuaridan, shuningdek, bastakor-kuychilar M. Mirzayev va Y. Rajabiylarning
«Paxta», «О‘zbek valsi», «Uch dugona» kabi asarlari, «Namangan olmasi», «Besh
qarsak», «Tanovor», «Bayot» kabi о‘zbek xalq raqslari joy olgan. 1973 yilda
ansambl jamoasi Davlat mukofoti sohibi bо‘ldi. Ansamblning cholg‘uchilari B.
Aliyev va Q. Dadayevlar ham shu mukofot bilan taqdirlandilar.
О‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Shodlik» ashula va raqs ansambli
(1958). Uning tarkibi 12 cholg‘uchidan iborat bо‘lib, unga uzoq yillar mobaynida
О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist, g‘ijjakchi Sayfiddin Yо‘ldoshev rahbarlik
qildi (u «Orom», «Nay g‘azali» kabi cholg‘u kuylarining muallifi hamdir).
О‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Lazgi» ashula va raqs ansambli
(1958). 20 yil mobaynida О‘zbekiston xalq artisti Gavhar Rahimova ansamblning
tashkilotchisi va badiiy rahbari bо‘lib keldi. Uning tarkibida xalq cholg‘ulari (nay,
chang, rubob, dutor, g‘ijjak, doyra va akkordeon) bor edi. Jamoaning vazifasi
135
о‘zbek xalq musiqasi, qardosh xalqlar ashula va raqslarini targ‘ib qilishdan iborat
edi. Dastlab jamoaga N. Jumaniyozov, keyinroq О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan
artist, rubobchi O. Otajonov hamda R. Sharipova rahbarlik qildilar.
О‘zbek davlat filarmoniyasi «Gо‘zal» vokal xoreografik ansambli (1973).
Taniqli bastakor M. Tojiyev uning birinchi rahbari bо‘ldi. Bu jamoa yosh
iste’dodlar va Respublika ijrochilik san’ati yutuqlarini targ‘ib qilish niyatida
tuzilgan edi. Ansamblning cholg‘uchilari tarkibigaT. Sobirov (chang), SH.
Yо‘ldoshev (g‘ijjak), D. Kimyogarov (nay), M. Madumarov (qashqar rubobi), T.
Fattohov (dutor-bas) va R. Akbarbekov (doyra) kabi iste’dodli sozanda ijrochilar
kirdi.
50-yillarda Respublika konsert hayotida yangi ijrochilik jamoalari -
О‘zbekiston televideniye va radioeshittirish davlat qо‘mitasi qoshida maqomchilar
va dutorchi qizlar ansambllari tuzildi.
20 yil mobaynida О‘zbekiston xalq artisti, akademik Y. Rajabiy
maqomchilar ansamblining (1959) tashkilotchisi va rahbari, mashhur bastakor,
musiqachi, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi F. Sodiqov esa
ansamblning badiiy rahbari bо‘lib faoliyat olib bordilar. Ijodiy jamoa an’anaviy
ijrochilik san’atiga asoslanib Buxoro Shashmaqomi, uning Farg‘ona - Toshkentcha
varianti va о‘zbek xalq musiqasining eng mashhur namunalarini ijro etdilar.
Hozirda maqomchilar ansambli cholg‘usi tarkibiga nay, chang, qonun ruboblar,
tanbur, sato1, dutorlar, g‘ijjaklar va doira kiritilgan.
1984 yildan esa О‘zbekiston xalq artisti A. Ismoilov ansamblning badiiy
rahbari etib tayinlandi.
Mashhur musiqachi bastakor lirik qо‘shiqlar va cholg‘u kuylari muallifi,
О‘zbekiston xalq artisti, ajoyib g‘ijjakchi G‘. Toshmatov dutorchi qizlar
ansamblining (1979) tashkilotchisi va rahbari bо‘ldi. Tinglovchilarii ansambl
ijrochilik repertuarining о‘ziga xosligi va rang-barangligi rom etadi. Ansamblning
о‘ziga xos hususiyati shundaki, dutorchi qizlar xalq an’anasini saqlab kelmoqdalar:
ular dutor chalish bilan birga qо‘shiq ham aytishadi. Ayrim hollarda ularniig ijrosi
1
Сато – узун грифли торли-камончали чолғу. Тембрининг жаранглаши инсон овозига, альт жаранглашга
яқин.
136
yakkaxon raqqosalarga jо‘r bо‘lish vazifasini bajaradi («Xorazm lazgisi», «Doyra
dum-dum»). Jamoada 22 cholg‘uchi (dutorchi, changchi, qonunchi, doyrachi) bor.
Toshkent davlat konservatoriyasi changchilar ansambli tarkibida chang
oilasiga mansub pikkolo, an’anaviy, tenor, bas va kontrabas changlar kiradi.
Ansambl repertuaridan turli mualliflarning 100 dan ortiq asarlari о‘rin olgan.
Changchilar ansambli 1970 yili Moskvada о‘tkazilgan bolalar va о‘smirlarni
musiqiy-estetik tarbiyasi bо‘yicha xalqaro anjumanda qatnashish huquqiga ega
bо‘ldi. Anjuman sо‘ngida ansambl diplom bilan taqdirlandi.
1972 yilda yana bir ansambl - g‘ijjakchilar kvarteti tinglovchilar hukmiga
havola etildi. Uning tarkibi B. Rasulov (g‘ijjak), B. Yaminov (g‘ijjak), X. Komilov
(qо‘biz-bas) va M. Toshmuhamedov (g‘ijjak-alt) dan iborat. M. Toshmuhamedov
ansamblni tuzish tashabbuskori bо‘ldi. G‘ijjakchilar kvarteti musiqaning yangi
shakli sifatida muvaffaqiyatli konsert ijrochilik faoliyati olib bordi, mehnat
jamoalari, о‘quvchi yoshlar, radio va telekо‘rsatuvlarda chiqishlar qilgan.
Toshkent davlat konservatoriyasining g‘ijjakchilar kamer ansambli (1984)
ham M. Toshmuhamedov tashabbusi bilan tuzildi. Uning tarkibida 18 cholg‘uchi
bо‘lib, ulardan 12 nafari - g‘ijjakchi, 3 nafari g‘ijjak-altchi, 2 nafari qо‘biz-baschi,
1 nafari qо‘biz-kontrabaschi.
Sо‘nggi paytda konsert tashkilotlarida, musiqa bilim yurtlarida, musiqa
havaskorlari tо‘garaklarida turli tarkibdagi kо‘povozli ansambllar tuzilishi
maqsadga muvofiq ekanligini kо‘rsatmoqda. Ansambl ijrochiligi tajribasi
ansambllarning oqilona guruhlarini tashkil qilishni taqozo etmoqda. Chunonchi,
ular quyidagilardir: a) damli cholg‘ular ansambli (ikkita qо‘shnay, ikkita nay); b)
chang oilasiga mansub chang kvarteti yoki kvinteti (bitta pikkalo, ikkita chang,
tenor yoki bas chang) v) mizrobli cholg‘ular seksteti: 2 ta prima-rubobi, qashqar
rubobi, afg‘on rubobi, dutor bas va dutor kontrabas; g) dutor oilasidan iborat
ansambl: 2 ta prima, 4 ta alt, 2 ta bas va 1 ta kontrabas; d) g‘ijjaklar kvarteti yoki
kvinteti: 2 ta g‘ijjak, g‘ijjak-alt, g‘ijjak bas va g‘ijjak (qо‘biz) kontrabas; ye)
aralash ansambllar: 1 ta nay, 1 ta qо‘shnay, 1 ta chang, 2 ta qashqar rubobi, 2 ta
afg‘on rubobi va 1 ta doyra. Bu ansambl tarkibi ham kо‘povozli, ham an’anaviy
о‘zbek xalq musiqasini ijro eta oladi.
137
Ansambllarning asosiy qamchiligi repertuar muammosi bо‘lib qolmoqda. Bu
bilan О‘zbekiston bastakorlari, yetakchi mutaxassislar, Respublikaning musiqa oliy
va о‘rta maxsus bilim yurtlari о‘qituvchilari original asarlar yaratish, shuningdek
о‘zbek xalq musiqalarinn moslashtirish va qayta ishlash orqali yaqindan
shug‘ullanishlari zamon talabi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |