1.7. Cholg‘u ijrochiligining uslubiy va musiqiy pedagogik muammolari
Reja:
120
1. Ijro mahorati ustida ishlashning umumiy yo‘llari.
2. Musiqiy asarlar ustida ishlashning umumiy yo‘llari.
3. Ta’limning turli bosqichlarida dars o‘tish uslubi.
4. Uy vazifasini mustaqil bajarishni to‘g‘ri tashkil qilish.
Kalit so‘zlar: xalq cholg‘ulari, cholg‘uchi, tanbur, nay, sao, tutek, kaval,
sibizga, ney, deka, rezanator, maqom, lad.
1. Ijro mahorati ustida ishlashning umumiy yo‘llari
Musiqiy pedagogika tajribasida o‘quvchining musiqiy va ijrochilik
jihatlarini bir-biri bilan bog‘lagan holda rivojlantirish muhim shartlardandir. Ularni
farqini bilish uchun avval ijrochilik mahoratiga oid jihatlarni ko‘rib chiqamiz.
Bularga:
a) ijrochi lablarining ishi;
b) ijrochilik nafasi;
v) tilning harakati;
g) barmoqlar harakati va ularni rivojlantiruvchi omillar kiradi.
Ushbu omillar ham turlicha bo‘lib, birinchi navbatda ularni rivojlantirish
uchun puflama va kamonli cholg‘ularda cho‘zimli tovushlarni, mezrobli va nohunli
cholg‘ularda bidratma ijrolarni har kuni ertalab chalish maqsadga muvofiqdir.
Mashg‘ulotning birinchi kuni har bir tovushni ff da
Ikkinchi kuni pp ff pp
Uchinchi kuni pp da chalish zarur
Mashg‘ulotning birinchi kuni har bir tovushni ff da
Ikkinchi kuni pp ff pp
Uchinchi kuni pp da chalish zarur
Mashg‘ulotning birinchi kuni har bir tovushni ff da
Ikkinchi kuni pp ff pp
Uchinchi kuni pp da chalish zarur
121
Maqom pardalari asosida tuzilgan musiqiy bo‘laklar. Gamma, turli
mashqlar, ya’ni gammalar, arpedjio, uch tovushliklar va ularning aylanmalari
tushuniladi.
Ijrochilarda ko‘p yillik o‘qish va o‘qitish tajribalari davomida gammalar
chalish tamoyillari shakllanib qoladi va ular o‘z an’analariga ega. Bu tamoyillar
quyidagilardan iborat:
a) gammalarning turlari diatonik, major, minor, tabiiy, garmonik, melodik,
xromatik va butun tonlardan tuzilganlari;
b) maqom pardalarida tuzilgan zamzama, gulpartav, qochirim, nola, molish
va shu kabi melizimlarni xar hil aylanishlari turli pardalarda qilinganlari;
v) mashq chalishda cholg‘u asbobining to‘liq tovush ko‘lami (diapozoni)ni
qamrab olinishi;
g) har xil ritmik ko‘rinishda, ya’ni gamma ikki oktava chalinsa kvartollar
bilan, ikki yarim yoki uch oktava chalinsa triollar bilan shakllanishi;
d) evropa musiqy tili bilan aytganda gammalarni detache, legato, staccato,
marcato, portato kabi turli shtrixlarda ifodalash;
e) f, p, sf, fp kabi har xil dinamik belgilar bilan chalish;
j) turli barmoq bosishdagi ijrochilik holatlarini qo‘llagan holda chalish bilan
ijrochilik mahorati rivojlantiriladi.
Mashq chalishning yuqorida ko‘rsatilgan tamoyillari O‘zbekiston Davlat
konservatoriyasi professori, R.qosimov, I.Toshpo‘latova, R.Samadovlarning o‘quv
qo‘llanmalarida yoritilgan.
Mashq chalishdan asosiy maqsad tovush intonatsiyasining tozaligi va
sofligini yaxshilash ustida ishlash, zarblarning tezligini oshirish, nafas texnikasini
rivojlantirish, shtrixlarni aniq shakllantirish, izchil tovushlarning usul jihatidan bir
tekisda, ravon mutanosib kelishini ta’minlashdan iboratdir.
Ijrochilik mahoratini rivojlantirishda nafaqat gammalar balki mashqlarning
ham ahamiyati katta bo‘lib, bunda intervallari keng, sakrashli, barmoqlar uchun
noqulay barmoqlarning ijrochilik holatini o‘zlashtirish, murakkab usulli aylanmali,
har xil bezaklarni qo‘llash uchun mo‘ljallangan mashqlar katta rol o‘ynaydi.
122
Shuningdek, badiiy ijrochilik maqsadini ko‘zlab ijod qilingan mashqlar ham
ko‘plab uchraydi. Mashg‘ulotlar davomida ustoz shogirdiga mashqlarning asosiy
uslubiy yo‘nalishini aniq belgilab, ma’lum bir maqsadni ko‘zlagan holda
bastalanganligini tushuntirishi lozim. Bunda ijrochilik mahorati badiiy asarning
mazmunini ochishdagi maqsad emas balki vosita ekanligini o‘quvchilar tushunib
yetmog‘i kerak.
O‘quvchining mustaqil tayyorlanishida ijrochilik texnikasini rivojlantiruvchi
mashg‘ulot uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlashi ham katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |