Abdiyeva quysintosh azadovnaning



Download 0,81 Mb.
bet5/7
Sana24.04.2017
Hajmi0,81 Mb.
#7485
1   2   3   4   5   6   7

O‘quv materiali: Boychechak. Aziz Abdurazzoq.

Tayanch atamalar: suyunmoq, Navro`z, sal-pal, “To`qson” chiqqach.

Dars metodi: Tushuntirish, ko‘rsatish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash, musobaqa-bellashuv

Dars jihozi: Rasmlar, bolalarni qiziqtiruvchi ma`lumotlar, tabiiy gullar topishmoqlarning javobi tushirilgan rasmlar, video tehnika vositalari, darslik

Dars turi: Yangi mavzu o‘rganiladigan dars, hikoya o‘qish darsi.

Dars maqsadi:

1. O’quvchilarni “Boychechak“ hikoyasi mazmuni bilan tanishtirish. Ularda bahorgi gullar haqida, Navro`z bayrami haqida bilimlar hosil qilish.

2. O`quvchilarda go`zallikni his qila olishni, xalq og`zaki ijodi bilan qiziqishni, kattalarga hurmatni tarbiyalash.

3. Savol-javoblar, tarmoqlash va she’r-qo`shiqlar orqali o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, lug‘atini boyitish,bog‘lanishli nutqini o‘stirish, turli qiziqarli materiallar orqali ularning tafakkurini o`stirish. Aktyorlik qobilyatlarini tarkib toptirish


Darsning borishi
I.Tashkiliy qism:

O`quvchilar 3guruhga bo`linadilar



II.O‘tilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimini aniqlash va mustahkamlash.

O`quvchilardan uy vazifasi so‘raladi, mustahkamlanadi, topshiriqlar tekshiriladi va baholanadi.

1. O‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob;

2. Uyga berilgan matnni ifodali o‘qib berish;

3. Asar matni yuzasidan savol-topshiriqlar;

4. Ta’limiy o‘yin: “Klaster” usulidan foydalanib o`tgan mavzu tarmoqlanadi. Har bir guruh mavzu yuzasidan turli topshiriqlar beriladi



III.Yangi mavzu ustida ishlash.

Asarni o‘qishga o‘quvchilarni tayyorlash.

Xonaga tabiiy gullar olib kiriladi. Ular orasida boychechaklar ham bo`ladi. So`ng bolalarga gullar orasidan bahordan darak beruvchi gulni topish aytiladi. So`ng ekranda lavha namoyish etiladi. (bahor gullari haqida)



2. Aqliy hujum.

- Ko`rgan lavhangiz nima haqida ekan?

- Bahorning darakchisi nima ekan?

- O‘qituvchi o‘quvchilar javobini umumlashtiradi.



3. Aqliy hujum.

O‘ylab ko‘ring. Bugun o‘qiydigan hikoyamiz nima haqida bo‘lishi mumkin? O‘quvchilar javobini eshitgach, o‘qituvchi: Kimning javobi to‘g‘ri ekanini asarni o‘qib berganimdan so‘ng aniqlaymiz, deydi.

Bugun o‘qib o‘rganadigan hikoyamizni Aziz Abdurazzoq yozgan.

Aziz Abdurazzoq haqida ma`lumot: Taniqli  shoir, nosir va tarjimon Aziz Abdurazzoq 1928 yili Toshkent shahri Shayxontoxur daxasi Zanjirlik  maxallasida  tavallud topgan. Otasi

Abdurazzoq Abdushukur  o`g`li serg`ayrat  va mehnatkash odam edi. U kishi  yozda dexqonchilik, qishda savdogarlik bilan  kun kechirib, besh o`g`il, ikki qizni

tarbiyalab voyaga yetkazganlar.

Aziz  Abdurazzoq to`liqsiz o`rta maktabni bitirib, keyinchalik  Moskvadagi M. Gor'kiy nomli adabiyot institutida taxsil oldi. Ijodiy faoliyati davomida  turli gazeta va jurnallar taxririyatida, Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslaxatchi vazifasida ishladi. Shoirning ijodi 50- yillardan  boshlangan bo`lib, birinchi  she'riy to`plami 1959 yili "Do`stlarimga" nomi bilan  chop etilgan. Shundan so`ng "Yana bahor"(1961), "Mavj" (1965), "Bodom  gulladi" (1965), "Lirika" (1970), "Aziz odamlar" (1975), "Sho`x yomg`ir" (1977), "Qalb nuri" (1978) kabi  to`plamlari nashr etildi."Qalb nuri " to`plami  shoirning ellik yillligi munosabati bilan saylanma tarzida e'lon qilingan.

Aziz Abdurazzoq "O`roq va xanjar" she'rida: "Yonmoqdamen, yonmoqdamen,bu ayondir, do`stim bo`lsang, xalal berma, sen xam yongin",-deya zamondoshlarini yaratishga, bunyodkorlikka chorlagan. O`zbekiston halq shoiri Turob To`la aytganidek: "Aziz she'rlaridan non hidi keladi, o`zi kezib o`tgan bog`lar,dala-dashtlar hidi keladi".

Aziz Abdurazzoq bolalar uchun ham ijod qiladi. Uning bolalar uchun "Oh qanday shirin"(1977), "qiz va lola" (1979), "Tap -tap elak" (1981) kabi qator asarlari chop etilgan. Ularda beg`ubor yoshlik manzaralari goh quvnoq, goh kulgili,goh kinoyali tarzda o`z ifodasini topadi.  So`nggi yillarda uning "Yostiqdan chiqqan ertaklar" (1988), "Bog`da bitgan ertaklar" (1989), "To`rt og`ayni botirlar"(1989), "Ming chinor"(1995) she'riy

to`plamlari bosilib chiqqan.

Shoir qarimaydi, deydilar. Bu haq gap. U she'ri bilan hamda avlodga  tengdosh bo`ladi, hatto navaralariga ham she'rlari bilan, tetik, hayratli , aqilli she'rlari bilan o`rnak bo`ladi. She'rning hamisha shabnamday musaffo bo`lishini, tonglarda ko`zlarni quvontirishini istayman. Balki men tizgan satrlar buloqday mo`l-ko`l emasdir. Lekin mana shu shabnamlarni jo`shqin  daryoning zarralari sifatida qabul etgaysiz. Axir :"Topgan gul, topmagan bir bog` piyoz keltirur", deydilar-ku...Bular ham mening topganlarim. Bahtiyorligim shundaki, o`zim topganman deydilar. Shoirning ko`p she'rlari  mana shunday muhokamali xulosalar bilan tugallanadi U shoirlar haqida shunday deydi:

 

                                  Bu dunyodan faqat bedor o`tar shoir,



                                  Tani sog`, dili bemor o`tar shoir.

                                  Uxlasa gar,uyqusi qush uyqusidir,

                                  Tani sog`u dili bemor, dili bemor

                                  Diliga tosh otma zinhor,o`tar shoir.

 

 Aziz Abdurazzoq tarjimon sifatida M.Lermontov, T Shevchenko hamda amerikalik mashhur shoir G Longfello asarlarini  o`zbek tiliga tarjima qilgan. Shoir va tarjimon Aziz Abdurazzoq 2007 yil 3 yanvar sanasida 79 yoshida vafot etdi.  Shoirning she'rlari, asarlari  hech qachon o`lmaydi  kitobxonlarning qalbida abadiy mangu yasha



Aziz Abdurazzoq kitoblari bolalarga.

 1. Bir bor ekan. Ertaklar. T., -1990.-128b.



2. Raxmat : Raxmat: She'rlar.-T., -1971.-28b.

3.Tap-tap elak.-T., -1981.-93b.

4. Sho`x yomg`ir: She'rlar. -T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1975.-92b.
4.Hikoya bilan tanishtirish.Boychechak” hikoyasi ifodali o’qib beriladi.

6. Kirish suhbati.

- “Boychechak” hikoyasi nima haqida ekan?

- Hikoyaning asosiy qahramoni kim?

- Nima uchun asarga “Boychechak” deb sarlavha qo’yilgan?

- Boychechak haqida qanday ma’lumotlarga egasiz?



-Keling boychechak qanday gul ekanligini bilib olamiz(rasmlar yoki boychechak haqida to`liq ma`lumot aks etgan slayd shou.

Shundan so`ng xonaga Boychechak kirib keladi va o`zi haqida ma’umot beradi:

Boychechak: – Bahoroyim, Bahoroy!
Yuzlaring muncha chiroy!
Yurtga sen kelgan chog`da –
Olam go'zallikka boy!
Men ham sening elchingman,
neni so'ylay – tilchingman!

Men boychechak,boychechak

Yaproqlarim kamalak

Dala-qirda o’sganman

Qattiq yerda o’sganman

Barglarim yashil bahmal

Kechda yonar yal-yal

Hidlab olgin isimni

Eslab qolgin ismimni

– Ko'zga surtib momolar,


Derlar “Bo'lsin omonlik!
Boychechakni ko'rganlar,
Ko'rmagaylar yomonlik!”

Bolalar boychechakka o`zlarini qiziqtirgan savollarini berishadi, so`ng u davra mehmoniga aylanadi.

So`ng asar tahliliga o`tiladi.

Quyida shu asarni tahlil qilish uchun matnni to‘liq keltiramiz:



Boychechak

Ra’no degan qiz bor ekan. Ularning uyi shahardan chetroq joyda ekan. Derazadan qarasa, kattakon dala, dalaning narigi boshida tepaliklar ko`rinib turar ekan.

Bir kuni qor yog`ib turganida Ra’noning buvisi shahardan mehmon bo`lib kelibdi. Ra’no juda suyunibdi. Buvisi unga kechqurunlari ertaklar aytib berar ekan………..
7. Lug’at ustida ishlash. Notanish so’zlar olamiga sayohat. Topshiriq.

-Hikoyani ichingizda o’qing. Ma’nosi notanish so’zlarni lug’at daftaringizga yozing.

- Qaysi so’zlar ma’nosini bilishni istaysiz?

-Notanish so’zlarni darslik oxiridagi izohli lug’atdan topishga harakat qiling.

-“Hali to`qson chiqishiga ancha bor” deganda nimani tushunasiz?

- Momo va bobolaringizdan shu so`zni eshitganmisiz?



Suyunmoq-xursand bo`lmoq, dildan quvonmoq

Navro`z-qadimdan sharq xalqlari nishonlovchi milliy bayram.

Sal-pal- ozgina



8. Hikoyani qismlarga bo’lib o‘qitish.

O‘qituvchi: -Hikoyani necha qismga bo‘lib o‘qidik?

9. Topshiriq asosida o’qitish.

Topshiriq: Savollarga javobni matndan izlang va o‘qib bering.

- Hikoyada aks etgan voqea qay paytda ro`y berayotgan edi, asardan toping.

-Ranolarning uyi qanday ta’riflangan?

-Buvisi Ra’noga nimalarni aytib berar ekan?

- Sizning oyi va buvilaringiz ham ertak va ashulalar aytib berishadimi?

- Boychechak qayerlarda o`sar ekan?

- “To`qson”ga ta`rif berilgan joyni o`qing.

10. Hikoya matni ustida mustaqil ishlash.

Har bir guruhga topshiriq beriladi:

-Hikoyani ichingizda o‘qing. Har bir qismga sarlavha qo‘ying.

-Hikoyaning nomini qanday sarlavha bilan o‘zgartirsak bo‘ladi? Boshqacha nomlashga harakat qiling.

-Siz ham shunga o‘xshash hikoyalarni bilasizmi?

O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini umumlashtiradi va xulosalaydi.

11. Hikoyani rollarga bo‘lib o‘qitish.

Topshiriq:

Har bir guruhga matn bo`laklarga bo`lib tarqatiladi. Guruh o`quvchilari matnni rollarga bo`lib ijro qilib berishadi. 1 guruhga hikoyaning boshi; 2 guruhga hikoyaning o`rtasi beriladi. 3 guruh hikoyani yakunlaydi.



12. Hikoya g‘oyasi ustida ishlash.

Guruh sardorlari avval o`z sahna ko`rinishlarida yoritilgan g`oyani asoslab berishadi.

-Buvisining Ra’nolarnikiga mehmon bo`lib kelishi qizaloqqa qanday ta’sir qilibdi? Nima uchun?

-Ra’no boychechak haqida qayerdan bilibdi? (buvisining ashulasidan)

-Qorlar erib bahor kelganda qanday hodisa ro`y berar ekan?

- Tepaliklarning etagida boychechak uxlab yotibdi” deganda nimani tushunasiz? Biz buni qanday ta’riflasak bo`ladi?

- Ra’no nima uchun boychechak uyg`onishini kutibdi? (boychechakni buvisiga terib bermoqchi edi)

-Nima uchun boychechak to`qson chiqqanda ochilar ekan?(navro`z)

- Navro`z bayrami haqida nimalrni bilasiz?

-Siz ham boychechak ochilishini ko`rganmisiz?

-Bahorning insonlarga qanday ta’siri bor?

13. Asar qahramoniga tasnif. Guruhlarga qog`ozlar va hikoya aks etgan rasm bo`laklari tarqatiladi. Ular hikoyaning ketma- ketligini aniqlagan holda, asar qahramonlarini ta`riflashadi.

-Asarda qaysi qahramonlar ishtirok etgan?

- Ra’no qanday qiz ekan.

-U haqida sizda qanday taassurot qoldi?

-Muallif hikoyaning bosh qahramoni orqali nima demoqchi?

- Buvisiga tavsif bering.



14.Mustaqil ish.

Har bir guruhga bittadan qahramonni to`liq ochib berish topshiriladi. Masalan birinchi guruh- buvisini; ikkinchi guruh-Ra’noni; uchinchi guruh boychechakni; ular o`qituvchi tarqatgan rasmlardan ham foydalanishi mumkin.



15.Mustaqil ish.

Har bir guruh shu hikoyaga o`xshash kichik hikoya tuzadi. Agar vaqt yetsa o`quvchilar o`z hikoyalarini sahnalashtirishlari ham mumkin.



16. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlash.

17. Quvnoq daqiqa. Qo`shiq kuylanadi

Boychechagim boylandi,

Qozon to`la ayrondi.

Ayroningdan bermasang,

Qozonlaring vayrondi.

Qattiq yerdan qazilib chiqqan boychechak,

Yumshoq yerdan yugurub chiqqan boychechak.

Boychechakni tutdilar,

Tut yog`ochga osdilar.

Qilich bilan chopdilar,

Bahmal bilan yopdilar.

Qattiq yerdan qazilib chiqqan boychechak,

Yumshoq yerdan yugurub chiqqan boychechak

Boychechagim boylandi,

Ko`chama-ko`cha aylandi.

Boychechagim ko`k somsa,

Cho`ntaklarga joylandi.

Qattiq yerdan qazilib chiqqan boychechak,

Yumshoq yerdan yugurub chiqqan boychechak.

17.Darsda o‘rganilganlarni umumlashtirish va yakunlash.

- Bu darsda nimalarni bilib oldingiz?

-Bahorda qanday hodisalar ro`y berar ekan?

O‘qituvchi javoblarni umumlashtirib, xulosalaydi. Iloji bo‘lsa, o‘quvchilarga tuli xildagi qiziqarli kitoblar beriladi. Bir-birlari bilan almashtirib o‘qish tavsiya qilinadi.

18. Guruhlar to‘plagan ball e`lon qilinadi.

IV. Uyga vazifa.

Hikoyani ifodali o`qib kelish. Mazmunini so‘zlab berishga tayyorgarlik ko‘rish. Hikoyaning ikkinchi qismini o`rganishga tayyorlanib kelish. Topishmoq, tez aytishlarni topib kelish, she’rlarni yod olib kelish.

Olib borilgan tajriba-sinov ishlari natijalari qanday natija berganligini aniqlash maqsadida quyidagi me`zonlar asosida o`quvchilarni ko`nikmalari solishtirib ko`rildi.

Yuqori (A) darajaga tavsiya etilgan barha asarlarni to`liq o`qishga erishgan va uning mazmunini badiiy matnga yaqinlashtirib aytib bergan, asar voqealariga mustaqil munosabati bo`lgan, asar voqealaridan to`g`ri xulosa chiqara olgan o`quvchilar kiritildi.

O`rta (B) darajaga tavsiya etilgan barcha asarlarni to`liq o`qishga erishgan va uning mazmunini badiiy matnga yaqinlashtirib aytib berishda qiynalgan, asar voqealariga munosabat bildirishda ayrim kamchiliklarga yo`l qo`ygan o`quvchilar kiritildi.

Quyi (V) darajaga tavsiya etilgan asarlarni to`liq o`qishga erishmagan va uning mazmunini badiiy matnga yaqinlashtirib aytib berolmagan, ya`ni o`z so`zlari bilan qisqagina gapirib bergan, asar voqealariga munosabat bildira olmagan o`quvchilar kiritildi.



Sinflar

O`quv

chilar soni va sinf



(A) daraja

(B) daraja

(V) daraja

O`zlash

tirish


O`zlash

tirish


O`zlash

tirish


Kuzatuv sinfi

60

(4-sinf)

25 %

40 %

35 %


tajriba-sinov sinflari

60

(4-sinf)



30%

55%

15 %

Natijalariga ko`ra aytish mumkinki, boshlang`ich sinf o`quvchilarining mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish boyicha tahlili tajriba sinflardagi o`quvchilarning bilim va ko`nikmalari nazorat sinfidagi o`quvchilarga qaraganda birmuncha yuqori bo`ldi. Bunga dastur talablari asosida test savollariga olingan javoblar, o`quvchilarning tuzgan hikoyalari, yozgan insholari, o`qigan asarlari ro`xati orqali ishonch hosil qilishimiz mumkin. Jadvaldan ko`rinib turibdiki tajriba-sinov sinflarida A darajadagi o`zlashtirish 30 %ni, kuzatuv sinflarida esa 25%ni tashkil etdi. B darajadagi o`zlashtirish tajriba-sinov sinflarida 55%ni, kuzatuv sinflarida 40 %ni , Vdarajadagi o`zlashtirish tajriba-sinov sinflarida 15%ni, kuzatuv sinflarida 35%ni tashkil etdi.. Yuqorida keltirilgan ko`rsatkichlar tajribalarning ijobiy natijalari dalillari bo`lib, ular ayni paytda badiiy va ilmiy-ommabop asarlarni o`rganish o`quvchilar dunyoqarashini shakllantiradi, lug`atini boyitadi, bog`lanishli nutqini o`stiradi, hayotdagi voqealardan to`g`ri xulosalar chiqarishiga zamin yaratadii. Tajriba-sinov ishlari farazlarimizning to`g`riligini ko`rsatmoqda.

Mavzu bo`yicha ilmiy adabiyotlarni o`rganish , kuzatish va tajriba-sinov ishlalariga asoslanib quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik:


Tavsiyalar

Boshlang`ich sinf o`quvchilarining mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish borasida olib borilgan ilmiy tadqiqotimiz natijasida quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqildi.



  1. Boshlang`ich sinf lar ona tili o`quv dasturida sinflar kesimida berilgan “Sinfdan tashqari o`qish ” bo`limi qayta ko`rib, tahrir qilish va takomillashtirilishi maqsadga muvofiq bo`ladi.

  2. 1-4- sinf o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishda sinfdan tashqari o`qish darslarining ahamiyatini ta`kidlagan holda, bu darslarni rejalashtirish, kitobot dunyosidagi yangiliklarni kiritib borishga oid muammolar o`rganib borilishi lozim.

  3. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishga yordam beradigan electron kitoblar, multemideya vositalari, electron majmualar yaratilishi bu sohani yanada yaxshilashga yordam beradi.


III BOB BO`YICHA XULOSALAR

1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlari jaroyonida yozuvchi va shoirlar ijodini targ`ib qilish, ular bilan uchrashuvlar tashkil etish, bir yozuvchining ijodini o`rganishga maxsus alohida dars ajratish ularda badiiy asar o`qishga bo`lgan qiziqishni oshirdi.

2. Boshlang`ich sinflarda uyushtiriladigan sinfdan tashqari o`qish darslarini muntazam va qiziqarli tashkil etilishi, o`quvchini badiiy asarni o`qishga bo`lgan qiziqishini oshiradigan badiiy baquvvat asarlar tanlab o`qitilishi ularning mustaqil o`qish ko`nikmalarini o`stirdi.

3. Sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy asar syujeti voqealari o`rtasidagi bog`lanishlar, qahramonlarning fe`l-atvori, asar mavzusi, tili ustida ishlashga e`tibor qaratilishi mustaqil o`qishning mohiyatini anglashlariga olib keladi. Bolada mustaqil o`qishga qo`yiladigan talablarni anglash hisini paydo qildi. Bu mustaqil badiiy asar o`qiydigan faol kitobxonning mustaqil o`qish mazmuni negizini tashkil etadi.

4. Boshlang`ich sinfda mustaqil faoliyat ko`rsata oladigan kitobxonni 1-4-sinflarda shakllantirib borish o`quvchida kitob tanlab o`qish ko`nikmasini shakllantirdi. Bu o`quvchida badiiy asar voqealariga munosabat bildira olish, uni to`g`ri baholashlariga xizmat qiladi.

5. Sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy asar tahlilga doir o`quv topshiriqlarini va sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etish bo`yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish hamda mustaqil kitobxonlik darajasini oshirish uchun kitoblar tavsiya etish o`qituvchilarning ishlari saviyasini ko`tarishga yordam beradi.




UMUMIY XULOSALAR
Boshlang`ich ta`limda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini tegishli darajada yuqoriga ko`tarish kerak. Mustaqil mutolaaning ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati muhim ekanligi metodistlar tomonidan e`tirof etilmoqda.

Boshlang`ich ta`lim o`qish metodikasida badiiy asarni mustaqil va baholash,ya`ni tarbiyaviy xulosa chiqarish orqali o`quvchilarni hayotga tayyorlash borasida jiddiy tadqiqotlarni amalga oshirish, ilgor o`qituvchilarning ish tajribalarini o`rganish va ommalashtirish qayd qilinmoqda. Bu ish boshlang`ich sinflardayoq alohida yo`lga qo`yilsa, maqsadga muvofiq bo`lar edi.

Kuzatishlarimiz va olib borgan ilmiy izlanishlarimiz natijasida quyidagi xulosalarga keldik:

1. Bugungi kunda boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy asarni mustaqil mutolaa qilishga tayyorlash borasida qator kamchiliklarga yo`l qo`yilmoqda. O`quvchilarning mustaqil o`qishlarini tartibga solish va yuqori natijalarga erishish maqsadga muvofiq.

2. Sinfdan tashqari o`qish uchun badiiy asar tanlash tamoyillariga amal qilib, o`zbek va horijiy bolalar yozuvchilari asarlarini aniq nomlari bilan tavsiya qilish zarur. Sinfdan tashqari o`qish uchun badiiy saviyasi yuksak, o`quvchilar nutqini boyitadigan badiiyatning talablariga javob bera oladigan, tarbiyaviy ahamiyati ko`rinib turadigan asarlar tanlanishi kerak. Uning ro`yxatini sinfdan tashqari o`qish burchagida doimiy turishiga erishish lozim.

3. Boshlang`ich sinf o`qituvchilar badiiy asarni mustaqil o`qishiga qiziqtiradigan metodlar va dars shakllaridan foydalanish lozim.

4. Sinfdan tashqari o`qilgan asarning miqdoriga, mazmunini to`liq o`zlashtirilishiga va matnga yaqinlashtirib badiiy qayta hikoyalanishiga qarab bolalar baholanishi kerak.tni

5. Sinfdan tashqari o`qilgan o`qish uchun tavsiya etilgan o`zbek va horijiy bolalar yozuvchilari asarlarini yuzasidan taassurotlaringizni yozma bayon qilishda o`quvchilarning yoshi va hayotiy tajribalari asoslanish darkor.

6. Sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy asar i tahliliga oid savol-topshiriqlar tizimi o`quvchilar bilimini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish va nutq o`stirish maqsadiga xizmat qilishi lozim.

7. Sinfdan tashqari o`qish uchun tavsiya qilingan asarlar o`quvchilarning adabiy didini, so`zga bo`lgan sezgiriligi va hissiyotlarini tarbiyalash, so`z ma`nolaridagi nozik qirralarni to`la ilg`ash darajasiga ko`tarilishlari uchun matn ustidagi ishlar muntazam tashkil etilishiga erishish kerak.

11. Sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy asar tahlilida o`quvchining faolligi ta`minlansagina samaradorlikka erishiladi.

Zero o`zbek badiiy adabiyotlarni mustaqil o`qigan, ular haqida mustaqil fikr yuritadigan shaxslarni tayyorlash umumta`lim maktabining asosiy vazifalaridan biridir.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

O`zbekiston Respublikasi qonunlari

  1. “Ta`lim to`g`risida“: O`zbekiston Respublikasining qonuni, Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: 1997.

  2. O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi Barkamol avlod - O`zbekiston Taraqqiyotining poydevori. T.: 1997.

  3. Umumiy O`rta ta`limning davlat ta`lim standarti va o`quv dasturi. “Boshlang`ich ta`lim“ jurnali. 2006. 5-soni.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari

  1. I.A. Karimov. Barkamol avlod –o`zbekitson taraqqiyotining poydevori. Toshkent, 1997.

  2. I.A. Karimov. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. –T.: “Ma`naviyat“, 2008.

  3. I.A. Karimov. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: O`zbekiston. 2011.

Darslik, o`quv qo`llanma va metodik qo`llanmalar:

  1. Jalilova M., Ne`matova G. Takrorlash mashg`ulotlarini “Topqirlar bellashuvi“ tarzida o`tkazish. Til va adabiyot ta`limi, 1994. 2-3-soni. 36-37- bet.

  2. Matchonov S. va b. Boshlang`ich sinf o`qish darslarini ilg`or pedagogic texnologiyalar asosida tashkil etish. –T., Yangiyo`l poligraf serfis. 2008.

9. Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 4 jild. –T.: Ma`naviyat. 2006.

10. A.Zunnunov. Adabiyot o`qitish metodikasi. –N.: “O`qituvchi”, 1992.

11. Zunnunov A., Xotamov N. Adabiyot nazariyasidan qo`llanma. O`rta maktablarning yuqori sinflari uchun. - T.: O`qituvchi, 1978.

12. Imomova G.M. Tipik milliy xarakterlar yaratishda badiiy nuqning |roli: Filol. fanlari nomzodi ... dis. avtoref. -T., 1993. - 135 b.

13. Yuldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik taxdili asoslari. -T.:Fan, 2007.-1236.

14. Karimov S.A. O`zbek tilining badiiy uslubi: Filol. fanlari nomzodi ... dis. avtoref. - T., 1993. - 50 6.

15. Matjon S. Maktabda adabiyotdan mustakishl ishlar. - T.: O`qituvchi, 1996.-145

16.Maxmudov N. «Madaniy nutk muammolari» Ta`lim jarayonida nutk; madaniyatini shakllantirish masalalari. «Uzbek tili» doimiy anjumani beshinchi yiginining tezislari tuplami. -T., 1999. - B. 7-19.

17.Niyozmetova R.X,.Uzluksiz ta`lim tizimida o`zbek adabiyotini o`rganish metodikasi. - T.: Fan, 2007.

18.Mirkosimova M. Ukuvchilarda adabiy taxlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish asoslari.- T.: Fan, 2006. - 1146.

19.Shanskiy N.M. Lingvisticheskiy analiz xudojestvennogo teksta. -L.: Prosveщenie, 1990. - 415 с.

20.Yusupova Sh. Hozirgi o`zbek adabiy tili darslarida o`quvchilar tafakkurini o`stirishning falsafiy asoslari. - T.: Fan, 2004. 164 b. \

21. Yakubbekova M.M. O`zbek xalq qo`shiqlarining lingvopoetik xususiyatlari: Filol. fanlari d-ri ... dis. avtoref. - T., 2005. -48 b. 1

22. Sh.Sariyev. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida matn ustida ishlash orqali nutq o`stirish. –T.: Yurist-mediya markaz. 2010.

23.G.Mamatova. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida adabiy tushunchalarni shakllantirish metodikasi. –T.: Istiqlol. 2010.

24.Qo`shjonov M. O`zbekning o`zligi. Qodiriyga armug`on. –T.: Xalq merosi. 1994. 123-bet.

25.Qo`shjonov M. O`zbekning o`zligi. Qodiriyga armug`on. –T.: Xalq merosi. 1994. 123-bet.

26.Ibrohimova Zamira. Gulgina. Kichintoylar uchun badiiy adabiyot majmuasi. 1-2-jild. –T.: ”Yangi nashr” nashriyoti. 2010.

27.Yakubbekova M.M. O`zbek xalq qo`shiqlarining lingvopoetik xususiyatlari: Filol. Fan. Dok diss avtoref. –T.: 2005. 5-bet.

28.Yo`ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari.-T.: Fan. 2007. 3-bet.

29.Zamira Ibrohimova. Quvnoqlikka yashiringan iztiroblar. -T.: 2005.

30.Usmonova D. Mavzuni mustahkamlashda qiziqarli topshiriqlardan foydalanish.

31.O`zbek bolalar adabiyoti antologiyasi. I-II jild. –T.: O`qituvchi. 2004-2006.

32.O`zbek tilining izohli lug`ati. “Entsiklopediya“–T., 2-tom. 205-bet.

33.T.G`afforova va b. O.G`afforova va b. O`qish kitobi. 2- sinf uchun, –T.: “Sharq“, 2013.

34. T.G`afforova “ Boshlang`ich ta`limda zamonaviy texnologoyalar” T-2011yil

35.M.Umarova va b. O`qish kitobi. 3- sinf uchun, –T.: “O`zbekiston“, 2013.

36..S.Matchonov va b. O`qish kitobi. 4-sinf uchun. –T., Yangiyo`l poligraf serfis. 2009.

37.S.Matchonov va b. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish. –T., Yangiyo`l poligraf servis. 2008.

38.T.G`afforova va b. 1- sinfda o`qish darslari. –T.: “Tafakkur“, 2012.

39.T.G`afforova va b. 2- sinfda o`qish darslari. –T.: “O`qituvchi“, 2013.

40.M.Umarova va b. 3- sinfda o`qish darslari. –T.: “O`zbekiston“, 2013.

41.S.Matchonov va b. 4-sinfda o`qish darslari. –T., Yangiyo`l poligraf serfis. 2007.

42.X.G`ulomova, Sh.Yo`ldosheva. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi. 1- ma`ruza matni, –T.: TDPU, 2002.

43.Pulatova D., Boshlang’ich ta’limga innovatsion texnologiyalarni joriy etish usullari, T.: 2011


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish