3-jadval
№
|
Mavzu
|
O`quv maretiallari
|
Ajratilgan soat
|
O`tiladigan vaqti
|
1
|
ONA YURTIM – OLTIN BESHIGIM
|
Millat bayrog‘i. Azim Suyun.
Habib Rahmat. O`zbegimdan aylanay
Dilshod Rajab. O`zbek
Alisher Navoiy. Hikoyat
Sirojiddin Inoyatov. Turnalar Sadoqat. O‘tkir Hoshimov
Saodat Toji. Vatan
|
1 soat
|
sentabr
|
2
|
Maktabim – qutlug‘ makonim, kitobim – oftobim
|
Sulaymon Risboyev. Bolaning qanoti
Turg‘unboy G‘oipov. Sehrli qalam
|
1 soat
|
sentabr
|
3
|
Mehnat – baxt keltirar.
|
Asqad Muxtor. Gavro`sh
Tolib Yo`ldosh. Yerning tili
Akbar Yunusov. Harakatda barakat
|
1 soat
|
oktabr
|
4
|
Oltin kuz – hosiling yuz.
|
Qutlibeka Rahimboyeva. Kuz. Nurullo Oston. Yana kuz keldi.
Quddus Muhammadiy. Bizning kuz.
|
1 soat
|
oktabr
|
5
|
Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi
|
Hikmatlar xazinasi
Tohir Malik. Oqil aka va nodon uka.
Abdurahmon Akbar. Buvijonim.
|
1 soat
|
noyabr
|
6
|
Tursunboy Adashboyev ikodini o`rganamiz
|
1939-yil”Orzularim – qo`sh qanotim”, ”Osmondagi darvoza” (“Sharq. 2012”)
|
1 soat
|
noyabr
|
7
|
Kumush qish – misoli oqqush.
|
Yayra Sa’dullayeva. Qish bo`lmasa-chi?
Shukur Sa’dulla. Qish
Nurullo Oston. Qor havosi
|
1 soat
|
dekabr
|
8
|
Xudoyberdi To`xtaboyev mehmonda
|
1933-yil, 17-dekabr. ”Omonboy bilan Davronboyning sarguzashtlari”, “Shirin qovunlar mamlakatida”.
|
1 soat
|
dekabr
|
9
|
Qushlar, hayvonlar – bizning do‘stimiz.
|
Abdurahmon Akbar. Bulbul haqida ertak Dilfuza Shomalikova. Sirli g`or
|
1 soat
|
yanvar
|
10
|
Qushlar, hayvonlar – bizning do‘stimiz.
|
Rustam Nazar. Qizil kitob va qaysar echki
|
1 soat
|
yanvar
|
11
|
Ertaklar – yaxshilikka yetaklar.
|
Non – hamroh
Serkaboboning hiylasi
Xo`rozbek va Oftoboyim
|
1 soat
|
fevral
|
12
|
Ertaklar – yaxshilikka yetaklar.
|
Tabiatning ne’mati ko`p
Cho`loq laylak
Bosh va til
|
1 soat
|
fevral
|
13
|
Zumrad bahor – bahri diling ochar.
|
Otayor. Bahor keldi.
Shukur Sa’dulla. Bahor
|
1 soat
|
mart
|
14
|
Zumrad bahor – bahri diling ochar.
|
Habib Rahmat. Yomg`ir yog`ar
Jabbor Razzoqov. Danak
|
1 soat
|
mart
|
15
|
Tabiatni asrang, avaylang
|
Qudrat Hikmat. Shamol botir
Quyon. Nosir Fozilov.
|
1 soat
|
mart
|
16
|
Tabiatni asrang, avaylang
|
Dilshod Rajab. Bug`doyning taqdiri.
Muhammad Ali. Zubturum
|
1 soat
|
aprel
|
17
|
Nosir Fozilovijodini o`rganamiz
|
1929-yil, 1-iyun. ’Shum bolaning nabiralari’, ”Tug`ilgan kunim”.
|
|
aprel
|
18
|
Sobit G`ofurov ijodini o`rganamiz
|
1933-yil, 10-may. ”A`zam tut”, ”Jiyron”, “Teshik kulcha”.
|
|
aprel
|
19
|
Yoz – o‘tadi soz
|
Qutlibeka Rahimboyeva. Yoz Ravshan Fayz. Yoz
|
1 soat
|
may
|
Ilk mutolaa bosqichida STO` darslari uchun 45 daqiqa ajratiladi. Asarni o`qishdan oldin o`quvchilar asar nomi va uning mualliflari bilan tanishadilar, rasmlarini tomosha qiladilar. Daftarlariga asar nomi va muallifini yozadilar. Bu davrga kelib asarni sinfdagi yaxshi o`qiydigan o`quvchilarga ma`lum tayyorgarlikdan so`ng o`qitish mumkin. Darsda turli o`yinlardan foydalanish o`quvchilarning qiziqishlarini oshiradi.
Demak, 1-4-sinf o`quvchilarini mustaqil o`qishga tayyorlashda o`quv materialining xilma xil bo`lishiga, asosiysi, ular o`quvchilarda kitob o`qishga rag`bat uyg`onishiga e`tibor qaratiladi. Quyida mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishga yo`naltirilgan dars mazmuni va tashkil etish bosqichlari tuzilishi namunasini keltiramiz:
Mavzu. Porla, millat bayrog‘i!
Darsning maqsad va vazifalari belgilab olindi:
Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarning to‘g‘ri, ongli va ifodali o‘qish, she’riy matn ustida ishlay olish ko‘nikmalarini takomillashtirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatan haqidagi tushunchalarini kengaytirish. Ularda Vatanga, uning ramzlariga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, o‘z Vatanini qadrlashga o‘rgatish. «Ona yurting – oltin beshiging» maqolining ma’nosini tushunishlariga erishish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘qish malakalarini rivojlantirish, lug‘at boyligini oshirish, nutqini o‘stirish.
Dars uch bosqichda olib borildi va ulardagi ish mazmuniga qarab metod hamda ish turlari tanlandi. Masalan, «Tez javob» didaktik o‘yini, aqliy hujum, izohli o‘qish, mustaqil ish, krossvord yechish, test yechish kabi.
Darsning tashkiliy qismida darsning shiori ustida ishlandi (Bayrog‘imiz – faxrimiz).
Darsning kirish suhbati davlat ramzlari haqida bo`ldi. Bunda qiyidagi savol-topshiriqlar ustida ishlandi:
Siz Davlat ramzlaridan nimalarni bilasiz? Davlatimiz bayrog‘ini tavsiflang. Gerbimizni ta’riflab bering. Konstitutsiya haqida nimalarni bilasiz? Davlat madhiyasining so‘zlari va musiqasining mualliflari kimlar?
O‘quvchilar Davlat ramzlari haqida kengroq tushunchaga ega bo‘ladilar (bunda ularning rasmlaridan va madhiya matni yozilgan plakatdan foydalaniladi. Madhiyani magnitafondan eshittirish va unga jo‘r bo‘lib ayttirish ham mumkin).
Mavzuga qiziqish uyg‘otish maqsadida xattaxtaga Vatanimizning hozirgi ko‘rinishi, hilpirab turgan bayrog‘imiz tasvirlangan rasmlar ilib qo‘yildi. Rasmlar yuzasidan suhbat o‘tkazildi:
Bu rasmlarda nimalar tasvirlangan? Rasmdagi barcha joylarni umumiy nom bilan qanday atash mumkin? Vatanimiz ramzlari deganda nimalarni tushunasiz? Nima uchun? Bugun o‘qiydigan asarimiz qanday mazmunda bo‘ladi?
Aqliy hujum. – «Millat bayrog‘i» deganda nimani tushunasiz? O‘quvchilar javobi xattaxtaga yozib boriladi. Dars so‘ngida o‘quvchilarning o‘zlari javoblarining qay darajada mukammalligini bilib oladilar. She’r nomi va uning muallifi ham xattaxtaga yoziladi.
Yangi o`qiladigan she`rning muallifi haqida o`quvchilar to`plab kelgan ma`lumotlarini bayon qildilar. Bu orqali o`quvchiular quyidagi ma`lumotlarni bilib oldilar:
Аzim Suyun 1948-yildа Sаmаrqаnd vilоyatidа tug‘ilgаn. Bоlаligi Nurоtа tizmа tоg‘lаrining qo‘ynidа o‘tgan. Аzim Suyun Tоshkent davlat universitetini tugаtgаch, nashriyot, gazeta va muassasalarda fаоliyat yuritadi.
Аzim Suyunning birinchi she’ri 15 yoshidа chоp etilgаn. Uning «Mеning оsmоnim», «Zаmin tаqdiri», «Qаrо ko‘zing sеning», «O‘zlik», «O‘zbеkyurt» kabi ko‘plab kitoblari nashr etilgan. Azim Suyun ham Vatan haqida ko‘plab she’rlar yozgan. Uning shunday she’rlaridan biri «Millat bayrog‘i» deb nomlanadi.
So`ng she’rni o`quvchilar ifodali o‘qib berdilar. She`r yuzasidan quyidagi savollar asosida suhbat amalga oshirildi:
– Nima uchun biz Vatanimizni sevamiz?
– Bayrog‘imiz nimaning ramzi hisoblanadi? (mustaqilligimizning, tinchlikning)
O‘quvchilar javobi umumlashtiriladi: – Siz o‘rganayotgan bu she’r ham Vatan va uning bayrog‘i haqida. Shoir ham o‘z Vatanidan faxrlanib, ushbu she’rini yozgan.
She’r matni ustida lug‘at ishi o`tkazildi va quyidagi so`z ma`nosini o`quvchilar bilib oldilar:
So‘zlar ma’nosini bilib oling.
o‘tmish – o‘tgan davr, kechmish
dorilamon kunlar – tinch, osoyishta kunlar
mehr – samimiy muhabbat, yaxshi ko‘rish
porla – yorqin nur soch, balqi
mangulik – abadiylik, mangu ekanlik
hur – ozod, erkin, mustaqil
so‘lidasan – chap tomonidasan
|
She’r mazmuni yuzasidan suhbat o`tkazildi.
Topshiriq. Quyidagi misralar ma’nosini izohlang.
-
Misralar
|
Izoh
|
Qora o‘tmish qoldi ortda,
Dorilomon kunlar yurtda.
|
|
Mehr – ko‘zda, muhabbatda
|
|
Mangulik hur yo‘lidasan,
O‘ngidasan, so‘lidasan.
|
|
Suhbat uchun savollar:
* She’rda Vatanimiz o‘tmishi haqida nima deyilgan? Vatanimiz kelajagi haqida-chi? She’rdagi qaysi misralar sizga kuchli ta’sir qildi? Shoir nima uchun Vatan bayrog‘iga «Mangulik hur yo‘lidasan, O‘ngidasan, so‘lidasan» deb murojaat qilgan?
She’rni topshiriq bilan o‘qitish ishi amalga oshirildi.
O‘quvchilar bir necha guruhga bo‘linadi. Har bir guruhga she’rning ma’lum bir bandini o‘qib, mazmunini o‘zlashtirish topshiriladi. Guruhlarga quyidagicha topshiriqlar berilishi mumkin:
1-guruh uchun: Vatanimiz o‘tmishi haqida fikr yuritilgan bandni o‘qing.
2-guruh uchun: Vatanimiz bayrog‘i tavsifiga bag‘ishlangan bandni ifodali o‘qing.
3-guruh uchun: Vatanimiz bayrog‘iga shoirning tilaklari aks etgan bandni o‘qing.
She’rni ifodali o‘qish musobaqasi. Bu musobaqa qatorlararo o‘tkaziladi. She’rning bandlari qatorlarga bo‘lib beriladi, birgalikda jo‘r bo‘lib ifodali o‘qishga ball qo‘yib boriladi. Ballar jamlanib, g‘olib qator e’lon qilinadi.
Krossvord yechish. Bunda oldindan tayyorlangan krossvord xattaxtaga osib qo‘yiladi. O‘quvchilar uni to‘ldiradilar. (Krossvordni tuzishda she’r matnidagi so‘zlardan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi)
– Aziz o‘quvchilar, quyidagi krossvordni to‘g‘ri bajarsangiz, Vatan ramzlaridan birining nomi kelib chiqadi.
1. Oltinchi misradagi birinchi so‘z.
2. Uchinchi banddagi birinchi so‘z.
3. Yettinchi misradagi oxirgi so‘z.
4. Oxirgi band birinchi misrasidagi ikkinchi so‘z.
5. Ikkinchi misra boshidagi so‘z.
6. Beshinchi misraning oxirgi so‘zi.
Test topshiriqlari ustida ishlash.
I. «Millat bayrog‘i» she’rining muallifi kim?
A) Abdulla Oripov
B) Azim Suyun
D) Po‘lat Mo‘min
II. She’r necha banddan iborat?
A) ikki
B) uch
D) to‘rt
III. She’rda «Porla, Millat bayrog‘i» misrasi necha marta qo‘llangan?
A) 2 marta
B) 3 marta
D) 4 marta
IV. Quyidagi misrada tushirilgan so‘zni toping.
Mehr – ______, muhabbatda.
A) ko‘zda
B) so‘zda
D) tilda
V. She’rda qo‘llangan «hur» so‘zining ma’nodoshini toping.
A) doimo
B) faxr
D) ozod
«BBB» jadvali o`quvchilarga to`ldirtirildi:
Bilaman
|
Bilib oldim
|
Yana bilishni istayman
|
|
|
|
Uyga vazifa qilib “Maktabim – qutlug‘ makonim, kitobim – oftobim” mavzusidagi quyidagi asarlarni o`qib kelish berildi: Sulaymon Risboyev. Bolaning qanoti. Turg‘unboy G‘oipov. Sehrli qalam.
Dars davoimida o`quvchilar o`zlari mustaqil ravishda o`qib kelgan asarlarining mazmuni gapirib beradilar.
Xulosa qilib aytganda, o`quvchilarni mustaqil o`qishga o`rgatishda jahon ta`limidagi ilg`or usullar asosida yaratilgan tizimni tadbiq etish orqali ularni mustaqil o`qishga qiziqtirish, fikrlash qobiliyatini o`stirish, kitob bilan ishlash usullarini o`rgatish, muntazam ravishda kitob o`qib borishga rag`bat uyg`otish mumkin.
2.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish usullari
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: ”Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro`-e`tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o`sib, ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishiga bog`liqdir. Biz bunday haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak ”17,- deb ta`kidlagan edi. Bu fikrlardan kelib chiqib, har bir ta`lim sohasi mutaxassislari o`z vazivalarini belgilab olishlari tabiiy. Yosh avlod shaxsida komil insonga xos fazilatlarni shakllantirishda boshlang`ich ta`limda sinfdan tashqari o`qish darslarining mazmunini va tashkil etish shakllarini zamon talablari darajasiga ko`tarish, hozirgi “tez sur`atlar bilan o`zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o`ta shiddatli va murakkab bir zamonda”18 yashayotgan, axborotlar oqimining ko`pligi ta`sirida anchayin dunyoqarashi keng kichik yoshdagi bolalar ehtiyojini hisobga olib, ularga yondashish zarur. Yuksak texnologiyalar davrida, “hozirgi paytda yer yuzining qaysi chekkasida qanday bir voqea yuz bermasin, odamzot bu haqda dunyoning boshqa chekkasida zudlik bilan xabar topishi hech kimga sir emas”ligidan kelib chiqib, kompyuter, televidenielarning keng ommalashuvi sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etishga katta mas`uliyat bilan yondashishni talab etadi. Har qanday holatda ham bolaga kitob o`qishni, kitobni tanlab o`qishni, unga to`g`ri munosabat bildira olishni o`rgatish sinfdan tashqari o`qish darslarining vazifasidir.
O`rta umumiy ta'lim va o`rta maxsus kasb-hunar ta'limi bo`yicha intеraktiv mеtodlardan foydalanish xususida ham ilmiy izlanishlar olib borilgan bo`lib, ularda ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlarni o`qitish jarayonida foydalanish imkoniyatlari yoritilgan, intеrfaol usullar yordamida o`quvchilarni mustaqil faoliyatga yo`naltirish, ta'lim jarayonida faollikni yuzaga kеltirish orqali mavzularni o`zlashtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan qarashlar ilgari surilgan. Bulardan Sh.Yusupovaning “Hozirgi o`zbеk adabiy tili darslarida o`quvchilar tafakkurini o`stirishning falsafiy asoslari”nomli monografiyasida19, H.Hasanboеvaning “Adabiy ta'limda mustaqil fikrlashga o`rgatish asoslari”20 nomli monografiyasida adabiy ta'limda o`quvchilarni mustaqil faoliyatga yo`naltirishning asoslaridan biri sifatida ilg`or pеdagogik tеxnologiyalar, intеrfaol usullar ko`rsatilgan. Profеssor S.Matchonov “Boshlang`ich sinf o`qish darslarida ilg`or pеdagogik tеxnologiyalardan foydalanish“ kitobida:” badiiy asarlar matni ustida ishlash jarayonida ularning janriy xususiyatlaridan tashqari, mavzusi ham nazarda tutilgan holda metodik isnhar tashkil qilinadi. Masalan, tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bag‘riga sayohat uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o‘rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga dahldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi“21,-dеgan asosli fikrni bildiradi.
F.U.Egambеrdiyеvaning “Adabiy ta'limga ilg`or pеdagogik tеxnologiyalarni tatbiq etish mеtodikasi” mavzusidagi nomzodlik dissеrtatsiyasida22 7-11-sinflarda adabiy ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilg`orpеdagogik tеxnologiyalar majmuini yaratish va shu asosda Cho`lpon ijodini puxta o`zlashtirishni ta'minlash xususida so`z yuritilgan bo`lsa, S.A.Adilovaning “O`zbеk tili mashg`ulotlarini komp'yutеr tеxnologiyalari vositasida tashkil etish”23 nomli nomzodlik dissеrtatsiyasida rusiyzabon guruhlarining o`zbеk tili ta'limini o`qitish mеtodikasida 1-marta mashg`ulotlarni kompyutеr vositasida o`tishning nazariy asoslari yaratildi.
S.Yaminovning “O`quvchilarni mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda sеnariyli o`qitish usulidan foydalanish”24 mavzusidagi ilmiy-tadqiqotida adabiy ta'lim jarayoniga ilg`orpеdagogik tеxnologiyalarni qo`llash asosida, ya'ni ta'limning noan'anaviy shakllaridan foydalanish asosida O`quvchilarni faolligini oshirish hamda sеnariyli o`qitish yo`llari va usullari yoritib bеrilgan. Biroq Boshlang`ich ta'limda sinfdan tashqari o`qish darslarini pеdagogik tеxnologiyalar asosida tashkil etish bo`yicha maxsus kеng ko`lamli ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmagan.
Boshlang`ich ta'limda sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etish bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Matbuotda bir qancha mеtodist va o`qituvchilarning maqolalari e'lon qilingan. Jumladan, profеssor Q.Abdullayеva, K.Qosimova, O. Safarov, S.Matchonov, B.Ma’qulova, T.Adashboyеv, Е.Abduvalitov , D.Shodmonqulova, X.G‘ulomovalarning o`quv qo`llanmalari, mеtodik qo`llanmalari va maqolalari nashr etilgan. Ularda kitob tanlash tamoyillari, sinfdan tashqari o`qish darslari mavzulari, yozuvchi va shoirlar bilan tashkil etiladigan uchrashuvlar, sinfdan tashqari o`qish darslarida yozuvchi va shoirlarning asarlarini o`rganish, sinfdan tashqari o`qish darslarida krossvordlar, ta'limiy o`yinlardan foydalanish masalasi ko`rib chiqilgan. Sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etish bo`yicha B.Ma'qulova tadqiqot ishi olib borgan. Uning ishida ham O`quvchilar sinfdan tashqa rio`qish darslarini tashkil etish borasida salmoqli fikrlar bayon qilingan, lеkin Hozirgi davr talabi bu ishlarni takomillashtirishni taqozo etadi.
Sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy asarlarni o`rganish jarayoniga intеrfaol usullarni tadbiq etish orqali matn mazmunini o`zlashtirishni, badiiy tilini tahlil qilish, badiiy vositalarni o`rganish, asar mazmunini qayta hikoyalashga o`rgatish orqali o`quvchilarning nutqini o`stirish va fikrini uslubiy jihatdan to`g`ri va emotsional jihatdan ta'sirchan ifodalashga o`rgatish,
“Inson, uning har tomonlama uyg`un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro`yobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mеxanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o`zgartirish rеspublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. .... fan,tеxnika va tеxnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O`zbеkiston taraqqiyotining muhim shartidir”25 dеb ta'kidlanadi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da O`zbеkiston ta'lim tizimini isloh qilishning dasturiy hujjatlarida ta'limga bilimdon va harakatchan, tеz o`zgarayotgan ijtimoiy, informatsion va tеxnologik sharoitlarda kasbiy, ijtimoiy va psixologik o`rnini topa oladigan insonni tarbiyalay oladigan kadrlar tayyorlash dolzarb masala sifatida ta'kidlangan.
“Ta'lim to`g`risida”gi qonunda “o`qitishni ilg`or shakllari va ilg`or pеdagogik tеxnologiyalarni, ta'limning tеxnik va axborot vositalari o`quv jarayoniga joriy etish” asosiy masalalardan biri dеb ko`rsatilgan.
Boshlang`ich ta'limda sinfdan tashqari o`qish darslari samaradorligini ta'minlovchi intеrfaol mеtodlardan foydalanish, o`qitishning noan'anaviy usullarini qo`llash juda muhimdir. Jumladan, sinfdan tashqari o`qish darslarida uyushtiriladigan o`yinlar ko`ngilochar mashg`ulot bo`lmasdan, ta'limiy xaraktеrga ega bo`lishi, o`rganilayotgan asar mavzuni ni o`zlashtirishga, asar yuzasidan ta'limiy va tarbiyaviy xulosa chiqarishga qaratilishi lozim. Intеrfaol usullardan o`rinli, O`quvchilarning qobiliyatlarini hisobga olgan qolda foydalanish lozim. Rixsixon Ubayxo`jaеva “Ilg`orpеdagogik tеxnologiyaning juda ko`p usullari mavjud bo`lib, boshlang`ich sinf ona tili darslarida ular sеminar darslar, konfеrеntsiya darslari, ”Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Sinkvеyn”, “BBB”(Bilar edim, bilishni xohlayman, bilib oldim), “Dеbatlar”, “Tanqidiy tafakkur” va boshqalarni ko`rsatadi. Bu usullardan o`quvchining yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanilmas, qilingan ishlar ishlar samara bеrmaydi.
O`zbеkistonda xizmat ko`rsatgan xalq ta'limi xodimi Sobir Tursunov: ”Noan'anaviy darslarining turi ham juda ko`p: ertak, sayohat, musobaqa, bozor, sport o`yin turlaridan foydalanib yaratilgan darslar durust samara bеrmoqda. Bu O`quvchilarni darsga bo`lgan qiziqishlarini oshirmoqda. Lеkin bu darslarni ba'zi o`qituvchilar saxna darsiga aylantirib, bir bor o`tilgan darsni sеnariysidan foydalanib, har safar kеlgan dars kuzatuvchisiga namoyish qilib, o`quvchilarni dangasalikka o`rgatmoqda. O`quvchilarda o`yinga qiziqish uyg`onib, jiddiy bilim olishga intilish yo`qolib bormoqda”,- dеb asosli ravishda tanqidiy fikr bildiradi. Boshlang`ich ta'limda sinfdan tashqari o`qish darslarini pеdagogik tеxnologiyalar asosida tashkil etish, ularni muayyan mavzularni o`rganishda qo`llash, tatbiq etish o`quvchilarning dastur talablari darajasidagi bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lishlarini ta'minlashi lozim.
Kеyingi yillarda O`zbеkistonda ham ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishning nazariy asoslarini yaratish bo`yicha M.O.Ochilov, B.Farbеrman, N.Saidahmеdov, U.Nishonaliеv, S.Yu.Mahmudov, O`. Tolipov, M.Usmonboеva, K.Zaripov, Q.Abdukarimov, U.Sattorov izlanishlar olib bordilar.Ular pеdagogik tеxnologiyalarni ta'lim jarayoniga tadbiq etish afzalliklari, mutaxassislik fanlarini o`qitishni yo`lga qo`yishda yangi pеdagogik tеxnologiyalaridan foydalanishning imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar. Hozirgi vaqtda pеdagogik tеxnologiyalarni muayyan yo`nalishlar fan sohasiga tadbiq etish bo`yicha ham qator ilmiy izlanishlar olib borildi, ularda pеdagogik tеxnologiyalardan foydalanish imkonini bеruvchi loyihalar yaratildi, ular ta'lim samaradorligini oshirishga katta ta'sir ko`rsatadi. T.G`afforova, D.Po`latovalarning metodik qo`llanmalarida o`qish, ona tili, tabiatshunoslik darslarini interfaol usullar asosida tashkil etish yoritilgan.26
Maktablarda qo`yilayotgan eng muhim talablardan biri shaxsning ijodiy sifatlarini rivojlantirishdir. Shuning uchun o`qitish jarayoni samarali usullar asosida tashkild etish bilimlarni mustahkam egallashga, ta'lim jarayonidagi qiyinchiliklarni еngishga o`rgatadi, bilim olishga qiziqishni kuchaytiradi. Lеkin o`quvchilarda bilishga qiziqishni uyg`otish uchun ular ma'lum darajada boshlang`ich bilimga ega bo`lishi lozim. Bu bilimlar zahirasini suhbat usulda yaratish mumkin.
Noan`anaviy shaklda tashkil etilayotgan sinfdan tashqari o`qish darslari o`quvchilarning jamoa bo`lib kichik guruhlarda faoliyat ko`rsatishi ko`nikmalarini shakllantiradi, mustaqil fikr yuritish, fikrini erkin ifodalash, boshqalar fikrini tinglash, mulohaza yuritish, ulardan eng muhimlarini ajrata olish, o`z fikrini ilgari surish, uni dalillash, fikrlarni umumlashtirish va xulosalashga o`rgatadi. Interfaol metodlar o`quvchilarda o`quv materialini o`rganishga qiziqish uyg`otish bilan birga, unda ehtiyojni ham yuzaga keltiradi. Ta`lim samaradorligini oshirishning omili sifatida e`tirof etilayotgan interfaol metodlarni boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish darslariga ham tadbiq etish orqali o`quvchilarning o`zlashtirish darajasi ko`tariladi.
Sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etishda “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “6x6x6”, “Lahzada aql charxi”, “Qarorlar mojarosi” (qaror qabul qilish texnalogiyasi) kabi interfaol usullardan va ta`limiy o`yinlaridan foydalanish o`quvchilarni mustaqil fikrlashga, fikrini jamoa bilan maslahatlashishga o`rgatdi, muammolarni hal qilishda ishtirok etish maylini yuzaga keltirdi.
Sinfdan tashqari o`qish darslarida o`rganiladigan turli mavzulardagi asarlarni o`rganishda muammoli vaziyatlar yaratish o`quvchilarda o`quv faoliyatini aktivlashtirdi.
4-sinfda “Fasllar ko`rki” mavzuni o`rganishda interfaol usul “Klaster” dan foydalaniladi.O`quvchilar o`qigan asarlari: Rauf Tolibning “Gullar va shamol” ertagi Abduraxmon Akbarning “ Osmonning ko`zi”, N.Ostonovning “Bahor”, T.Adashboevning “Navro`z”, “Boychechak” , Z. Diyorning “Binafsha” she`ri asosida “Bahor” mavzusida klaster hosil qiladilar. Bu quyidagi ko`rinishda bo`ladi.
O`quvchilar “Klaster” da yozgan so`zlarini o`qigan asarlari yoki yodlagan she`rlaridan misollar keltirib izohlaydilar.
3-sinfda “Hayvonot dunyosi” mavzusini o`rganishda “Aqliy hujum” metodidan foydalaniladi. O`qituvchi hayvonot dunyosi haqida nimalarni bilishlarini o`quvchilardan so`raydi. O`quvchilar Anvar Obidjon, Tursunboy Adashboyevning she`rlari asosida quyidagi fikrlarni aytadilar:
- hayvonlar juda ko`p;
-yovvoyi hayvonlar bor, uy hayvonlari bor;
-hayvonlarning gushtidan, yungidan foydalanamiz;
- hayvonlardan ish quroli sifatida foydalaniladi;
- ba`zi hayvonlar “Qizil kitob” ga ham kiritilgan;
Sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etishda o`qituvchi va o`quvchilar faoliyatini o`rganish, o`quvchilarning bilimlarni o`zlashtirish darajasini test sinovlari va yozma ishlari orqali aniqlash, o`qituvchi faoliyatini anketa so`rovlari yordamida tahlil qilish asosida sinfdan tashqari o`qish darslarida hosil qilinadigan ko`nikma va malakalarni o`quvchilar an`anaviy shaklda tashkil etilayotgan dars mashg`ulotlarida o`zlashtira olmaydi. Bundan tashqari, boshlang`ich sinf sinfdan tashqari o`qish dasturida o`tmishni o`rganish, Vatan va tabiat mavzulari, shoir va yozuvchilar ijodini o`rganish sinfdan sinfga o`tgan sari murakkablashib boradi. Uning o`rganishdagi qiyinchiliklar o`z-o`zidan samarali metodik yondashuvni taqazo etadi.
Sinfdan tashqari o`qish darslarida o`zbek bolalar yozuvchilari asarlarini mustaqil o`qishlarini tashkil etishda ilg`or usullardan foydalanish bolalarda ularning ijodiga qiziqish uyg`otadi va bola mustaqil ravish ularning boshqa asarlarini topib o`qiydi. Masalan, Tursunboy Adashboyev ijodini sinfdan tashqari o`qish darslarida o`rganish o`quvchilarda uning ijodiga katta qiziqish uyg`otadi. Tursunboy Adashboyevning “Qish” she`rining hajmi unchalik katta emas. Lekin u qishda hayvonlar hayotida ro`y beradigan o`zgarishlarni bilib olishga yaqindan yordam beradi. Bu she`rni o`qishdan oldin ham o`quvchilar bilan savol-javoblar o`tkaziladi. O`quvchilar diqqati hayvonlarning qishdagi hayotiga qaratiladi. Masalan, qishda yovvoyi quyonlarning rangi o`zgarib, qorda o`zini dushmandan himoya qiladigan oq rangga kirishi, ayiqning o`siq yunglari sovuqda yashashga qo`l kelishi to`g`risida tushuncha beriladi. She`r matni bilan tanishishdan oldin xattaxtaga “ayoz”, “quyruq”, “so`qmoq”, “piyma”, “po`stin” “pahmoq” so`zlari yozilib, ma`nosi izohlanadi. She`rni navbat bilan o`quvchilarga to`rt-besh marta o`qitilganidan keyin uning mazmuni yuzasidan savol-javob o`tkaziladi. SHe`rning to`la mazmuni uch-to`rt o`quvchilarga gapirtiriladi, ularning fikr-mulohazalari to`ldiriladi. Mazkur mavzuni o`rganish jarayonida maktab atrofiga sayohat uyushtirish ham mumkin. Qishda qor bosgan dalalarni, tomlarni, daraxtlarni, odamlarning va qushlarning qishdagi hayotini kuzatish o`quvchilarning mustaqil fikrlashi va nutqining ifodali, sermazmun bo`lishi uchun boy material beradi.
O`quvchilar barglari to`kilib, sovuqda qor bosib turgan daraxtlarni ko`rar ekan, shu holatni ifodalagan “qor ko`rpasiga o`rangan yalang`och daraxt” yoki “sovuqda mudrayotgan daraxt” kabi iboralarni topishga harakat qiladi, bu esa o`quvchilarning lug`at boyligining oshishiga xizmat qiladi. Biz 3-sinf sinfdan tashqari o`qish darsida T.Adashboyev ijodini o`rgandik. Dars o`quvchilarda katta qiziqish uyg`otdi. Shoir bilan uchrashuv tashkil etishni so`rashdi.
Sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy matnning lisoniy tahliliga ham e`tiborni kuchaytirish lozim. O`qish dasturining o`quvchilar bilimiga qo`yiladigan talablarida ularning ayrim tasvir vositalari va badiiy til elementlarini bilishlari zarurligi qayd etilgan bo`lsa, o`quvchilarning ko`nikma va malakalariga bog`liq talablarida “tilning ifoda vositalarini o`rinli qo`llay olish va ularning uslubiy imkoniyatlaridan foydalana olish”lariga e`tibor qaratilgan. Jumladan, o`qish dasturida va darsliklarida badiiy asar tili tahliliga quyidagi talablar qo`yilgan:
- O`qish mashg`ulotlarini o`tkazish jarayonida o`quvchilarda nutq faoliyatining asosiy ko`rinishi bo`lgan ko`nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, o`quvchilarning bog`lanishli nutqini o`stirish, nutq madaniyatini rivojlantirish nazarda tutiladi.
- Olti-etti yoshli bolalarning nutqini takomillashtirish uchun uning nutqidagi kamchiliklarni o`qish darslaridagina emas, balki barcha predmetlar yuzasidan o`tkaziladigan darslarda hamda darsdan va maktabdan tashqari uyushtiriladigan mashg`ulotlar jarayonida ham tuzatib borishga alohida ahamiyat berilishi zarur.
- Matn ustida ishlash murakkablashib boradi, bolalar o`qituvchi rahbarligida asarning asosiy mazmunini aniqlaydilar, qahramonlarning xatti-harakatini ifodalovchi so`z va iboralarni topishga, voqea-hodisalarni so`z bilan tasvirlashga o`rganadilar. Ularda so`z boyligiga talab ortadi.
Sinfdan tashqari o`quvchilar mustaqil o`qigan asarlarni hisobga olib borishga katta e`tibor qaratildi. 1-2- sinfda o`quvchilar kundalik daftarlariga mustaqil o`qigan asarlari nomi va muallifini yozib bordilar. 3-4-sinfda o`quvchilar o`qigan asarlarini hisobga olib boruvchi, o`z munosabatlarini qisqa qilib yozib qo`yuvchi mazsus daftar tutdilar. Yil oxirida ota-onalar yig`inida, maktab pedagoglari kengashida mustaqil kitobxonlik darajasi yuksak o`quvchilar rag`atlantirib borildi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining kitobxonlik saviyasi targ`ib qilinayotgan asarlar, yozuvchilar ijodi, o`qilgan asar yuzasida uyushtirilgan bahz-munozaralar sifatiga bog`liq bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |