Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik



Download 1,74 Mb.
bet17/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Axey kanyazligi (Morey knyazligi, Morey prinsipati) – salibchilarning 4-salib yurishidan keyin hozirgi Gretsiya hududida tuzgan davlati (1205-1432). 1224-yilgacha Fessalonika qirolligi, undan keyin Lotin imperiyasi vassalligini tan olgan. Vizantiya imperiyasi qayta tiklangandan keyin (1261) salibchilarning Vizantiya yerlaridagi yagona kuchli davlatiga aylangan. Keyinroq, Neopolitan qirolligi vassalligi ostida boʻlgan. 1432-yilda Morey despotligi tomonidan egallangan.
Azenkur – Kale shahridan 60 km janubda joylashgan manzilgoh. “Yuz yillik urush” davrida, ya’ni 1415-yil 25-oktabrda bu yerda ingliz qoʻshini (qirol Genrix V) va fransuz qoʻshini (Konnetabl Sharl I de Albre) toʻqnash kelgan va fransuz qoʻshinlarining qaqshatqich magʻlubiyati bilan yakunlangan.

~ B ~


Babenberglar – Bavariya va Avstriyadagi knyazlik sulolasi. Kelib chiqishi Sharqiy Frankoniyaga borib taqaladi, bir guruh tarixchilar ularni Popponlar graflari sulolasidan kelib chiqqanligini tahmin qiladilar. Frankoniyadagi Bamberg shahriga borib taqalishi haqida ham fikrlar mavjud. 976-yildan B. Bavariya Sharqiy markasi markgraflari (1139-1156-yillarda Bavariya gersoglari), 1156-1246-yillarda Avstriya gersoglari, 1192-1246-yillarda merosiy shartnoma asosida bir vaqtning oʻzida Shtiriya gersoglari boʻlgan. B. taniqli vakillari: Leopold III (1095-1136), Genrix II Yazomirgott (1141-1177), Leopold V (1177-1194), Leopold VI (1198-1230). 1246-yilda Leyta daryosi boʻyida vengerlar bilan boʻlgan jangda gersog Fridrix II (1230-1246) halok boʻlishi bilan B. sulolasining erkak avloddi tugadi.
Bagaudlar (keltcha baga–kurash) – avval Shimoli-Gʻarbiy Galliya, keyinroq, Shimoli-Sharqiy Ispaniya hududlarini qamrab olgan Rim davlatiga qarshi koʻtarilgan ozodlik harakatining ishtirokchilari. B.ning chiqishlari tanaffuslar bilan III asrdan to V asr davomida roʻy bergan boʻlib, asosan, V asr 30-50-yillarida faollashib ketgan. B.ning asosiy qismini xonavayron boʻlgan aholi, kolonlar, qullar tashkil qilgan. Otryadlarga birikkan B. yirik yer egalari villalariga, kuchsiz himoyalangan shaharlarga hujumlar uyushtirgan. Galliyaning alohida hududlarida B. muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritib, Rim hokimiyatini tan olmaydigan jamoalar tashkil etishgan. B. yoʻlboshchilari boʻlgan Amand va Elian imperatorlar deb e’lon qilingan. Ular piyoda (dehqonlar) va otliq (choʻponlar) qoʻshinlardan iborat armiya tashkil etgan. Rimliklar tomonidan bostirilgan qoʻzgʻalon 408-yilda yana qaytadan boshlandi, 435-447-yillarda butun Shimoliy-Gʻarbiy Galliyani qamrab olgan, lekin bu safar ham bostirilgan. V asr oʻrtalarida B. harakati Ispaniyaning shimoliy viloyatlarida avj olgan. 454-yilda vestgotlar qoʻshinlari ispan B.ining qoʻzgʻalonini bostirgan. Shu vaqtdan boshlab tarixiy manbalarda Galliyada B. haqida ham ma’lumot uchramaydi. B. harakati boshqa shunga oʻxshash xalq harakatlari bilan birga Rimning qudratini sindirgan va uning hududlari boʻlgan Galliya va Ispaniya hududlarida varvar qabilalarining oʻrnashuviga ta’sirini koʻrsatgan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish