Bog'liq biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to'xtayev)
Mutatsiyalarning paydo bo‘lish darajalari. Bir gen doirasidagi bitta
yoki bir nechta nukleotidlarning o‘zgarishi yoki almashinishi bilan
bog‘liq muta tsiyalar
gen yoki
nuqtali mutatsiyalar deb ataladi. Ular
oqsillar tuzilishiga o‘zgarishlar kiritadi, ya’ni polipeptid zanjirdagi
aminokislotalarning ketmaketligi yangilanadi va shu bilan oqsil
molekulasining funksional faolligini o‘zgartiradi.
Xromosoma tuzilmasining o‘zgarishi
xromosoma mutatsiyasi deb
ataladi. Bunday mutatsiyalar xromosomaning ma’lum bir qismining
yo‘qolishi tufayli vujudga keladi.
Ayrim hollarda xromosomadan ajralgan qism gomologik bo‘lmagan
xromosoma bilan birikib, genlarning yangi kombinatsiyasini paydo qiladi
va ularning o‘zaro ta’sir xarakterini o‘zgartiradi.
Odamda qo ‘