A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


Genlarning  o‘zaro  epistaz  ta’siri



Download 5,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/244
Sana14.01.2022
Hajmi5,84 Mb.
#363449
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   244
Bog'liq
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to'xtayev)

Genlarning  o‘zaro  epistaz  ta’siri.
  Fenotipda  bir  dominant  genning 
allel  bo‘lmagan  ikkinchi  dominant  gendan  ustunlik  qilishi 
epistaz
  deb 
ataladi.  Bu  qonuniyatning  mohiyatini  tovuq  zotlarida  pat  rangining  ir­
siylanishi  misolida
  
ko‘rib  chiqaylik.  Patlari  oq  rangdagi  ikkita  tovuq 
zotlarining  fenotipi  bir  xil  bo‘lsa  ham  ularning  bu  belgi  bo‘yicha  geno­
tiplari  har  xilligi  aniqlandi.  Buni  tekshirish  uchun  har  ikkalasi  ham 
Oq
Oq
Gametalar
Qizil


125
GENETIKA  ASOSLARI
V BO‘LIM
oq  patli  tovuq  zotlariga  chatishti rildi.  F
1
  da  hamma  duragaylarning 
pati  oq  rangli  chiqdi.  F
1
 
duragay  avlodidagi  xo‘roz  va  tovuqlarni  o‘za­
ro  chatishtirib  olingan  ikkinchi  avlodda  patning  rangi  bo‘yicha  ikki­
ta    fenotipik  guruhga  ajralish  kuzatildi.  Ularning  13/16  qismi  oq  patli, 
 
3/16 qismi esa qora patli tovuq­xo‘rozlar ekanligi aniqlandi. 
Shunday  qilib,  ikkita  oq  patli  tovuq  zotlarini  chatishtirib  olingan  du­
ragaylarning  ikkinchi  avlodida  yangi  belgi  (patning  qora  bo‘lishi)ga  ega 
bo‘lgan  organizmlar  paydo  bo‘ldi.  Endi  tovuqlardagi  pat  rangining  bun­
day  tarzda  irsiylanib  F
2
  da  xilma­xil  ajralish  kuzatilishining  genotipik 
asoslari  bilan  tanishaylik.  Tovuq  zotlarida  IiCC,  IICC,  IiCc,  iicc,  IIcc, 
Iicc  genotiplar  patning  oq  bo‘lishini  ta’minlaydi.  iiCC,  iiCc  genotiplar 
esa  patning qora bo‘lishini ta’min etadi. Tovuq zotlarida patning oq­qora 
bo‘lishi  ikki  juft  allel  bo‘lmagan  genlarga  bog‘liq.  Ularning  birinchi  juf­
ti  Cc  genidir.  Bu  genning  dominant  alleli  (CC)  va  (Cc)  holatda  patning 
qora  bo‘lishini  ta’minlaydi.  Bu  genning  (cc)  holati  patning  oq  bo‘lishiga 
zamin  yaratadi.  Unga  allel  bo‘lmagan  ikkinchi  juft  gen  I­i  esa,  C­c  gen­
ning faoliyatini boshqaradi. Bu gen 
ingibitor
 gen deb ataladi va II, Ii ho­
latlarida  patga  rang  beruvchi  (C)  genining  faoliyatini  to‘xtatadi.  Natijada 
C  geni  genotipda  bo‘lsa  ham,  patning  qora  bo‘lishini  fenotipda  namoyon 
eta olmaydi va pat rangi oqligicha  qoladi. Shunday qilib, allel bo‘lmagan 
genlarning o‘zaro epistaz ta’siridagi irsiylanish jarayonida ham duragay av­
lodlarda, ota­ona organizmida bo‘lmagan yangi belgilar paydo bo‘ladi.

Download 5,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish