Minerallaming tabiatda topilish sharoitlari, shuningdek
eksperimental tekshirishlar ustida olib borilgan kuzatishlardan
ma’lum boMishicha, har qaysi mineral qandaydir muayyan fizik-
kimyoviy sharoitlarda (ya’ni
muayyan harorat, bosim va sistemadagi
komponentlarning kimyoviy konsentratsiyasi miqdorida) yuzaga
keladi. Shu bilan birga ayrim minerallar, ularning barqarorlik
chegarasi tashqi muhitning ta’siri ostida buzilmaguncha (masalan,
oksidlanish va qaytarish protsesslari ta’sirida, bosim va haroratning
ko‘tarilishi yoki pasayishi va boshqa protsesslar ta’sirida)
o‘zgarmasdan saqlanib qoladi.
Shuning uchun geokimyoviy
protsesslaming tarixiy taraqqiyoti davomida juda ko‘p minerallar
o‘zgarish, parchalanish ta’siriga beriladi yoki yuzaga kelgan yangi
sharoitda barqaror boigan boshqa minerallar bilan almashadi.
Shu bilan birga ko‘pgina minerallaming tashqi sharoitning
juda ko‘p o‘zgarishlarida ham o‘zining muvozanatdagi holatini
saqlab, barqarorligicha qolishi bizga ayondir (masalan, olmos, grafit,
korund, mtil va boshqa minerallar shular jumlasidandir).
Hozirgi
vaqtda
ma’lum
boMgan
minerallaming juda
ko‘pchiligi mineral xomashyo sifatida muhim amaliy ahamiyatga
ega (albatta ular foydali qazilma koni
deb aytish mumkin boMgan
ma’lum joylarda to‘plangan boMib, ruda tarkibida, konni qazib olish
uchun yetarli sanoatbop miqdorga va zaxiralarga ega boMgan
hollarda).
Bir turli minerallaming tarkibida sanoat uchun qimmatli
boMgan biron metall (temir, mis, qo‘rg‘oshin, rux, qalay, volfram,
molibden va boshqalar) boMib, ulami rudalardan ajratib olinadi.
Boshqa minerallar (olmos, asbest, kvars, dala shpatlari, slyuda, gips,
soda, mirabilit kabi minerallar o‘zining qimmatli fizik yoki kimyo
xususiyatlariga qarab, ma’lum maqsadlarda xom holicha (qayta
ishlanmasdan) qoMlaniladi yoki sanoat
uchun zarur boMgan sintetik
birikmalar, qurilish materiallari va h.k. olish uchun ishlatiladi.
Shunday qilib, mineralogiya tabiiy kimyoviy birikmalar
(minerallar) haqidagi fan boMib, ularning tarkibi bilan kristall
tuzilishi orasidagi o‘zaro bogManishni, xususiyatlarini, paydo boMish
sharoitlarini va amaliy ahamiyatini tekshiradi. Shunga ko‘ra bu
fanning qo‘yilgan
vazifa bir tomondan, shu fan bilan aloqador
5
boMgan fanlar (fizika, kimyo, kristallokimyo va boshqalar)ning
yutuqlari bilan, ikkinchi tomondan, foydali qazilma konlarni qilirish
-i*azvedka qilish ishlari bilan chambarchas bogMiq bo'lishi lozim.
Mineralogiyaning t hozirgi vaqtdagi eng muhim vazifasi
quyidagilardan iborat:
1. Minerallarni sanoatning turli tarmoqlarida amalda ishlatish
va ulaming yangi turlarini ochish
maqsadida fizik va kimyoviy
xususiyatlarini, ulaming kimyoviy tarkibi va kristall tuzilishi bilan
bogMiq ravishda batafsil o‘rganish uchun har tomonlama chuqur
tekshirish.
2. Minerallaming yuzaga kelish sharoitlarini va mineral hosil
qiluvchi jarayonlar (genezisi) tarixini aniqlash, Shuningdek bu
qonuniyatlami xilma-xil foydali qazilma
konlarini qidirish va
razvedka qilish ishlarida qoMlash maqsadida minerallaming birga
topilishi va mineral komplekslarining ruda hamda tog‘ jinsiarda
oldinma-ketin paydo boMishi qonuniyatlarini tekshirish.
Bu vazifalami hal qilishda mineralogik tekshirishlar aniq
fanlar fizika, kimyo, kristallografiya, kristallokimyo, kolloidkimyo
va fizikkimyo qonunlariga asoslanadi. Mineralogiya to'plagan
maMumotlar o4z
navbatida geokimyo, petrografiya kabi fanlarda,
foydali qazilma konlari haqidagi ilmda, Shuningdek qidiruv-
razvedka ishlarida va bir qancha texnika fanlarida (metallurgiyada,
foydali qazilmalami boyitish va boshqa fanlarda) ishlatiladi.
Minerallar tabiati haqidagi tushuncha, demak mineralogiya
fanining bilimlarning taraqqiy etishi
bilan bogMiq holda tarixan
yuzaga keladi va o‘zgaradi. Quyida mineralogiyani fan tariqasida
taraqqiy etishi uchun o4z ta ’sirini ko'rsatgan tabiat fani tarixidan
muhim voqealami ko‘rib o'tamiz.