2-Bob. MINERALLARNING XUSUSIYATLARI
Umumiy ma’lumotlar
Muzey vitrinalariga yoki maxsus yashiklarga terib qo‘yilgan
minerallarni ko'zdan kechirar ekanmiz, ulami bir-biridan ajratib
turadigan tashqi belgilarining xilma-xilligi bizni hayratga soladi.
Bir xil minerallar shaffof (tog‘ xrustali, tosh tuz),
boshqalari -
xira, yarim shaffof, yoki mutlaqo yorug‘lik o ‘tkazmaydigan
(magnetit, grafit) bo‘lib ko‘rinadi.
Juda ko‘p tabiiy birikmalarning ajoyib xususiyati ulaming
rangidadir. Qator minerallar uchun bu xususiyat doimiy va juda ham
xarakterlidir. Masalan, kinovar (simob sulfidi) doimo to ‘q olcha
rang — qizil rangga ega,malaxit uchun och yashdl rangda b o iish
xarakterlidir, piritning kubchalar shaklidagi kristallari metaldek tilla
rang bo‘lib tovlanishiga qarab oson bilinadi va h.k.
Shu bilan bir
qatorda juda ko‘p minerallaming rangi o‘zgaruvchandir. Masalan,
kvars xillari: rangsiz (shaffof), sutdek oq, sarg‘ish-qo‘ng‘ir,
qoramtir, binafsha, pushti bo‘ladi.
Yaltirash ko‘pgina minerallaming juda xarakterli belgisidir.
Ba’zi minerallaming yaltirash juda ham metallaming yaltirashiga
o‘xshaydi (galenit, pirit, arsenopirit), boshqa paytlarda shishaning
(kvars), sadafning yaltirashiga (muskovit) o‘xshab ketadi. Ko‘pgina
Shunday minerallar borki, hattoki ulaming yangi singan joyi ham
xira bo‘Iib turadi, ya’ni yaltiramaydi.
Ko‘pgina minerallar ba’zan juda yirik faqat lupa va
mikroskopda ko‘rish mumkin boMgan
juda ham mayda kristallar
shaklida uchraydi. Bir qator minerallar uchun kristallaming shakli
juda ham tipikdir, masalan, pirit uchun kristallaming kubik,
granatlar uchun - rombik dodekaedrlar, berill uchun - olti yoki
prizmalar-bo‘lishi xarakterlidir. Biroq kospchilik paytlarda mineral
massalari yaxlit donador agregatlardan iborat bo‘lib,
undagi ayrim
donalar kristallografik qiyofaga ega emas. Ko‘pgina mineral
moddalar hech qanday kristallga o‘xshamaydigan, ba’zan ajoyib
shakllarga ega boigan oqiq (tomma, quyilma) massalar shaklida
ham keng tarqalgan. Masalan, malaxitning buyraksimon massalari,
stalaktitga
o‘xshab
ketadigan
limonit
(temir
gidroksidlari)
massalarini ko‘rsatish mumkin.
38
Minerallar boshqa fizik xususiyatlari bilan ham bir-biridan
farq qiladi. Ularning ba’zi birlari Shunday qattiqki,
oynani ham
osonlikcha chizadi (kvars, granat, pirit), boshqalarining o‘zi esa
shisha parchasi yoki pichoq uchi bilan chiziladi (kalsit, malaxit),
uchinchilari esa shu qadar kichik qattiqlikka egaki, timoq bilan
osonlikcha chiziladi (gips, grafit). Bir turli minerallami sindirganda
muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha ajralib, kristallarga o‘xshash to‘g‘ri
shakli (tekis yonli) boiaklar hosil qiladi (tosh tuz, galenit, kalsit),
boshqalari notekis, “chig‘anoqsimon” yuzalar bo‘yicha sinadi
(kvars). Minerallaming solishtirma ogirligi, eruvchanligi kabi
boshqa xususiyatlari ham keng miqyosda o‘zgarib turadi.
Minerallaming kimyoviy xususiyatlari ham xilma-xildir.
Ba’zilari suvda oson eriydi (tosh tuz), boshqalari
faqat kislotalarda
eruvchan (kalsit), yana boshqalari hattoki, o ik ir kislotalarda ham
barqarordir (kvars). Minerallaming ko‘pchiligi havo muhitda yaxshi
saqlanadi. Biroq juda ko‘p tabiiy birikmalar ham ma’lumki, ular
havoda boigan kislorod, karbonat kislota va namlik ta’sirida
osonlikcha oksidlanadi yoki parchalanadi. Qadimdan ma’lumki,
ba’zi bir minerallar nur ta’siri ostida sekin-asta rangini ham
o‘zgartiradi.
Endilikda biz borgan sari shu narsaga ishonch hosil
qilmoqdamizki, minerallaming mana
shu hamma xususiyatlari
moddalarning kimyoviy tarkibi va kristall strukturasi bilan sababli
ravishda bogiiqdir, bu o‘z navbatida atom yoki ionlaming katta-
kichikligi (mineral tarkibida ishtirok etuvchi), ularning elektron
qobiqlarining (ayniqsa tashqi) tuzilishi va D.I.Mendeleyev jadvalida
kimyoviy elementlaming tutgan mavqeyni belgilab bemvchi
xususiyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham ilgari noma’lum
boigan narsalaming ko‘pchiligi hozirgi zamon aniq fanlarining
yutuqlari asosida borgan sari ko‘proq tushunarli b o iib bormoqda.
Bu yutuqlar tabiiy hodisalami to‘g‘ri
tuShunish uchungina emas,
balki minerallar xususiyatlarini amalda foydalanish uchun ham
yordam beradi.
Shu munosabat bilan fizika, kimyo, kristallokimyo va kolloid
kimyodan biz uchun muhim boigan ba’zi bir hollami eslab o‘tamiz.
39