A yuldashev soliq va soliqqa


TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/76
Sana03.12.2022
Hajmi3,48 Mb.
#878261
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76
Bog'liq
Yuldashev A. Soliq va soliqqa tortish

TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1. Yuridik shaxslarning m ol-mulk solig'ini to'lovchilarga kimlar ki­
radi?
2. M ol-mulkning o'rtacha yillik (choraklik, 6 oylik, 9 oylik) qoldiq 
qiymati qanday tartibda hisoblanadi?
3. Yuridik shaxslar m ol-m ulk solig'i stavkasini kim belgilaydi va bu 
soliqdan qanday imtiyozlar mavjud?
4. M ol-mulk solig'ini hisobini taqdim etish tartibi va soliqni to'lash 
muddatlari qanday?
93


X II bob.
JISM ONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN
MOL-MULK SOLIG'I
l- § . Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ining
iqtisodiy mohiyati
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq - bu bevosita 
soliq bo'ladi, u o'zining ushbu sifati bilan moddiy boyliklami olish va 
jam g'arish jarayonida undiriladi. Bu real soliqdir, («real» atamasi (inglizcha 
real - mulk) ayni ushbu soliq birinchi galda fuqaro egalik qilinadigan mol
- mulk solinishi bilan bog'liq). Bu muntazam soliq hisoblanadi, ya’ni u 
yarim yilda bir marta m untazam ravishda undiriladi. Nihoyat bu hududiy 
soliq bo'ladi, u O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan va unda 
ro'yxatga olingan ko'chm as mulk va transport vositalari (2002-yil 1- 
yanvardan transport vositalari dvigatel quw atidan olinadigan soliq bekor 
qilingan) uchun to'lanadi. M ol-m ulk solig'i mutanosib (proporsional) va 
shedulardir.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni huquqiy 
tartibga solishning asosiy manbalariga O'zbekiston Respublikasi Soliq ko- 
deksi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 29- 
dekabrdagi 478-sonli «Jismoniy shaxslarga mulk huquqida tegishli bo'lgan 
bino va inshootlami baholash va qayta baholash to'g'risidagi nizomni 
tasdiqlash to ‘grisida»gi qarori (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M ah­
kamasining 1994-yil 9-dekabrdagi 591-sonli «Jismoniy shaxslarning mol- 
mulkiga solinadigan soliq stavkalarini tasdiqlash to ‘g'risida»gi qaroriga 
muvofiq ishlab chiqilgan), O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
Davlat soliq qo'm itasi tom onidan «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga 
solinadigan soliqni hisoblab chiqish va budjetga to'lash tartibi to'g'risida» 
yo'riqnom a ishlab chiqildi. Ilgari ushbu soliqnining undirib olinishi 1993- 
yil 28-dekabrda qabul qilingan «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soli­
nadigan soliqlar 
to ‘g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni bilan 
tartibga solinar edi.
Respublika fuqarosi, boshqa davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan 
shaxs, O'zbekiston rezidenti yoki norezidenti bo'lishidan qat’iy nazar soliq 
solinadigan mol-mulkka ega bo'lgan jismoniy shaxslar m ol-mulk solig'i 
to'lovchilari hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 90-moddasiga muvofiq 
soliqqa tortiladigan obycktga: 1) uy-joylar, 2) kvartiralar, 3) bogdorchilik 
va o'zum chilik shirkatlari a ’zolarining chorbog' va bog' uylari 4) garajlar 
va boshqa imoratlar, bino va inshootlar kiradi hamda yuqoridagi mol-
A r t
94


mulkka ega bo'lgan jismoniy shaxslar m ol-m ulk solig'i to ‘lovchilardir. 
Bundan tashqari, 2002-yil 1-yanvargacha jismoniy shaxslaming mulki 
bo'lgan avtomobillar, motorli qayiqlar, vertolyotlar, samolyotlar va boshqa 
transport vositalari dvigatellarining quw ati soliq solish obyekti bo'lib 
hisoblangan. Lekin 2002-yil 1-yanvaridan O'zbekiston Respublikasi Va- 
zirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi «Asosiy makroiqtisodiy 
ko'rsatkichlar prognozi va 2002 yilgi O'zbekiston Respublikasi Davlat 
budjetining parametrlari to ‘g‘risida»gi 490-son qaroriga muvofiq Jismoniy 
shaxslaming transport vositalariga benzin, dizel yonilg'isi va gaz ishlat- 
ganlik uchun iste’moli solig'i joriy etildi.
U m um an olganda, «soliq solish obyekti» va «soliq solish predmeti» 
tushunchalarini farqlash zarur. Bu farq ayni jism oniy shaxslar mol-mulkiga 
solinadigan soliqqa nisbatan yanada yaqqol nam oyon bo'ladi, u soliqning 
subyektini aniqlaydi va u bilan m a’lum huquqiy aloqada, jumladan, mulk 
huquqiy munosabatlarda bo'ladi. Shunga e ’tibom i qaratamizki, 1998-yil
13-yanvardagi 392-sonli Y o'riqnom a (2-bandi)da O'zbekiston Respublikasi 
Soliq kodeksidan (89-modda) farqli o'laroq, shunday belgilanadiki, soliq 

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish