– 46 –
Baholash
mezoni
O‘quvchilar mazkur topshiriqni bajarishlari uchun laboratoriya
sharoitida ilmiy tadqiq etilishi mumkin bo‘lgan masalalarni anglashlari
talab etiladi. Nutqida nuqsoni bor bo‘lgan bolalarni tushunishga yordam
beradigan matoning ayrim xususiyatlarini laboratoriyada tajriba o‘tkazish
yo‘li bilan tekshirish mumkin (masalan: unga zarar yetkazmagan holda yu-
vish, buyumlarni o‘rash, taxlash), ammo matoni keng ko‘lamda arzon ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yishni laboratoriyada tekshirib bo‘lmaydi.
Agar o‘quvchilar topshiriqni bajarishda quyida keltirilganidek, belgilangan
ketma-ketlikda to‘rtta to‘g‘ri javobni belgilashsa, javob qabul qilinadi (1 ball).
To‘g‘ri javob: Ha, Ha, Ha, Yo‘q. Boshqa javoblar yoki javob yo‘q bo‘lsa, qabul qilin-
maydi (0 ball).
Mazkur topshiriq o‘quvchilarning ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensi-
yasini baholashqa qaratilgan.
2-savol
Mato elektr tokini o‘tkazishi yoki o‘tkazmasligini
aniqlash uchun
qaysi laboratoriya jihozidan foydalanish mumkin?
A Voltmetr
В Yorug‘lik indikatori
С Mikrometr
D Tovush indikatori
Baholash mezoni
O‘quvchilar mazkur topshiriqni bajarishlari uchun laboratoriya
jihozlarining turlari
va ularning nima maqsadda ishlatilishini bilishlari zarur. Agar o‘quvchilar “A Voltmetr”
bo‘lgan javobni belgilashsa,
javob to‘liq qabul qilinadi
(1 ball)
.
Boshqa javoblar yoki javob
yo‘q bo‘lsa,
qabul qilinmaydi
(1 ball)
.
Mazkur savol o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasini
baholashga qaratilgan.
N
ovvoy osh tuzi, un, suv
va achitqilarni idishga solib,
ularni aralashtiradi, xamir qoriydi. Shundan so‘ng
xamirda achish jarayoni boshlanishi uchun bir ne-
cha soatga olib qo‘yiladi. Achish davomida xamirda kimyoviy
jarayonlar kechadi: achitqilar (bir hujayrali zamburug‘lar) un
tarkibidagi kraxmal va shakarni karbonat angidrid va spirtga
aylantiradi.
2.6.
NON
UCHUN XAMIR
– 47 –
1-savol
Achish natijasida xamir ko‘tariladi (hajmi ortadi). Xamir nima
sababdan ko‘tariladi?
A Xamir ko‘tariladi, chunki gazsimon holatga o‘tadigan spirt hosil bo‘ladi.
B Xamir ko‘tariladi, chunki bir hujayrali zamburug‘lar ko‘payadi.
C Xamir ko‘tariladi, chunki karbonat angidrid gazi hosil bo‘ladi.
D Xamir ko‘tariladi, chunki achish jarayonida suv bug‘ ga aylanadi.
Baholash mezoni
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar biologiya fanidan bir hujayrali (achitqi)
zamburug‘lar, achish jarayoni haqidagi bilimlarni yodga olishlari kerak: achitqilar hayot fao-
liyati natijasida un tarkibidagi shakar va kraxmalni dastlab glukozaga, so‘ng
karbonat angid rid
va spirtga parchalaydi, xamir hosil bo‘lgan karbonat angidrid gazi hisobiga ko‘tariladi.
Agar o‘quvchilar to‘g‘ri javob sifatida “C. Karbonat angidrid gazi hosil bo‘lishi natijasida
xamir ko‘tariladi” variantini belgilashsa,
javob to‘liq qabul qilinadi.
Boshqa javoblar yoki
javob yo‘q bo‘lsa,
qabul qilinmaydi.
Mazkur savol o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasini ba-
holashga qaratilgan.
2-savol
Bir necha soat o‘tib, xamir tayyor bo‘lgach,
novvoy xamirni taro-
zida tortib ko‘rdi va uning massasi kamayganini aniqladi. Rasmda
ko‘rsatilgan to‘rtta tajribaning boshlanishida xamirning massasi bir
xil bo‘lgan. Novvoy qaysi ikkita tajribaning natijalarini o‘zaro ta-
qqoslab, xamirning massasi kamayishiga
achitqilar
sababchi ekanini
aniqlashi zarur?
achitqilar
achitqilar
achitqilar
Do'stlaringiz bilan baham: