ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00448 Academic Research, Uzbekistan 636 www.ares.uz Avtotransport vositalari (ATV) dan tashqi atrof–muhitga tarqalayotgan
tovush energiyasi (ATV tashqi shovqinini - W
a
), ATV akustik quvvat balansi
tenglamasi quyidagicha taqdim etilishi mumkin:
W
a
= W
IYoD
+ W
tran
+ W
yo’l
+ W
sh
+ W
aer
, kW,
(1)
Bu yerda, W
IYoD
–
Ichki yonuv dvigateli (IyoD) tizim va agregatlarining
tovush quvvati; W
tran
– transmissiya qismlari hosil qiladigan shovqin quvvati; W
yo’l
–
yo’l qoplamasi notekisligi tufayli ATV kuzovi va yurish qismlari uzellarida hosil
bo’ladigan turtki va tebranishlarning tovush quvvati; W
sh
– yo’l qoplamasi bilan
dinamik ishqalanishidagi shinaning tovush quvvati; W
aer
– harakatlanayotgan ATV
tashqi sirti bilan oqib o’tayotgan havo oqimi hosil qiladigan tovush quvvati.
MUHOKAMA VA NATIJALAR O’z navbatida, yuqoridagilardan tashqari, ATV kuzovi motor bo’linmasidagi
tirqishlar orqali tashqi shovqinlarni atrof-muhitga chiqaruvchi kuch agregati (IYoD)
ishlashi davomida uning korpusi devorlari yuzalaridagi titrashlar, dvigatelni sovutish
tizimi (radiator ventilyatori aylanishidagi) va havo kiritish qismlari hosil qiladigan
aerodinamik shovqinlar hamda chiqarish tizimlaridagi kollektor va katkollektor
korpuslaridan tarqaladigan qo’shimcha shovqinlar asosiy omillar hisoblanadi.
Dvigatelning shovqin energiyasining motor bo’linmasi muhitidan tashqaridagi
manbai uning ChGChT bilan bog’langan ATV ning ortida joylashgan chiqarish
quvuridan chiqayotgan gazodinamik tarqatish moslamasi ko’rinishidagi manbalar
hisoblanadi. Ushbu holatda IYoD aksuitik balansining quvvat tenglamasi quyidagicha
ko’rinishda bo’ladi:
W
IYoD
= W
korp
+ W
koll
+ W
mod.kir
+ W
kir
+ W
chiq
+ W
ven
± W
MB
, kW,
(2)
Bu yerda, W
korp
– IyoD korpus devorlari va uning osma agregatlari hosil
qiladigan titrovchi sirtlarning tovush quvvati; W
koll
– ChGChT kollektoridan hosil
bo’lgan tovush quvvati; W
mod.kir
– kiritish tizimi tuzilmasidagi modullarning tovush
quvvati; W
kir
– kiritishdagi; W
chiq
– ChGChT da gazlarni chiqarib yuborishdagi
gazodinamik shovqinning tovush quvvati; W
ven
– IYoD sovutish tizimi radiatoridagi
ventilyator aylanishidan hosil bo’ladigan gazodinamik shovqinning tovush quvvati;
W
MB
– ATV kuzovining motor bo’linmasidagi ovoz yutuvchi konstruktiv
elementlarning (manfiy ishora) yoki kuchaytirilgan rezonansli havo elementlari bilan
jihozlangan motor bo’linmasidagi (musbat ishora) tovush quvvatining kattaligi.
Umumiy IYoD dan tarqaladigan umumiy akustik shovqinning alohida
manbalarning akustik quvvat balansi ko’rinishidagi taqdim etilishi har bir manbadan
akustik tarqalish energiya miqdorini analitik ravishda aniqlash imkonini yaratadi.