A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/240
Sana31.12.2021
Hajmi6,21 Mb.
#235175
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   240
6.2.1.  Yelim materiallar
Xalq xo‘jaligining turli  sohalarida turli  detallardan (buyumlardan) 
ajralmas  birikmalar  hosil  qilish  uchun  yelimlash  jarayonidan  keng 
foydalaniladi. Buning uchun turli yelimlardan foydalaniladi.
103


Yelimlar -  muayyan sharoitda qattiq parda hosil qilib, ulanadigan 
konstruksion  materiallami  (buyumlar  yoki  detallami)  bir-biriga 
mahkam yopishtiradigan yopishqoq materiallardir.
Xalq  xo‘jaligining turli  sohalarida  ishlatiladigan  yelimlar,  asosan, 
hayvon, o‘simlik va smola yelimlariga bo‘linadi.
Hayvon  yelimining  asosini  organik  moddalar,  o ‘simlik  yelimlari 
asosini  oqsillar,  smola  yelimlari  asosini  esa  sintetik  moddalar  tashkil 
etadi.  Hayvon  yelimlariga  kollagen  yelimlar,  shuningdek,  kazeinli  va 
albuminli  yelimlar,  o ‘simlik  yelimlariga  soya,  kanakunjut,  (xashaki 
no‘xat)  dan  olingan  yelimlar,  smola  yelimlariga  Б -3,  К Б-3  markali 
fenolformaldegidli,  M K-1,  М -2,  К М -12,  K -17  markali  karbamidli 
(mochevina  formaldegidli)  hamda  ЦНИИПС-2  yelimlari  va  bosh­
qalar kiradi.
Yelimlar  qanday  moddalardan  tayyorlanishiga  qarab,  go‘shtlarda, 
suyak,  baliq,  kazein,  albuminli  hayvonot  yelimlari,  loviya,  no‘xat, 
kunjut,  kartoshka, jo ‘xori,  guruch  kraxmallaridan  olinadigan  o ‘simlik 
yelimlari va smolalardan tayyorlanadigan yelimlarga bo‘linadi.
Faner  tayyorlashda,  asosan,  albuminli,  kazein,  o‘simlik  yelimla- 
ridan  foydalaniladi.  Namga,  suvga  chidamli  fanerlar  va  yelimlangan 
yog‘ochdan  qurilish  konstmksiyalari  tayyorlashda  smola yelimlaridan 
foydalaniladi.
Go‘shtparda  va  suyak  yelimlari  duradgorlik  yelimlari  hisoblanib, 
ular  qushxona  va  teri  zavodlari  chiqindilarini  pishirish  yo‘li  bilan 
tayyorlanadi.
Hozirgi  vaqtda  ishlab  chiqariladigan  yelimlar  yordamida  har 
qanday  materialni  shu  turdagi  yoki  boshqa  turdagi  material  bilan 
(masalan,  yog‘och  bilan  yoki  metall  bilan)  birlashtirib  turli  ajralmas 
birikmalar hosil qilish  mumkin.
Tarkibi  sintetik  materiallardan  iborat  boMgan  yelimlaming asosiy 
hamda  zaruriy  xususiyatlari  shundan  iboratki,  ular  yordamida  hosil 
qilingan birikmalar atmosferaga,  korroziyaga va chirishga chidamlidir. 
Yelimlaming  yana  bir  afzal  tomoni  shundaki,  yelimli  birikmalar  har 
qanday  ajraluvchi  (boltli,  shpilkali,  vintli  va  h.)  hamda  ajralmas 
(parchinmixli,  payvandlangan)  birikmalarga  nisbatan  ancha  yengil 
bo‘ladi, tannarxi arzon, tuzilishi sodda bo‘ladi.
Sintetik  yelimlar,  avtomobil,  aviatsiya,  kemasozlik,  elektro  va 
radiotexnika,  yog‘ochni  qayta  ishlash,  poyabzal,  poligrafiya  va  xalq 
xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida keng ishlatilmoqda.
104


Yelimli  birikmalar puxta chiqishi  uchun:  a) yelimlanadigan  sirdar 
silliq boim asligi, ya’ni  sirtlar,  g‘adir-budur,  notekis bo‘lishi kerak;  b) 
yelimlangan  birikma  yelim  qurib  qotgunga  qadar  qayta  ishlanmasligi 
lozim;  d)  hosil  qilingan  birikmani  qisqichlar  orasiga  olib,  qurigunga 
qadar qo‘zg‘atmaslik zarur.
Quyida  maktablar,  litseylar,  kollejlar  va  oliy  o ‘quv  yurtlarining 
o ‘quv  ustaxonalarida  ko‘proq  ishlatiladigan  ba’zi  yelimlaming 
tarkibiy  qismlari  va  xususiyatlari  hamda  yelimlash  texnologiyasi 
haqida qisqacha ma’lumotlar keltiriladi.
Konstruksion  metallar  va  nometall  materiallami  termoizolat- 
siyalarga,  gazlamalarga  va dekorativ  qoplama  materiallariga yelimlab 
biriktirish uchun B K -32-2,  BKT-2H, 
8 8
H, ПУ-2М, AK-20,  ПК-10, 
XBK-20 va boshqa yelimlar ishlatiladi.
Metailmas  materiallar  (yog‘ochlar,  shisha,  plastmassalar,  teksto- 
litlar,  penoplastlar  va  b.)  ВИАМ-ВЗ  va  ПУ-2  yelimlari  bilan  birik- 
tiriladi.
Organik  shishaga  boshqa  materiallami  yelimlash  uchun  ВЗ-Ф9, 
B K -32-70 va ПУ-2 yelimlari  ishlatiladi. Rezinalar o ‘zaro va metallar 
bilan 
8 8
H,  К П -6-18,  ЧНБ,  BKP-7,  КТ-15,  KT-25  yelimlari 
yordamida biriktiriladi.
Yelimlash jarayoni  quyidagi tartibda bajarilishi  kerak:  a) yelimla­
nadigan  yuzalar  turli  iflosliklardan  tozalanishi  va  g ‘adir-budur  qili- 
nishi  lozim;  b)  biriktiriladigan  sirtlaming bir tomoniga qo‘lda cho‘tka 
va  pulverizator  yordamida  yelim  surtilishi  kerak;  d)  biriktiriladigan 
detallami  havoda  (xona  haroratida)  tutib  turib  yelim  tarkibidagi 
uchuvchi  moddalar  chiqib  ketishiga  imkon  berish  zarur;  e)  biriktiri­
ladigan  sirtlami  birlashtirib,  qisuvchi  yoki  bosuvchi  qurilmalar  bilan 
qisib  qo‘yish  kerak;  f)  qisib yoki  bostirib qo‘yilgan  detallami  m aium  
haroratda  muayyan  vaqt  davomida  saqlash  lozim,  chunki  turli 
yelimlaming qotish harorati va muddati har xil boiadi;  g) biriktirilgan 
detallami  tozalash  va  birikmaning  mustahkamligini  tekshirish  (bunda 
birikmay qolgan joylar y o iig a e’tibor berish) kerak va h.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish