A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


Quymalarda  uchraydigan  nuqsonlar



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/240
Sana31.12.2021
Hajmi6,21 Mb.
#235175
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   240
Quymalarda  uchraydigan  nuqsonlar.  Ma’lumki,  quymakorlik 
sanoatida  olinadigan  quymalarda  ba’zan  turli  nuqsonlar,  ya’ni 
kimyoviy  tarkibi  va  strukturasining  notekisligi,  cho'kish  bo‘shlig‘i, 
kovaklik,  gaz  pufaklari,  likvatsiya  kabi  nuqsonlar  uchraydi.  Bunday 
nuqsonlar quyidagicha  hosil bo‘ladi,  ya’ni  quyma  soviyotganda uning 
hajmi  ma’lum  darajada  kichrayadi,  natijada  quymaning  yuqorigi 
qismida  cho'kish  boshlig'i  deb  ataladigan  bo‘shliq  paydo  bo‘ladi. 
Bundan  tashqari,  suyuq  eritmada  erigan  gazlar  metall  qotayotganda 
ajralib  chiqib,  o ‘mida  g‘ovaklar  yuzaga  keladi  va  ushbu  quymalar 
nuqsonlari  sharoitga  qarab,  quymaning  ustki  qismiga  yoki  butun 
sig‘imga taralgan holda bo‘lishi mumkin.
Kimyoviy  jihatdan  turli  jinslilik,  ya’ni  eritmadagi  yoki 
qotishmadagi  qo‘shimchalaming  quymada  notekis  taqsimlanish 
hollari  ham  bo‘ladiki,  bu  hodisa  likvatsiya  deyiladi  va  u  tegishli 
qotishmaning  mexanik  xossalarini  pasaytiradi.  Likvatsiya  hodisasi
135


suyuq  qotishmaning  (masalan,  po‘latning)  notekis  kristallanishidan 
kelib chiqadi.
Ayniqsa,  po‘lat  quymalarda  uchraydigan  yana  bir  nuqson 
g ‘uddalardir.  G ‘uddalar  suyuq  po‘lat  qolipga  quyilayotganda  sachra- 
shi va tomchilar tarzida quymaga yopishib qolishidan hosil bo‘ladigan 
notekislikdir.
Endi yuqorida keltirilgan quymalardagi ba’zi nuqsonlaming oldini 
olish  uchun  sanoat  miyoqsida  qo‘llaniladigan  chora-tadbirlar  bilan 
tanishishni zarur deb hisoblaymiz.
Quymada  cho'kish  b o ‘shlig‘i  /zosil  bo‘lmasligi  uchun  qolipda 
p ribil  deb  ataladigan  maxsus  bo‘shliqlar  qilinadi.  Qolipga  suyuq 
metall  quyilganda  u  qolipni  to ‘ldirib,  pribilga  o ‘tadi  va  cho‘kish 
bo‘shlig‘i  quymada  emas,  balki  pribilda  hosil  bo'ladi,  pribil  esa 
quymadan kesib tashlanadi.
Quymada  gaz  pufakchalari  hosil  bo‘lmasligi  uchun  suyuq 
metallni qolipga quyishdan oldin  unga maxsus qaytargichlar,  masalan, 
ferrosilitsiy, 
ferromarganes,  ferroaluminiy,  silikokalsiy  qo‘shiladi, 
qolipda gaz chiqish kanallari soni ko‘paytiriladi,  quyish yo‘llari to‘g‘ri 
tanlanadi,  metallning  qolipga  quyish  vaqtidagi  harorati  to‘g‘ri 
belgilanadi.  Quymalarda  uchraydigan  nuqsonlardan  darzlar  Aamda 
yoriqlar  ko‘pincha  quymaning  notekis  sovishidan  kelib  chiqadi. 
Mayda  darzlar,  yoriqlar,  sirti  kovakliklar  va  shu  kabilar  metallizator 
yordamida  suyuq  metall  purkash  yo‘li  bilan  tuzatilishi  mumkin. 
Bundan  tashqari,  quymada  ko‘p  miqdorda  metailmas  qo ‘shilmalar- 
shlak,  qolip  aralashmasi,  shuningdek,  pech  va  cho‘michning  o ‘tga 
chidamli  qoplamalaridan  o ‘tadigan  qo‘shilmalar  quymaning  tuzatib 
bo‘lmaydigan nuqsonlari jumlasiga kiradi.
Qolipga  quyilgan qotishma (masalan, suyuq cho‘yan) ning sovish 
tezligi  katta  bo‘lsa,  quymaning  sirti  qatlami  oqarib  qoladi,  ya’ni  oq 
cho‘yanga aylanadi.  Kesib  ishlanishi  lozim  bo‘lgan  cho‘yan  quymalar 
uchun  bu  hodisa  nuqson  hisoblanib,  bunday  cho‘yanni  kesib  ishlash 
qiyinlashadi.  Bunday  nuqsonni  yo‘qotish  uchun  quymalar  termik 
ishlash orqali albatta yumshatilishi kerak.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish