A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/240
Sana31.12.2021
Hajmi6,21 Mb.
#235175
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   240
9.6. M etallami shtamplash asoslari
Shtamplash  deb,  maxsus  shtamplar yordamida  bosim  bilan  ishlov 
berib  murakkab  shaklli  buyumlar  olish  usuli  tushuniladi.  U  quyidagi 
turlarga bo‘linadi:
1.  Qizdirib  shtamplash.  Tanavomi  qizdirib,  maxsus  shtamplarda 
shtamplab pokovkalar deb yuritiladigan buyumlar olinadi.
2.  Portlatib  shtamplash.  Bunday  shtamplashda  suyuqlik yoki  gaz 
bosimidan  foydalaniladi,  tanavor  shu  bosim  ostida  matritsa  shaklini 
oladi.
3.  Elektr  gidravlik  shtamplash.  Bunday  shtamplash  portlatib 
shtamplashga  o‘xshash  bo‘lib,  zarb  to iq in i  suyuqlikda  hosil  qilingan 
elektr razryadi bilan yuzaga keltiriladi.
4.  Sovuqlayin  shtamplash.  Ko‘plab  ishlab  chiqarish  sharoitida 
po‘latdan,  rangli  metallar  va  ulaming  qotishmalaridan  turli  metall 
detallar ishlab chiqarishda shu usuldan foydalaniladi.
Shtamplashda  hosil  qilinadigan  buyumlar  (detallar)  xalq  xo‘jali- 
gining  turli  sohalarida juda  keng  ishlatiladi.  Hajmiy  shtamplashning 
mohiyati  shundan  iboratki,  tanavordan  ma’lum  shaklli  buyum 
(pokovka)  hosil  qilish  uchun  metall  asbobning  shu  buyum  shakliga 
mos  bo‘shlig‘iga  suyuq  metall  bosim  ostida  to‘ldiriladi.  Shtamplash 
uchun  ishlatiladigan  asosiy  asbob  shtamp  plitalari  hisoblanib,  ikki
152


(ostki  va  ustki)  palladan  iborat.  Shtamplar  ochiq  va  yopiq  bo‘lishi 
mumkin.
Shtamplar maxsus poiatlardan tayyorlanadi va bir ariqcha (paz) li 
yoki  ko‘p  ariqchali  (ko‘p  pazli)  shaklda  boiadi.  Biror  shakldagi 
buyum  (detal)  tayyorlash  uchun  suyuq  metall  quyilib  shtampdagi 
bo‘shliq (ariqcha) lar toidiriladi va tegishli shakl hosil qilinadi.
Shtamplash  ham  konstruksion  materiallami  bosim  bilan  ishlash 
usullaridan  biri  boiib,  hosil  qilinadigan  buyumning  shakli,  asosan, 
shtamplash orqali hosil qilinadi.
Bu  juda  tejamli  usul.  Materiallami  shtamplashda  bug‘-havo 
bolg‘alari,  taxtali  friksion  bolg‘alar,  krivoshipli  qizdirish  shtamplari 
(KQSh),  gorizontal  bolg‘alash  mashinalari  (GBM),  friksion  presslar 
va boshqa tuzilishidagi mashinalar ishlatiladi.
Friksion  bolg‘alar  tushuvchi  qismining  ogirligi  0,5-2  t  gacha 
b oiadi.
GBM  bilan  mayda  pokovkalar,  masalan,  bolt,  gayka,  shayba, 
shpilka, parchinmix va shu kabilar olinadi.
Qizdirib  hajmiy  shtamplash,  asosan,  sanoatda  ko‘plab  yoki  yirik 
turkumlab  yuqori  aniqlikdagi  har  xil  shaklli  va  oicham li  buyumlar 
olish uchun qoilaniladi.
Bunday  shtamplash  texnologiyasi  quyidagi  operatsiyalardan 
iborat:  metallami  kesib  tanavor  hosil  qilish,  tanavorni  qizdirish, 
shtamplab  termik  ishlash,  pokovkani  kerakli  rangga  bo‘yash.  Bu  usul 
bilan  qiyin  deformatsiyalanadigan  qotishmalarga  ham  ishlov  berish 
mumkin.
Qizdirib shtamplashda shtamplanadigan material miqdorini to‘g ‘ri 
aniqlay  bilish  katta  ahamiyatga  ega,  chunki  material  miqdori 
keragidan  kam  bo isa,  shtamp bo‘shlig‘i to im ay  qolib,  buyum kemtik 
(nuqsonli)  b o iib   chiqadi,  material  miqdori  keragidan  ortiq  boiganda 
esa  ortiqcha  metalldan  kattagina  pitr  hosil  boiadi  yoki  pokovkaning 
shakli buziladi.
Sovuqlayin  hajmiy  shtamplash  usulidan  uncha  katta  boim agan 
oicham dagi  pokovkalami  tayyorlashda  foydalaniladi.  Bunda  ish 
unumi  kamaymagani  holda  shtamplashda  turli  metall  chiqindilari 
kamayadi,  sirt  (yuza)  lar  sifati  yaxshilanadi,  buyumning  yuqori 
aniqlikda chiqishi ta’minlanadi.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish