11.1 Qazib chiqarishni tartibga solishning negizlari
Uyumni qazib chiqarshni tartibga solishning asosi qatlamdagi suyuqliklarni quduqlar tartibi bilan tg’laroq ishga tushirish va quduqlarga oqib kelishini ta’minlashga qaratilgandir. Har xil holatlarda buning g’z negizlari bor.
Neft konlarida agar ob’ekt bitta qatlamdan iborat bg’lsa hamda uning kollektorlik hususiyatlari yaxshigina bg’lib, neftning qovushqoqligi uncha katta bg’lmasa, qatlam tabiiy suv siquvi rejimida ishlasa yoki unga suv haydash bilan ishga tushirilayotgan bg’lsa, qazib chiqarishni tartibga solish asosan markaziy qatorga neft-suv chizig’ining bir tekis etib kelishini ta’minlashga qaratilmog’i lozim bg’ladi. Bunday holatga amalda haydovchi quduqlarning deyarli bir xil qabul qiluvchi xususiyati va oluvchi quduqlarning deyarli bir xil mahsuldorligi ta’min qilingan sharoitda erishish mumkin. Bunday holatda chegaraning bir tekis surilishi neftning kam yg’qotilishiga olib keladi, aksincha notekis qatlamlarda va boshqa murakkabliklar mavjud bg’lganda neftning qolib ketishi anchani tashkil qilishi mumkin.
Bir qatlamli kam qovushqoq neftli qatlamning kollektorlik xususiyati g’zgaruvchan bg’lgan holatda bir tekis sg’rilish (drenirovaniya)ga erishib bg’lmaydi, chunki haydovchi quduqlarning qabul qiluvchanligi va oluvchi quduqlardan olinadigan neft miqdori har xil bg’lishi turgan gap. Bularni tartibga solish, ya’ni quduqlarning mahsuldorligini tenglash-tirishga erishish mumkin emas, chunki kam mahsuldor quduqlar mahsuldorligini orttirish amri mahol, mahsuldorlarning quvvatini kamaytirish maqsadga muvofiq emas, bu butun ob’ekt bg’yicha olish miqdorini kamaytirib yuboradi.
SHunday geologik sharoitlarda asosiy maqsad mahsuldor maydonlardan iloji boricha kg’proq neft chiqarishga erishishga harakat qilishdir. Bunday holatlarda haydaladigan suv birinchi galda mahsuldor maydonlardagi neftni siqib chiqaradi va g’sha joylarni egallaydi. Bunda qatlamni haydovchi quduqlar bilan kesish va boshqa usullar bilan suv haydash ishlarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Ma’lum vaqtdan sg’ng suvga aylangan oluvchi quduqlarni haydovchiga aylantirish ham qatlamdan olinadigan suyuqlikni jadallashtirishga yordam beradi.
Kg’p qatlamli ob’ektlarda asosiy maqsad hamma qatlamchalar orqali suv bilan neft chegarasini bir tekis harakatini - surilishini ta’minlashga erishishdir. Lekin amalda bunga erishish deyarli mumkin emas, chunki hamma qatlamlarning kollektorlik xususiyatlari ularning kattaligi bir xil bg’lishi mumkin emas. SHuning uchun bunday ob’ektlarni qazib chiqarishni tartibga solish ularning litologik xususiyatlarini inobatga olgan holda olib boriladi. Bunday ahvollarda agar qatlamlarning g’tkazuvchanligi pastdan yuqoriga qarab orta borsa, pastki qatlamlarni chiqarishni yuqoridagisiga nisbatan tezlashtirish usuli bilan olib borilishi maqsadga muvofiq. Bunda eng pastki qatlamdan jadallik bilan mahsulot olinadi va shu tariqa yuqoridagilarga galma - galdan g’ta boriladi. Bunda tepadagi qatlamlardan past sur’at bilan mahsulot olinsada, natijada keyinchalik etishib ketadi, chunki pastki qatlamdan quduqlar yuqorisiga qaytariladi. SHunday usulda Minniboy konining D-I qatlami, Janubiy Romashkino va Romashkino konining ba’zi maydonla-rida kg’p qatlamli ob’ektlar amalda qazib chiqarilgan.
Kg’p qatlamli ob’ektlarda qazib chiqarishni tartibga solish kg’proq zahirasi mavjud bg’lgan mahsuldor qatlamlarni ishga tushirishni jadallashtirishga qaratilishi lozim degan tushuncha ham mavjud. Bunda qatlam qaerda joylashganligiga qaramasdan uni ishga tushirish tezlashtiriladi. Albatta bunda g’sha jarayonni jadallashtirishning barcha imkoniyatlari qg’llanishi maqsadga muvofiqdir. Bunday usulni Romashkino konining SHarqiy-Suleevskiy maydonidagi D-I qatlamini qazib chiqarishga muvaffaqiyatli qg’llangan. Bunda eng yaxshi qatlam yuqorida joylashgan bg’lib, zahiralarning 45% ni g’zida jamlagan edi. Pastki qatlamlarda zahira ham ancha kam va ularning g’tkazuvchanligi ancha past edi. Pastki qatlamlardan olishni oshirishga harakat qilingan holda yuqoridagi qatlamdan olishni jadallashtirgan holda ishlatish davom ettirilgan.
Qatlamlarning notekisligi keskin farqlangan holat-larda qazib chiqarishni tartibga solish ulardan olinishi mumkin bg’lgan sharoitni iloji boricha bir - biriga yaqinlashtirgan holatga erishishdan iboratdir.
Katta qalinlikka ega bg’lgan massivli uyumlardagi holatda suv-neft chegarasini iloji boricha bir tekis kg’tarilishga erishishni ta’minlash taqozo etiladi. Bunda oluvchi quduqlarning otilgan oralig’ini damba-dam g’zgartirib turish zarur bo’ladi. Gaz-neft uyumlarini qazib chiqarishni tartibga solishda shuni e’tibordan xoli qilmaslik lozimki, neftni suv bilan siqib chiqarilganda, uni gaz bilan siqib chiqarilgandagidan kg’proq natijaga erishiladi. SHuning uchun suv siquvi va gaz rejimida ishlatilayotgan uyumlarda, agar suvning harakati aktiv holatda bg’lsa, gaz – neft chegarasining holatini g’zgartirmay ishlatish maqsadga muvofiqdir. Buni ma’lum bir vaqtda gazni ham olishni tashkil qilib boshqarish, tartibga solish mumkin. Bunday holatda gazning kg’proq olinishi neftning gaz zonasnga surilishiga olib kelishi va anchagina neftning qatlamda qolib ketishiga sababchi bg’lishi mumkin, shuning uchun bunday holatga yg’l qg’ymaslik lozim.
Gaz neft uyumlarini gaz bosimi rejimida ishlatilganda qazib chiqarishni tartibga solish g’sha gaz quvvatini oqilona sarflashga qaratilmog’i lozim. Bunda quduqlarning ishlash oralig’i, ulardan olinadigan gaz miqdori va suyuqlikni tartibga solish ahamiyatga molikdir.
Gaz rejimida ishlovchi gaz konlarini qazib chiqarishdagi tartibga solish asosan uyum bg’yicha bosimning (demak, olinayotgan gazning) bir tekis bg’lishini ta’minlashga qaratilmog’i lozim. Bunda xar qanday qg’shimcha bosim kamayish holatlariga barham berishga erishish kerak bg’ladi.
Suv siquvi rejimida ishlovchi gaz konlarini ishlatish-dagi asosiy maqsad gaz-suv chegarasini bir tekis surilishini ta’minlashga erishishdir.
Buni tartibga solmasa ba’zi yuqori g’tkazuvchan qatlamlar barvaqt suv bosib, kg’pgina gaz suv bilan qamralib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |