Haydalayotgan suvning surilishi - bir qatlamli ob’ektda aksariyat qatlamning o’tkazuvchanlik xususiyatining har hilligiga hamda neft va suv o’tasidagi qovushqoqlik farqiga bog’liq. Bunday sharoitda 0<3 bo’lgan holatda porshenli siqib chiqarish sodir bo’ladi, deyish mumkin. Albatta bu holat yuqori qamralganlikni ta’minlaydi, lekin baribir qatlam o’zgaruv-chanligining notekisligi unda bir xil siqib chiqarish sharoitini ta’minlay olmaydi. Ma’lum maydonlarda neftli zonalar suv ta’sirisiz qolib ketishi mumkin.
Agar qovushqoqlik nisbati 3 dan ortiq bo’lsa qatlamning qalinligi bo’yicha notekisligi namoyon bo’ladi. Bunda suv yaxshiroq o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan joylardan o’tib ketadi. Albatta bu ko’rsatkich unga farq kancha ko’p bo’lsa shuncha ko’proq bilinadi. Bunday hollarda quduqlarning suvsiz ishlash vaqti juda qisqa bo’ladi, aksincha neftning asosiy qismi suv bilan birgalikda chiqarib olinadi.
CHegara ichi suv haydash usuli bilan neft chiqarilayotgan hollarda haydovchi quduqlarni suv-neft zonasi katta bo’lgan hollarda o’sha zonaga joylashtirilib, suv haydashni amalga oshiriladi. Bunda qamralganlik darajasi neftga shimilganlik qalinligining ko’rsatkichiga (katta-kichikligiga) bog’lik bo’ladi. Haydalayotgan suv neftli zonaga kirib, uni oluvchi quduqlar tubiga etkazishga xizmat qiladi.
Bunday holda haydashning asosiy natijasi haydaladi-gan suv va olinadigan suyuqlik nisbatiga bog’lik bo’ladi.
Bir qancha qatlamlarni bir qazib chiqarish ob’ektiga birlashtirilgan hollarda suvning siqib chiqarish natijasi har bir qatlamning filtratsion xususiyatiga bog’liqdir. Qatlalar-ning o’tkazuvchanlik xususiyatlari bir xil bo’lib, undagi suv va neft qovushqoqligi nisbati 3 dan kam bo’lsa, bunday sharoitda bitta qatlamdagiga o’xshash holat yuz beradi. Samotlar III blokida B8 qatlamini qazib chiqarish amalda kuzatilgan. Bunda ob’ekt 0,5-0,8 mkm2 o’tkazuvchanlikka va yopishqoqligi 0=2 ko’rsatkichga ega bo’lagan 2-3 qatlamchalardan tashkil topgan bulib, uyum haydovchi quduqlar qatori bilan bo’lingan va undan haydalgan suv deyarli bir hil tezlik bilan ularda harakat qilgan, natijada oluvchi quduqlar tubiga bir vaqtda etib kelgan.
Agar o’tkazuvchanlik xususiyatlari har xil to’lgan qatlamchalar bir ob’ektga biriktirilganda, albatta haydalayot-gan suv avvalo ko’proq o’tkazuvchan qatlam bo’yicha harakatlanib ketadi va kamroq o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan qatlamlarda suv-neft chizig’ining surilishi ortda qoladi.
SHuning uchun bir ob’ektga birlashtirayotgan vaqtda qatlamlarning o’tkazuvchanlik xususiyatiga katta e’tibor berish kerakdir.
Undan tashqari qatlamlarining uziluvchanlik xususiyat-lari mavjud bo’lganda ularda suv haydash ham o’ziga xos sharoitini boshidan kechiradi.
3>
Do'stlaringiz bilan baham: |