A. V. Mavlonov


- bob. Turli geologik - fizik holatlarda ishlayotgan neft-gaz konlarini ishga tushirishni tartibga solish



Download 2,39 Mb.
bet97/118
Sana30.06.2021
Hajmi2,39 Mb.
#105509
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   118
Bog'liq
Toshkent davlat texnika universiteti

11- bob. Turli geologik - fizik holatlarda ishlayotgan neft-gaz konlarini ishga tushirishni tartibga solish
Neft- gaz uyumlarini qazib chiqarishni tartibga solish qatlamdagi uglevodorodlar harakatini texnik va texnologik tadbirlar bilan boshkarishdan iboratdir. Qatlamdan olinadigan mahsulotni tartibga solish, undagi suyuqliklar filtratsiyasini maqsadga muvofiq ravishda yg’llash va ularning maqbul tezliklarini belgilash uchun qaratilgan bg’ladi, natijada biz zahiralarni chiqarilishining maqbul sharoitla-rini yaratgan bg’lamiz. Bu ishlar qazib chiqarish jarayonining boshidan oxirigacha amalga oshirilmog’i joiz.

Quyidagi holatlar qazib chiqarishni doimo tartibga solishning lozimligini taqozo etadi.

Konlarni qazib chiqarish tartibi avvalo dastlabki qatlam uchun g’rtacha qilib olingan ma’lumotlarga asoslangan holda siyrak quduqlar tg’ri orqali amalga oshiriladi. SHuning uchun bunday holat qatlamdagi xaqiqiy ko’rsatkichlarni kg’rsatolmaydi va uyumni g’zlashtirish jarayonida qg’lga kiritilgan qg’shimcha ma’lumotlar avvalgi qabul qilingan loyihaga qg’shimcha g’zgarishlar, aniqliklar kiritishni taqozo etadi - demak, bu jarayonni tartibga solish lozimligi kelib chiqadi.

Undan tashqari qazib chiqarish jarayoni murakkab dinamik jarayon bg’lib, u doimo g’zgarishda, vaqt g’tishi bilan bunday g’zgarishlarning kechishi tabiiydir.

Vaqt o’tishi bilan zahiralarning bir qismi yuqoriga chiqarib olinadi, uyumning holati g’zgaradi, neftli qism qisqara boshlaydi, qolgan iloji boricha kg’proq chiqarib olishda qg’shimcha tadbirlal qo’llanishi kerak bo’ladi (buning uchun ba’zi quduqlar to’xtatiladi, yangilari ishga tushiriladi, qatlamga haydovchi quduqlarninig faoliyati qolayotgan neftni chiqarishga qaratilgan bo’ladi va shu kabilar)va bu ishlarni bajarish bajarish qazib chiqarishni tartibga solishning ishlari majmuasini qg’llashni taqozo etadi.

Qatlamni qazib chiqarishni tartibga solish uni oqilona qazib chiqarish uchun xizmat qiladi. Buning uchun birinchi galda loyihada kg’rsatilgan qatlamdan olinishi kerak bg’lgan mahsulot miqdorini ta’minlashga erishish lozim. Ob’ektni qazib chiqarishning dastlabki bosqichlarida qilinadigan tadbir qanday qilib olinishi lozim bg’lgan miqdorini eng yuqori kg’rsatkichga etkazishga qaratilgan bg’lsa, keyingi bosqichlarda esa (asosan II va III bosqichlarda) g’sha yuqori darajadagi miqdorni iloji boricha kg’proq muddat davom ettirishga qaratilmog’i lozim.

Qatlam qazib chiqarishni tartibga solishning eng muhim vazifalaridan biri undan olinishi mumkin bo’lgan mahsulot miqdorining loyiha kg’rsatkichlariga erishishni ta’minlashga qaratilganligidir. Uni qazib chiqarishning dastlabki kunlari-dan boshlab, barcha tadbirlar er ostidan iloji boricha kg’proq mahsulot chiqarishga erishishni ta’minlashdan iborat. SHuning natijasida biz qatlamning neft bera oluvchanligini oshirishga erishamiz, qazib chiqarishni tartibga solishning yana bir muhim vazifasi - qazib chiqarish jarayonining iqtisodiy kg’rsatkichlarini iloji boricha tg’la maromiga etkazishdir. Bunday holat qazilgan quduqlarni tg’la va samarali ishlatish, qg’shimcha harajatlarni iloji boricha kamaytirish va qatlamdan chiqadigan suvning miqdorini kamaytirishga erishishdir.

Qatlamga ta’sir g’tkazish usuli bilan undan mahsulot oladigan hollarda qazib chiqarishni tartibga solish haydovchi va oluvchi quduqlar orqali olib boriladi. Haydovchi quduqlarning faoliyatini tartibga solish qatlamning iloji boricha kg’proq haydaladigan suv bilan qamralishini ta’minlashga qaratilsa, oluvchi quduqlarning ishini tartibga solish jarayonida, ulardan shloji boricha kg’proq neft chiqarib olish va qatlamning hamma burchaklarini ishlatish imkonini yaratishga qaratilmog’i lozim. Tabiiy rejimda ishlovchi ob’ektlarni tartibga solish faqat oluvchi quduqlar bilan amalga oshiriladi.

Muayyan vazifani bajarish vaqtida qazib chiqarishni tartibga solish ishlari kg’pgina usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ularni asosan ikki guruhga bg’lish mumkin.

Qazib chiqarish jarayonini boshqarishni g’sha ob’ektga qazilgan quduqlar tartibi bilan amalga oshirish (unga katta g’zgartirishlar kiritmagan holda) hamda tartibga solish jarayoni mavjud qazib chiqarish tartibini g’zgartirgan holda amalga oshiriladi. Bunda qg’shimcha quduqlar qazilishi mumkin, yangi bg’lish chiziqlarini o’tkazish, haydash bosimini g’zgartirish, qatlamni ochish usulini g’zgartirish va shu kabilar orqali bajarilishi mumkin.

Qatlam ishini tartibga solishni asoslash va usulni tanlash muayyan holatdagi geologik-fizik sharoitlarga qarab tanlanadi.


Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish