9 – bob. Konlarni ishlatish jarayonida suv haydash texnologiyasining geologik asoslanishi
9.1. Ishlatiladigan ob’ektlarni ajratish
Bir tg’r quduqlar bilan ishlatishga mg’ljallangan bir va bir nechta maxsuldor qatlamlarni ishlatish ob’ekti yoki qazib chiqarish ob’ekti deb ataladi. Bir nechta qatlamlarni bir ob’ektga birlashtirib, bir yg’la ishlatish iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiqdir. Lekin shuni unutmaslik lozimki, qatlamlarni bir ob’ektga birlashtirishning g’z shartlari mavjud, chunonchi: 1) bir ob’ektga birlashtirilgan qatlamlarning litologik - fizik xossalari deyarli bir xil bg’lishi lozim; 2) Unday qatlamlardagi neft (yoki gaz) ning tarkibi qatlam sharoitndagi qovushqoqligi bir xil bg’lishi, ular bilan birga bg’ladigan boshqa komponentlar g’xshash bg’lishi lozim; 3) Qatlamlarning ishlash rejimi, ularning chegarasi hamda mahsuldorlik xususiyatlari bir-biriga yaqin bg’lishi lozim, qatlamlarning bosimi, harorati hamohang bg’lishi lozim.
YUqorida keltirilgan sharoitlar mavjud bg’lmagan holda ularni bir ob’ektga birlashtirsak, mg’ljallangan maqsadga erisholmay, balki ancha murakkabliklarga va natijada neft yg’qotishga yg’l qg’yishimiz mumkin. CHunonchi, har xil litologik-fizik xossalari mavjud qatlamlarni birlashtiril-ganda, yaxshi g’tkazuvchanlikka ega qatlamdan mahsulot olinaveradi, undan yomonroq g’tkazuvchanlikka ega bg’lgan qatlam esa deyarlik ishlamay qolaveradi. Agar mahsuloti bir-biriga g’xshamagan qatlamlarni tutashtirsak, undan olingan mahsulotni qayta ishlash jarayonida kg’plab qiyinchiliklarga duch kelishimiz mumkin. Agar qatlamlarning ishlash rejimi har xil bg’lsa yoki birida suv bg’lib, ikkinchisi sof neft bersa yoki gazning tarkibida birida serovodorod mavjud, ikkinchisida yg’q bg’lsa bularni birlashtirib biz faqat zarar kg’ramiz, chunki rejimlar xar xil bg’lganda quduqlarning mahsuldorligi, demak ishlash sharoitlari har xil bg’ladi, birida suv mavjud bg’lsa, biz ikkinchi qatlamni ham bevaqt suvga bostirishimiz mumkin, agar tarkibi har xil bg’lsa, ularni qayta ishlash texnologyasi ham har xil bg’ladi.
Albatta ikkita (yoki undan ortiq) qatlamlarni birlashtirishda ularning barcha kg’rsatkichlari bir xil bg’lishligini tabiatda uchratish mumkin emas, shuning uchun bu jarayonda umumiy qiyinchilklar bg’ladi. Undan tashqari har bir qatlam alohida quduqlar majmuasi bilan qazib chiqarilganda, ularning neft beruvchanlik qobiliyati birlashtirilgandadan yuqoriroq bg’ladi, lekin shunga qaramay, qazib chiqarishga kapital mablag’ sarfini va iqtisodiy masalalarni ham taroziga solish taqozo etiladi. Demak, qatlamlarni birlashtirishni oqilona hal qilish zarur. SHuning uchun ham bu jarayon ikki bosqichda bajariladi, birinchisida qatlamlarni birlashtirishga yoki ajratishga undaydigan geologik-fizik xususiyatlar kg’rib chiqiladi, undan sg’ng esa texnologik va iqtisodiy omillar tahlil qilinadi hamda eng oqilona qaror qabul qilish uchun hamma omillarnn kg’rib chiqiladi. Ba’zi holatlarda konlar bag’ridagi qatlamlarning ob’ektlarga ajratish uchun geologik omillarning g’zi kifoya qiladi. Ba’zan esa buning uchun geologik omillarning g’zi etarli bg’lmaydi, bunda tadqiqotlarni ikkinchi bosqichi bajariladi, buning uchun quyidagilarni bajarish lozim bg’ladi:
- ob’ekt sifatida birlashtirilishi lozim bg’lgan qatlamlarning qazib chiqarish kg’rsatkichlarining yillik miqdori har bir qatlam va kon bg’yicha hisoblab chiqiladi va baholanadi;
- qazilishi lozim bg’lgan quduqlar soni ulardan olinishi lozim bg’lgan neft va suv miqdori hisoblanadi;
- iqtisodiy kg’rsatkichlar har xil kg’rinishda hisoblanadi, bunda neftning tannarxi, solishtirma kapital sarflar, 10-15 yilga va qazib chiqarishning butun davriga sarflanadigan harajatlar, bunga quduqlarni qazish uchun ketadigan xarajat, energetik xarajatlar amortizatsiya va remont uchun bg’ladigan xarajatlar, qatlamga sun’iy ta’sir ettirish uchun qilinadigan xarajatlar, neftni yig’ish, tayyorlash va transport qiltsh uchun xarajatlar, butun ishlarni bajarish uchun tg’lanadigan ish haqi bg’yicha xarajatlar hisobga olinadi.
Sg’ngra har xil nusxalarning kg’rsatkichlari g’zaro solishtiriladi va xalq xg’jaligiga eng foydali nusxa qabul qilinadi.
SHuni alohida qayd etmoq lozimki, mutaxassislarning fikricha (V.G. Kalinin va b.) qatlamlar bir ob’ektga qancha kg’p qg’shilsa, ularda ishlovchi quduqlarning mahsuldorligi shuncha kamayadi. SHularni inobatga olib qatlamlarni birlashtirishda bu ishga har tomonlama va jiddiy yondashish lozim bg’ladi.
Qatlamlarning joylashishi chuqurligi nam bu borada katta ahamiyat kasb etadi, chunki chuqurlik ortgan sari burg’ulashning bahosi ortadi, demak xarajat kg’payadi. Ob’ektlarni tanlash jarayonida undan tashqari konni g’zlashti-rish sharoitlari ham ahamiyat kasb ztadi.
Kg’p qatlamli konlarni qazib chiqarish tajribasi va qazib chiqarish nazariyasining rivojlanishi ilgarigi qabul qilingan va ishlatilayotgan ob’ektlar faoliyatiga ba’zi g’zgarishlar kiritishni va qatlamlarni ob’ektlarga birlashti-rish ishlariga asosliroq yondashishni taqozo etadi. Bu soxadagi tushunchalarning rivojlanishi 40-60 yillardagi mutaxassislar-ning qilgan xulosalariga anchagina g’zgartirishlar kiritishni taqazo etadi. CHunonchi, ilgarigi tasavvur bg’yicha umumiy qatlamlarning neftga shimilganlik qalinligi 40-50m gacha bg’lgan 5-10 qatlam va qatlamchalar bir ob’ektga birlashtirilgan bg’lsa, hozirgi tasavvurda qatlamlarning g’sha qalinligi 20-30m dan oshmasligi va qatlamlar sonining kam bg’lishligi tavsiya etiladi. Kg’pgina konlarda ilgari katta ob’ektlar hosil qilingan bg’lsa, ular qazib chiqarish jarayoniga tg’la jadal jalb qilinish imkoniga ega bg’lmaganlini uchun ularning har bir qismiga alohida kg’plab quduqlar qazilishini taqozo qildi. Bunday holat Uzen konidagi XIII va XIV qatlamlarda sodir bg’ladi, unda avval quduqlarda ikkala qatlam otilgan va ishga tushirilgan bo’lsa, keyinchalik ikkala qatlamga ham alohida ko’plab quduq qazish lozim bo’ldi.
Bunday holatlar G’arbiy Sibirdagi Samotlor va Ust-Baliq va boshqa konlarda ham sodir bo’lgan. Romashenko konining Abdurahmon maydonida bunday ish boshqacharoq hal qilindi. Bunda avval D1 qatlamining hamma 7 ta qatlamchalari bir ob’ektga birlashtirilib ishlatilgan edi, keyinchalik mo’ljaldagi natijaga ega bo’linmagach, maydon bo’yicha yana yangi qazishgan quduqlarning soni 2 marta orttirilgan bo’lib, ular qaysi qatlamga qaysi joyda yaxshi ishlatilmagan bo’lsa, shu joyga qazilgan va qayta ishga tushirilgandir. Bunday holat ko’plab konlarda sodir bo’lgan.
Ko’p qatlamli konlarni qazib chiqarish jarayonida ishlatish ob’ektlarni tanlash va ajratishda qo’shni ob’ektlarni ham inobatga olish lozim. Undan tashqari uncha katta chuqurlikka ega bo’lyotgan loyihalanadigan quduqlarni eng pastki qatlamga mo’ljallash lozim. Bu holat keyinchalik ob’ektlarni ishlatish va uni kuzatish, lozim bo’lganda biridan ikkinchisiga qaytish yoki qaytadan boshqa ob’ektga o’tish imkoniyatlarini beradi.
Bunday ishlarni bajarishda ayniqsa suv haydovchi quduqlarning mavjudligini inobatga olish lozim bo’ladi, chunki qatlamga haydaladigan suv albatta qo’shni konlarga ham har qanday ozmi-ko’pmi o’z ta’sirini o’tkazadi, chunki qatlamlar umimiy suv havzasining qismlaridir. Bir joydan ikkinchi joyga (bir kondan ikkinchisiga) suvning oqib o’tmasligini ta’minlash uchun haydovchi quduqlarni aksariyat bir xil joyga va oluvchi quduqlarni ham shunday o’xshash joyga joylashtirish maqsadga muvofiqdir.
Bunda ustma-ust joylashgan ob’ektlarda ham biridan ikkinchisiga oqib o’tishning oldi olingan bo’ladi.
Bosimlar orasida katta farq bo’lganda oqib o’tish sezilarsiz bo’ladi. Bu shartga amal qilinmagan holda bir ob’ekt uchun yuqori bosimli joy ikkinchi ob’ekt uchun past bosimli joyga to’g’ri kelib qolsa, albatta bir-biriga oqib o’tish imkoniyati aniq bo’lib qoladi, natijada qaysi haydovchi quduqdan yuborilayotgan suv qaysi ob’ektga ta’sir qilayotganini aniqlash imkoni ham yo’qoladi.
Qazib chiqarish tajribasining kamligi va bir joydan ikkinchi joyga suvning oqib o’tishini yaxshi tasavvur qilmaganlik va shunday holat bo’lishini hisobga olmaganlik natijasida Tuymaza, SHkapovo va boshqa konlarda ko’pgina noaniqliklar sodir bo’lgan va ularni tartibga solish uchun ko’p ovora bo’lishga to’g’ri kelgandir.
SHuning uchun kon bag’rida ikki va undan ortiq ob’ektlar ajratilish imkoni bo’lganda va ularda qatlamdagi bosimni saqlash shartlari bo’lgan taqdirda ularni o’zlashtirish navbat bilan olib borilishi lozim. Bunda ob’ektlarning nisbiy mahsuldorligiga qarab uch xil holatni ko’zdan kechirish mumkin: 1) ob’ektlar mahsuldorligi deyarlik bir xil sharoit-larga ega bo’lgan holda ularga quduq qazishni bir vaqtning o’zida birvarakayiga boshlash lozim, bunda quduqlarni burg’ulash uchun kerak bo’ladigan asbob-uskunani, u erdan bu erga ortiqcha kg’tarish va tashish xizmatidan xoli bg’linadi; 2) agar ob’ektlar g’zlarining mahsuldorligi xususidan har xil ahamiyatga molik bg’lsalar, unda mahsuldorroq ob’ektni ishga tushirishdan boshlanadi; 3) agar qatlamlarning mahsuldorligi har xil bg’lib, ularning ba’zilarini alohida ishlatish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bg’lmaganda hamda qatlamlar (ob’ektlar) soni kg’p bg’lgan hollarda umuman kon kesimini qazib chiqarish qavatiga bg’lish taqozo etiladi. Qazib chiqarish qavati deb g’zida bir necha ob’ektni biriktirgan kon kesimi qismiga aytiladi. Bunda eng mahsuldor ob’ekt negiz ob’ekti deb ataladi va ish g’shani burg’ulashdan hamda ishlatishdan boshlanadi. Qolganlarini alohida quduqlar majmuasi bilan qazish g’zini oqlamaydi, shuning uchun avvalgi negiz ob’ektga qazilgan quduqlar g’z vazifasini bajarib bg’lgach, keyingi ob’ektlarga qaytariladi, shu sababli bu ob’ektlarni qaytarish ob’ekt deb ataladi. Bunday holat konni ishlatish muddatini bir muncha uzaytirib yuboradi.
Bunday sharoitlarda eng yuqori iqtisod kg’rsatkichiga ega bg’lgan usul bir vaqtning g’zida bir qancha ob’ektlarni bir guruh quduqlar yordamida alohida ishlatish usulidir. Bunda bir necha ob’ektlarga bir guruh quduqlar qaziladi, lekin har bir quduqda ob’ektlar bir-biridan texnik asboblar yordamida ajratiladi va alohida ishlatilib, qatlamga haydalgan suv, undan olingan mahsulot alohida hisob qilinadi. Hozirgi zamon texnika va texnologiyasi yordamida 2-3 va undan ortiq ob’ektlarni bir guruh quduqlarda ishlatish ayniqsa, iqtisodiy tomondan davr talabiga javob beruvchi jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |