8 – bob. Gaz va gaz kondensat konlarini ishga tushirishning xususiyatlari va ularga geologik sharoitning ta’siri
Gaz konlarini ishlatish neft konlarini qazib chiqarishdan anchagina farq qiladi. Bunda avvalo qatlamga ta’sir etmasdan, uning tabiiy rejimlaridan oqilona foydalangan holda ishlatiladi. Agar gaz rejimi bg’lsa, aksariyat qazib chiqarish davomida bosimning pasayishi bir tekis va olinayotgan mahsulot hajmiga qarab tezgina davom etadi, elastik suv siquvi rejimida esa bu jarayon biroz sekinroq (rejimning aktivligiga qarab) sodir bg’lishi rg’y beradi.
Bunday hollarda uyumning g’zidan tashqari bilan yaxshi bog’langan bg’lganda qatlamdan olinayotgan mahsulot ta’siri boshqa qg’shni uyumlarda ham namoyon bg’lishi mumkin. Buni biz olinayotgan mahsulotga nisbatan bosimning pasayishi darajasi-ning mos kelmasligidan eezamiz.
YAna bir xususiyat shundan iboratki, gaz konlarida ma’lum bir sharoitda quduq kg’p muddat ishlashi mumkin, buni ba’zan qatlam va quduq tubi bosimlari orasidagi farq bir tekis bg’lishiga qaramasdan, quduqning mahsuldorligi kamayi-shi mumkin. Bu kuduq tubi atrofida tezlikning nihoyatda oshib ketishi natijasida, u erda sodir bg’ladigan harakatning chiziqli harakatdan turbulent harakatga aylanishi natijasidir. Undan tashqari uyum atrofida bosimning keskin kamayishi unga geostatik bosim ta’siri g’z kuchini kg’rsatishiga va bu ba’zan qatlam g’ovakliklarining siqilishi va uning tuzilishining biroz g’zgarishiga olib kelishi mumkin.
Gaz konining yana bitta ahamiyatga molik xususiyati shundan iboratki, u butun bir gazodinamik tartibni tashkil qilgan bg’lib, uyumning biror qismidagi g’zgarish ikkinchi qismiga aks-sado beradi, shuning uchun uyumni g’zimiz istagai muhitga mos sharoitda boshqarishimiz mumkin, demak lozim bg’lgan joyda undan olinayottan mahsulotni oshirish yoki kamaytirish mumkin va shu tariqa qazib chiqarish jarayonini oqilona davom ettirish imkoni mavjud bg’ladi,
Gazning g’ta harakatchanlik xususiyati bir xil kollektor-lik xossalarga ega bg’lgan kollektorlarda neftga nisbatan mahsulot olishni taxminan ikki tartibga oshirish imkonini beradi, shuning uchun ham gaz konlarida oz miqdor quduqlar bilan anchagina mahsulot olish mumkin, natijada uni qazib chiqarish muddatini lozim bg’lgan darajada tezlatish g’z qg’limizdadir. SHuning uchun ham gaz konlarida quduqlar joylashishi ancha siyrak, mahsulot olinishi ancha yuqori.
Gaz konlarida bosimning kamayishi natijasida quduqlardan olinadigan mahsulotning (umuman, uyumdan ham) kamayishi tufayli vaqt g’tishi bilan uyumga qazilgan quduqdar soni orta boradi, lekin bu holni (ya’ni uyumga yangi quduq qazishdan) undan olinishi mumkin bg’lgan gazning 60-70 % olinganda tg’xtatiladi.
Gaz konlarida suv bosgan quduqlarnnng taqdiri ham boshqacha hal qilinadi. Neft quduqlarida suv paydo bg’lganda ham uni ishlatish davom etaveradi va ba’zi hollarda undan olinadigan suyuqlikning umumiy mikdorini oshirish maqsadida mahsulot olish jadallashtiriladi. Undan tashqari bunday quduqlarning mahsulotida suvning miqdori 95-99% ga etguncha davom ettiriladi. Gaz quduqlarida zsa ahvol boshqacha, chunki iqtisodiy nuqtai nazardan va boshqa fikrlarni inobatga olgan holda kg’plab gazni suvdan ajratish jarayonlarn kg’zda tutilmagan, SHuning uchun ham elastik suv siquvi rejimida ishlatiladigan gaz quduqlarini ma’lum darajada suv bosgach, mahsulot olish tg’xtatilib, quduq berkitiladi va harakatdagi fonddan chiqariladi, g’rniga esa boshqa yangi quduq qazilishi mumkin.
Gazokondensat konlarida qazib chiqarishning g’z xususiyatlari mavjud. Tabiiy rejimlardan foydalangan holda ularni ishlatish bosimning kamayishiga olib keladi va natijada qatlam bosimi gazning tg’yinganlik bosimiga tenglashganda undan qimmatbaho xom-ashyo - kondensat ajralib chiqa boshlaydi. Bu hodisa qatlamda quduq tubida va quduq tanasida sodir bg’lishi hamda shu tariqa bundan qimmatli mahsulot qatlamlardagi quruq, qumiga shimilib ketishi turgan gap. SHuning uchun bunday konlarni qazib chiqarishda qatlam bosimini sun’iy usulda ushlab turish, ya’ni uning kamayishiga yg’l bermaslik usulini qg’llash maqsadga muvofiqdir.
Bosimning kamayishini ushlab turish qatlamga suv haydash yoki gaz haydashni tashkil etishni taqazo etadi.
Aksariyat hollarda qatlamga gaz haydash maqsadga muvofikdir. Bunda qatlamdan olingan gazning g’zidan bemalol unumli foydalanish mumkin. Buning uchun esa olingan gaz kondensatdan ajratiladi va quruq gaz holiga qaytariladi, ularni yana qatlamga (uyum) haydaladi, bu jarayon qatlamdan olinishi mumkin bg’lgan kondensat darajasigacha olib boriladi. Bunday texnologik jarayon "saykling protsessi" (tsiklik jarayon) deb ataladi va u g’zining qadrini amalda oqlagandir. Qatlamdagi kondensat miqdori juda kamaygach, bu jarayon tg’xtatilib, gaz haydovchi quduqlar ham ishlatishga boshlanadi va kon oddiy gaz koni sifatida qazib chiqarilaveradi. Bu usulning qg’llanishi gaz-kondensat konidan olinishi va ishlatilishi lozim bg’lgan gazni biroz kechiktiradi va unday jarayonni amalga oshirishning texnologik tomondan murakkabligi g’ylantiradi. Lekin hozirgi sharoitda bu jarayonning qg’llanish mumkinligini iqtisodiy hisoblar aniq kg’rsatib beradi, agar jarayon iqtisodiy jihatdan g’zini oqlaydigan va foyda keltiradigan bg’lsa, uni albatta qg’llash taqazo etiladi.
Hozirgi kunda G’zbekiston Respublikasida birinchi marta Kg’kdumaloq gazkondensat konini qazib chiqarishda ushbu usul, ya’ni "saykling protsess" usuli qg’llanmoqda.
SHuni alohida qayd etmoq lozimki, ushbu konni qazib olishda qatlamga suv haydash yg’li bilan neft chiqarilmoqda va saykling protsess tufayli undagi kondensat ajratib olinmoqda. Ushbu jarayonni amalga oshirishda respublikamiz mutaxassislariga YApon, AQSH va Britaniya mutaxassislari konsultatsiya berib, asbob-uskunalar bilan ta’minlashda va ularni ishlatishda yaqindan yordam beryaptilar. Kg’kdumaloq konidan olinayotgan neft kondensat respublikamiz mahsuloti-ning salmoqli qismini tashkil qilmoqda. Eng ahamiyatlisi shundaki, bu qadrli usul g’z ifodasinn topgani e’tiborga loyiqdir. Qatlamga suv haydalganda olingan gazni ham ishlatish mumkin, lekin bu usulning ham g’ziga yarasha qiyinchiliklari mavjud. Suv quduqlarni bosib bora boshlaydi, ularni berkitib, g’rniga yangisini qazish lozim bg’ladi, natijada qazib chiqarish jarayoni yana qimmatlashishi mumkin. SHuning uchun ham bu usul unchalik tajribada keng qg’llanishga ega bg’lolmaydi.
Gaz va gaz kondensat konlarini qazib chiqarishni loyihalashning yana muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, bunda mahsulot olishning maksimal darajasini va uni ta’minlash uchun qazilishi lozim bg’lgan quduqlar sonini uyumni ishlatish muddatiga qarab belgilash mumkin va shunday qilinadi. Bu masala, ya’ni loyihada kg’rsatilgan miqdor mahsulotni olishga erishish va quduqlarni ishga tushirish baravar olib boriladi. Neft konlarini qazib chiqarishda esa bunday paralellik sodir bg’lmasligi mumkin. Loyihada kg’rsatilgan quduqlar qazib bg’lingan bg’lsa ham, undagi darajaga etib bormaslik hollari uchraydi, ba’zan esa ma’lum bir qatlamchada qolib ketishi mumkin bg’lgan neftni chiqarish uchun qazib chiqarishning oxirgi davrida ham qg’shimcha quduqlar qazilishi maqsadga muvofiq bg’ladi.
Gaz konlarining tuzilishini neft konlariga nisbatan ancha kam quduqlar bilan g’rganish mumkinligi ularning muhim xususiyatlaridandir. Uning zahiralarini hisoblash ham ancha osonlik bilan gidrodinamik usullar "material balans" usuli bilan bajariladi.
Gaz va gazokondensat konlarini qazib chiqarish tartibini qabul qilishda va olinadigan mahsulot mikdorini belgilashda geologik tafsilotlar ish beradi va ularga asoslanib loyiha tuziladi. CHunonchi, tabiiy rejim tafsiloti, undagi bosimning kamayishi, undan olinadigan mahsulot miqdoriga bog’liqligi shular jumlasidandir. Bular g’z navbatida uyumni qazib chiqarish muddatini belgilaydi.
Bu holat elastik suv siquvi rejimda biroz boshqacharoq, chunki unda qatlam bosimining pasayishi u qadar tez bg’lmaydi, undan tashqari har xil qatlamchalarning turli darajada suv bosishi va undan gaz olinishini g’rganish ham lozim bg’ladi. Bunday holatlar ba’zi quduqlarning muddatdan ilgari suv bosishiga, demak, harakatdagi fonddan chiqishiga olib kelishi mumkin.
SHuni alohida qayd etish lozimki, neft konlariga nisbatan gaz va gazkondensat konlariga suv chegarasining surilish holati notekis bg’ladi. Bunga sabab gazning kondensatsion xususiyati suv va neftga nisbatan past, shu tufayli kollektorning har xillik darajasi nisbatan ortib ketadi. SHuning uchun ba’zi kuduqlar barvaqt suv bosishi natijasida ishdan chiqishi mumkin. SHuning uchun ularda suv bosishini oldini olish va suvli qatlamchalarni ajratish ishlarini olib borishga katta e’tibor talab kilinadi. Tajribalar shuni kg’rsatmoqdaki, bunday hollarda qatlamlar xususiyatining xilma-xilligi sharoitida gaz konlari bag’rida kg’plab gazning qolib ketishi kuzatilmoqda.
Xuddi shu vajdan qatlam jinslarining xilma-xilligi yuqori darajada bg’lganda uyumning gaz beruvchanlik qobiliyati past kg’rsatkichga ega bg’lib qolmoqda. Elastik suv siquvi rejimida esa gaz beruvchanlik qobiliyati katta oraliqdagi kg’rsatkichga ega bg’lib qolmoqda. Bunda agar qatlam deyarlik bir xil tog’ jinslaridan iborat bg’lsa, gaz beruvchanlik gaz rejimidagi kg’rsatkichga yaqinlashib boradi, bg’lmasa, aksincha, bu xususiyatlar katta oraliqda g’zgarsa, gaz beruvchanlik kichik kg’rsatkichga ega bg’lib qoladi. SHuning uchun bunday hollarda gaz beruvchanlikni oshirish, uyumni bir tekis ishlatish sharoitini hosil qilish uchun elastik suv siquv rejimida quduqlarni uyum bg’yicha bir tekis joylashtirish maqsadga muvofiqdir.
Gaz rejimida esa notekis xususiyatlarga ega bg’lgan kollektor mavjudligida quduqlarning zichligini qatlamning mahsuldorligiga qarab joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda agar mahsuldor uyum g’rtasiga qarab ortib boradigan bg’lsa, quduqlarning joylashish zichligini markazda qalinroq qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday usul katta hajmdagi konlarni qazib chiqarish vaqtida qilingan aniqlashlarda yaxshi natijalar berdi.
Gaz konlarining geologik tuzilishi ularni qazib chiqarish jarayonida ishlatish ob’ektlariga bg’lish masalalari-ni keltirib chiqaradi, chunki har bir ishlatish ob’ektiga alohida quduqlar qazish kg’zda tutiladi. Gaz rejimida ba’zan gaz uyumlari qatlamlardan iborat bg’lganda unday qatlamlarning qalinligi ancha muncha bg’lganda ham ularni yagona quduqlar tg’ri bilan ishlatish mumkin. Agar uyumlar alohida qatlamlarga joylashgan bg’lsa va ular bir-birlari bilan bog’liq bg’lmasalar ularni alohida qazib chiqarish ob’ektiga ajratish va ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bunda kollektorlik xossalari va gazlarning tarkibi bir-biriga yaqin bg’lgan qatlamlar bir ob’ektga birlashtirilishi lozim.
Umuman olganda, unday hollarda konni bir qancha quduqlar bilan eng pastki nuqtagacha qaziish va sg’ngra uni ob’ektlarga ajratgan holda yana qg’shimcha qazilishi amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bg’ladi.
Gaz konlarinn qazib chiqarish tartibi hamda konni obodonlashtirish masalasi mahsuldor qatlamning qanday chuqurlikda joylashganligiga bog’liq bg’ladi. Bu albatta qatlam rejimining holatiga borib taqaladi, quduqlardagi qatlam bosimi va ularning mahsuldorligi shular bilan bog’liqdir.
Gazkondensat konlarini qazib chiqarishda qatlam bosimini saqlamoq maqsadida qatlamga suv yoki gaz haydash usullarini qg’llash sharoitlari ham geologik sharoitlardan kelib chiqadi va shunga karab qazib chiqarish hamda haydash tartiblari tanlanadi. Haydovchi va oluvchi quduqlarni tanlash, ularning uyumga ta’sirini o’rganish hollari xuddi neft konlarinikiga g’xshash holatda: ya’ni uyumning g’lchamiga, qatlamning notekisligiga va ularning qanday darajada notekis ekanligiga bog’liq bg’ladi.
Quruq gazni uyumga haydash xususida, agar u uyumdan tashqari zona bilan uncha bog’langan bg’lmasa, gaz haydovchi quduqni markazga joylashtirib, qatlamdan gazni chegara yaqinidan olish maqsadga muvofikdir. Bunday holda keyinchalik bu jarayon tamom bg’lgach, haydovchi quduqlarni oluvchi quduqlarga aylantirish imkoni mumkin bg’ladi.
Agar uyum suv siquvi rejimi bilan yaxshi bog’langan va qatlamning qiyaligi kam bg’lsa, bunday holda quruq gaz haydovchi quduqlarni gaz-suv chegarasiga yaqin joyda joylashtirish va ishlatishda markazda joylashgan quduqlardan olish maqsadga muvofiq bg’ladi. Bunday holat ancha vaqttacha oluvchi quduqlar tubiga suvning bevaqt kelmasligini ta’minlaydi. Undan tashqari chegara yaqinida anchagina bosimning haydovchi quduqlar yordamida ushlab turilishi qatlamga uning tashqarisidan bevaqt suv bosib kelishining oldini oladi. Bunda quruq gazning qatlam bg’yicha tekis tarqalish imkoni mavjud bg’ladi va natijada u qatlamdagi gaz bilan yaxshi aralashib, uning bag’ridan "yog’li" gaz holatda chiqib keladi.
Gazkondensat konlarida qatlam bosimini saqlash uchun suv haydash xususiga kelsak, tog’ jinslarining yaxshi g’tkazuvchanlik xususiyati mavjud bg’lganda kichikroq konlarda haydovchi quduqlarni chegara tashqarisiga joylashtirish, katta konlarda esa, ularni uyum ichiga joylashtirib maydonli suv haydash usulida bajarish maqsadga muvofiqdir.
Geologik notekislik holatlarda qatlam bosimini saqlash uchun qilingan tadbirlar hamma vaqt ham yaxshi natijalar beravermasligi mumkin. Bu holat albatta quduqlarning bevaqt suv bosishi, kg’plab kondensatning va shu bilan birga gazning har bir qatlamda va maydonchalarda qolib ketishi xavfi tug’ilishi mumkin.
Qazib chiqarish tartibini tanlashga kollektorning mustahkamligi katta ta’sir etadi, chunki tog’ jinsining barqarorligi, uning emirilishga chidamliligi gaz quduqlarida juda katta ahamiyatga egadir. Ma’lumki, gaz quduqlaridagi debitlarning yuqoriligi quduq tubi atrofida juda katta tezlik keltirib chiqaradi, natijada bg’shroq tog’ jinslari bunday hollarda emirilishga moyil bg’lib, bu hodisa kg’plab nojg’ya hollarga olib kelishi mumkin. Aksariyat emirilishiga uncha yaxshi tsementlanmagan qum va qumtoshlar hamda kabi terrigen jinslar moildir.
Quduq tubi atrofining emirilishi quduqni suv bosganda ham avjiga chiqadi, chunki suv jinslarni bg’ktiradi va ozgina harkat natijasida u emirilishga boshlaydi. Bunday hollarni oldini olish yoki sekinlashtirish uchun qatlamlar rg’parasiga maxsus filtrlar qg’yish va olinayotgan. mahsulot miqdorini boshqarish lozim bg’lganda kamaytirish maqsadga muvofiqdir.
Lekin quduqdan olinadigan mahsulot kamaytirilganda, mg’ljallangan miqdordagi gazni olish uchun qg’shimcha quduqlar qazish lozim bg’ladi. Qatlamlarning emirilish xususiyatlari va kutilishi mumkin bg’lgan natijalar razvedka quduqlaridan olingan namunalarni g’rganish, g’sha quduqlarnn tajriba-sanoat miqyosida ishlatish natijalari va tadqiqotlar orqali yaxshilab g’rganilishi lozim.
YUqorida keltirilganlardan ma’lum bo’ladiki, gaz va gazokondensat konlarini qazib chiqarish tartibini tanlashda va ularni amalga oshirishda geologik materiallarni yaxshilab o’rganish va ularning holatiga qarab har xil ko’rsatkichlarni qabul qilish neft konlarini qazib chiqarishdagidan kam ahamiyat kasb etmas ekan. Demak, konlarni oqilona qazib chiqarish va xalq xo’jaligiga xizmat qildirish hamma vaqt ham birinchi darajali ahamiyatga molik bo’lgan vazifadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |